Universitet — bu insonlar va bilimlar uchrashadigan joy
Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rasmiy sahifasi. O‘z rasmlaringizni #meninguniversitetim heshtegi orqali ijtimoiy tarmoqlarda ulashing.
https://uzjoku.uz/uz
Join @uzjmcu for exclusive ommaviy and rasmiy content and discussions in 1
No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
O‘zJOKU | Rasmiy
May 14, 2026, 11:20 PM
📷 Photo
“Raqamli muhitda jurnalistika transformatsiyasi va YUNESKO yondashuvi” mavzusidagi xalqaro konferensiya
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida “Raqamli muhitda jurnalistika transformatsiyasi va YUNESKO yondashuvi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Mazkur anjuman O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 26-dekabrdagi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi hamda yangi tahrirdagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Anjumanda xalqaro ekspertlar, media sohasi mutaxassislari, yetakchi olimlar, professor-o‘qituvchilar, jurnalist va blogerlar, mustaqil tadqiqotchilar, magistrantlar hamda iqtidorli talabalar ishtirok etdi.
Konferensiya doirasida quyidagi sho‘balar yo‘nalishida ilmiy muhokamalar olib borildi:
➡️Raqamli muhitda jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalarning transformatsiyasi;
➡️YUNESKOning media va axborot savodxonligini rivojlantirishga oid konsepsiyalari;
➡️Global axborot makonida so‘z erkinligi va jurnalist etikasi;
➡️Raqamli platformalar, sun’iy intellekt va zamonaviy media texnologiyalari;
➡️Raqamli muhitda san’at va sayohat jurnalistikasi: global tajriba va YUNESKO tamoyillari.
Konferensiya yakunida raqamli jurnalistika rivojlanishi, media savodxonlikni oshirish hamda global axborot makonida hamkorlikni kengaytirishga doir ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
———————————————
😃 O‘zJOKU matbuot xizmati:
558
9
0
O‘zJOKU | Rasmiy
May 14, 2026, 11:20 PM
📷 Photo
📢📢📢📢📢
2026-yil uchun Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha YUNESKO Sulton Qobus mukofotiga nomzodlar qabuli boshlandi!
Mazkur mukofot atrof-muhitni muhofaza qilish, bioxilma-xillikni saqlash hamda barqaror rivojlanishga munosib hissa qo‘shgan jismoniy shaxslar, tashkilot va muassasalarni rag‘batlantirishga qaratilgan.
Mukofot quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
➡️sertifikat;
➡️100 000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti.
✏️Nomzodlik hujjatlari ingliz yoki fransuz tillarida tavsiyanoma bilan birga taqdim etiladi. Xotin-qizlar nomzodlarini ilgari surish alohida rag‘batlantiriladi.
📅Hujjatlarni topshirish muddati:
2026-yil 17-may.
📍Nomzodlar YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi kotibiyatiga taqdim etilishi so‘raladi.
📞 Murojaat uchun:
Ruzimamatova Madina
Telegram: https://t.me/qwerty_18zxc
———————————————
😃 O‘zJOKU matbuot xizmati:
O‘zJOKU | Rasmiy
May 14, 2026, 11:20 PM
🎥 Video
— O’zJOKU TOP lokatsiyalari
(2-qism)
O’zJOKU Kontent markazi tomonidan tayyorlandi
———————————————
😃 O‘zJOKU matbuot xizmati:
684
13
0
O‘zJOKU | Rasmiy
May 14, 2026, 11:20 PM
📷 Photo
“Barqaror tinchlik uchun yoshlar harakati” loyihasi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamkorligida “Barqaror tinchlik uchun yoshlar harakati” loyihasi muvaffaqiyatli tashkil etildi. Unda O'zJOKUning jurnalistika yo'nalishi sirtqi ta'lim 2-bosqich talabasi Otabek Abduraximov ham ishtirok etdi.
🔺Loyiha doirasida yoshlar jamoaviy muhitni shakllantirishga qaratilgan interaktiv mashg‘ulotlarda qatnashishdi. Shuningdek, ularga tinchlik, media xavfsizlik, ijtimoiy hamjihatlik hamda fuqarolik faolligini oshirishga doir o‘quv-seminarlar o‘tkazildi.
🧠Tadbir yoshlarning jamiyatdagi faol ishtirokini kuchaytirish, ularning ijtimoiy mas’uliyatini oshirish hamda barqaror tinchlik madaniyatini targ‘ib etishga xizmat qildi.
