Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Yoshlar Ittifoqi boshlang’ich tashkiloti:
Instagram sahifasi: https://instagram.com/tdiu.yoshlar
Murojaat uchun:
@TDIU_YI_admin
@TDIU_YI offers specialized information about tashkiloti and toshkent for subscribers interested in Religion
No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
TDIU Yoshlar ittifoqi
May 17, 2026, 10:57 AM
📷 Photo
“Zakovat” bahorgi mavsum ligasi g‘oliblari aniqlandi!
🧠 “Zakovat” intellektual o‘yini bahorgi mavsumi bu yil haqiqiy bilimlar jangiga aylandi. Saralash bosqichida 400 ta jamoa o‘z imkoniyatini sinab ko‘rdi va ulardan faqat eng kuchli 60 ta jamoa 1- va 2-liga bahslariga yo‘l oldi.
🏆 10 haftada 10 tur davom etgan murosasiz bellashuvlar, keskin savollar va hayajonli kunlardan so‘ng mavsum g‘oliblari nomi ma’lum bo‘ldi!
🥇 1-liga g‘oliblari:
1-o‘rin: Invictus — 10 million so‘m
2-o‘rin: Nirvana — 8 million so‘m
3-o‘rin: Alter’ego — 6 million so‘m
🥈 2-liga g‘oliblari:
1-o‘rin: Paradoks — 3 million so‘m
2-o‘rin: Huginn — 2 million so‘m
3-o‘rin: Anjanlilar — 1 million so‘m
🔥 Barcha g‘olib va ishtirokchilarni samimiy muborakbod etamiz! 👏
Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling:
💬 https://t.me/tdiu_official 📹 https://www.instagram.com/tdiu.yoshlar?igsh=MTF5ejJuZXE4dmhqZw==
846
5
0
TDIU Yoshlar ittifoqi
May 17, 2026, 10:57 AM
📷 Photo
😄 “Yangi avlod yetakchilari maktabi”ning 5-o‘quv-seminari bo‘lib o‘tadi!
👍 Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim tashkilotlaridagi O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlari Yoshlar yetakchilari uchun navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etilmoqda.
📣 Mazkur o‘quv-seminar davomida oliy ta’lim tashkilotlarida ommaviy sportni rivojlantirish, talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sport tadbirlarini samarali tashkil etish hamda yoshlar yetakchilarining bu boradagi tashabbuskorligini oshirish masalalari muhokama qilinadi.
⚡️Shuningdek, Yoshlar yetakchilari uchun Olimpiya shaharchasi bo‘ylab maxsus ekskursiya tashkil etilib, yoshlar zamonaviy sport infratuzilmasi, sport obyektlari hamda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtiriladi.
📍 Manzil: Olimpiya shaharchasi
⏰ Sana: 16-may, 2026-yil
❇️Yangi avlod yetakchilari — yangi g‘oyalar, yangi tashabbuslar va sog‘lom kelajak sari!
#yangi_avlod_yetakchilari_maktabi
✏️ Bizni kuzatishda davom eting!
🕊 https://t.me/poytaxtyoshlari_yi | 📱 https://www.instagram.com/yoshlar.uzb/
📱 https://www.facebook.com/share/1DZFdJ2wTc/?mibextid=wwXIfr | 📺 https://www.youtube.com/channel/UCp553JzrAjcRLuey-rNTMDA
TDIU Yoshlar ittifoqi
May 17, 2026, 10:57 AM
📷 Photo
🤩Hurmatli klubimizning faol, tashabbuskor va sportsevar talabalari! Sport klubi sizlarni “Sportchi — yurt himoyachisi” shiori ostida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va jamoaviylik ruhini mustahkamlash maqsadida o'tkazilayotgan ochiq sport tadbirlariga taklif qilib qoladi!
