No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
"Hududiy Elektr Tarmoqlari" Aksiyadorlik Jamiyati Toshkent hududiy filiali
May 13, 2026, 10:33 AM
📷 Photo
Tatariston Respublikasi bilan energetika yo‘nalishida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
“O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2026” 28-xalqaro ko‘rgazma va konferensiyasi doirasida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati hamda Tatariston savdo va ishlab chiqarish vazirligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar elektr energetikasi sohasidagi hamkorlik istiqbollari, zarur jihozlarni ishlab chiqarishda o‘zaro tajriba almashinish, sohada innovatsion texnologiyalarni joriy etishda hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish va aniq loyihalar ustida ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.
📱 https://www.facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari | 📱 https://t.me/hetmuloqot | 📱 https://www.youtube.com/@HUDUDIYELEKTRTARMOQLARI | 📱 https://www.instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari/ | 📱 https://twitter.com/HET_AJ | 📱 https://het.uz/oz
210
0
0
"Hududiy Elektr Tarmoqlari" Aksiyadorlik Jamiyati Toshkent hududiy filiali
May 13, 2026, 10:33 AM
📷 Photo
📌📌📌📌📌📌
Mintaqaviy energetik hamkorlik va “yashil” taraqqiyot masalalari muhokama qilinmoqda
Energetika haftaligi doirasida “Mintaqada barqaror energetika arxitekturasi uchun sa’y-harakatlarni birlashtirish” mavzusida yalpi majlis bo‘lib o‘tmoqda.
Unda hamkor davlatlar o‘rtasidagi energetika loyihalarini muvofiqlashtirish, infratuzilmaviy integratsiyani kuchaytirish, energetika xavfsizligini ta’minlash, resurslarni diversifikatsiya qilish, “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish, shuningdek, “aqlli” tarmoqlar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish masalalari muhokama qilinmoqda.
Yalpi majlisni Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev kirish so‘zi bilan ochib berdi. O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, Belarus Respublikasi Energetika vaziri Denis Moroz, Ozarbayjon va Qozog‘iston energetika vazirlari o‘rinbosarlari, SHHT Bosh kotibi o‘rinbosari hamda Gaz eksport qiluvchi davlatlar forumi Bosh kotibi ishtirok etmoqda. Tomonlar mintaqaviy energetik hamkorlikni mustahkamlash va barqaror rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.
Tadbir davomida sohada zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ekologik barqarorlikni ta’minlash, energiya samaradorligini oshirish hamda xalqaro investitsiyalarni jalb qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📱 https://www.facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari | 📱 https://t.me/hetmuloqot | 📱 https://www.youtube.com/@HUDUDIYELEKTRTARMOQLARI | 📱 https://www.instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari/ | 📱 https://twitter.com/HET_AJ | 📱 https://het.uz/oz
"Hududiy Elektr Tarmoqlari" Aksiyadorlik Jamiyati Toshkent hududiy filiali
May 13, 2026, 10:33 AM
🎥 Video
📌📌📌📌📌📌
#energetika_haftaligi
Dastlabki soatlardanoq yuqori faollik va katta qiziqish
OGU va Power Uzbekistan 2026 koʻrgazmasida ayni paytda haqiqiy qizgʻin muhit hukm surmoqda — pavilyonlar soha mutaxassislari, xalqaro kompaniyalar vakillari, investorlar hamda energetika sohasi mutaxassislari bilan gavjum.
Faol muzokaralar, yangi hamkorlik aloqalari, innovatsion texnologiyalar taqdimotlari va ishtirokchilar stendlariga boʻlgan yuqori qiziqish Uzbekistan Energy Weekʻning mintaqa energetika sanoati uchun muhim platforma ekanini yana bir bor tasdiqlamoqda.
