No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali
Apr 28, 2026, 05:37 PM
📷 Photo
Fuqaro muhofazasi oyligi doirasida targ‘ibot va tushuntirish ishlari o‘tkazildi
Bugun, 2026-yil 28-aprel kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “Fuqaro muhofazasi oyligi” mazmun-mohiyatini xodimlar hamda talabalarga tushuntirish maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda Urganch shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi FVB FVPB katta inspektori, mayor T. Rahmonov, shuningdek FVB FVPB inspektori U. Rajabbayev, filial xodimlari va talabalari ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida FVB xodimlari tomonidan gaz va elektr qurilmalaridan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish, favqulodda holatlar yuzaga kelganda qanday harakat qilish zarurligi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Ishtirokchilarga amaliy tavsiyalar va muhim ko‘rsatmalar yetkazildi.
Shuningdek, tadbir doirasida FVB xodimlari filial hududidagi elektr jihozlari, yong‘in o‘chirish vositalari va burchaklari hamda boshqa xavfsizlikka oid obyektlarni ko‘zdan kechirishdi.
Ushbu yig‘ilish fuqarolar muhofazasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda xavfsizlik choralarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
OʻzDXA UF Matbuot xizmati
✅| 🌐 http://www.instagram.com/uzdxauf.uz| 📹 https://www.youtube.com/@Uzdxauf|✅https://www.facebook.com/uzdxauf.uz| 🌐 https://www.uzdxauf.uz/
25
0
0
O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali
O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali
Apr 28, 2026, 05:37 PM
📷 Photo
“Sun’iy intellektning zulmatli tomoni: moliyaviy firibgarlikdan ogohlantirish”
Bugun, 2026-yil 28-aprel kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “Sun’iy intellektning zulmatli tomoni” mavzusida ogohlantiruvchi mashg‘ulot darsi tashkil etildi.
🟥Mashg‘ulot davomida axborot texnologiyalari yordamida sodir etilayotgan moliyaviy firibgarlik holatlari, ularning turlari hamda bunday xavflardan himoyalanish choralariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari S. Pirnazarov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi M. Nurullayev hamda O‘quv-metodik ta’minot bo‘limi boshlig‘i D. Xo‘janiyozov tomonidan olib borildi.
Mazkur mashg‘ulot ishtirokchilarning axborot xavfsizligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qildi.
OʻzDXA UF Matbuot xizmati
✅| 🌐 http://www.instagram.com/uzdxauf.uz| 📹 https://www.youtube.com/@Uzdxauf|✅https://www.facebook.com/uzdxauf.uz| 🌐 https://www.uzdxauf.uz/
O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali
Apr 28, 2026, 05:37 PM
📷 Photo
#Kelajak_soati
#Innovatsion_fikrlash
“Innovatsion fikrlash” mavzusida “Kelajak soati” mashg‘uloti o‘tkazildi
Bugun, 2026-yil 28-aprel kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “Innovatsion fikrlash” mavzusida “Kelajak soati” mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida innovatsion yondashuvlar, zamonaviy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda yoshlarning kreativ salohiyatini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur mashg‘ulotni o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari S. Pirnazarov olib bordi.
Tadbir ishtirokchilarda yangicha fikrlash, tashabbuskorlik va zamon talablari asosida harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.
OʻzDXA UF Matbuot xizmati
✅| 🌐 http://www.instagram.com/uzdxauf.uz| 📹 https://www.youtube.com/@Uzdxauf|✅https://www.facebook.com/uzdxauf.uz| 🌐 https://www.uzdxauf.uz/
O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali
Apr 15, 2026, 09:19 PM
🎥 Video
🟥🟥🟥🟥🟥🟥
🗣“Munozara” respublika turniriga start berildi!
🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi, Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari o‘rtasida “Munozara” respublika turnirining 2026-yilgi mavsumiga start beradi.
☑️Turnirda barcha oliy ta’lim tashkilotlari talabalari 3 nafar ishtirokchidan iborat jamoa tuzgan holda ishtirok etishlari mumkin.