📌 Musobaqalar quyidagi sport turlari bo‘yicha tashkil etiladi:
➡️Badminton
➡️Basketbol
➡️Stol tennisi
➡️Stritbol
➡️Futbol
➡️Voleybol
➡️Yengil atletika
📆 Sana: 16.05.2026
⏰ Soat: 09:00
📌 Joy: TDIU Fiskal kampusi Sport maydoni
📌 Ushbu sport musobaqalarida kun davomida ishtirok etishingiz mumkin!
➡️Musobaqalarda faol ishtirok etgan va faxrli o'rinlarni egallagan talabalar ijtimoiy faollik indeksi uchun maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanadi. Barcha sportsevar talabalarni kutib qolamiz!
🤩 TSUE Sport Club
💬 https://t.me/TSUEsportclub | 📷 https://www.instagram.com/tsue_sport?igsh=ZnpzOXM0Y2pvZzZ3
TDIU Yoshlar ittifoqi
May 17, 2026, 10:57 AM
📷 Photo
#YangiKitob #KitoblarPremyerasi
“Yangi kitob” loyihasi doirasida teatrlashtirilgan kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi!
☑️Poytaxtimizda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda yoshlarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Yangi kitob” nomli zamonaviy shou-taqdimot tashkil etildi. TDIU Yoshlar ittifoqi faollari ham ushbu tadbirda faol ishtirok etdi.
▶️Tadbir davomida yangi nashr etilgan kitoblarning maxsus premyeralari, teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari hamda ijodiy chiqishlar namoyish etildi.
📖 Mehmonlar sevimli mualliflari bilan yaqindan muloqot qilish, dastxat olish hamda eng yangi asarlar bilan birinchilardan bo‘lib tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
✨ Ushbu loyiha yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish va zamonaviy hamda klassik adabiyotlarni ommalashtirishga xizmat qilmoqda.
🇺🇿 TDIU Yoshlar ittifoqi
✅Rasmiy sahifalarimiz
💬 | 📷 https://instagram.com/tdiu.yi |🖤 https://youtube.com/@tdiuyoshlar?si=4g8DMbYDwii5y_xU | 📒 https://www.facebook.com/share/1DZvu9ztJ8/?mibextid=wwXIfr
TDIU Yoshlar ittifoqi
Mar 28, 2026, 01:18 AM
📷 Photo
#Talabalar_bahori #Navroz_talabalar_sayli
🖼 Surxondaryo, Qashqadaryo va Farg’ona vodiysi milliy-madaniy ko‘rgazmasidan lavha
🔵 Tadbir doirasida vohamizga xos milliy taomlar, urf-odatlar va qadriyatlar TDIU-PDU qo’shma ta’lim dasturi talaba-yoshlari va Pendidikan qo‘shma ta’lim fakulteti jamoasi tomonidan Farg‘ona, Andijon va Namangan, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlariga xos milliy taomlar, an’analar hamda qadriyatlar namoyish qilindi.
🇺🇿 TDIU Axborot xizmati
🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: https://t.me/tsueuzofficial
661
TDIU Yoshlar ittifoqi
Mar 28, 2026, 01:18 AM
📷 Photo
#Talabalar_bahori #Navroz_talabalar_sayli
🖼 Xorazm viloyati milliy-madaniy ko‘rgazmasidan lavha
🔵Navro‘z sayli doirasida TDIU-URDIU qo’shma ta’lim fakulteti jamoasi tomonidan Xorazm viloyatining o‘ziga xos milliy taomlari, urf-odatlari va an’analari namoyish etildi.
🇺🇿 TDIU Axborot xizmati
🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: https://t.me/tsueuzofficial
433
2
TDIU Yoshlar ittifoqi
Mar 28, 2026, 01:18 AM
📷 Photo
#Talabalar_bahori #Navroz_talabalar_sayli
🖼 Qoraqalpog‘iston milliy-madaniy ko‘rgazmasi hamda Samarqand, Navoiy va Buxorodan lavhalar
Tadbir davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xos milliy taomlar, an’analar va madaniyat namunalari Kechki ta’lim va magistratura fakulteti tomonidan namoyish etildi. Shuningdek Navro‘z saylida ushbu Samarqand, Navoiy va Buxoro hududlarga xos milliy taomlar, qadimiy an’analar va boy madaniyat namunalari Buxgalteriya hisobi fakulteti tomonidan ko‘rgazma tarzida taqdim etildi.
