No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali
May 14, 2026, 11:46 PM
📷 Photo
YUNESCO eksperti ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi
✅YUNESCOning “SMART-Ed: O‘zbekistonda ta’lim xizmatlari sifati va samaradorligini oshirish” qo‘shma loyihasi doirasida universitetda YUNESCO eksperti Elaine Sharplin ishtirokida pedagogik ta’lim va raqamli boshqaruv tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
💫 Tadbirda pedagogika oliy ta’lim muassasalarida joriy etilayotgan “4+2” modeli amaliyoti, ta’lim va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, pedagog kadrlar tayyorlash sifati hamda amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
https://npuu.uz/ | | https://www.instagram.com/npuu_uz?igsh=dGlsem8wN2FqYjdq | https://www.youtube.com/@Npuu_uz | https://www.facebook.com/share/1AC7yAsdSg/?mibextid=wwXIfr
1,720
10
0
O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali
May 14, 2026, 11:46 PM
📷 Photo
Talaba yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi
🏛 Bugun universitetimiz rahbariyati, Chilonzor tumani hokimi va tumandagi huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari ishtirokida talaba-yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
👥Unda yoshlar tomonidan bandlik, soliq imtiyozlari, huquqiy, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik, yoshlar startaplarini moliyalashtirish va kiberxavfsizlik kabi qator masalalar bo‘yicha taklif va tashabbuslar bildirildi.
🔂Mas’ullar tomonidan har bir murojaat va taklifga aniq munosabat bildirilib, tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
https://npuu.uz/ | | https://www.instagram.com/npuu_uz?igsh=dGlsem8wN2FqYjdq | https://www.youtube.com/@Npuu_uz | https://www.facebook.com/share/1AC7yAsdSg/?mibextid=wwXIfr
O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali
O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali
May 14, 2026, 11:46 PM
📷 Photo
Pedagog kadrlar tayyorlashda yangi bosqich: xalqaro standartlar asosida modernizatsiya davom etmoqda
👍 Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetida pedagog kadrlar tayyorlash tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha yangi bosqich boshlandi.
📚 Mazkur jarayon doirasida barcha pedagogik ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalariga xalqaro tajriba asosida “Sinf boshqaruvi”, “O‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tatbiq etish”, “Ta’limda baholash” kabi zamonaviy modullar kiritildi.
✅Ushbu yangilanishlar asosida mamlakatimizdagi barcha pedagogik oliy ta’lim tashkilotlari professor-o‘qituvchilari uchun ixtisoslashtirilgan malaka oshirish dasturi yo‘lga qo‘yildi. Dastur ikki bosqichda — onlayn fundamental ta’lim hamda oflayn seminar-treninglar shaklida amalga oshirilmoqda.
⚡️ Mashg‘ulotlar mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida olib borilmoqda.
💫 Treninglar davomida o‘quv dasturlarini loyihalash va “backward design” modeli, formativ va summativ baholash, inklyuziv ta’lim muhiti, raqamli savodxonlik, sun’iy intellektdan axloqiy foydalanish hamda reflektiv pedagogik amaliyot kabi muhim yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
https://npuu.uz/ | | https://www.instagram.com/npuu_uz?igsh=dGlsem8wN2FqYjdq | https://www.youtube.com/@Npuu_uz | https://www.facebook.com/share/1AC7yAsdSg/?mibextid=wwXIfr
O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali
Apr 4, 2026, 08:38 PM
📷 Photo
Universitetimizda navbatdan tashqari kengash yig‘ilishi o‘tkazildi
❤️ Kengashda dastlab bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha e'tirof va tayinlovlar taqdim etildi.