———————————————
😃 O‘zJOKU matbuot xizmati:
803
O‘zJOKU | Rasmiy
May 14, 2026, 11:20 PM
📷 Photo
O‘zJOKU talabalari G‘alaba bog‘ida
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalari G‘alaba bog‘ida bo'lishdi.
Sayohat davomida talabalar tariximizning muhim sahifalarini aks ettiruvchi maskan bilan yaqindan tanishib, urush yillarida xalqimiz tomonidan ko‘rsatilgan jasorat va matonat haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Sayohat jarayonida ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar tashkil etilib, vatanparvarlik tuyg‘usi, tarixiy xotirani asrash hamda ajdodlar jasoratini qadrlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
———————————————
😃 O‘zJOKU matbuot xizmati:
815
O‘zJOKU | Rasmiy
Apr 4, 2026, 08:04 PM
📷 Photo
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zJOKUda premyera: "Afandining hangomalari" sahna yuzini ko‘rdi!
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Jurnalistika fakulteti “San’at jurnalistikasi” yo‘nalishi 4-bosqich talabalaridan tashkil topgan “Art vision” talabalar teatr-studiyasi o‘zining navbatdagi ijodiy mahsulini taqdim etdi.
⭐️ I. Sodiqov asari asosida tayyorlangan “Afandining hangomalari” spektaklining premyerasi tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi. Spektakl kafedra katta o‘qituvchisi Mohinur Ahmetjanova tomonidan mahorat bilan sahnalashtirilgan bo‘lib, bo‘lajak san’at jurnalistlari nafaqat nazariy bilimga, balki amaliy ijodiy jarayon — obraz yaratish va sahna madaniyatiga ham jiddiy yondashganliklarini isbotladilar.
🎭 Xalq og‘zaki ijodining o‘lmas qahramoni Nasriddin Afandi sarguzashtlari orqali insoniy fazilatlar, o‘tkir zehn va satira uyg‘unligi talabalar talqinida yangicha talqinda namoyon bo‘ldi. Spektakl davomidagi jonli ijro va samimiy dialoglar yig‘ilganlarga unutilmas kayfiyat ulashdi.
O‘zJOKU jamoasi nomidan "Art vision" teatr-studiyasi a'zolariga va sahnalashtiruvchi ustoz Mohinur Ahmetjanovaga keyingi ijodiy faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz!
———————————————
😃 O‘zJOKU matbuot xizmati:
O‘zJOKU | Rasmiy
Apr 4, 2026, 08:04 PM
🎥 Video
🔅🔅🔅🔅🔅🔅🔅
Milliyligimiz har bir nafasda!
———————————————
😃 O‘zJOKU matbuot xizmati:
1,260
46
0
O‘zJOKU | Rasmiy
Apr 4, 2026, 08:04 PM
🎥 Video
🌸 Bahor shukuhi...
———————————————
😃 O‘zJOKU matbuot xizmati:
1,450
27
0
O‘zJOKU | Rasmiy
Apr 4, 2026, 08:04 PM
📷 Photo
“Ekologiya bilimdoni”
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitga ongli va mas’uliyatli munosabatni shakllantirish maqsadida “Ekologiya bilimdoni” nominatsiyasi doirasida Kahoot platformasida intellektual test bellashuvi boʻlib oʻtdi.
Bellashuvda universitetning turli yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar orasidan tuzilgan 3 kishilik 9 ta jamoa ishtirok etdi. Test jarayonlari nihoyatda qizg‘in, murosasiz va yuqori raqobat ruhida o‘tdi. Jamoalar ekologiya, atrof-muhit muhofazasi, yashil hududlarni kengaytirish, chiqindilarni saralash va global ekologik muammolar bo‘yicha o‘z bilimlarini namoyish etdilar.
Yakunda eng yuqori natijalarni qayd etgan jamoalar quyidagi o‘rinlarni egalladi:
🥇 "Eco-heros jamoasi
🥈"25/08Ir jamoasi
🥉"ShFM" jamoasi
Intellektual oʻyin yakunida ishtirokchilar bu kabi interaktiv, zamonaviy va jamoaviy testlarni muntazam ravishda ko‘proq tashkil etish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar. Talabalar Kahoot formatidagi bellashuvlar bilimlarni mustahkamlash, tezkor fikrlash va jamoaviy hamkorlikni rivojlantirishda, ayniqsa, samarali ekanini ta’kidladilar.