📱 https://www.facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari | 📱 https://t.me/hetmuloqot | 📱 https://www.youtube.com/@HUDUDIYELEKTRTARMOQLARI | 📱 https://www.instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari/ | 📱 https://twitter.com/HET_AJ | 📱 https://het.uz/oz
"Hududiy Elektr Tarmoqlari" Aksiyadorlik Jamiyati Toshkent hududiy filiali
May 13, 2026, 10:33 AM
📷 Photo
📌📌📌📌📌📌
Ammo ushbu raqamlar ortida yanada muhim jihatlar bor: yangi elektr stansiyalari, yangi texnologiyalar, yangi ish o‘rinlari, mustahkam infratuzilma, ishonchli ta’minot va biznes hamda aholi uchun yanada katta ishonch.
Biz uchun alohida ustuvor yo‘nalish — “yashil” energetikadir.
Bugungi kunda O‘zbekistonda quyosh va shamol elektr stansiyalari quvvati 5,5 gigavattdan oshdi.
Gidroenergetika bilan birgalikda toza energiyaning umumiy energetika balansdagi ulushi 30 foizga yetdi.
Shuningdek, aholi xonadonlari, ijtimoiy obyektlar va xususiy biznes subyektlari binolarida 2 gigavattdan ortiq quyosh panellari o‘rnatildi.
Bu — juda katta o‘zgarishdir.
📱 https://www.facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari | 📱 https://t.me/hetmuloqot | 📱 https://www.youtube.com/@HUDUDIYELEKTRTARMOQLARI | 📱 https://www.instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari/ | 📱 https://twitter.com/HET_AJ | 📱 https://het.uz/oz
"Hududiy Elektr Tarmoqlari" Aksiyadorlik Jamiyati Toshkent hududiy filiali
May 13, 2026, 10:33 AM
📷 Photo
📌📌📌📌📌📌
Jamshid Xodjayev: So‘nggi yillarda O‘zbekiston energetika sohasiga qariyb 35 mlrd AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilindi
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev “Uzbekistan Energy Week 2026”ning ochilish marosimida nutq so‘zlamoqda:
Biz sanoat, investorlar, aholi, mintaqaviy hamkorlik va “yashil” transformatsiya uchun energetikani O‘zbekistonning eng kuchli ustunlaridan biriga aylantirishni istaymiz.
Bu — energetika sohasidagi islohotlarimizning asosiy mazmunidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida energetika sohasi xususiy investitsiyalar uchun ochildi, davlat-xususiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlari yaratildi, investorlar uchun shaffof qoidalar joriy etildi va rejalar amaliy loyihalarga aylantirildi.
Natijalar esa yaqqol ko‘rinib turibdi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston energetika sohasiga qariyb 35 milliard AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilindi.
9 gigavatt yangi generatsiya quvvatlari ishga tushirildi.
Mamlakatimizning umumiy generatsiya quvvati 25,8 gigavattga yetdi.
Elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi qariyb 40 foizga oshib, 60 milliard kilovatt•soatdan 85 milliard kilovatt•soatga yetdi.
Bu — juda katta raqamlar.
📱 https://www.facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari | 📱 https://t.me/hetmuloqot | 📱 https://www.youtube.com/@HUDUDIYELEKTRTARMOQLARI | 📱 https://www.instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari/ | 📱 https://twitter.com/HET_AJ | 📱 https://het.uz/oz
"Hududiy Elektr Tarmoqlari" Aksiyadorlik Jamiyati Toshkent hududiy filiali
"Hududiy Elektr Tarmoqlari" Aksiyadorlik Jamiyati Toshkent hududiy filiali
Apr 3, 2026, 11:15 AM
📷 Photo
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent tumani, “Oltintepa” MFY, Bodomzor ko‘chasida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilayotganligi yuzasidan tarqalgan murojaat bo‘yicha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent hududiy filiali quyidagilarni ma’lum qiladi:
Mazkur holat yuzasidan Toshkent tumani elektr ta’minoti korxonasining tezkor ishchi guruhi tomonidan zudlik bilan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar natijasida, hududni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi TP-1098 sonli transformator punktining 0,4 kV kuchlanishli fiderida saqlagich (predoxranitel) kuyganligi aniqlandi.