🎖 Xususan, ta’lim va ilmiy faoliyatdagi samarali mehnatlari uchun Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi rahbari, Aziza Muxtarova “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
💫 Shuningdek, kafedra mudiri lavozimlariga nomzodlarning arizalari, ochiq darslari, hisobotlari va kafedra yig‘ilishlaridagi muhokamalari ko‘rib chiqilib, yakuniy bosqichga yetdi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
https://npuu.uz/ | | https://www.instagram.com/npuu_uz?igsh=dGlsem8wN2FqYjdq | https://www.youtube.com/@Npuu_uz | https://www.facebook.com/share/1AC7yAsdSg/?mibextid=wwXIfr
O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali
Apr 4, 2026, 08:38 PM
📷 Photo
Imtihon bu shunchaki sinov emas, bu maqsadlarga erishishning yangi bosqichi!
✅ Nizomiy nomidagi O'zbekiston milliy pedagogika universiteti auditoriyalarida bugun o‘zgacha shukuh. Oraliq nazorat imtihoni jarayonlari bu nafaqat bilimlar sinovi, balki bo‘lajak pedagoglarning maqsad sari intilishlari ko‘zgusidir.
🔹Diqqatni jamlaymiz.
🔹Bilimlarni namoyon etamiz.
🔹Keyingi marraga qadam tashlaymiz.
⚡️ Hurmatli talabalar, o‘zingizga ishoning! Siz shunchaki o‘qimayapsiz, siz kelajakni qurayapsiz.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
https://npuu.uz/ | | https://www.instagram.com/npuu_uz?igsh=dGlsem8wN2FqYjdq | https://www.youtube.com/@Npuu_uz | https://www.facebook.com/share/1AC7yAsdSg/?mibextid=wwXIfr
O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali
Apr 4, 2026, 08:38 PM
📷 Photo
Haqiqiy ijodkor va iste’dodli yoshlar bilan uchrashuv
❤️ Bugun universitet rektori Hilola Umarova Professional ta’lim va san’at fakulteti talabalari hamda professor-o‘qituvchilari bilan uchrashdi.
💫 Hozirgi kunda fakultetning Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, Texnologik ta’lim hamda Musiqa ta’limi yo‘nalishlarida bilimli va nozik didga ega yoshlar tahsil olishmoqda.
✨ Bu maskanda har bir qadamda ijod nafasi seziladi. Ranglar uyg‘unligi, kuy va ohanglar jilosi, tasavvur va tafakkur uyg‘onishi o‘ziga xos estetik muhitni yaratgan.
💥 Har bir talaba go‘yo ilhom olamiga sho‘ng‘ib, o‘z iste’dodini kashf etmoqda, uni sayqallamoqda va san’at orqali ifoda etmoqda.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
https://npuu.uz/ | | https://www.instagram.com/npuu_uz?igsh=dGlsem8wN2FqYjdq | https://www.youtube.com/@Npuu_uz | https://www.facebook.com/share/1AC7yAsdSg/?mibextid=wwXIfr
O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali
Apr 1, 2026, 02:22 AM
📷 Photo
Ta'lim dasturlarimiz xalqaro akkreditatsiyadan o'tkazildi
⚡️ Nizomiy nomidagi O'zbekiston milliy pedagogika universiteti ta'lim dasturlari Germaniyaning xalqaro ACQUIN akkreditatsiya tashkiloti tomonidan 6 yil muddatga toʻliq akkreditatsiyadan o'tdi.
✅ Ta'lim dasturlari:
Bakalavr:
🔹Xorijiy til va adabiyoti (nemis tili)
🔹Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
Magistratura:
🔹Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
💥Mazkur ta’lim dasturlari xalqaro ekspertlar tomonidan kompleks tahlil qilinib, ularning mazmuni, o‘qitish metodikasi, o‘quv-uslubiy ta’minoti hamda xalqaro standartlarga muvofiqligi yuqori darajada baholandi.
✨ Ushbu yutuq talabalarimiz uchun yangi imkoniyatlar, professor-o‘qituvchilarimiz uchun esa yangi marralar sari dadil qadamdir.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
https://npuu.uz/ | | https://www.instagram.com/npuu_uz?igsh=dGlsem8wN2FqYjdq | https://www.youtube.com/@Npuu_uz | https://www.facebook.com/share/1AC7yAsdSg/?mibextid=wwXIfr
O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali
Apr 1, 2026, 02:22 AM
📷 Photo
Bayram doirasida bir qator sport g'oliblari taqdirlandi
✨ Universitetimizda o'tkazilgan Navro'z bayrami doirasida milliy sport o‘yinlari — arqon tortish, tosh ko‘tarish, kurash, shuningdek mini-futbol va voleybol musobaqalari tashkil etilib, g‘olib va sovrindorlar universitet rahbariyati tomonidan taqdirlandi.