🇺🇿 TDIU Axborot xizmati
🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: https://t.me/tsueuzofficial
308
TDIU Yoshlar ittifoqi
Mar 25, 2026, 08:06 PM
📷 Photo
🟦🟦🟦 🟦🟦
"Amir Temur vorislari" harbiy-sport tanlovi!
⚡️TDIUda "Amir Temur vorislari" harbiy-sport o‘yinlarining fakultetlararo universitet bosqichi joriy yilning 28-mart kuni 9:00 da TDIU (Sobiq Moliya) sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.
📌Ushbu musobaqalarga qatnashish istagini bildirgan talabalar fakultet yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga uchrashilari mumkin.
Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling:
💬 https://t.me/tdiu_official 📹 https://www.instagram.com/tdiu.yoshlar?igsh=MTF5ejJuZXE4dmhqZw==
🌿 Tovoqsoyga unutilmas sayohat! 🌄
Shahardan chiqib, toza havoda dam olishni xohlaysizmi? Siz uchun aynan mos tur! 😍
🔥 Sizni kutmoqda:
— Qulay transport (borib-kelish) 🚐
— Zo‘r manzaralar va TOP fotolar 📸
— Yangi tanishuvlar va pozitiv muhit 😎
—Malakali gid
💰 Narxi: atigi 150 000 so‘m!
📅 Joylar cheklangan!
📍 Jo‘nash joyi: Humo arena (O’zbekiston metrosi)
🔗Ro’yxatdan o’tish va qo’shimcha ma’lumot uchun:
✅ +998999084856
✅ https://t.me/tsuetravelingclub
✈️TSUE https://t.me/tsuetraveling sizlarga eng yaxshisini ravo ko’radi !
🟦🟦🟦
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipovning tavallud kuni!
Hurmatli Kongratbay Sharipov, Sizni tavallud kuningiz bilan samimiy muborakbod etamiz!
👉 Sizning taʼlim va ilm-fan sohasini rivojlantirish, innovatsion gʻoyalarni ilgari surish borasidagi fidokorona mehnatingiz yuksak eʼtirofga loyiq. Mamlakatimiz kelajagi – ilmga chanqoq yosh avlodni yetishtirish yoʻlidagi saʼy-harakatlaringiz bardavom boʻlishini tilaymiz.
✅ Sizga mustahkam sogʻliq, tinchlik-xotirjamlik va faoliyatingizda ulkan zafarlar tilab qolamiz!
Hurmat bilan,
🇺🇿 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Yoshlar ittifoqi jamoasi
✅Rasmiy sahifalarimiz
💬 |📷 https://instagram.com/tdiu.yi |🖤 https://youtube.com/channel/UCLkBAwzidl0i2Ssn0rJKCZg |📒 https://m.facebook.com/TDIU-Yoshlar-Ittifoqi-103012048564067
TDIU Yoshlar ittifoqi
Mar 25, 2026, 08:06 PM
📷 Photo
🟦🟦🟦
TDIU Talabalar turar joyida bayram kunlari odatdagidan boshqacha ruhda o‘tdi!
☑️Talabalar uchun belgilangan ta’til vaqtini mazmunli va qiziqarli o‘tkazish maqsadida turli xil tadbirlar tashkil etildi.
📎Tadbir yanada yuqori saviyada o‘tishiga TDIU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Karimova Komila Daniyarovnaning tashrifi alohida ahamiyat kasb etdi.
🟠U kishining ishtiroki talabalar uchun katta motivatsiya va ilhom manbai bo‘ldi.
