No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
➤ Muxtorov
May 12, 2026, 06:44 PM
🎥 Video
39
0
0
➤ Muxtorov
May 12, 2026, 06:44 PM
📷 Photo
38
2
0
➤ Muxtorov
May 12, 2026, 06:44 PM
Sokin bo’l.
Sekin yoz, ko’p o’ylaysan.
Sekin o’qi, ko’p tushunasan.
Sekin yeb, ko’p chaynaysan.
Kamroq yeb, ko’p yashaysan.
Sekin top, kam sarflaysan.
Sekin erish, qadriga yetasan.
35
0
0
➤ Muxtorov
May 12, 2026, 06:44 PM
🎤 Voice
Меёр.
49
0
➤ Muxtorov
May 12, 2026, 06:44 PM
📷 Photo
O‘tgan yili qurilish bilan bog‘liq 2 million 600 mingdan ziyod arizaning uchdan biri rad etilgan.
Mas’ullar “Kamchiligi uchun qaytardik”, deb aytadi. Lekin ichiga kirib tahlil qilinsa, muammolar ko‘p. Hamma bilib, bilmaganga oladi, aslida, bu – korrupsiya! Bunga chek qo‘yishning yagona yo‘li – raqamlashtirish va sun’iy intellekt, – dedi davlatimiz rahbari.
📝Aholi va tadbirkorlar qurilish ishlarini amalga oshirish uchun dastlab loyihalashga ruxsat olishga, so‘ngra arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqishga alohida-alohida ariza berib, oylab vaqt sarflayotgani qayd etildi.
📝Toshkent shahrida mazkur ikki xizmatni bir bosqichda ko‘rib chiqish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgani natijasida hujjatlarni kelishish muddati 3–4 karra qisqargan. Ushbu ijobiy tajribani joriy yil 1-iyuldan boshlab respublika bo‘ylab barcha hududlarda tatbiq etish topshirildi.
https://www.instagram.com/x.a.n_architect/ | https://www.youtube.com/channel/UCj9E-bw1WGe56JeXuMEa3sw | https://www.google.com/maps/place/Arxitektura/@41.2161719,69.2364224,20z/data=!4m12!1m5!3m4!2zNDHCsDExJzU2LjYiTiA2OcKwMTQnMDUuNCJF!8m2!3d41.199051!4d69.234833!3m5!1s0x38ae610065b4e497:0x811ebfd42eced43b!8m2!3d41.2163292!4d69.2363406!16s/g/11wpl5gvff?entry=ttu&g_ep=EgoyMDI1MDIwOS4wIKXMDSoASAFQAw== | https://t.me/Xan_architect
➤ Muxtorov
May 12, 2026, 06:44 PM
Dars berish bilan jiddiy shug‘ullanib ko‘rganlar biladi:
Natijaga qobiliyat yetmasligi to‘siq emas. Xohish yetmasligi asosiy to‘siq bo‘ladi.
Makarenko ham buni bilar edi. Shu sababli banditlardan muhandis va shifokorlarni chiqargan edi.
Suxomlinskiy ham buni bilar edi. Shu sababli aqli pastlardan a’lochilarni chiqara olgan edi.
Fizik Devid Doytch ham shuni https://www.youtube.com/watch?t=1325&v=0xA5uzB6jRU: Matematikani hamma o‘qiy oladi. Yetarlicha qiziqsa, xohlasa bo‘ldi.
Xohish yetishmaydigan zamonda yashayapmiz.
Ta’limdagi o‘zgarish ham sun’iy intellektdan kelmaydi. Bepul darslik va eng zo‘r onlayn ustozlar anchadan beri bor.
Bizga xohlatadiganlar, qiziqtiradiganlar yetishmaydi.
Xohishlar qayerdan keladi?
Atrofimizdan.
Yonimizdagilar xohlayotgan narsani xohlashni boshlaymiz.
Ulardagi narsaga erishishni istab qolamiz.
Rene Jirar buni Mimesis deb atagan https://ru.wikipedia.org/wiki/Миметическая_теория.
Demak,
Bir narsaga erishmoqchimisiz?
O'sha narsaga xohishni kuchaytiring. Qolgan usullarni ishlatish uchun ham xohish kerak.
Xohishni kuchaytirmoqchimiz?
Kuchli xohlayotganlar oldida yuring.
38
➤ Muxtorov
May 12, 2026, 06:44 PM
🎥 Video
57
1
0
➤ Muxtorov
May 12, 2026, 06:44 PM
G’azablanma.
Payg‘ambarimiz s.a.v.:
“Qachonki birortangiz g‘azablansa, sukut qilsin”
deya uch bora takrorladilar.
"Hammani yiqitadigan pahlavon kuchli emas, balki, g'azab kelganda o'zini qo'lga oladigan kishi kuchlidir"
Imom Buxoriy va Muslim rivoyati
“Sizlarning birortangiz tik turgan holda g‘azablansa, o‘tirib olsin. Agar undan g‘azab ketsa, ketdi. Bo‘lmasa, yonboshlab olsin”
Imom Ahmad va Abu Dovud rivoyati
“Albatta, g‘azab shaytondandir. Shayton esa olovdan yaratilgan. Bas, vaqtiki birortangiz g‘azablansa, tahorat olsin”
Imom Ahmad va Abu Dovud rivoyati https://muslim.uz/uz/e/post/32126-odob-axloq-fazilati
67
2
0
➤ Muxtorov
May 12, 2026, 06:44 PM
🎥 Video
niyatini to’g’ri qil..
63
1
0
➤ Muxtorov
May 12, 2026, 06:44 PM
Demak, sabrning ta’rifi – taqdirni qabul qilish. Ya’ni rozi bo‘lish. Biz xohlamagan ishlar bo‘lganida, xohishlarimizni ko‘mib yuborish.