🔹“Munozara” respublika turniri uch bosqichda oliy ta'lim tashkiloti, hududiy va respublika bosqichi tartibida o‘tkaziladi. Birinchi oliy ta’lim tashkiloti bosqichi fakultetlar jamoalari o‘rtasida joriy yilning 20-aprel – 2-may oralig‘ida tashkil etiladi.
➡️ https://drive.google.com/file/d/1J5aDnRSYJh95cIZTu3SQbe0eKSrliBcm/view?usp=sharing
➡️ https://drive.google.com/file/d/1joQuJBHTeqwheXvbs5cZtDdmA_BSAHM_/view?usp=sharing
➡️ https://drive.google.com/file/d/1ZgUtMPH0yXa4RExAxn67ciO-W4Ve96Nb/view?usp=sharing
🏆 Turnirning respublika bosqichi g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari, diplom va quyidagi tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
↪️1-o‘rin – 30 million so‘m;
↪️2-o‘rin – 20 million so‘m;
↪️3-o‘rin – 15 million so‘m.
⚫️Turnirda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar taʼlim muassasasining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishlari mumkin.
Bizni kuzating:
📱 https://www.instagram.com/yoshlar.edu.uz/profilecard | 📺 https://youtube.com/@yoshlareduuz/?sub_confirmation=1 | 🕊Telegram
O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali
Apr 15, 2026, 09:19 PM
📷 Photo
✅ 15-aprel – Madaniyat va san’at xodimlari kuni!
✅ Shu munosabat bilan tashkil qilingan tantanali tadbirga sohada uzoq yillar sidqidildan xizmat qilgan mehnat faxriylari, bugungi kunda samarali faoliyat yuritib kelayotgan madaniyat va san'at xodimlari taklif etildi.
✅ Viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov soha vakillarini kasb bayrami bilan samimiy tabriklab, ularning Xorazm madaniyati va san’atini rivojlantirish hamda dunyoga targ‘ib etishdagi fidokorona mehnatlarini e’tirof etdi. Bayram munosabati bilan faoliyatida munosib yutuqlarga erishib kelayotgan madaniyat va san’at sohasining bir guruh xodimlari viloyat hokimining tashakkurnomasi va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati
http://xorazm.uz/ https://www.facebook.com/xorazmviloyatihokimligi | https://t.me/xorazm_uz_rasmiy | https://www.instagram.com/xorazmviloyatihokimligi/
O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali
Apr 15, 2026, 09:19 PM
📷 Photo
⚡️2026-yil 15-aprel kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “Epaulement croise en effacec, Pozalar croisee en efface” mavzusida ochiq dars bo‘lib o‘tdi.
Ochiq dars o‘qituvchi Azamat Tillayev tomonidan tashkil etildi. Unda 101-25 guruh talabalari faol ishtirok etdilar.
Dars jarayoni quyidagi bosqichlarda olib borildi:
🔹 Salomlashish (paklon)
🔹 Stanok oldi mashqlari
🔹 Yangi mavzu bayoni
🔹 Mavzuni mustahkamlash (savol-javob)
🔹 Talabalarni baholash
🔹 Uyga vazifalar berish
➡️ Dars davomida talabalar yangi mavzuni amaliy va nazariy jihatdan o‘rganib, mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
OʻzDXA UF Matbuot xizmati
✅| 🌐 http://www.instagram.com/uzdxauf.uz| 📹 https://www.youtube.com/@Uzdxauf|✅https://www.facebook.com/uzdxauf.uz| 🌐 https://www.uzdxauf.uz/
O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali
Apr 15, 2026, 09:19 PM
🎥 Video
#Anons
📺 TELEKO‘RSATUV ANONSI
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, dotsent M. Masharipov TTV telekanalining “Exclusive suhbat” ko‘rsatuvida mehmon bo‘ldi.
Suhbat davomida filial faoliyati hamda jadidlar merosi haqida qiziqarli fikrlar bildirildi.
📆Ko‘rsatuvni 17-aprel kuni tomosha qilishingiz mumkin!
OʻzDXA UF Matbuot xizmati
✅| 🌐 http://www.instagram.com/uzdxauf.uz| 📹 https://www.youtube.com/@Uzdxauf|✅https://www.facebook.com/uzdxauf.uz| 🌐 https://www.uzdxauf.uz/