Tezkor guruh tomonidan nosozlik bartaraf etilib, kuygan saqlagich yangisiga almashtirildi va tarmoq qayta kuchlanishga ulandi.
Hozirda Bodomzor ko‘chasida elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklanganligini hamda iste’molchilarga barqaror energiya yetkazib berilayotganligini bildiramiz.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz!
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent hududiy filiali matbuot xizmati.
📝 📝 https://www.facebook.com/share/187VKS5HAf/
"Hududiy Elektr Tarmoqlari" Aksiyadorlik Jamiyati Toshkent hududiy filiali
Apr 3, 2026, 11:15 AM
🎥 Video
📌📌📌📌📌📌
“BIR XATONING MING JAFOSI”: ENERGETIKLAR UCHUN HAYOTIY SABOQLAR
Energetika tizimida 47 yillik tajribaga ega bo‘lgan faxriy energetik Ro‘ziqul Rayimovning “Bir xatoning ming jafosi” kitobi soha xodimlari uchun muhim qo‘llanma hisoblanadi.
Muallif uzoq yillik faoliyati davomida guvohi bo‘lgan, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida yuz bergan jonli voqea-hodisalarni kitobga jamlagan. Ushbu asar nafaqat mashaqqatli kasb egalarining mehnatini, balki bir soniyalik eʼtiborsizlik qanday baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishini hikoya qiladi.
Energetika vazirligining tegishli buyrug‘iga muvofiq, tizimda xodimlarning mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Vazirlikda kitob o‘qish soati” loyihasi yo‘lga qo‘yildi.
Biz ushbu kitobdagi eng muhim va ibratli parchalarni sizlarga taqdim etib boramiz.
https://t.me/minenergy_uz
📱 https://www.facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari | 📱 https://t.me/hetmuloqot | 📱 https://www.youtube.com/@HUDUDIYELEKTRTARMOQLARI | 📱 https://www.instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari/ | 📱 https://twitter.com/HET_AJ | 📱 https://het.uz/oz
"Hududiy Elektr Tarmoqlari" Aksiyadorlik Jamiyati Toshkent hududiy filiali
Apr 3, 2026, 11:15 AM
🎥 Video
AHOLI MUROJAATLARI — DOIMIY E’TIBORDA
Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda aholi murojaatlariga tezkor va samarali javob berish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan edi. Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
📍 Xususan, Yangiyo‘l shahar elektr ta’minoti bo‘limi ishchi guruhi tomonidan “Bog‘bon” MFY aholisidan kelib tushgan murojaatlar joyida o‘rganildi.
⚡️ Iste’molchilarning elektr ta’minoti sifatini yaxshilash borasidagi so‘rovlari yuzasidan amaliy choralar ko‘rilib, muammolar o‘z vaqtida hal etildi.
Xalq bilan muloqot va murojaatlar bilan ishlash jarayonlari davom etmoqda.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali matbuot xizmati
📝 📝 https://www.facebook.com/share/v/19dpsmzL6A/
610
"Hududiy Elektr Tarmoqlari" Aksiyadorlik Jamiyati Toshkent hududiy filiali
"Hududiy Elektr Tarmoqlari" Aksiyadorlik Jamiyati Toshkent hududiy filiali
Apr 3, 2026, 11:15 AM
📷 Photo
Ohangaron tuman elektr ta‘minoti ogohlantiradi!