🔥TDIUda nafaqat ta’lim, balki mazmunli dam olish ham doimo e’tiborda.
Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling:
💬 https://t.me/tdiu_official 📹 https://www.instagram.com/tdiu.yoshlar?igsh=MTF5ejJuZXE4dmhqZw==
TDIU Yoshlar ittifoqi
Mar 24, 2026, 03:29 AM
🎥 Video
#ecodays
🌍 22-mart — Butunjahon suv resurslarini aarash kuni.
⁉️ Bir savolga javob bering:
Yer yuzining 71% suv. Lekin biz nima uchun suv taqchilligidan qo'rqamiz?
🌐 Yer yuzidagi suvning faqat 3% i chuchuk suv. Shundan 2,5% i muzliklarda va yer ostida — yetib bo'lmaydi.
Demak, biz 8 milliard odam qolgan 0,5% ga muhtojmiz.
🔍 Hozir dunyoda 2 milliarddan ortiq odam toza suvga ega emas va har yili 3,5 million kishi faqat iflos suv sababli hayotdan ko'z yumadi.
Bu raqamlar — statistika emas.
Bu — odamlar.
⚡️ Suvni asrashni bugundan boshlang!
🍀 Biz bilan bir oqimda boʻling!
😎 https://t.me/eco_club_tsue | 😎 https://www.instagram.com/eco_tsue?igsh=NGJyZnZnY2x2dTBr
1,170
TDIU Yoshlar ittifoqi
Mar 24, 2026, 03:29 AM
📷 Photo
🤔 4 kunlik dam olish zeriktirdimi?
Keling, uni qiziqarli yakunlaymiz!
🤩 BOOK CLUB’da – MOVIE TIME
Bu safar biz siz bilan birgalikda dunyo bo‘ylab millionlab tomoshabinlarning ko‘ziga yosh olgan, chuqur ma’noli filmni tomosha qilamiz 🎬
🎥 Film: Yulduzlar aybdor
❤️ Muhabbat, umid va yashash uchun kurash haqida hikoya qiluvchi bu film sizni befarq qoldirmaydi.
📚 Tadbir yakunida film yuzasidan birgalikda fikr almashamiz, eng ta’sirli sahnalarni muhokama qilamiz va o‘z taassurotlarimiz bilan bo‘lishamiz.
🗓 Sana: 23-mart
🕖 Vaqt: 12:00
📍 Joy: TDIU asosiy kampus, 7-bino, Faollar zali
✨ Barchani tadbirimizga taklif qilamiz!
💬 https://t.me/tsuebookclub |📹 https://instagram.com/bookclubtsue?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
🤩 TDIU Tomchi volontyorlar harakati tashabbusi hamda Toshkent viloyati ijtimoiy qo'llab-quvvatlash markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan Navro’z bayrami nafaqat quvonch, balki mehr-oqibat va insoniylik tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
❗️Tadbir davomida milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi raqslar, dilga yaqin kuy-qo‘shiqlar va turli xil qiziqarli, ko‘ngil ochar o‘yinlar ishtirokchilarga haqiqiy bayram kayfiyatini ulashdi. Har bir chiqish, har bir lahza yig‘ilganlarga quvonch bag‘ishlab, ularning qalbida iliq xotiralar qoldirdi.
✨ Eng muhimi, bu kun mehr ulashish, e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish kuni bo‘ldi. Ulashilgan samimiy tabassumlar, qalbdan aytilgan minnatdorlik so‘zlari barchaning yuragiga yorug‘lik olib kirib, insonlar o‘rtasidagi mehr rishtalarini yanada mustahkamladi.
Rasmiy sahifalarimiz✅
💬 https://t.me/tomchi_charity 📷 https://instagram.com/tomchi_charity?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA==
TDIU Yoshlar ittifoqi
Mar 24, 2026, 03:29 AM
🎥 Video
Hurmatli talabalar!