Rozi bo‘lishning alomati nima?
Oqibatlarni o‘zgartirishga urinmaslik.
61
1
0
➤ Muxtorov
Apr 2, 2026, 06:38 PM
📷 Photo
👷 http://dshk.shaffofqurilish.uz/ ✅
Respublika bo'ylab barcha shaharlarninig bosh rejalari va joylardagi qurilishlar haqida ma'lumot beruvchi shaffof qurilish web sayti.
Ushbu saytda qurilish qilmoqchi bo'lgan yermaydoningiz joylashgan hudud qanday hudud va qurilish qilish shartlari haqida ham to'liq bilib olishingiz mumkin.
🕊 📱 https://www.instagram.com/bekonee
391
0
➤ Muxtorov
Apr 2, 2026, 06:38 PM
📷 Photo
Ramazon Hayiti muborak bo‘lsin!
Ushbu muborak kun qalblaringizga quvonch, xonadonlaringizga fayz-u baraka olib kelsin. Yaxshiliklar doimo hamrohingiz bo‘lib, har bir kuningiz tinchlik va baxtga to‘lsin! 🤲✨
🕊 📱 https://www.instagram.com/bekonee
37
3
➤ Muxtorov
Apr 2, 2026, 06:38 PM
https://telegra.ph/SSSR-davrida-nega-kop-qavatli-turar-joy-binolar-tarkibdagi-barcha-davlatlarda-bir-xil-qurilgan-03-12
Nega sovet davrida turar-joy binolari deyarli barcha respublikalarda bir xil ko‘rinishda qurilgan? Ushbu maqolada bu tizimning tarixiy sabablari va Toshkent da qurilgan uylarning o‘ziga xos arxitektura xususiyatlari haqida tanishib olishingiz mumkin.
🕊 📱 https://www.instagram.com/bekonee
#AI
Sun’iy intelekt orqali past sifatdagi rasmni tinq sifatli qilib beradigan https://telegra.ph/AI-Promit-03-09
ChatGPT yoki GEMINI
🕊 📱 https://www.instagram.com/bekonee
49
3
0
➤ Muxtorov
Apr 2, 2026, 06:38 PM
Savol: SSSR davrida nega ko’p qavatli turar-joy binolar tarkibdagi barcha davlatlarda bir xil qurilgan?
Bu qanchalik to’g’ri?
46
0
0
➤ Muxtorov
Apr 2, 2026, 06:38 PM
📷 Photo
Gumbaz usti bezagi — Finial (Hilol elementi)
Ushbu rasmda masjid va maqbaralar gumbazi hamda minoralari tepasiga o‘rnatiladigan metall yakuniy bezak elementlari tasvirlangan.
Arxitektura terminida bu element finial deb ataladi.
• Nima vazifani bajaradi?
Gumbaz kompozitsiyasini yakunlaydi
Vertikal o‘qni kuchaytiradi
Siluetni uzoq masofadan aniqlashtiradi
Ramziy ma’noda osmon va ruhiy yuksalishni bildiradi
• Hududiy me’moriy maktab
Markaziy Osiyoda ko‘proq qatlamli sharli tuzilma
Usmonli me’morchiligida cho‘zilgan, nozik shpilli
Eron hududida keng bazali va massali forma
• Davr ta’siri
Erta davrlarda og‘ir va monumental shakllar
Keyingi davrlarda nozik va balandroq proporsiyalar
Zamonaviy arxitekturadagi minimal interpretatsiyalar
• Ramziy ma’no
Hilol — hijriy taqvim bilan bog‘liq oy belgisi bo‘lib, islomiy madaniyatda vaqt, yangilanish va ruhiy yuksalish ramzi sifatida qabul qilingan.
🕊 📱 https://www.instagram.com/bekonee
➤ Muxtorov
Apr 2, 2026, 06:38 PM
🎤 Voice
132
3
0
➤ Muxtorov
Apr 2, 2026, 06:38 PM
https://telegra.ph/Islom-Arxitekturasi-02-27
Islom arxitekturasi VII asrdan boshlab turli sivilizatsiyalar ta’sirida shakllandi va mustaqil me’moriy maktabga aylandi. Ushbu materialda uning tarixiy bosqichlari va kompozitsion xususiyatlari yoritiladi.
➤ |
70
2
0
➤ Muxtorov
Apr 2, 2026, 06:38 PM
📷 Photo
• Arxitektorlar atrofni qanday ko'radi ?
➤ |
65
2
➤ Muxtorov
Mar 30, 2026, 11:21 AM
📷 Photo
Biz Dor, Ion va Korinfni bilamiz.
Ular klassik arxitekturaning asosiy orderlari.
Lekin tarix faqat G‘arb bilan cheklanmaydi.
Islom sivilizatsiyasi ham o‘zining me’moriy “order”lariga ega:
• Ottoman (Usmonli) — soddalik va muvozanatdagi nafislik
• Mamluk — murakkab naqsh va chuqur plastika
• Andalus — ritm va yengillik
• Mugkhal (Boburiy) — monumentallik va bezak uyg‘unligi
• Temuriy — muqarnas va fazoviy dramatizm
• Safaviy — simmetriya va ornament mukammalligi
Bu ustun boshlarida faqat dekor yo‘q.
Bu yerda matematika bor.
Bu yerda falsafa bor.
Bu yerda kuchli sivilizatsiya tafakkuri bor.
Arxitektura — bu shunchaki qurilish emas.
Bu tarixni shaklga aylantirishdir.
Va biz, zamonaviy arxitektorlar,
o‘tmish estetik tafakkurini kelajak makonlariga olib o‘tuvchi ko‘prikmiz.
➤ |