Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi
Veb-sayt: nqaae.uz
Instagram: instagram.com/nqaaeuz
Facebook: facebook.com/nqaaeuz
Aloqa bot: @nqaaeuzbot
@nqaaeuz offers specialized information about taminlash and ozbekiston for subscribers interested in Spy Cam
No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
May 17, 2026, 05:08 AM
📷 Photo
#Xalqarohamkorlik
🌍 O‘zbekiston global ta’lim maydonida: London forumi qanday yangi imkoniyatlar ochmoqda?
✅ Londonda o‘tgan “Deep Dialogues – Business as Un-usual” xalqaro forumi O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi uchun muhim strategik platformaga aylandi. 22 davlatdan xalqaro darajadagi ekspertlar ishtirok etgan mazkur maydonda ta’lim tashkilotlarining kelajakdagi chaqiriqlari muhokama qilindi.
👍 Forumda O‘zbekiston uchun muhim yo'nalishlar muhokama qilindi. Xususan:
⏺ akkreditatsiya va tashqi baholash jarayonlariga xalqaro ekspertlarni jalb qilish;
⏺sifatni ta’minlash sohasi mutaxassislari hamda professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish va kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash;
⏺transmilliy ta’lim va chegaralararo sifatni ta’minlash bo‘yicha tajriba almashish;
⏺shaffof, dalillarga asoslangan va xalqaro darajada taqqoslanadigan akkreditatsiya amaliyotlarini rivojlantirish.
✅ Forum doirasida Agentlik University of York, SOAS University of London, King's College London, University College London kabi tashkilotlar bilan kelishuvlarga erishdi.
📌 Natijada xalqaro akkreditatsiya imkoniyatlari kengaytirish, akademik mobillik ko'lamini oshirish va universitetlarning xalqaro raqobatbardoshligi oshirish borasidagi ishlar yanada jadallashtiriladi.
🔁 https://telegra.ph/Uzbekistan-in-the-Global-Education-Arena-What-New-Opportunities-Is-the-London-Forum-Creating-05-11
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
👍 https://nqaae.uz/uz/news/global-talim-maydonida-ozbekiston-london-forumi-mamlakat-oliy-talim-tizimi-uchun-qanday-strategik-imkoniyatlar-yaratmoqda
☎️ https://nqaae.uz/ |😎 | 😎 https://www.instagram.com/nqaaeuz | 😎 https://www.facebook.com/nqaaeuz
7,870
0
0
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
May 17, 2026, 05:08 AM
📷 Photo
🗣Oliy ta’lim tashkilotlarini https://nqaae.uz/uz/news/-quality-assurance-in-higher-education-institutions jarayonlari davom etmoqda.
🗣2026-yilning 10-may holatiga ko‘ra, Agentlikka 62 ta oliygohdan 408 ta ta’lim dasturini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish bo‘yicha arizalar kelib tushgan.
🗣Ayni paytda 55 ta oliygohning 363 ta ta’lim dasturi bo‘yicha ichki va tashqi baholash jarayonlari olib borilmoqda.
👍 Maxsus davlat akkreditatsiyasi kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilayotgan taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquv jarayoni boshlanishidan oldin amalga oshiriladi!
🔁 https://telegra.ph/The-process-of-specialized-state-accreditation-of-educational-institutions-is-ongoing-05-11
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ https://nqaae.uz/ |😎 | 😎 https://www.instagram.com/nqaaeuz | 😎 https://www.facebook.com/nqaaeuz
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
May 17, 2026, 05:08 AM
📷 Photo
#Xalqarohamkorlik
👍 Jahon banki guruhining Yevropa hamda Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha Ta’lim va koʻnikmalar global amaliyoti rahbari Rita Almeida boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
👍 Uchrashuvda kasbiy va oliy ta’lim tizimida ta'lim sifatini ta'minlashda raqamlashtirish, ishonchli ma'lumotlar asosida qo'shma ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish va kasbiy standartlarni ishlab chiqishga salohiyatli mutaxassislarni jalb etish yuzasidan hamkorlik qilish muhokama qilindi.