⏳Sizlarni 22-mart kuni Gulbozor mahallasi da bo‘lib o‘tadigan bayram tadbiriga taklif qilamiz! 🎉
⏱Boshlanish vaqti: 12:00
🎊 Tadbir davomida sizlarni:
- Milliy kuy-qo‘shiqlar va raqslar
- Qiziqarli interaktiv o‘yinlar
- Fokuschilar chiqishi
- Sumalak va palov tarqatilishi, coca colalar
- Sovg‘alar va kutilmagan syurprizlar kutmoqda!
🥤 Shuningdek, 🥤Coca-Cola hamkorligida turli aksiyalar va sovrinlar ham tashkil etiladi.
🔥 Barcha talabalarni faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Do‘stlaringiz bilan keling, bayram kayfiyatini birga his qilamiz!
📍 Manzil: https://maps.apple.com/maps?ll=41.32422004080482,69.23720455107022&q=41.32422004080482,69.23720455107022&t=m
🌐 TDIU Talabalar Kasaba Uyushmasi
✅Rasmiy sahifalarimiz
💬 https://t.me/tdiu_tku
1,340
TDIU Yoshlar ittifoqi
Mar 24, 2026, 03:29 AM
📷 Photo
🟦🟦🟦🟦🟦
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari uchun Dominos’ Pizza hamda Coca Cola bilan hamkorlikda maxsus vaucherlar sovg’a qilamiz
🎉 Aksiya doirasida:
Talabalar Domi-Dog + Coca-Cola to‘plamini bepulga olishlari mumkin.
🗓 Aksiya muddati:
18-martdan 18-aprel 2026-yilgacha
📍 Barcha Domino’s Pizza filiallarida amal qiladi!
🎁 Bayram munosabati bilan ERTAGA TUSHLIKgacha universitetimiz asosiy kampus 1-ttjdan bepul vaucherlarni olib ketishingiz mumkin!
📢 Barcha talabalarni ushbu aksiya va imkoniyatlardan faol foydalanishga chorlaymiz!
🌐 TDIU Talabalar Kasaba Uyushmasi
✅Rasmiy sahifalarimiz
💬 https://t.me/tdiu_tku
1,100
TDIU Yoshlar ittifoqi
Mar 24, 2026, 03:29 AM
📷 Photo
⚽️SPORT O’YINLARIGA MARHAMAT! 🏸
🎥 Buxgalteriya hisobi, Davlat auditi, Bank ishi va Iqtisodiyot fakultetlari hamkorligida Sport klubi tomonidan sport musobaqalari tashkil etilmoqda!
Ushbu musobaqalar talabalarimizning dam olish kunlarini mazmunli va maroqli o‘tkazish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan.
➡️Sizni quyidagi yo‘nalishlar kutmoqda:
⚽️ Talaba yigitlar uchun futbol
🏸 Talaba qizlar uchun badminton
📝Registratsiya uchun: https://t.me/Nr_Ozodbek
🗓 Sana: 21.03.2026
⏰ Vaqt: 10:00
📌 Joy: Fiskal kampus, Sport maydonchasi
🤩 TSUE Sport Club
💬 https://t.me/TSUEsportclub | 📷 https://www.instagram.com/tsue_sport?igsh=ZnpzOXM0Y2pvZzZ3
TDIU Yoshlar ittifoqi
Mar 24, 2026, 03:29 AM
📷 Photo
Diqqat❗️❗️❗️
Run club energiyaga boy a'zolari.
Toshkentda qolganlar bormi?
Bayramni biz bilan o‘tkazmoqchi bo‘lgan energiyega boy talabalar bormi?
Unda Gashtak dan yangilikni kutib oling🔥
21-mart Shanba kuni Ecopark bog‘ida Gashtak Run - Shanbada ko‘rishamiz.