“Ohangaron tuman elektr ta’minoti” (TET) shuni ma’lum qiladiki, “G‘arbiy” podstansiyasida rejalashtirilgan joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan:
📅 2026-yil 27-mart kuni soat 09:00 dan 16:00 gacha quyidagi hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
📍 Mahalla fuqarolar yig‘inlari:
🔹 Oybuloq MFY
🔹 Ozodlik MFY
🔹 Ubayt MFY
🔹 O‘zar MFY
🔹 Yangibino MFY
⚠️ Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali matbuot xizmati
📝 📝 https://www.facebook.com/share/187VKS5HAf/
439
"Hududiy Elektr Tarmoqlari" Aksiyadorlik Jamiyati Toshkent hududiy filiali
Apr 3, 2026, 11:15 AM
📷 Photo
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahrining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘layotgani haqida tarqalgan murojaatlar yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent hududiy filiali quyidagilarni ma’lum qiladi:
Sog‘at 23:35 “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufidagi “Tayyoragoh” podstansiyasidan chiquvchi 522-fiderda favqulodda (avariyalik) o‘chish holati yuzaga kelgan.
🔎 O‘rganishlar natijasida: Uzilishga TP-522 transformator punktini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 6 kVli kuchlanishli kabel tarmog‘ining shikastlangani sabab bo‘lgani aniqlandi.
🛠 Amalga oshirilgan ishlar: Nosozlikni bartaraf etish uchun maxsus brigadalar jalb etilib, tezkor ta’mirlash ishlari olib borildi. Natijada, soat 03:30 da kabel tarmog‘i to‘liq ta’mirlanib, hududda elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklandi.
⚠️ Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali matbuot xizmati
📝 📝 https://www.facebook.com/share/187VKS5HAf/
"Hududiy Elektr Tarmoqlari" Aksiyadorlik Jamiyati Toshkent hududiy filiali
Apr 3, 2026, 11:15 AM
📷 Photo
Yuqori Chirchiq tumani elektr ta’minoti ogohlantiradi!
Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berish, shuningdek, tarmoq quvvatini oshirish maqsadida:
📅 2026-yil 27-mart kuni soat 08:00 dan 17:00 gacha “Jumabozor” 35/10 kV podstansiyasidagi T-2 kuch transformatorini yuqori quvvatlisiga almashtirish ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan quyidagi hududlarda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatiladi:
📍 MFYlar kesimida:
🔹 Obadon MFY
🔹 Navoiy MFY
🔹 Guliston MFY
🔹 Usmonobod MFY
🔹 Darxan MFY
🔹 T. G. Xvan MFY (ayrim joylarida)
🔹 Jaloltepa MFY (ayrim joylarida)
⚠️ Eslatma: Mazkur ishlar “Guliston”, “Agrofayz” va “Darxan” yo‘nalishidagi XL-10 kV elektr tarmoqlarida amalga oshiriladi.
⚠️ Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali matbuot xizmati
📝 📝 https://www.facebook.com/share/187VKS5HAf/
"Hududiy Elektr Tarmoqlari" Aksiyadorlik Jamiyati Toshkent hududiy filiali
Apr 3, 2026, 11:15 AM
📷 Photo
Nurafshon Shahar VA O‘rta Chirchiq Tuman ELEKTR TA‘MINOTI OGOHLANTIRADI!
Nurafshon Shahar elektr ta‘minoti va O‘rta Chirchiq Tuman elektr ta‘minoti shuni ma’lum qiladiki, “O‘rta Chirchiq” 110/35/6 kV podstansiyasining “Qorasuv” 6 kV tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan:
📅 2026-yil 27-mart kuni soat 12:00 dan 17:00 gacha quyidagi hududlarda elektr energiyasida uzilishlar kuzatiladi:
📍 Nurafshon shahri bo‘yicha:
🔹 Eyvalek MFY
🔹 Oybek MFY
🔹 Muqumiy MFY
🔹 Obod turmush MFY
🔹 Navro‘z MFY
🔹 Qumariq MFY
🔹 Dehqonobod MFY
🔹 To‘ytepa MFY
📍 O‘rta Chirchiq tumani bo‘yicha:
🔸 Qorasuv MFY
🔸 G‘alabotir MFY (G‘alabotir va Qumariq ko‘chalari)
🔸 Turkiston MFY (Paxta zavodi kirish ko‘chasi)
⚠️ Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali matbuot xizmati
📝 📝 https://www.facebook.com/share/187VKS5HAf/
"Hududiy Elektr Tarmoqlari" Aksiyadorlik Jamiyati Toshkent hududiy filiali
Apr 3, 2026, 11:15 AM
🎥 Video
Aholi murojaatlari e’tiborda: Muammolar joyida hal etilmoqda!