Mazkur intellektual loyiha universitetda ekologik tafakkur, raqamli ta’lim vositalaridan foydalanish hamda yoshlarning ekologik mas’uliyatini oshirishga xizmat qildi.
———————————————
😃O‘zJOKU matbuot xizmati:
O‘zJOKU | Rasmiy
Apr 4, 2026, 08:04 PM
🎥 Video
🔆🔆🔆🔆🔆🔆🔆
Milliyligimiz — o'zligimiz!
🇺🇿 Barcha professor-o'qituvchilar, xodimlar va talabalarni haftaning har juma— "Milliy liboslar kuni"da faol ishtirok etishga chaqiramiz.
———————————————
😃 O‘zJOKU matbuot xizmati:
1,270
23
O‘zJOKU | Rasmiy
Apr 1, 2026, 02:14 AM
📷 Photo
“Birga hayotni saqlaymiz” — milliy donorlik aksiyasi!
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida ezgulik va insonparvarlikni targ‘ib etuvchi milliy donorlik aksiyasi tashkil etilmoqda.
📅 Sana: 2-aprel
🕘 Vaqt: 09:30
📍 Manzil: Universitet sport zali
Bu aksiya orqali siz kimningdir hayotini saqlab qolishingiz, yaxshilik ulashishingiz mumkin. Har bir tomchi qon — bu bir umrga teng yordam!
🤝Barchani ushbu xayrli tashabbusda faol va ko‘ngilli ishtirok etishga chorlaymiz!
❤️Hayotni birga saqlaymiz!
———————————————
😃 O‘zJOKU matbuot xizmati:
664
6
O‘zJOKU | Rasmiy
Apr 1, 2026, 02:14 AM
📷 Photo
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤
🎭 DIQQAT, DIQQAT, SPEKTAKLGA MARHAMAT!
O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti “ART VISION” teatr jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan “Afandining hangomalari” nomli qiziqarli spektaklga barcha talabalar va teatr ixlosmandlarini taklif etamiz.
Kulgu, hayotiy voqealar va Afandining o‘tkir hazillari bilan boy bo‘lgan ushbu spektakl sizga unutilmas kayfiyat ulashadi. Do‘stlaringiz bilan kelib, maroqli dam oling!
📅 Sana: 2-aprel
🕕 Vaqt: soat 18:00
📍 Manzil: O‘zJOKU Faollar zalida
🎬 Barchangizni kutib qolamiz!
———————————————
😃 O‘zJOKU matbuot xizmati:
629
11
O‘zJOKU | Rasmiy
Apr 1, 2026, 02:14 AM
🎥 Video
🏆🏆🏆
Aziz yoshlar!
barcha oliy ta'lim muassasalarida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqalari boshlanmoqda.
📆 Ushbu olimpiadaning O'zJOKUda universitet bosqichi: 1-30-aprel kunlari bo'lib o'tadi.
Olimpiadaning universitet bosqichi uchun ochilish marosimi ertaga, 1-aprel kuni bo’lib o’tadi.
❗️Eslatib o’tamiz, ushbu olimpiada futbol, basketbol, voleybol, gandbol, stol tennisi, yengil atletika va suzish sport turlari bo’yicha o’tkaziladi.
Siz ham ishtirok eting va o’z kuchingizni sinab ko’ring!
———————————————
😃 O‘zJOKU matbuot xizmati:
770
12
O‘zJOKU | Rasmiy
Apr 1, 2026, 02:14 AM
📷 Photo
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦🟦🟦
Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi
Bugun O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Jurnalistika fakulteti “Xalqaro va audiovizual jurnalistika” kafedrasi tomonidan “Audiovizual jurnalistika muammolari, rivojlanish strategiyalari va standartlarni moslashtirish masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi. Unda xalqaro ekspertlar, yetakchi olimlar, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, jurnalist va blogerlar, shuningdek, talabalar faol ishtirok etdi.
Konferensiyaga taqdim etilgan ilmiy maqola va materiallar yuqori saviyada baholanib, ularni to‘plam shaklida nashr etish rejalashtirilgan.
Anjumanda xorijiy mamlakatlaridan, jumladan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya hamda Pokistondan taklif etilgan soha mutaxassislari oflayn va onlayn formatda ma’ruzalar bilan qatnashdi.
