#tanlov #mart_oyning_eng_faol_kitobxon_talabasi
✅ Namangan davlat universiteti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan universitet talaba-yoshlari o‘rtasida «Oyning eng faol kitobxon talabasi» tanlovi e’lon
https://t.me/NamDU_iqtidor
👩💻👨💻 Mazkur tanlov talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, ularning ilmiy, ma’naviy va intellektual salohiyatini oshirish, mustaqil fikrlash, tahliliy mushohada yuritish hamda mutolaa jarayoniga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish maqsadida tashkil etilmoqda. Shuningdek, tanlov yoshlarning ilmiy tafakkurini rivojlantirish, adabiy merosga bo‘lgan hurmatini oshirish hamda ularni muntazam mutolaa qilishga rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
📚 «Mart oyning eng faol kitobxon talabasi» tanlovida quyidagi kitoblar yuzasidan 60 ta test savollari beriladi:
🔺 Nuriya Cheleyenning - «Qalb iffati»
https://t.me/NamDU_iqtidor
🔺 Ahmad Lutfiy Qozonchining - «Bir vijdon uyg‘onur»
https://t.me/NamDU_iqtidor
🔺 Agata Kristining - «Yo‘qotilgan kalit»
https://t.me/NamDU_iqtidor
🔺 O‘tkir Hoshimovning - «Cho‘l havosi»
https://t.me/NamDU_iqtidor
✍️ Eslatma: universitetda amalga oshirilayotgan «Bir haftada bir kitob» loyihasida oy davomida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan talabalar uchun test natijalariga qo‘shimcha ravishda 15, 10 va 5 ball beriladi. Bu esa loyihada faol qatnashayotgan talabalarni qo‘shimcha rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
📆 Tanlov 31-mart kuni soat 20:00 da
https://t.me/NamDU_iqtidor kanalida ( https://iqtidor.namdu.uz/kirish/) bo'lib o‘tadi.
🏆 Tanlov g‘oliblari universitet tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
💭 Barcha kitobsevar talaba-yoshlarni ushbu tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz. Mutolaa – bu nafaqat bilim manbai, balki shaxsning ma’naviy kamoloti va ilmiy salohiyatini rivojlantirishning eng muhim vositalaridan biridir.
#tanlov #mart_oyining_eng_faol_kitobxon_talabasi
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
http://namdu.uz/
http://facebook.com/namsu309 |
http://www.instagram.com/namduuz |
http://www.youtube.com/@namduuz