👍 Yakunda shu yilning o'zida ish beruvchilar o'rtasida umummilliy soʻrovnomani birgalikda o'tkazishga kelishib olindi.
🔁 https://telegra.ph/Priority-Areas-Discussed-with-the-World-Bank-Delegation-05-09
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ https://nqaae.uz/ |😎 | 😎 https://www.instagram.com/nqaaeuz | 😎 https://www.facebook.com/nqaaeuz
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
May 17, 2026, 05:08 AM
📷 Photo
#Jarayon
🟢Xorazm viloyatida joylashgan Al-Xorazmiy universitetida yangi o‘quv yili uchun rejalashtirilgan 5 ta ta’lim dasturini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish jarayonlari olib borilmoqda.
🔵Hozirgi kunda mazkur oliy ta’lim muassasasida “Kiberxavfsizlik injiniringi” ta’lim yo‘nalishi hamda “Sun’iy intellekt” mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim dasturlari ekspertlar tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
💙Xususan, tashqi baholash bosqichi doirasida ekspertlar guruhi tomonidan ta’lim dasturlari tahlil qilindi.
⚫️Shuningdek, universitetning moddiy-texnik bazasi, kafedralar faoliyati, axborot-resurs markazi, kompyuter xonalari hamda raqamli ta’lim tizimi holati atroflicha o‘rganildi.
📌 Akkreditatsiya natijalari alohida e'lon qilinadi!
🔁 https://telegra.ph/Processes-are-underway-to-undergo-special-state-accreditation-05-04
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ https://nqaae.uz/ |😎 | 😎 https://www.instagram.com/nqaaeuz | 😎 https://www.facebook.com/nqaaeuz
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
May 17, 2026, 05:08 AM
📷 Photo
#Jarayon
👍 Jizzax politexnika institutida yangi o‘quv yili uchun rejalashtirilgan 6 ta ta’lim dasturini maxsus akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayoni olib borilmoqda.
👍 Ekspertlar guruhi tomonidan tashqi baholash bosqichi doirasida institutga tashrif buyurilib, ta’lim dasturlari joyida batafsil o‘rganildi.
👍 Xususan, “Dizayn” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda “Atrof-muhit muhandisligi” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha dasturlar chuqur tahlil qilindi.
👍 Shuningdek, ekspertlar tomonidan institutning moddiy-texnik bazasi, kafedralar faoliyati, axborot-resurs markazi hamda raqamli ta’lim tizimi atroflicha ko‘zdan kechirildi.
📌 Akkreditatsiya natijalari alohida e'lon qilinadi!
🔁 https://telegra.ph/The-process-of-conducting-specialized-accreditation-for-6-educational-programs-planned-for-the-upcoming-academic-year-at-Jizzakh-05-03
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ https://nqaae.uz/ |😎 | 😎 https://www.instagram.com/nqaaeuz | 😎 https://www.facebook.com/nqaaeuz
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
Apr 2, 2026, 01:37 PM
📷 Photo
🦅 Litsey va texnikumlarning ta’lim dasturlarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan ekspertlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
👍 Mazkur uchrashuvda ta’lim sifatini ta’minlashga mas’ul mutaxassislar hamda sohaga oid ekspertlar faol ishtirok etdi.
✅ Uchrashuv davomida ta’lim sifatini oshirish, xalqaro standartlarga mos baholash tizimlarini joriy etish, shuningdek, akkreditatsiya jarayonining ahamiyati va dolzarbligi yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
✅ Muhokamalar jarayonida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar hamda mutaxassislar tomonidan ularga batafsil va asoslantirilgan javoblar taqdim etildi.