💐 Shuningdek, hududlarga xos bo‘lgan an’anaviy taomlar, xalq amaliy san’ati namunalari, har bir viloyatning o‘ziga xos urf-odat, an’ana va qadriyatlari orqali yurtimizning boy va rang-barang madaniy hayoti ochib berildi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
https://npuu.uz/ | | https://www.instagram.com/npuu_uz?igsh=dGlsem8wN2FqYjdq | https://www.youtube.com/@Npuu_uz | https://www.facebook.com/share/1AC7yAsdSg/?mibextid=wwXIfr
O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali
O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali
Apr 1, 2026, 02:22 AM
📷 Photo
Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!
💐 Universitetimizda “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” shiori ostida umumxalq bayrami – Navro‘z sayli tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
✨ Tadbir doirasida universitet hududi bayramona bezatilib, bayram ishtirokchilari va mehmonlar uchun milliy taomlar — sumalak va osh tayyorlandi. Bayram milliy liboslar namoyishi, she’riy chiqishlar va mushoiralar, milliy va zamonaviy raqslar, kuy-qo‘shiqlar hamda ijodiy jamoalarning chiqishlariga ulanib ketdi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
https://npuu.uz/ | | https://www.instagram.com/npuu_uz?igsh=dGlsem8wN2FqYjdq | https://www.youtube.com/@Npuu_uz | https://www.facebook.com/share/1AC7yAsdSg/?mibextid=wwXIfr
O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali
O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali
Mar 30, 2026, 07:53 AM
📷 Photo
Universitetimiz talabalari Italiyada tahsil olishlari mumkin
⚡️ Bugun Italiyaning Trento universiteti rahbariyati boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o'tkazildi.
✅ Uchrashuvda quyidagilar muhokama qilindi:
🔹Cotutelle dasturlari doirasida Trento universitetida 6 oylik ilmiy dasturlarda tahsil olayotgan PhD talabalar sonini oshirish
🔹 bakalavriat va magistratura bosqichlarida akademik mobillikni yo‘lga qo‘yish
🔹 kognitiv fanlar va neyrofanlar yo‘nalishida hamkorlikni rivojlantirish
🔹 magistratura talabalari uchun yozgi dasturlarni tashkil etish
🔹 xorijiy professor-o‘qituvchilar ishtirokida ma’ruzalar tashkil etish
🔹 Erasmus+ grant loyihalari doirasida talabalar ishtirokini kengaytirish
✨Ushbu hamkorlik ikkala oliygoh talabalari va akademik jamoasi uchun manfaatli bo'lishiga ishonamiz.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
https://npuu.uz/ | | https://www.instagram.com/npuu_uz?igsh=dGlsem8wN2FqYjdq | https://www.youtube.com/@Npuu_uz | https://www.facebook.com/share/1AC7yAsdSg/?mibextid=wwXIfr
O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali
Mar 30, 2026, 07:53 AM
📷 Photo
Markaziy Osiyoda psixologiya fanining rivojlanish tendensiyalari
❤️ Universitetimizda “Markaziy Osiyo mintaqasida psixologiya: holati va rivojlanish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
⚡️ Unda Italiyaning Trento universiteti hamda Milano politexnika universiteti, Polshaning Varshava universiteti, Qirg'iziston davlat universiteti, Qozog'istonning Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti kabi xorijiy oliygohlardan vakillar qatnashdi.
✨ Anjumanni rektor Hilola Umarova ochib berdi. Ushbu tadbir Markaziy Osiyo mintaqasida psixologiya fanining rivojlanishi va istiqboli uchun muhim ilmiy maydon bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.
