#Rektor_murojaati
Assalomu alaykum, aziz yoshlar, qadrli talabalar!
Sizlarni mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan “Aprel-may – sport va sog‘lomlashtirish oyligi” doirasidagi tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlayman.
Mazkur oylik doirasida sportning badminton, basketbol, voleybol, gandbol, yengil atletika, kurash, stol tennisi, futbol, shaxmat, regbi-7, suv polosi hamda chim ustida xokkey turlari bo‘yicha tashkil etilgan “Talabalar ligasi” musobaqalarining navbatdagi bosqichlari bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, tez kunlarda voleybol, gandbol, basketbol, stol tennisi, futbol, yengil atletika va suzish kabi 7 ta sport turi bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” kompleks sport musobaqalariga start beriladi.
Ushbu bellashuvlar sizlarning nafaqat jismoniy sog‘lom bo‘lishingizga, balki iroda va matonatingizni chiniqtirishga xizmat qiladi. Mazkur musobaqalar har biringizga o‘z mahoratingizni namoyon etish hamda tengdoshlaringiz bilan sog‘lom raqobat muhitida kuch sinashish imkonini beradi.
Sport faqatgina g‘alaba emas, balki yuksak intizom, mustahkam iroda va yorqin kelajakka bo‘lgan ishonch demakdir.
Qadrli talabalar!
Sizlarni ushbu sport bayramida faollik ko‘rsatishga, sog‘lom turmush tarzini hayotingizning ajralmas qismiga aylantirishga chaqiraman. Ishonamanki, sizlar qo‘lga kiritgan natijalaringiz bilan qadrdon oliygohimiz sharafini ham munosib himoya qilasiz.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, bitmas-tuganmas g‘ayrat va sport maydonlarida ulkan zafarlar yor bo‘lishini tilayman!
Bahodir Xoliqov,
Samarqand davlat chet tillar instituti rektori
|
https://www.instagram.com/jurnalist_nutqi/ |
https://www.facebook.com/samdchti/ |
https://www.youtube.com/@jurnalistnutqi/videos | https://samdchti.uz/uz