☎️ https://nqaae.uz/ |😎 | 😎 https://www.instagram.com/nqaaeuz | 😎 https://www.facebook.com/nqaaeuz
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
Apr 2, 2026, 01:37 PM
📷 Photo
📆 O‘zbekistonda ilk bor litsey va texnikumlarda umummilliy so‘rovnoma o‘tkazilmoqda
🦅Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan mamlakatimizda ilk bor barcha davlat va nodavlat https://t.me/kasb_edu o‘quvchilari, shuningdek, pedagoglari o‘rtasida Umummilliy so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
✅ So‘rovnoma doirasida respublikamizdagi har bir texnikum va litseyga tashrif buyurib, oflayn shaklda o'tkazilmoqda.
📊 Hozirga qadar mazkur so‘rovnoma yurtimiz bo'ylab 8 ta hududda o'tkazilib, unda jami 214 ta ta’lim tashkilotida 93 844 nafar o‘quvchi hamda 8 689 nafar pedagog xodim ishtirok etdi.
✅ Umummilliy so‘rovnoma kasbiy ta’lim tizimida ochiqlik, qayta aloqa va dalillarga asoslangan boshqaruv qarorlarini kuchaytirishga xizmat qiluvchi muhim tashabbus hisoblanadi.
➡️ https://nqaae.uz/uz/news/for-the-first-time-in-uzbekistan-a-nationwide-survey-is-being-conducted-in-lyceums-and-technical-schools
☎️ https://nqaae.uz/ |😎 | 😎 https://www.instagram.com/nqaaeuz | 😎 https://www.facebook.com/nqaaeuz
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
Apr 2, 2026, 01:37 PM
📷 Photo
Aziz va muhtarama ayollar!
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi nomidan sizlarni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.
Ayollar jamiyatimiz taraqqiyoti, oilalarimiz farovonligi va kelajak avlod tarbiyasida beqiyos o‘rin tutadi. Ayniqsa, ta’lim tizimida fidokorona mehnat qilayotgan xotin-qizlarning bilim, salohiyat va matonati yurtimiz ravnaqiga xizmat qilmoqda.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, oilaviy farovonlik hamda mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
🔁 https://telegra.ph/Dear-and-esteemed-women-03-08
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#bayram #8mart
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
https://nqaae.uz/ | | https://www.instagram.com/nqaaeuz | https://www.facebook.com/nqaaeuz
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
Apr 2, 2026, 01:37 PM
📷 Photo
Oliy ta'lim tashkilotlari milliy reytingini yuritish nizomi tasdiqlandi
🇺🇿Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktorining Oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish toʻgʻrisidagi nizomi davlat ro'yxatidan https://lex.uz/docs/8067678
💙Davlat va nodavlat OTTlar quyidagi 4 ta toifa bo‘yicha milliy reytingga kiritiladi:
🔹 amaliy fanlar;
🔹 tibbiyot fanlari;
🔹 ijtimoiy-gumanitar fanlar;
🔹 ijod (sport).
✅ Har yili 1-noyabrga qadar o‘tgan yil uchun milliy reyting natijalari e’lon qilinadi.
🗓 Bunda, har yili 1-iyunga qadar talabalar, professor-o‘qituvchilar va ish beruvchilar o‘rtasida umummilliy so‘rovnoma va xalqaro ekspertlar o‘rtasida xalqaro nufuzni baholashga qaratilgan so‘rovnoma o‘tkaziladi.
✅ Milliy reytingni hisoblashda foydalaniladigan jami 25 ta indikatordan 5 tasi umummilliy so‘rovnoma asosida aniqlanadi hamda ushbu so‘rovnoma natijalari inobatga olinishi uchun OTTdagi talabalar va professor-o‘qituvchilarning kamida 20 foizi so‘rovnomada ishtirok etishi lozim.
🔁 https://telegra.ph/The-Regulation-on-Maintaining-the-National-Ranking-of-Higher-Education-Institutions-Approved-03-03
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#reyting #nizom #qonunchilik
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
https://nqaae.uz/ | | https://www.instagram.com/nqaaeuz | https://www.facebook.com/nqaaeuz
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
Apr 2, 2026, 01:37 PM
📷 Photo
Yurtimizda tan olinadigan top-1000 reytingga kiruvchi universitetlar ro'yxati tasdiqlandi
🇺🇿Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligi hamda Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligining xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning reytingida oliy ta’lim tashkilotlari orasida birinchi 1000 o‘rinni egallagan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxatini tasdiqlash to'g'risida qarori imzolandi.