💫 Shuningdek, tadbirda Italiyaning Trento universiteti rahbariyati va boshqalarning psixologiya sohasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar bo'yicha ma'ruzalari tinglandi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
https://npuu.uz/ | | https://www.instagram.com/npuu_uz?igsh=dGlsem8wN2FqYjdq | https://www.youtube.com/@Npuu_uz | https://www.facebook.com/share/1AC7yAsdSg/?mibextid=wwXIfr
O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali
Mar 30, 2026, 07:53 AM
📷 Photo
Xalqaro ta'lim dasturlarida dars berishga taklif qilamiz
❤️ O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida yangi tashkil etilgan Aniq fanlar maktabi va 2026–2027 o‘quv yilida faoliyati yo‘lga qo‘yiladigan Maktabgacha va boshlang'ich ta’lim hamda Tabiiy fanlar maktablariga akademik faoliyat uchun tanlov e'lon qilinadi.
✨Bu yerda siz xalqaro tajriba, yangilangan o'quv tizimida ta'lim berish va xorijda malaka oshirish kabi imkoniyatlarga ega bo'lasiz.
✅ Yo‘nalishlar: matematika, fizika, biologiya, kimyo, IT va sun’iy intellekt, geografiya, maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim, ta’lim va pedagogika, ingliz tili.
💫 Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
- Professorlar uchun PhD/DSc;
- Boshqa lavozimlar uchun magistr darajasi;
- Kamida 2 yillik pedagogik tajriba;
- Ingliz tilini bilish (kamida B2).
👉 https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeOKR_hXkdsUDDjGZ62uQ4RABHUtIeREvCMnXEmxk8TRyjr4A/viewform?usp=header
✅ Quyidagilar ustunlik beradi:
- Scopus yoki Web of Science bazalarida maqolalari chop etilganligi;
- Ilmiy grantlar va loyihalarda ishtirok etganlik.
*Arizalar 3 bosqichda ko'rib chiqiladi: 1-saralash, 2-fan bo'yicha suhbat (demo dars o'tib berish), rahbariyat bilan suhbat.
👉 https://t.me/hrnpuubot
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
https://npuu.uz/ | | https://www.instagram.com/npuu_uz?igsh=dGlsem8wN2FqYjdq | https://www.youtube.com/@Npuu_uzhttps://www.facebook.com/share/1AC7yAsdSg/?mibextid=wwXIfr
O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali
Mar 30, 2026, 07:53 AM
📷 Photo
Akademik litsey yoshlari bilan samimiy uchrashuv
Kecha O‘zMPU Akademik litseyida Akademik faoliyat bo‘yicha prorektor Z. Raxmanov boshchiligida o‘quvchilar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
🔂Muloqotda o‘quvchilarga universitetdagi 31 ta bakalavriat va 30 ta magistratura yo‘nalishlari, shuningdek, yangi o‘quv yilidan ochiladigan “Yurisprudensiya”, “Interyer dizayni”, “Ijtimoiy ish” va “Xitoy tili” kabi yo‘nalishlar haqida ma’lumot berildi. Ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan xalqaro dasturlar va xorijiy universitetlar bilan hamkorlik aloqalari haqida ham so‘z yuritildi.
🎙Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda o‘quvchilar ta’lim yo‘nalishlari, imtiyozlar, xorijiy tillar va qo‘shma dasturlar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.
🔖 Shuningdek, universitetda tahsil olish istagini bildirib, kelajakda ta’lim sohasiga hissa qo‘shishga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
https://npuu.uz/ | | https://www.instagram.com/npuu_uz?igsh=dGlsem8wN2FqYjdq | https://www.youtube.com/@Npuu_uzhttps://www.facebook.com/share/1AC7yAsdSg/?mibextid=wwXIfr |
O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali
Mar 27, 2026, 03:19 AM
🎥 Video
Yuqori bilim va tajribaga ega zamonaviy pedagog kadrlar tayyorlash – asosiy maqsadimiz!
Hurmatli Prezidentimizning tegishli farmoni bilan Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetida ta’lim jarayonlarini xalqaro darajada transformatsiya qilish belgilab berilgan edi.