⚡️ "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali tasarrufidagi Oqqo‘rg‘on tuman elektr ta’minoti tomonidan iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlar o‘z vaqtida o‘rganilib, amaliy yechim topmoqda.
📍 Xususan, tumandagi “Guliston” va “Istiqlol” MFYlarida elektr ta’minoti sifatini yaxshilash maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
✅ Yangi transformator punktlari o‘rnatildi;
✅ Zamonaviy temir-beton tayanchlar o‘rnatildi;
✅ Bardoshli va xavfsiz SIP kabellari tortildi.
🤝 Bu kabi sa’y-harakatlar aholini barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
Batafsil: Videorolikda
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali matbuot xizmati
📝 📝 https://www.facebook.com/share/v/179uB2JhKB/
624
"Hududiy Elektr Tarmoqlari" Aksiyadorlik Jamiyati Toshkent hududiy filiali
Mar 31, 2026, 07:20 AM
📷 Photo
❇️ KORRUPSIYA – JAMIYAT UCHUN XAVFLI ILLAT
✳️ Joriy yilda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda tasdiqlangan korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish, shu jumladan, maishiy korrupsiyaga barham berish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini shakllantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ijrosi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Shu jumladan, bugun Piskent tumani elektr ta’minoti xodimlari bilan “Yo‘l xaritasi”da belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash yuzasidan targ‘ibot-tashviqot va profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Suhbat davomida korrupsiyaviy holatlar bo‘yicha aniq misollar keltirilib, yil davomida filial xodimlari tomonidan sodir etilgan qonunbuzilish holatlari tahlil qilindi. Shuningdek, xodimlarga mavzuga oid tarqatma materiallar, buklet va flayerlar tarqatildi.
❇️ “Yo‘l xaritasi” bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosini o‘z muddatlarida ta’minlash borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali matbuot xizmati
📝 📝 https://www.facebook.com/share/187VKS5HAf/
"Hududiy Elektr Tarmoqlari" Aksiyadorlik Jamiyati Toshkent hududiy filiali
Mar 31, 2026, 07:20 AM
📷 Photo
QIBRAY TUMANI VA TOSHKENT TUMANI ELEKTR TA'MINOTI OGOHLANTIRADI!
“Qibray TET” va “Toshkent TET” korxonalari shuni ma’lum qiladiki:
🛠 SABABI:
“Milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 35/6 kVli “Sabzavot” podstansiyasining 35 kVli moyli o‘chirgich elektr qurilmalarida mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan, ishchi-xodimlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
🗓 VAQTI:
2026-yil 26-mart (Payshanba) kuni soat 08:00 dan 17:00 ga qadar.
📍 HUDUDLAR (MFYlar):
Ushbu podstansiyadan chiquvchi “Sabzavot”, “Gulbahor”, “Yonariq”, “Tutzor” hamda “Iqbol” fiderlari orqali ta’minlanuvchi quyidagi mahallalar:
🔹 Tutzor MFY
🔹 Sabzavot MFY
🔹 Darxon MFY
🔹 Iqbol MFY
🔹 Parvoz MFY
🔹 Guliston MFY
🔹 Ibrat MFY
🔹 O‘nqo‘rg‘on MFY
🔹 Obod MFY
🏢 Shuningdek, mazkur MFYlar hududida faoliyat yurituvchi barcha korxona va tashkilotlarda ham elektr energiyasi ta’minotida uzilish kuzatiladi.