📅Shanba, 21-mart
⏰8:50
📍Ecopark bog‘i, Kirish Shashleek tomondan👇
https://maps.app.goo.gl/sDjoqaXqM4GKMRkS7
🏃♀Ecopark atrofi
Biz vada qilamiz:
Birga suratga tushish📸
Maroqli suhbat🔋
Qoshilish uchun coment +
Yoki post tagida emotsiyalar🔥
Bayramda Gashtak Runda ko‘rishamiz.
1,680
8
TDIU Yoshlar ittifoqi
Mar 24, 2026, 03:29 AM
🎥 Video
Mehr ulashib: Turizm fakulteti tomonidan xayriya konserti tashkil etildi
Joriy yilning 18-mart kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Turizm fakulteti tomonidan nogiron bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 87-sonli yordamchi maktabda xayriya konserti tashkil etildi. Mazkur tadbir “O‘zbek va rus tillari adabiyoti” kafedrasi dotsenti M. Muxitdinova hamda Tyutorlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limining Turizm fakulteti tyutori H. Nusratov tashabbusi bilan o‘tkazildi.
Tadbirda N. Ortiqmatov, Turizm fakulteti talabalari, “Muqimshunoslar” to‘garagi a’zolari, maktabning 189 nafar o‘quvchisi, pedagog jamoasi hamda ota-onalar ishtirok etdilar.
Konsert dasturi davomida universitet talabalari tomonidan turli badiiy chiqishlar namoyish etildi. Shuningdek, maktab o‘quvchilari ham o‘z iste’dod va mahoratlarini namoyon etib, tadbirga alohida fayz bag‘ishladilar. Ustozlar va ota-onalar ishtirokida qiziqarli o‘yinlar tashkil etilib, barcha qatnashchilarga esdalik sovg‘alari ulashildi.
Tadbirning badiiy qismi Niyozali Ortiqmatov hamda Hakimjon Nusratovning kuy va qo‘shiqlari bilan yanada ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
Mazkur xayriya tadbiri o‘quvchilarga quvonch ulashish, ularda ko‘tarinki kayfiyat uyg‘otish bilan bir qatorda, talaba-yoshlarda mehr-oqibat, saxovat va shukronalik kabi insoniy fazilatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
TDIU Yoshlar ittifoqi
Mar 24, 2026, 03:29 AM
📷 Photo
⚽️SPORT O’YINLARIGA MARHAMAT! 🏸
🎥 Buxgalteriya hisobi, Davlat auditi, Bank ishi va Iqtisodiyot fakultetlari hamkorligida Sport klubi tomonidan sport musobaqalari tashkil etilmoqda!
Ushbu musobaqalar talabalarimizning dam olish kunlarini mazmunli va maroqli o‘tkazish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan.
➡️Sizni quyidagi yo‘nalishlar kutmoqda:
⚽️ Talaba yigitlar uchun futbol
🏸 Talaba qizlar uchun badminton
📝Registratsiya uchun: https://t.me/Nr_Ozodbek
🗓 Sana: 21.03.2026
⏰ Vaqt: 10:00
📌 Joy: Fiskal kampus, Sport maydonchasi
🤩 TSUE Sport Club
💬 https://t.me/TSUEsportclub | 📷 https://www.instagram.com/tsue_sport?igsh=ZnpzOXM0Y2pvZzZ3
TDIU Yoshlar ittifoqi
Mar 21, 2026, 07:24 PM
❤️🔥❤️🔥❤️🔥💟💟💟
Kimlar Toshkentda!?
Hamma uyiga ketib
Toshkent huvillab qolgan
Mushoira jamoasi
Tashabbusni qo'lga olgan
Sizlar uchun tadbirni
Qulay qilib yanada
Bayramni tashkil qilsak
Ikkinchi yotoqxonada
Shoirona suhbat bo'lar
Qilib eski gurungcha
Toshkentdagilar bilan
Tuzib uskiy krugcha
Barchangizni she'rxonlik kechasiga taklif etamiz!
