No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
Shahrisabz turistik markazi
May 3, 2026, 10:08 PM
🎥 Video
#LIVE
634
2
0
Shahrisabz turistik markazi
May 3, 2026, 10:08 PM
📷 Photo
#LIVE
607
2
Shahrisabz turistik markazi
May 3, 2026, 10:08 PM
😁😆😁 Instagram'da shu kabi Shahrisabz tabiati, odamlari, qishloqlari va tadbirlarini yoritib boruvchi Kesh Ahli sahifasini ochdik. Kuzatib boring, chunki sizni u yerda kutamiz: https://www.instagram.com/reel/DX0p_UVhfwW/
💧 Suvtusharmi yoki Suttushar?
🗺Oʻzbekistonning goʻzal va betakror maskanlaridan biri – Suvtushar sharsharasi Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanidagi Hisor davlat qoʻriqxonasi hududida joylashgan. Bu sharshara nafaqat yurtimizdagi, balki Markaziy Osiyodagi eng baland va sersuv sharsharalardan biri hisoblanadi.
🏔Sharsharaning balandligi 84 metrni tashkil etadi. Dengiz sathidan taxminan 2100 metr balandlikda joylashgan bu joyda suv tor qoyali toshlarga shiddat bilan otilib tushadi.
❔"Sut sharsharasi" deyilishi sababi: Mahalliy aholi uni ba'zan "Suttushar" (Sut sharsharasi) deb ham ataydi. Buning sababi shundaki, suvning yuqoridan tushishi natijasida hosil boʻlgan mayda zarrachalar va koʻpiklar havoga yoyilib, sharshara oq rangda, goʻyo sut kabi koʻrinadi.
🌤 Ayniqsa, may-iyul oylarida, togʻlardagi qorlar erigan paytda, sharshara yanada sersuv boʻlib, har soniyada 5-6 kub metr suv otilib tushadi. Suvning zarrachalari 500-600 metrgacha sachrab tarqalishi natijasida atrofda ajoyib, salqin mikroiqlim hosil boʻladi.
❄️Suvtushar qishda ham oʻz jozibasini yoʻqotmaydi, hatto anomal sovuqlarda u butunlay muzlashi mumkin. Muzlagan sharshara ulkan muzlik devoriga aylanib, mutlaqo boshqacha va mahobatli manzarani taqdim etadi.
⛰Suvtushar sharsharasi Hisor-Oloy togʻ tizmalarining boy tabiatiga ega boʻlgan hududda joylashgan boʻlib, u ekologik turizmning mashhur maskanlaridan biridir. Uning atrofidagi archazorlar, noyob oʻsimliklar va hayvonot dunyosi sayohatga yanada oʻzgacha fayz bagʻishlaydi. https://gov.uz/oz/shahrisabz📱 https://t.me/matbuotyuzi
Shahrisabz turistik markazi
May 3, 2026, 10:08 PM
🎥 Video
No comment
550
2
0
Shahrisabz turistik markazi
May 3, 2026, 10:08 PM
🎥 Video
NO COMMENT
583
0
0
Shahrisabz turistik markazi
May 3, 2026, 10:08 PM
📷 Photo
#LIVE
"МИРАКИ" туристик маркази
Саломатлик ва пиёдалар йўлаги