😡 Kitobxonlik tanlovlarida ikkiyuzlamachi bo‘lmang!
☝️Hozir yozilgan gaplar, kimlargadir yoqmasligi aniq va O‘zbekistonda eng birinchi bo‘lib, kitobxonlik tanlovini onlayn tashkil etgan inson sifatida buni aytishga haqim bor!
Hozirda kitob o‘qishga targ‘ib qiluvchi va bu orqali munosiblarni rag‘batlantiruvchi loyihalar ko‘paydi, bu bizni ham xursand qiladi, albatta. Lekin ba'zi insonlar bunday loyihalarni doimiy daromad manbaiga aylantirib, o‘z manfaati yo‘lida saviyasiz tashkil qilishi shaxsan meni g‘ashimga tegishni boshladi.
‼️Maqsadi kitobxonlikni targ‘ib qilish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va hokazolar ekanini iddao qilib, tanlovda qatnashish uchun kamida 5 ta kanalga majburiy a'zolik so‘raladi. Kamiga kanallar ham alishib turadi. 5 ta kanalga ulanib, referal yig‘asiz, 2-3 kundan keyin yana boshqa 5 ta kanalga ulanishingiz kerak bo‘ladi...
Unday ikkiyuzlamachi bo‘lmang, maqsadingiz kitobxonlik tanlovini tashkil qilib, daromad topish bo‘lsa tanlov e'lonida “kitobxonliiik” deb, ko‘zbo‘yamachilik qilib nima qilasiz?! Shunchaki maqsadni yozmang tamom!
♦️Pichoqni avval o‘zingga ur deganlaridek, men tashkil qiladigan
https://t.me/kitobxonyoshlar tanlovida ham majburiy kanalga ulanish so‘raladi, lekin 5 ta emas, 2 tagina (tashkilotchi
https://t.me/yoshlareduuz va loyiha rasmiy kanali
https://t.me/kitobxonyoshlar)! Referal yig‘ish sharti bor, lekin 5 ta kanalga ulanib, homiylardan ko‘proq pul olish uchun emas, haqiqatda kitobxonlik loyihasini ommalashtirish, ko‘proq insonlarga yetib borishi maqsadida qilingan!
🎁Keyin sovg‘alar masalasi ham kulgimni qistatadi, kitobxonga idish-tovoq to‘plami, go‘sht qiymalagich, pichoqlar nega kerak. Kundalik foydalanadigan ro‘zg‘or buyumlarini hech bo‘lmasa kitobga alishtirish mumkin emasmi 🤔
☝️Bularni yozishimdan maqsad, ko‘pchilik shu tanlovlardan nolib, menga shikoyat qilishadi. Test ishlash jarayonidagi texnik nosozliklar ko‘p bo‘lishi, g‘oliblarni aniqlash jarayoni shaffof bo‘lmasligini aytishadi. Buni o‘sha kanaldagi kommentlarda ham ko‘p ko‘rganman.
Xullas, shunday loyiha “mualliflari”, insofli bo‘ling! Siz sabab biz tashkil qiladigan saviyali, haqiqatda kitob o‘qishga targ‘ib qiladigan onlayn tanlovlardan insonlarning ko‘ngli qolib ketmoqda. Sizning bu ishingiz faqatgina cho‘ntagingizga foyda, lekin yangi kitobxonlar uchun zararligini unutmang!
👉