Ma’ruzalar davomida audiovizual jurnalistika sohasida kechayotgan raqamli transformatsiya jarayonlari, kontent ishlab chiqarishning zamonaviy yondashuvlari, jurnalistlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda xalqaro standartlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, media sohasida innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish, jurnalistika ta’limi sifatini yanada oshirish va xalqaro tajribalarni keng joriy etish bo‘yicha muhim taklif va tavsiyalar ilgari surildi.
Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy anjuman media sohasi vakillari, olimlar va yosh tadqiqotchilar o‘rtasida tajriba almashish, ilmiy hamkorlikni rivojlantirish hamda ochiq muloqot maydonini yaratishda muhim ahamiyat kasb etdi.
———————————————
😃 O‘zJOKU matbuot xizmati:
O‘zJOKU | Rasmiy
Apr 1, 2026, 02:14 AM
📷 Photo
685
2
0
O‘zJOKU | Rasmiy
Mar 29, 2026, 12:26 AM
🎥 Video
📢 DIQQAT E’LON!
🎓 Siz iqtidorli talabamisiz?
💡 Sizda kreativ g‘oyalar va yuqori energiya bormi?
Unda ushbu loyihalar aynan siz uchun!
🔹 “Karyera maktabi”
🔹 “Pragmatic’s Academy” talabalar ilmiy-tadqiqot klubi
🔹 “Kutubxonachi buvijon” startap loyihasi
🔹 “Her rise” loyihasi
🚀 Biz o‘z jamoamizni kengaytirmoqdamiz va yangi, faol hamda tashabbuskor volontyorlarni izlamoqdamiz!
Agar sizda bizga qo‘shilish istagi bo‘lsa, quyidagi havolalar orqali murojaat qilishingiz mumkin.
🔗 https://t.me/Siyosatshunos_TDNhttps://t.me/IR_AAM07
📌 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — kelajagingizni bugundan boshlang!
419
O‘zJOKU | Rasmiy
Mar 29, 2026, 12:26 AM
📷 Photo
"My sweet home" TTJ holati doimiy nazoratda
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalar turar joyi — “My sweet home”da talaba-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar doimiy o'rganib boriladi.
Universitetning rektor v.v.b Nozima Muratova hamda mas’ul xodimlar tomonidan talabalar turar joyida navbatdagi tekshirish va o'rganish ishlari olib borilib, ularning yashash sharoitlari, mavjud qulayliklar, masala-muammolar, shuningdek, kundalik ehtiyojlari atroflicha ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish jarayonida talaba-yoshlar bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Aniqlangan muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar belgilandi hamda mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
———————————————
😃 O‘zJOKU matbuot xizmati:
797
O‘zJOKU | Rasmiy
Mar 29, 2026, 12:26 AM
📷 Photo
❗️❗️❗️❗️❗️
Fakultet koordinatorlari saylandi
O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida har bir fakultet koordinatorligi uchun saylov o’tkazildi va ovozlar jamlandi.
Talabalarning bergan ovozlari natijalariga ko’ra:
➡️Xalqaro munosabatlar va IGF fakultetiga To’rayev Diyorbek;
➡️PR va menejment fakultetiga Ermatova Maftuna;
➡️Jurnalistika fakultetiga Muhtorjonova Ifora eng ko’p ovoz to’plab, fakultet koordinatorlari etib saylandilar.
G’oliblarni tabriklaymiz va kelgusi faoliyatlarida ularga muvaffaqiyat tilaymiz! Faol ishtirok etgan barcha talabalarga minnatdorlik bildiramiz. Sizning ovozingiz biz uchun muhim!
———————
Выбраны координаторы факультетов
В Университете журналистики и массовых коммуникаций Узбекистана были проведены выборы координаторов по каждому факультету, и голоса студентов были подсчитаны.
По результатам голосования студентов:
➡️ на факультете международных отношений и IGF — Тураев Диёрбек;
➡️ на факультете PR и менеджмента — Эрматова Мафтуна;
➡️ на факультете журналистики — Мухторжонова Ифора — набрали наибольшее количество голосов и были избраны координаторами факультетов.
Поздравляем победителей и желаем им успехов в дальнейшей деятельности! Благодарим всех студентов за активное участие. Ваш голос важен для нас!