⚠️ Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali matbuot xizmati
📝 📝 https://www.facebook.com/share/187VKS5HAf/
"Hududiy Elektr Tarmoqlari" Aksiyadorlik Jamiyati Toshkent hududiy filiali
"Hududiy Elektr Tarmoqlari" Aksiyadorlik Jamiyati Toshkent hududiy filiali
Mar 31, 2026, 07:20 AM
📷 Photo
CHIRCHIQ SHAHAR ELEKTR TA'MINOTI OGOHLANTIRADI!
“Chirchiq shahar elektr ta’minoti korxonasi” shuni ma’lum qiladiki:
🗓 Ertaga, 2026-yil 26-mart (Payshanba) kuni soat 09:00 dan 15:00 ga qadar quyidagi hududlarda elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.
📍 HUDUDLAR (MFYlar):
🔹 Kamolot MFY
🔹 Kamalak MFY
🔹 Tinchlik MFY
🔹 Kabutar MFY
🔹 Turon MFY
🔹 Hamza MFY
🔹 Navro‘z MFY
🔹 Iftixor MFY
🛠 SABABI:
“Milliy elektr tarmoqlari” korxonasi tomonidan yangi temir-beton ustunlarini o‘rnatish ishlari olib boriladi. Ish jarayonida texnika xavfsizligini ta’minlash maqsadida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
⚠️ Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali matbuot xizmati
📝 📝 https://www.facebook.com/share/187VKS5HAf/
"Hududiy Elektr Tarmoqlari" Aksiyadorlik Jamiyati Toshkent hududiy filiali
Mar 31, 2026, 07:20 AM
📷 Photo
📌📌📌📌📌📌
HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xalq bilan muloqot qilish, iste’molchilar murojaatlariga tezkor javob qaytarish tizimini yanada osonlashtirdi.
Endilikda yashash hududingizda elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar vujudga kelsa, o‘z murojaatingizni bevosita joylardagi rahbarlarga yuborishingiz mumkin.
Sizning murojaatingiz shaxsan hudud rahbarining nazorati ostida ko‘rib chiqiladi va javob qaytariladi.
Quyida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tizimidagi hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining murojaatlarni yuborish aloqa botlari va guruh adminlari manzillari keltirilgan. https://t.me/XorazmelektrenergiyasibotShuningdek, elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar yoki shu sohaga oid o‘z taklif va mulohazalaringizni "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning Telegram messenjeridagi https://t.me/hetmuloqotkanali orqali yo‘llashingiz mumkin.
Murojaat uchun:
https://t.me/HET_admin
📞 1154
https://het.uz/oz📱 https://www.facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari | 📱 https://t.me/hetmuloqot | 📱 https://www.youtube.com/@HUDUDIYELEKTRTARMOQLARI | 📱 https://www.instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari/ | 📱 https://twitter.com/HET_AJ | 📱 https://het.uz/oz
"Hududiy Elektr Tarmoqlari" Aksiyadorlik Jamiyati Toshkent hududiy filiali
Mar 31, 2026, 07:20 AM
📷 Photo
ZANGIOTA TUMANI ELEKTR TA'MINOTI OGOHLANTIRADI!
“Zangiota tuman elektr ta’minoti” shuni ma’lum qiladiki:
🗓 Bugun, 25.03.2026-yil (Chorshanba) kuni soat 21:20 dan 00:30 ga qadar quyidagi hududlarda elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.
🛠 SABABI:
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 35 kVli “L-O‘rtaovul” yuqori kuchlanishli havo tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib boriladi. Ish jarayonida xodimlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida tarmoq vaqtinchalik o‘chiriladi.