👉 https://nqaae.uz/uploads/docs/2026_reyting_tasdiqlash_QQ.pdf
💙Qarorga QS hamda THE'ning 2026-yil uchun, ARWU tomonidan esa 2025-yil uchun shakllantirilgan top-1000 reytingi kiritildi.
🔁 https://telegra.ph/Approved-List-of-Top-1000-Globally-Ranked-Universities-for-2026-03-04
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#reyting #top1000 #qonunchilik
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
https://nqaae.uz/ | | https://www.instagram.com/nqaaeuz | https://www.facebook.com/nqaaeuz
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
Mar 27, 2026, 11:04 PM
📷 Photo
Xorijiy akkreditatsiya tashkilotlarining qaysilari O'zbekistonda tan olinadi?
🇺🇿Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligi tomonidan yurtimizda tan olinadigan xalqaro, xorijiy va nodavlat akkreditatsiya tashkilotlari reyestri yuritiladi.
👆Mazkur infografika hamda https://nqaae.uz/uz/international-accreditation agentlik reyestriga kiritilgan akkreditatsiya tashkilotlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
💙Reyestr agentlik tomonidan doimiy yangilanib, o'zgarishlar e'lon qilib boriladi.
🔁 https://telegra.ph/Which-Foreign-Accreditation-Organizations-Are-Recognized-in-Uzbekistan-03-02
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#reyestr #akkreditatsiya
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
https://nqaae.uz/ | | https://www.instagram.com/nqaaeuz | https://www.facebook.com/nqaaeuz
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
Mar 27, 2026, 11:04 PM
🎥 Video
Ta'lim tashkilotlarida xavfni tahlil qilish nima va u qanday amalga oshiriladi?
🇺🇿Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligining asosiy vazifalaridan biri bu yurtimizdagi barcha ta'lim tashkilotlarida sifatli ta'lim muhitini yaratish maqsadida xavfni tahlil qilish monitoringlarini amalga oshirishdir.
💙Ushbu video orqali siz mazkur jarayonlar qanday amalga oshirilishi haqida batafsil bilib olishingiz mumkin.
🔁 https://telegra.ph/What-is-risk-analysis-in-educational-institutions-and-how-is-it-conducted-02-25
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#xavftahlili #monitoring
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
https://nqaae.uz/ | | https://www.instagram.com/nqaaeuz | https://www.facebook.com/nqaaeuz
3,530
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
Mar 27, 2026, 11:04 PM
📷 Photo
Italiya bilan hamkorlik aloqalari kengaymoqda
🇺🇿 Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi delegatsiyasi Italiyaga rasmiy tashrifi doirasida Oʻzbekiston va Italiya oliygohlari rektorlarining ikkinchi forumida ishtirok etdi.
✅Unda shaffof akkreditatsiya tizimi orqali qo'shma ta'lim dasturlarini kengaytirish imkoniyatlari bayon etildi.
🔹Tashrif davomida Markaziy va Sharqiy Yevropa menejmentni rivojlantirish assotsiatsiyasi (CEEMAN) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilib, menejment yo‘nalishida xalqaro ekspertlarni jalb etish va akkreditatsiya jarayonlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
🌐Shuningdek, Yevropa oliy ta’lim sifatini ta’minlash assotsiatsiyasi (ENQA) vakili hamda Italiyaning universitetlar va ilmiy-tadqiqot tizimini baholash milliy agentligi (ANVUR) bilan uchrashuv oʻtkazildi.
✨Muzokaralar davomida ANVUR bilan qo‘shma seminar-treninglar tashkil etish, ekspertlar almashinuvi va malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish va ENQA bilan akkreditatsiya jarayonlarida ilg‘or Yevropa tajribasini joriy etish boʻyicha hamkorlik oʻrnatish masalalari muhokama qilindi.
