Nega ko'nglimizni og'ritish oson?
Shuncha arzonmizmi? Qiymatimiz yo'q,
Ketma-ket qayg'udan bo'lamiz sarson,
Nega odamlarning yuraklari yo'q?
Nega ko'nglimizni og'ritish oson?
Diydamiz qotmaydi, tun, tongi otmas,
Bir umr qayg'umi biz bo'lgan har on?
Nega otganlari botmasdan o'tmas,
Nega ko'nglimizni og'ritish oson?
Osmonlar yig'lasa shoir yig'labdi,
Demakki, sadoqat, sevgi oldi jon,
Odamlar sevganni qilichsiz so'ygan
Zamonda sevganni yig'latish oson.
Yurak yutib yig'lab, jonog'rib yotar,
Ko'ngilning og'rig'i osmonga yetar,
Quyoshdan kelganlar muzlikka ketar,
Nega o'tmishiga nafrati yomon?
Nega ko'nglimizni sindirish oson?
Ularku, yomondir bilib turib ham,
Hudbinlar hudbinlik ko'radi bir kun,
Ammo ulardamas, bizning ko'zlar nam,
Shahar ko'z yoshlarga to'ladi bugun.
Nahotki odamlar ko'zga qarab ham,
Yig'lab, ko'z yosh to'kib alday olishsa?
Yurakni ezadi yurak to'la g'am,
Ularning istagi — yashab qolishsa..
Bu vujud chsrchashi bejiz emasdir,
Bekordan yig'lamas odam bolasi,
Xudomas, farishta emasmiz do'stim,
Odamning ichida bo'lar olasi.
Kun kelar yaxshilik dunyoni bosib,
Yomonlar yo'q bo'lib ketgach gulhanda,
Jim kulib turaman gulhanga qarab,
Jim kulib turaman men ham o'shanda.
Halovat yo'q endi yurakda dona,
Azobga burkanib ketdim ochig'i,
Odamlar tark etib ketgan mahalda,
Men ham o'zligimdan ketdim sochilib.
Tun edi, azoblar qiynayverardi,
Alamdan yonardim ko'z yoshim to'kib,
Odamlar qalbimni o'ynayverardi,
Menchi, ko'z yoshimga ketardim cho'kib.
Topganim ishqdan bir xotiralardir,
Pulga topib bo'lmas, sotilmas bir on,
Endi ko'chalarda tutashmas taqdir,
Nega sevganlarni tark etish oson?
©Navzodbek Tohirjonov