———————————————
😃 O‘zJOKU matbuot xizmati:
O‘zJOKU | Rasmiy
Mar 29, 2026, 12:26 AM
📷 Photo
🟦🟦🟦
Ekologiyaning bilimdonlari aniqlanadi!
O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari o'rtasida ekologik madaniyatni oshirish maqsadida “Ekologiya bilimdoni”, “Ekologik madaniyat targ‘ibotchisi”, “Eng faol ekovolontyor” va “Yilning eng yaxshi ekologiya himoyachisi” nominatsiyalari bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi.
Tanlov yo‘nalishlari:
🎬 Mavzu doirasida videorolik tayyorlash;
🧠 Kahoot testi orqali bilimlar sinovi.
Kahoot testi o‘tkaziladigan joy: Universitet Faollar zali
📅 : 1-aprel
🕐 : Tez orada e’lon qilinadi
📩 Videoroliklarni taqdim etish tartibi:
Ishtirokchilar o‘z videoroliklarini belgilangan muddatgacha topshirishlari lozim:
https://t.me/foydalanuvchiMQ
⏰ Tanlovning yakuniy muddati:
1-aprel soat 18:00 ga qadar.
G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlanadi. Barcha talaba-yoshlarni ekologik madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan ushbu tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
———————————————
😃 O‘zJOKU matbuot xizmati:
O‘zJOKU | Rasmiy
Mar 29, 2026, 12:26 AM
🎥 Video
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida "Payshanba — yoshlar kuni" doirasida o'tkazilgan PR va menejment fakultetining voleybol bo‘yicha “Dekan kubogi” musobaqasidan video lavha
#yoshlarkuni
———————————————
😃 O‘zJOKU matbuot xizmati:
1,240
14
O‘zJOKU | Rasmiy
Mar 29, 2026, 12:26 AM
🎥 Video
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
Xitoy Xalq Respublikasida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti delegatsiyasi hamda Xitoy–xorijiy tillar almashinuvi va hamkorlik markazi o‘rtasida o'tkazilgan uchrashuvdan video lavha
———————————————
😃 O‘zJOKU matbuot xizmati:
1,350
15
O‘zJOKU | Rasmiy
Mar 29, 2026, 12:26 AM
📷 Photo
🏐🏐🏐🏐
Voleybol bo'yicha "Dekan kubogi"
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida "Payshanba — yoshlar kuni" munosabati bilan PR va menejment fakulteti doirasida voleybol bo‘yicha “Dekan kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra,
🥇 “Traybrays” jamoasi;
🥈 "Axborot xizmati" jamoasi;
🥉 "Royal" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.
G‘olib va sovrindor jamoalar fakultet dekani tomonidan tantanali ravishda taqdirlandi va ularga esdalik sovg'alari topshirildi.
Mazkur musobaqa talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jamoaviylik ruhini mustahkamlashga xizmat qildi.
#yoshlarkuni
———————————————
😃 O‘zJOKU matbuot xizmati:
1,210
O‘zJOKU | Rasmiy
Mar 27, 2026, 03:09 AM
📷 Photo
O'zJOKU talabalari shahidlar xotirasini yod etdi
Bugun "Yoshlar kuni" doirasida O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Jurnalistika fakulteti talabalari Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurishdi.
Mazkur tashrif talabalarning nafaqat nazariy bilimlarini mustahkamlash, balki ularning tarixiy tafakkurini kengaytirish, oʻtmish saboqlaridan xulosa chiqarishga undash maqsadida tashkil etildi.
Tashrif davomida talabalar yurtimiz tarixining eng ogʻir va murakkab sahifalaridan biri boʻlgan qatagʻon davri haqida batafsil ma’lumotlarga ega boʻldilar. Muzey eksponatlari, arxiv hujjatlari, suratlar va tarixiy manbalar orqali o‘sha davrda nohaq ayblovlar bilan jazolangan, o‘zining ilmiy, ijodiy va ijtimoiy faoliyati bilan yurt ravnaqiga xizmat qilgan ziyolilarning hayoti va fojeali taqdiri bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, talabalar qatagʻon qurbonlarining boy ma’naviy merosi, ularning ilm-fan, adabiyot, san’at va jamiyat taraqqiyotiga qoʻshgan beqiyos hissasi haqida chuqur tushunchaga ega boʻldilar. Bu esa yoshlar ongida tarixiy adolatni anglash, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar talabalarda oʻz tarixiga befarq boʻlmaslik, ajdodlar xotirasiga hurmat va ehtirom bilan qarash, Vatanga sadoqat ruhini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, jurnalistika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun bu kabi tashriflar kelajak kasbiy faoliyatida haqqoniylik, adolat va tarixiy xotirani asrab-avaylash kabi muhim tamoyillarni chuqur anglashlariga xizmat qiladi.