Mazkur hujjat asosida universitetda Aniq fanlar oliy maktabi tashkil etildi. Talabalar Sun’iy intellekt hamda Axborot tizimlari va texnologiyalari kabi zamonaviy yoʻnalishlarda malakali professor-oʻqituvchilardan bilim olmoqda.
Kelgusida yurtimiz ta’lim tizimining tayanchi hisoblangan yangi avlod pedagoglarini shakllanib, ular bilim bergan bilimli yoshlar Vatanimiz dovrugʻini yanada yuksaltirishiga ishonamiz.
Oldimizga qoʻygan reja, maqsadlarimiz katta. Tez orada ular orqali yaqindan tanishtirib boramiz. Qiziqmi? Fikrlaringizni izohda qoldirishingiz mumkin.
https://t.me/hilola_umarova
715
O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali
Mar 27, 2026, 03:19 AM
📷 Photo
Professor-o'qituvchilarimiz Italiyaning Trento universiteti PhD bosqichiga qabul qilindi
❤️ Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti rektori hamda “Amaliy psixologiya” kafedrasi stajor-o‘qituvchilari o'rtasida uchrashuv o'tkazildi.
✨ Unda professor-o‘qituvchilarimiz 10–24 mart kunlari Italiyaning Trento universitetida tashkil etilgan malaka oshirish dasturida ishtirok etib, ushbu nufuzli oliy ta’lim muassasasining PhD bosqichiga muvaffaqiyatli qabul qilinganliklarini alohida ta’kidladilar.
⚡️ Trento universiteti Yevropaning yetakchi ilmiy markazlaridan biri bo‘lib, unda tahsil olish professor-o‘qituvchilarimizning ilmiy salohiyatini yanada oshirish, xalqaro ilmiy tadqiqotlarda faol ishtirok etish imkonini yaratadi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
https://npuu.uz/ | | https://www.instagram.com/npuu_uz?igsh=dGlsem8wN2FqYjdq | https://www.youtube.com/@Npuu_uzhttps://www.facebook.com/share/1AC7yAsdSg/?mibextid=wwXIfr |
O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali
Mar 27, 2026, 03:19 AM
📷 Photo
Xalqaro o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda
✅ Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tarix fakultetida “Zamonaviy o‘qitish strategiyalari va innovatsiyalar” mavzusidagi xalqaro o‘quv-trening mashg'ulotlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
✅Ushbu o‘quv mashg‘ulotlari Turkiy davlatlar ta’lim tashkilotlari hamda xalqaro hamkorlar bilan ta’lim sohasidagi o‘zaro aloqalarni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan.
💫 Tadbirda 50 ga yaqin xorijlik mutaxassislar va universitet professor-o‘qituvchilari ishtirok etayotgan bo'lib, mashg'ulotlar 28-mart kuniga qadar davom etadi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
https://npuu.uz/ | | https://www.instagram.com/npuu_uz?igsh=dGlsem8wN2FqYjdq | https://www.youtube.com/@Npuu_uzhttps://www.facebook.com/share/1AC7yAsdSg/?mibextid=wwXIfr
O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali
Mar 27, 2026, 03:19 AM
📷 Photo
“Rektor kubogi” sport musobaqalariga start berildi
❤️Universitetimizda Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan an’anaviy “Rektor kubogi” sport musobaqalari boshlandi.
⚽️ Ushbu turnirda рrоfеssоr-o‘qituvchilar va universitet xodimlari sportning ommabop turlari — voleybol va mini-futbol bo‘yicha g‘oliblik uchun maydonga tushishdi.
✨Qizg‘in va murosasiz kechayotgan bahslarning yakuniy natijalari hamda g‘oliblarni taqdirlash marosimi 30-mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
https://npuu.uz/ | | https://www.instagram.com/npuu_uz?igsh=dGlsem8wN2FqYjdq | https://www.youtube.com/@Npuu_uzhttps://www.facebook.com/share/1AC7yAsdSg/?mibextid=wwXIfr