⚡️Bundan tashqari, xorijiy ta’lim hujjatlarini baholash, diplom va kvalifikatsiyalarni o‘zaro tan olish, akademik mobillikni qo‘llab-quvvatlash boʻyicha faoliyat yurituvchi CIMEA bilan kelishuv imzolandi.
🎗️Bu yurtimiz oliygohlari diplomining xalqaro miqyosda tan olinishi uchun muhim qadam hisoblanadi.
🔁 https://telegra.ph/Cooperation-with-Italy-is-Expanding-02-21
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#forum #ANVUR #ENQA #CIMEA #Italiya
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
https://nqaae.uz/ | | https://www.instagram.com/nqaaeuz | https://www.facebook.com/nqaaeuz
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
Mar 27, 2026, 11:04 PM
📷 Photo
Xalqaro ekspertlar bilan hamkorlik kengaymoqda
🇺🇿 Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan akkreditatsiya jarayonlariga malakali xorijlik ekspertlarni jalb qilish davom etmoqda.
💙 Shunday ekspertlardan biri Buyuk Britaniyaning De Montfort universiteti Transmilliy ta’lim (TNE) bo‘yicha direktor o'rinbosari Neil Hart hisoblanadi.
✅ Neil Hart oliy ta’lim sohasida 1996-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan bo'lib, xalqaro hamkorlik va transmilliy ta’lim dasturlarini tashkil etish hamda boshqarish bo‘yicha katta tajribaga ega.
✅ Mazkur hamkorlik ta’lim dasturlarini xalqaro standartlar asosida baholashga xizmat qiladi.
🔁 https://telegra.ph/Expanding-cooperation-with-international-experts-02-24
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#ekspertlar #Oliy #UK
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
https://nqaae.uz/ | | https://www.instagram.com/nqaaeuz | https://www.facebook.com/nqaaeuz
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
Mar 25, 2026, 06:11 PM
🎥 Video
O‘rta maxsus va kasbiy ta’lim sifatini baholashda zamonaviy yondashuvlar
💙YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tizimida davlat akkreditatsiyasi jarayonlarini samarali tashkil etishga bagʻishlangan seminar-trening jarayonlaridan lavha.
🔁 https://telegra.ph/Modern-Approaches-to-Assessing-the-Quality-of-Secondary-Specialized-and-Vocational-Education-02-16
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#OAVbizhaqimizda #Kasbiy
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
https://nqaae.uz/ | | https://www.instagram.com/nqaaeuz | https://www.facebook.com/nqaaeuz
4,420
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
Mar 25, 2026, 06:11 PM
📷 Photo
Ruminiya Kasbiy ta’lim va kadrlar tayyorlashni rivojlantirish milliy markazi bilan kelishuv imzolandi
🇺🇿Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi va Ruminiyaning Kasbiy ta’lim va kadrlar tayyorlashni rivojlantirish milliy markazi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
💙Uchrashuv davomida kasbiy ta’lim tizimida ta’lim sifatini oshirish, milliy va xalqaro sifatni ta’minlash mexanizmlarini uyg‘unlashtirish, shuningdek, Yevropa Ittifoqi doirasida qo‘llanilayotgan ilg‘or tajribalarni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish masalalari muhokama qilindi.
✅ Shuningdek, kasbiy ta’lim sohasida tajriba almashish, qo‘shma seminar-treninglar tashkil etish, metodologik qo‘llanmalar ishlab chiqish hamda institutsional salohiyatni mustahkamlash borasida kelishuv imzolandi.
🔁 https://telegra.ph/Agreement-Signed-with-the-National-Center-for-the-Development-of-Technical-and-Vocational-Education-and-Training-of-Romania-02-12
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#kelishuv #kasbiy #Ruminiya
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
https://nqaae.uz/ | | https://www.instagram.com/nqaaeuz | https://www.facebook.com/nqaaeuz