Shu kabi tashriflar orqali yoshlar qalbida yurtimiz oʻtmishiga hurmat, bugungi tinch va osoyishta hayotning qadriga yetish hamda kelajak oldidagi mas’uliyat hissi yanada mustahkamlanadi.
#yoshlarkuni
———————————————
😃 O‘zJOKU matbuot xizmati:
O‘zJOKU | Rasmiy
Mar 27, 2026, 03:09 AM
🎥 Video
"Payshanba — yoshlar kuni" munosabati bilan, O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Jurnalistika fakulteti talabalarining Shahidlar xotirasi muzeyiga tashrifi bo'yicha video lavha
#yoshlarkuni
———————————————
😃 O‘zJOKU matbuot xizmati:
707
14
O‘zJOKU | Rasmiy
Mar 27, 2026, 03:09 AM
📷 Photo
““Dunyo madaniyatlari" devoriy gazetasi – 2026” tanlovi e'lon qilinadi!
Hurmatli talabalar!
O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida barcha fakultet va yo‘nalish talabalari uchun ““Dunyo madaniyatlari" devoriy gazetasi – 2026” nomli tanlov e'lon qilinadi!
Ushbu tanlov orqali siz turli xalqlarning boy madaniyati, urf-odatlari va an’analarini o‘rganib, ularni ijodiy yondashuv asosida namoyon etishingiz mumkin.
📌 Tanlov kimlar uchun?
— O'zJOKUning barcha yo‘nalish va fakultet talabalari
— Har bir yo‘nalish alohida jamoa sifatida ishtirok etadi.
📌 Tanlov shartlari:
— Har bir yo‘nalish bitta davlat yoki millat madaniyatini tanlaydi va uni devoriy gazeta sifatida aks ettiradi.
— Ishlar jamoaviy tarzda amalga oshiriladi.
📅 Ijodiy ishlarni topshirish muddati: 26-martdan 9-aprelgacha
📍 Tayyorlangan ijodiy ishlar Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limiga topshiriladi.
Turli madaniyatlar uyg‘unligini bir sahnada jamlab, unutilmas taassurotlar yarating!
📩 Batafsil ma’lumotlar uchun https://t.me/kamiila77 bilan bog’laning.
———————————————
😃 O‘zJOKU matbuot xizmati:
O‘zJOKU | Rasmiy
Mar 27, 2026, 03:09 AM
📷 Photo
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
O‘zJOKU delegatsiyasining Xitoydagi navbatdagi uchrashuvi: yangi hamkorlik bosqichi
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti vakillarining Xitoyga bo'lgan xizmat safarida davomida O'zJOKU va Xitoy kommunikatsiyalar universiteti o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qator muhim takliflar muhokama qilindi.
Uchrashuvda ta’lim, ilmiy-tadqiqot va madaniy-gumanitar almashinuv yo‘nalishlarida yangi tashabbuslar ilgari surildi.
💠 Akademik va ta’limiy hamkorlik
• Qo‘shma ta’lim dasturlari va ixtisoslashgan kurslarni ishlab chiqish va joriy etish;
• Talabalar hamda professor-o‘qituvchilar almashinuv dasturlarini rivojlantirish;
• "2+2", "3+1" kabi qo‘shma ta’lim modellari orqali hamkorlikni kuchaytirish;
• Xalqaro konferensiyalar va qo‘shma ilmiy loyihalarni tashkil etish;
• Media kommunikatsiya, raqamli media va raqamli marketing yo‘nalishlarida qo‘shma treninglar va seminarlar o‘tkazish;
• Xitoy tili hamda media terminologiyasiga oid maxsus kurslarni yo‘lga qo‘yish.
💠 Ilmiy-tadqiqot va akademik almashinuv
• Jurnalistika va media tadqiqotlari sohasida qo‘shma ilmiy izlanishlar olib borish:
• Xalqaro ilmiy konferensiyalar va forumlarni birgalikda tashkil etish;
• Olimlar va tadqiqotchilar o‘rtasida akademik tashriflar almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
• Ilmiy natijalar almashinuvi va qo‘shma maqolalar chop etishni rag‘batlantirish.