📍 HUDUDLAR (MFYlar):
🔹 Quyoshli MFY
🔹 Istiqlol MFY
🔹 O‘rta MFY
🔹 Erkin MFY
🔹 T. Teshar MFY
🔹 Dehqonobod MFY
🔹 Madaniyat MFY
🔹 Ibrat MFY
🔹 Achchisoy MFY
🔹 Nurobod MFY
🔹 O‘rikzor MFY
🔹 Ulug‘bek MFY
⚠️ Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali matbuot xizmati
📝 📝 https://www.facebook.com/share/187VKS5HAf/
"Hududiy Elektr Tarmoqlari" Aksiyadorlik Jamiyati Toshkent hududiy filiali
"Hududiy Elektr Tarmoqlari" Aksiyadorlik Jamiyati Toshkent hududiy filiali
Mar 31, 2026, 07:20 AM
#rasmiy_xabar
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda, joriy yilning 1-martidan boshlab elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ga mos elektron hisoblagichlar xonadonlarning tashqi fasad qismi hamda simyog‘ochlarga o‘rnatish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgani to‘g‘risida xabarlar https://t.me/potrebitel_uz
Nazoratchilarning hisoblagichlarni ko‘zdan kechirishi oson bo‘lishi uchun yo‘lga qo‘yilayotgan ushbu amaliyot to‘g‘risida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalarida ham bir qator iste’molchilar murojaat qoldirishdi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mazkur xabar va murojaatlarga quyidagilarni ma’lum qiladi.
Mazkur amaliyot Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi https://lex.uz/uz/docs/-6954979gi qarorning 63- https://lex.uz/uz/docs/-6954979#-6957291 muvofiq bir necha yildan beri qo‘llanib kelinmoqda.
📱 https://www.facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari | 📱 https://t.me/hetmuloqot | 📱 https://www.youtube.com/@HUDUDIYELEKTRTARMOQLARI | 📱 https://www.instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari/ | 📱 https://twitter.com/HET_AJ | 📱 https://het.uz/oz
"Hududiy Elektr Tarmoqlari" Aksiyadorlik Jamiyati Toshkent hududiy filiali
"Hududiy Elektr Tarmoqlari" Aksiyadorlik Jamiyati Toshkent hududiy filiali
Mar 28, 2026, 01:41 PM
📷 Photo
#TEZKOR
ZANGIOTA TUMANI ISTE’MOLCHILARI DIQQATIGA!
Zangiota tumani “Obod” MFY hududida ko‘ngilsiz hodisa yuz berdi. Matiz rusumli yengil avtomobil yo‘l chetidagi beton sim tayanchiga (stolba) kelib urilishi natijasida elektr tarmog‘iga jiddiy shikast yetgan.
⚡️ Shu munosabat bilan, “Obod” MFYning ayrim ko‘chalarida elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda.
🛠 Hozirgi vaqtda tuman elektr ta’minoti mutaxassislari tomonidan avariyaviy holatni bartaraf etish va shikastlangan sim tayanchini tiklash ishlari olib borilmoqda.
Tez orada elektr energiyasi qayta tiklanadi.
⚠️ Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali matbuot xizmati
📝 📝 https://www.facebook.com/share/187VKS5HAf/
"Hududiy Elektr Tarmoqlari" Aksiyadorlik Jamiyati Toshkent hududiy filiali
Mar 28, 2026, 01:41 PM
📷 Photo
QIBRAY TUMANI ISTE’MOLCHILARI DIQQATIGA!
Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash hamda elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish maqsadida rejali ta’mirlash ishlari olib boriladi.
🗓 VAQTI:
2026-yil 25-mart kuni soat 09:00 dan 17:00 ga qadar.
🛠 ISH MAQSADI:
“GES-11” (35/6 kV) nimstansiyasida yuqori kuchlanishli generator o‘rnatish ishlari amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan quyidagi hududlarda elektr energiyasi ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi:
📍 HUDUDLAR (MFYlar):
• “Iftixor” MFY
• “Sohibkor” MFY
• “Uzumzor” MFY
• “Shodlik” MFY
• “Beruniy” MFY
• “G‘ofur G‘ulom” MFY
📞 MUROJAAT UCHUN:
71-502-07-15
95-014-11-54
⚠️ Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali matbuot xizmati
📝 📝 https://www.facebook.com/share/187VKS5HAf/