Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi
🇺🇿 Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi rasmiy kanali
🖥 www.ngo.uz
🌐 facebook.com/uznntma
🌐 instagram.com/uznntma
🌐youtube.com/@uznntma
🌐[email protected]
☎️ + 998 (55) 503-05-12
Follow @UzNNTMA1 to stay updated with the latest wwwngouz and nodavlat trends and news
No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi
May 12, 2026, 06:59 PM
📷 Photo
VI TOSHKENT AKSILKORRUPSIYA FORUMI: GLOBAL TAJRIBA VA INNOVATSION YONDASHUVLAR INTEGRATSIYASI
Mazkur nufuzli xalqaro platforma korrupsiyaning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirish, davlat boshqaruvida shaffoflik standartlarini joriy etish hamda global muloqotni mustahkamlash maqsadida dunyo yetakchilari va xalqaro ekspertlarni bir davraga birlashtirdi.
Anjumanda strategik hamkorlar — Yevropa Ittifoqi (YeI), BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD), GIZ va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) kabi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi kurashishning global strategiyalari va xalqaro kooperatsiyaning ahamiyati yuzasidan o‘z mulohazalarini bayon etdilar.
Shuningdek, tadbirda fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari, jumladan, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Kengashi raisi K. Ishanxo‘jayev faol ishtirok etdi.
🔴Bizni kuzatib boring
http://🌐ngo.uz/ ✅ ✅ https://www.youtube.com/channel/UCXidY6lboqhhyM3cnGAQWbQ ✅ http://facebook.com/uznntma ✅ https://www.instagram.com/uznntma/
126
1
0
Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi
May 12, 2026, 06:59 PM
📷 Photo
#MaqsadliLoyiha
⚡️ O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi moliyaviy ko‘magi «Istiqlol avlodi» nodavlat tashkiloti, O‘zNNTMA Jizzax viloyat hududiy bo‘linmasi hamkorligida "Dilorom" mahallasidagi ko‘p qavatli uylar atrofida sug‘orish tizimini barpo etish ishlari davom etmoqda.
⚡️Loyiha doirasida 600 metr uzunlikdagi polietilen quvurlar olib kelindi, zamonaviy ulash va uzatish uskunalari o‘rnatilmoqda hamda montaj ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
🌱Ushbu ijtimoiy sheriklik loyihasi natijasida bolalar o‘yingohlari obod bo‘lishi, jamoat hududlarini yanada ko‘rkamlashtirish, yashil maydonlarni kengaytirish va aholining yashash muhiti sezilarli darajada yaxshilash rejalatirilgan.
🔴Bizni kuzatib boring
http://🌐ngo.uz/ ✅ ✅ https://www.youtube.com/channel/UCXidY6lboqhhyM3cnGAQWbQ ✅ http://facebook.com/uznntma ✅ https://www.instagram.com/uznntma/
Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi
May 12, 2026, 06:59 PM
📷 Photo
#YangiLoyiha
O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi tashabbusi bilan Assotsiatsiya xodimlari va unga a’zo NNT vakillari uchun tashkil etilgan “Grant writing” mavzusidagi intensiv o‘quv-seminari boshlandi.
Ishtirokchilar AQSHning Appalachian State University professori Jessi Lutabingva rahbarligida loyiha ishlab chiqish va xalqaro grant yozishning muhim jihatlarini o‘rganmoqdalar. Ushbu seminar interaktiv va amaliy yo‘naltirilganligi bilan ishtirokchilarda katta qiziqish uyg'otmoqda.
Trening yakuniga qadar ishtirokchilar o‘zlarining grant yozish mahoratini yangi bosqichga olib chiqishlari va olgan bilimlarini o‘z tashkilotlari rivoji uchun tatbiq etishlari kutilmoqda.
🔴Bizni kuzatib boring
http://🌐ngo.uz/ ✅ ✅ https://www.youtube.com/channel/UCXidY6lboqhhyM3cnGAQWbQ ✅ http://facebook.com/uznntma ✅ https://www.instagram.com/uznntma/
Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi
May 12, 2026, 06:59 PM
📷 Photo
🎗Yurtimiz bo‘ylab 9-may Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlari ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.
Xususan, poytaxtimizdagi “Birodarlik qabristoni” memorial majmuasida tashkil etilgan bayram tadbirida Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi va unga aʼzo NNT vakillar hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar ishtirok etib, ajdodlar xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.
🔴Bizni kuzatib boring
http://🌐ngo.uz/ ✅ ✅ https://www.youtube.com/channel/UCXidY6lboqhhyM3cnGAQWbQ ✅ http://facebook.com/uznntma ✅ https://www.instagram.com/uznntma/
Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi
Apr 2, 2026, 06:55 PM
📷 Photo
Qashqadaryoda NNTlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Qarshi shahridagi NNTlar uyida “Fuqarolik jamiyati va jamoatchilik islohotlari: ochiq muloqot” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda sohadagi dolzarb masalalar muhokama qilinib, NNT vakillariga huquqiy maslahatlar berildi.
✅ Tadbir yakunida O‘zNNTMAning yangi a’zolariga guvohnomalar tantanali ravishda topshirildi.
http://🌐ngo.uz/ ✅ ✅ https://www.youtube.com/channel/UCXidY6lboqhhyM3cnGAQWbQ ✅ http://facebook.com/uznntma ✅ https://www.instagram.com/uznntma/
Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi
Apr 2, 2026, 06:55 PM
📷 Photo
Nukus shahri, “Doʻstlik uyi”da Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Kengashi raisi oʻrinbosari S. Ismoilov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi ishtirokida assotsiatsiyaga aʼzo NNTlar bilan “Ochiq muloqot” oʻtkazildi.
✅ Jamoatchilik guruhlari va faol nodavlat tashkilotlarning taklif va muammolari eshitildi;
✅ Assotsiatsiya tomonidan aʼzo NNTlar uchun rejalashtirilayotgan loyihalar haqida batafsil maʼlumot berildi;
✅ Muloqot davomida Adliya vazirligi masʼul vakili tomonidan huquqiy jihatdan tushuntirishlar berildi;
✅ Hududdagi ijtimoiy tashabbuslarning samaradorligini oshirish, loyihalarni hamkorlik asosida amalga oshirish yuzasidan kelishib olindi;
✅ Tadbir yakunida bu kabi uchrashuvlarni tizimli ravishda tashkil etishga kelishib olindi.
http://🌐ngo.uz/ ✅ ✅ https://www.youtube.com/channel/UCXidY6lboqhhyM3cnGAQWbQ ✅ http://facebook.com/uznntma ✅ https://www.instagram.com/uznntma/
Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi
Apr 2, 2026, 06:55 PM
📷 Photo
OʻzNNTMA NNT vakilllarini malaka oshirish kurslariga taklif etadi!
📈 Yo'nalish: Ijtimoiy ta’sirlar va notijorat tashkilotlarni boshqarish (Social Impakt & Nonprofit Management)
🏢 Malaka oshirish joyi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
🗓 Malaka oshirish vaqti: 2026-yilning aprel-may oylari
O‘qish narxi 2.300.000 (ikki million uch yuz ming) so‘m
💳 Malaka oshirish kursida ishtirok etish uchun talabgor NNT vakillari tomonidan quyidagi hujjatlar [email protected] elektron pochtasiga yuborish so‘raladi:
1. Ariza;
2. NNT da faoliyat yuritayotganligi to‘g‘risidagi hujjat (buyruq) dan ko‘chirma;
3. Nomzodning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (fuqarolik pasporti yoki
ID karta) nusxas.
🚫Malaka oshirish kurslariga Respublikada faoliyat olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari qabul qilinadi.
✅Barcha hujjatlar bitta papkada zip fayl ko‘rinishida yuborilishi shart. Hujjatlar to‘liq bo‘lmagan holatda ariza qabul qilinmaydi.
⏱Arizalar 2026-yilning 18-apreliga qadar qabul qilinadi.