💠 Madaniy va gumanitar hamkorlik
• Madaniy tadbirlar, ko‘rgazmalar va media-madaniy almashinuv dasturlarini tashkil etish;
• O‘zbekiston va Xitoyning media hamda madaniy tajribalarini o‘zaro ommalashtirish;
• Til va madaniyatni o‘rganishga qaratilgan onlayn va oflayn dasturlarni amalga oshirish.
🤝 Mazkur uchrashuv ikki universitet o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlash, talabalar va mutaxassislar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda xalqaro akademik aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
———————————————
😃 O‘zJOKU matbuot xizmati:
O‘zJOKU | Rasmiy
Mar 27, 2026, 03:09 AM
📷 Photo
🟥🟥🟥 Kitob o‘qib qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling!
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2026-yilgi 1-mavsumini e’lon qiladi.
☑️Tanlovda barcha oliy ta’lim tashkilotlarining talaba-yoshlari (bakalavr va magistrlar), akademik litsey, kollej va texnikum o‘quvchilari qatnashishi mumkin.
📚Tanlovda ishtirok etish uchun https://t.me/kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, rasmda ko‘rsatilgan kitoblarni o‘qish va ular asosida tuzilgan testlarni ishlash kerak bo‘ladi.
✅Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:
🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5)"
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Planshet (6/128)
🔵4-o‘rin (4 nafar) – Planshet (4/64)
🔵5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32"
✅“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:
🔵1-o‘rin (1 nafar) – Planshet (6/128)
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Planshet (4/64)
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32"
🔖 Tanlovda faol qatnashgan barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.
➡️ https://docs.google.com/document/d/1cohEs8fG4tPmJc7zgHX--l15oPCP8udu/edit?usp=sharing&ouid=116626773679525368685&rtpof=true&sd=true https://drive.google.com/file/d/1hGNQpsYeYWKXWKwJIXyGQmdXhnZz9f1_/view?usp=sharingKitob o‘qing, testlarni ishlang. Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan o‘rin egallang. Barchaga omad!
O‘zJOKU | Rasmiy
Mar 27, 2026, 03:09 AM
📷 Photo
📣📣📣📣📣
Xalqaro stipendiya imkoniyati!
🇮🇳 Hindiston madaniy aloqalar kengashi (ICCR) tomonidan 2026/2027-o‘quv yili uchun xorijiy talabalarga stipendiya dasturiga qabul boshlandi!
🎓 Ushbu stipendiya orqali siz Hindistonning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
📅 Ariza topshirish muddati:
2026-yil 15-aprelgacha
🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:
https://a2ascholarships.iccr.gov.in/
Stipendiya haqida qisqacha:
🟢Bakalavriat, magistratura va boshqa ta’lim bosqichlari mavjud;
🟢O‘qish xarajatlari qoplanadi (dasturga qarab);
🟢Xalqaro tajriba va yangi madaniyat bilan tanishish imkoniyati.
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Mas’ul shaxs: Sanjay Vedi
📧 Email: [email protected]
Telefon: +91 9810147044
———————————————
😃 O‘zJOKU matbuot xizmati:
1,360
O‘zJOKU | Rasmiy
Mar 27, 2026, 03:09 AM
📷 Photo
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Janubiy Koreyaning Seoul National University (SNU)da “SNU President Fellowship (SPF)” stipendiya dasturi bo‘yicha 2026-yil kuzgi semestri uchun qabul jarayonlari boshlandi.
🎓 Dastur haqida qisqacha:
“SPF” stipendiya dasturi asosan Osiyo, Afrika va Janubiy Amerikadagi rivojlanayotgan davlatlar universitetlarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, g‘oliblarga SNUda PhD (doktorantura) bosqichida tahsil olish imkoniyatini taqdim etadi.
🌍 Kimlar uchun:
Oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar;
Ilmiy faoliyatini xalqaro darajada davom ettirish istagida bo‘lgan nomzodlar.
📎Batafsil ma’lumot:
Dastur shartlari va hujjatlar ro‘yxati bilan quyidagi rasmiy sahifa orqali tanishishingiz mumkin:
https://en.snu.ac.kr/admission
———————————————
😃 O‘zJOKU matbuot xizmati: