🎓 Qurilishda malaka – sifat va xavfsizlik garovi!
Qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar har 3 yilda malaka oshirishi va sertifikat olishi shart.
📌 Bu orqali siz yangi texnologiyalar, amaldagi me’yor va qonunlardan xabardor bo‘lasiz.
👍 Kompetensiyani rivojlantirish institutida malaka oshirish kurslarini tamomlang va rasmiy sertifikatga ega bo’ling.
‼️ Sertifikatisiz yuqori toifali obyektlarda ishlash taqiqlanadi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
https://uzkri.uz/🌐 https://uzkri.uz/ 🌐 https://www.instagram.com/kri.mc.uz/🗳https://facebook.com/kri.mc.uz📱 📹 https://www.youtube.com/@malakaoshirishinstitutiKRI
Amir Temur tavalludining 690 yilligi
Buyuk sarkarda, mohir davlat arbobi va yuksak tafakkur sohibi Amir Temur 1336-yil 9-aprel kuni Kesh (bugungi Shahrisabz) yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida tavallud topgan.
U yoshligidan jasorat, zakovat va yetakchilik qobiliyati bilan ajralib turgan. Murakkab siyosiy vaziyatlar hukm surgan davrda Amir Temur markazlashgan kuchli davlat barpo etishga muvaffaq bo‘ldi. U asos solgan saltanat tarixda Temuriylar imperiyasi nomi bilan mashhur bo‘lib, uning hududi keng va nufuzli bo‘lgan.
Oʻrta asrlar meʼmorchiligidagi eng yaxshi davr Amir Temur va uning avlodlari nomi bilan bogʻliq. Temuriylar davrida qurilish ishlari, meʼmorchilik misli koʻrilmagan darajada rivojlangan.
🫥 Amir Temur buyuk imoratlar, masjid va maqbaralar, ulkan bogʻlar, suv inshootlari barpo etgani bilan ham jahonga mashhur
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
https://uzkri.uz/🌐 https://uzkri.uz/ 🌐 https://www.instagram.com/kri.mc.uz/🗳https://facebook.com/kri.mc.uz📱 📹 https://www.youtube.com/@Kompetensiyanirivojlantirishin
Kompetensiyani rivojlantirish instituti
Apr 26, 2026, 05:49 PM
📷 Photo
👍 Kompetensiyani rivojlantirish institutida seminar-trening o‘tkazildi
Joriy yilning 25-mart kuni Kompetensiyani rivojlantirish institutida Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti mutaxassisi, psixolog Xodjimuxamedova Dilbar Rixsivayevna ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.
Mazkur seminar-trening institut xodimlarining psixologik bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga:
🔹 stressga chidamlilikni oshirish
🔹 muomala madaniyatini rivojlantirish
🔹 nizolarni samarali hal etish ko‘nikmalarini shakllantirish
🔹 jamoada sog‘lom psixologik muhit yaratish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, seminar-trening o‘zaro tushunish, hurmat va ishonch muhitini mustahkamlash hamda mehnat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
https://uzkri.uz/🌐 https://uzkri.uz/ 🌐 https://www.instagram.com/kri.mc.uz/🗳https://facebook.com/kri.mc.uz📱 📹 https://www.youtube.com/@Kompetensiyanirivojlantirishin
Kompetensiyani rivojlantirish instituti
Apr 26, 2026, 05:49 PM
🎥 Video
Oʻzbekiston bunyodkorlari
Sohibqiron Amir Temur davrida asos solingan bunyodkorlik anʼanalari bugun qay darajada oʻzgardi? Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan tayyorlangan maxsus videorolikni tomosha qiling.
📌Soʻnggi yillarda qurilish sohasi iqtisodiyotning eng jadal oʻsuvchi tarmoqlaridan biri sifatida shakllandi. Jumladan, 2016-yilda 30 trillion soʻmni tashkil etgan qurilish ishlari hajmi 2025-yilga kelib qariyb 250 trillion soʻmga yetdi. Natijada 210 mln kv.m turar va noturar joylar foydalanishga topshirilib, yangi uy-joylar soni 15 mingtadan 135 mingtaga qadar oshdi. Bu esa aholining yashash sharoitini yaxshilash, shahar va hududlar qiyofasini tubdan oʻzgartirishga xizmat qilmoqda.
Sohada amalga oshirilayotgan raqamlashtirish islohotlari ham tizimli natijalar bermoqda. Xususan, “Shaffof qurilish” platformasi orqali barcha jarayonlarning elektron shaklga oʻtkazilishi ochiqlik va nazoratni kuchaytirdi. Buning natijasida tender va ekspertiza jarayonlarida 47 trillion soʻmdan ortiq mablagʻ tejaldi hamda resurslardan samarali foydalanish taʼminlandi.
Soʻnggi 9 yilda qurilish sohasidagi inqilobiy islohotlardan soʻng Yangi Toshkent loyihasining amalga oshirilishi kuchli siyosiy irodaning mantiqiy davomi boʻldi.
Batafsil maʼlumotlarni maxsus videorolikni tomosha qilish davomida bilib olishingiz mumkin.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍 https://gov.uz/oz/mc 📸 https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/💬https://www.facebook.com/minstroyuz😎https://t.me/minstroyuz 📹 https://youtube.com/@qurilishvazirligi?si=JXaEYfX0sAgBuVhvhttps://www.youtube.com/channel/UCdBFwFwzsFAPXCi0kUa6GDw?view_as=subscriber
Kompetensiyani rivojlantirish instituti
Apr 26, 2026, 05:49 PM
📷 Photo
🏢🏢🏢🏢🏢🏢🏢
Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash imtihonlari
🇺🇿 Ushbu toifadagi test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentabrdagi 460-son qarori asosida o‘tkazib kelinmoqda.
🗓 Navbatdagi test sinovlari 2026-yil 25-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
🖥 Test sinovlari Bilimni baholash agentligining “Onlayn test” axborot tizimi orqali o'tkazildi va jarayonda ishtirok etgan 441 nafar talabgor shu vaqtning o‘zida imtihon natijalarini bilib oldilar.
📊 Test sinovlari qaydnomasi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgach, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutiga taqdim etiladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
https://t.me/BaholashUz | https://www.facebook.com/dtmuzb/ | https://instagram.com/dtmuzb/ | https://www.youtube.com/@BaholashUz
Kompetensiyani rivojlantirish instituti
Apr 26, 2026, 05:49 PM
📷 Photo
🌙 Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!
Barchangizni muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbdan tabriklaymiz.
Ushbu fayzli ayyom siz va yaqinlaringizga quvonch, tinchlik va baraka olib kelsin. Xonadonlaringiz doimo iliqlik, mehr-oqibat va totuvlikka to‘lsin.
Qilgan ezgu amallaringiz, duolaringiz ijobat bo‘lsin.
Hurmat bilan,
Kompetensiyani rivojlantirish instituti jamoasi
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
https://uzkri.uz/🌐 https://uzkri.uz/ 🌐 https://www.instagram.com/kri.mc.uz/🗳https://facebook.com/kri.mc.uz📱 📹 https://www.youtube.com/@Kompetensiyanirivojlantirishin
Kompetensiyani rivojlantirish instituti
Apr 26, 2026, 05:49 PM
📷 Photo
🌱Navro‘z bayrami muborak!
Barchangizni Navro‘z ayyomi bilan samimiy tabriklaymiz.
Yangi kun, yangi fasl kirib kelayotgan ushbu go‘zal damlarda yurtingizga tinchlik, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz. Yasharish va yangilanish bayrami qalbingizga iliqlik, hayotingizga yangi imkoniyatlar olib kelsin.
Navro‘z barchamiz uchun yaxshiliklar boshlanishi bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Kompetensiyani rivojlantirish instituti jamoasi
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
https://uzkri.uz/🌐 https://uzkri.uz/ 🌐 https://www.instagram.com/kri.mc.uz/🗳https://facebook.com/kri.mc.uz📱 📹 https://www.youtube.com/@Kompetensiyanirivojlantirishin