Ariza shakli quyida👇
➡️ https://ngo.uz/oz/nodavlat-notijorat-tashkilotlari-vakillari-uchun-tashkil-etiladigan-malaka-oshirish-kursiga-tinglovchilarni-qabul-qilish-boyicha-elon
http://🌐ngo.uz/ ✅ ✅ https://www.youtube.com/channel/UCXidY6lboqhhyM3cnGAQWbQ ✅ http://facebook.com/uznntma ✅ https://www.instagram.com/uznntma/
Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi
Apr 2, 2026, 06:55 PM
📎 File
477
0
0
Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi
Apr 2, 2026, 06:55 PM
📷 Photo
NNT xorijdagi yoshlar uchun tanlov tashkil etdi
Latviya, Litva va Estoniyada ta’lim olayotgan hamda faoliyat yuritayotgan vatandosh yoshlar ishtirokida ilk bor “UzHack” xalqaro xakatoni tashkil etildi.
Mazkur loyiha “Vatandoshlar” jamoat fondi, Latviyadagi O‘zbekiston elchixonasi hamda O‘zNNTMA aʼzosi O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi hamkorligida amalga oshirildi.
Unda 70 nafardan ortiq ishtirokchi 20 ta jamoaga birlashgan holda real keyslar ustida ishladi. Ushbu keyslar Uzinfocom, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan taqdim etildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra,
🏆1-o‘rin — Osmondagi bolalar
🏆2-o‘rin — UzVision
🏆3-o‘rin — Onetour
🏆4-o‘rin — One Click
jamoalariga nasib etdi.
Xakaton xorijdagi yoshlarning innovatsion salohiyatini namoyon etish, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish va professional aloqalarini kengaytirishga xizmat qildi.
http://🌐ngo.uz/ ✅ ✅ https://www.youtube.com/channel/UCXidY6lboqhhyM3cnGAQWbQ ✅ http://facebook.com/uznntma ✅ https://www.instagram.com/uznntma/
Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi
Apr 2, 2026, 06:55 PM
📷 Photo
2026 yil 30 mart kuni Farg‘ona davlat universitetida “Do‘stlik stelasi” – qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va strategik sheriklik ramzi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi raisi va birinchi o‘rinbosari ishtirok etib, fuqarolik jamiyatining mintaqaviy hamkorlikdagi o‘rni, jamoat diplomatiyasi va ijtimoiy sheriklik mexanizmlari bo‘yicha ma’ruzalar qildi.
🔴Bizni kuzatib boring
http://🌐ngo.uz/ ✅ ✅ https://youtube.com/@uznntma?si=J88oAvd6rQdWiMcA ✅ https://www.facebook.com/share/1Fs96A7v6T/ ✅ https://www.instagram.com/uznntma?igsh=bnVrbHQxbHhqNGFj
Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi
Apr 2, 2026, 06:55 PM
🎥 Video
🟢 LIVE
O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi raisi Kamoliddin Ishanxodjayevning “Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon” do‘stlik forumi doirasidagi fikr-mulohazalari.
Tadbirda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ozarbayjondan tashrif buyurgan yetakchi olimlar va ekspertlar, xorijiy hamkor tashkilotlar vakillari, davlat hamda jamoat institutlari, milliy madaniy markazlar, do‘stlik jamiyatlari rahbarlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari keng ishtirok etmoqda.
🔴Bizni kuzatib boring
http://🌐ngo.uz/ ✅ ✅ https://www.youtube.com/channel/UCXidY6lboqhhyM3cnGAQWbQ ✅ http://facebook.com/uznntma ✅ https://www.instagram.com/uznntma/
Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi
Apr 2, 2026, 06:55 PM
✅ O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi hamkorligida NNT xodimlari uchun zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan o‘quv dasturi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Батафсил ➡️ https://www.gazeta.uz/ru/2026/03/31/higher-school/
335
2
0
Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi
Mar 30, 2026, 12:19 PM
🎥 Video
Chekka hududlardagi aholining bandligi ta’minlanmoqda
“Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” degan ezgu g‘oya asosida mamlakatimiz bo‘ylab keng qamrovli xayriya va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.
🛠 Amaliy ko‘mak va hamkorlik
Mazkur xayrli ishda quyidagi tashkilotlar yaqin hamkorlikda ishtirok etdi:
O‘zbekiston NNT milliy assotsiatsiyasi (O‘zNNTMA) viloyat hududiy bo‘linmasi;
Jizzax viloyati “Taraqqiyot” NNT;
“Yuksalish” harakati;
Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondining viloyat bo‘linmasi;
“Adolat” SDP viloyat Kengashi.
🚜 Natijadorlik va bandlik
Tadbir doirasida chekka qishloqlarda istiqomat qiluvchi 7 nafar ehtiyojmand oilaga o‘z tomorqalaridan samarali foydalanish va qishloq xo‘jaligi yerlariga ishlov berish uchun zamonaviy minitehnikalar (motokultivatorlar) bepul topshirildi.
🔴Bizni kuzatib boring
http://🌐ngo.uz/ ✅ ✅ https://www.youtube.com/channel/UCXidY6lboqhhyM3cnGAQWbQ ✅ http://facebook.com/uznntma ✅ https://www.instagram.com/uznntma/
Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi
Mar 30, 2026, 12:19 PM
📷 Photo
Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning xalq farovonligini yuksaltirish va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ezgu tashabbuslari bugun yurtimizning eng chekka hududlarigacha yetib bormoqda.
Ushbu xayrli ishlar davomi sifatida, 2026-yil 20-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Jamoat fondi hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi (O‘zNNTMA) Farg‘ona viloyati bo‘linmasi hamkorligida Farg‘ona tumani Shohimardon qishlog‘ida xayriya tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbir aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning kundalik ehtiyojlarini qondirish va moddiy ko‘mak berish maqsadida amalga oshirildi. Tadbir doirasida Shohimardon qishlog‘ida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan va ehtiyojmand 9 ta xonadonga 10 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.
🔴Bizni kuzatib boring
http://🌐ngo.uz/ ✅ ✅ https://www.youtube.com/channel/UCXidY6lboqhhyM3cnGAQWbQ ✅ http://facebook.com/uznntma ✅ https://www.instagram.com/uznntma/
Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi
Mar 30, 2026, 12:19 PM
📷 Photo
Yurtboshimizning aholi ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ehtiyojmand oilalarga amaliy ko‘mak berish va jamiyatda insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirishga qaratilgan ezgu tashabbuslari bugun yurtimiz bo‘ylab keng quloch yozmoqda.
Ushbu xayrli tashabbuslarning mantiqiy davomi sifatida, Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi, “Yuksalish” harakati, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi (O‘zNNTMA) viloyat bo‘linmasi, Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi hamda “Mehrimiz Sizga!” nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligida Andijon viloyatining Marhamat, Qo‘rg‘ontepa va Jalaquduq tumanlarida yashovchi ehtiyojmand oilalarga 18 turdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat yordam paketlari tarqatildi.
🔴Bizni kuzatib boring
http://🌐ngo.uz/ ✅ ✅ https://www.youtube.com/channel/UCXidY6lboqhhyM3cnGAQWbQ ✅ http://facebook.com/uznntma ✅ https://www.instagram.com/uznntma/
Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi
Mar 30, 2026, 12:19 PM
📷 Photo
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ezgu tashabbuslari asosida yurtimizda insonparvarlik tadbirlari keng quloch yoyib, ehtiyojmand oilalarga g‘amxo‘rlik va e’tibor yanada kuchaymoqda.
Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondining qo‘llab-quvvatlashi hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi (O‘zNNTMA) bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirilayotgan xayriya tadbirlari Toshkent viloyatining chekka hududlarini ham keng qamrab olmoqda.
Xususan, “Sen kuchlisan” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan viloyatning Yangiyo‘l, Zangiota, Bekobod, Ohangaron, Olmaliq, Parkent, O‘rtachirchiq, Piskent, Oqqo‘rg‘on, Qibray, Yuqori Chirchiq hamda Chinoz tumanlarida istiqomat qiluvchi, og‘ir xastalikka chalingan farzandlari bor oilalar holidan xabar olindi.
🔴Bizni kuzatib boring
http://🌐ngo.uz/ ✅ ✅ https://www.youtube.com/channel/UCXidY6lboqhhyM3cnGAQWbQ ✅ http://facebook.com/uznntma ✅ https://www.instagram.com/uznntma/