🗓Sana: 21-mart
🕖Vaqt: 11:00
📍Manzil: Asosiy kampus, 2-ttj, Ma'naviyat xonasi
👍 Mushoira klubiga qo'shiling va ijodiy mahoratingizni ommaga namoyish eting:
https://www.instagram.com/mushoira_tdiu/📱https://t.me/Mushoira_clubi 📱 http://instagram.com/mushoira_tdiu/
📱 https://youtube.com/@mushoira_tdiu?si=HC32FdspUHAUMe0h
1,350
TDIU Yoshlar ittifoqi
Mar 21, 2026, 07:24 PM
🎥 Video
💟💟💟
TDIU talabalari dam olishni ham o‘zgacha o‘tkazishdi!
🔥Oddiy sayr yoki sokin hordiq emas - bu safar talabalar adrenalinni tanlashdi.
⭐️Talabalar o‘rtasida tashkil etilgan “ekstremal berkinmachoq” o‘yini haqiqiy sarguzashtga aylandi. Qorong‘u va sirli muhit, kutilmagan burilishlar, yurakni tez urdiradigan lahzalar - barchasi ishtirokchilarga unutilmas hissiyotlar ulashdi.
❗️Bu o‘yin nafaqat qiziqarli dam olish, balki jamoaviylik, tezkor fikrlash va jasoratni ham sinovdan o‘tkazdi.
🇺🇿TDIU Yoshlar ittifoqi
✅Rasmiy sahifalarimiz
💬 |📹 https://instagram.com/tdiu.yi |📹 https://youtube.com/channel/UCLkBAwzidl0i2Ssn0rJKCZg |📒 https://m.facebook.com/TDIU-Yoshlar-Ittifoqi-103012048564067
TDIU Yoshlar ittifoqi
Mar 21, 2026, 07:24 PM
📷 Photo
✅ 🟦🟦🟦 #teatr_haftaligi
🎭 Diqqat, teatrsevar yoshlar!
📣 27-mart — Xalqaro teatr kuni munosabati bilan 21–27-mart kunlari Respublikamizdagi barcha davlat teatrlarida “Teatr tomoshalari haftaligi” o‘tkaziladi.
🗞 Haftalik doirasida tomoshabinlar uchun:
🟢 turli janrdagi spektakllar
🟢 qiziqarli ijodiy uchrashuvlar tashkil etiladi.
⚡️ Eng quvonarlisi, barcha spektakllar mutlaqo bepul namoyish etiladi.
🎫 Teatrlarga kirish uchun taklifnoma talab etiladi. Taklifnomalarni teatr kassalaridan olish mumkin.
📌 Taklifnomalar soni cheklangan.
🔍 O‘zbekistondagi barcha teatrlardagi https://www.afisha.uz/uz/theatres/2026/03/17/teatr.
#teatr #ochiqeshiklar_kuni #poytaxt_yoshlari
✏️ Bizni kuzatishda davom eting!
🕊 https://t.me/poytaxtyoshlari_yi | 📱 https://www.instagram.com/poytaxtyoshlari.yi?igsh=ajNpOWdtOTdvcDZp&utm_source=qr
📱 https://www.facebook.com/share/1DZFdJ2wTc/?mibextid=wwXIfr | 📺 https://www.youtube.com/channel/UCp553JzrAjcRLuey-rNTMDA
🟦🟦🟦 🟦🟦
Samarqandga 1 kunlik sayohat!
📆Har hafta yakshanba kuni!
✅Yig’ilish joyi : Magic City parkovkasi
Jo’nab ketish vaqti: 4:30
Qaytib kelish vaqti: 21:30
💵390.000 so’m | 1 kishiga
Narx ichida:
- Transport
- Gid xizmati
- Tarixiy joylarga kirish biletlari
- Ekskursiyalar
➡️Narx ichiga kirmaydi:
Ovqatlanish va shaxsiy xarajatlar!
❗️Batafsil ma’lumot va ro’yhatdan o’tish uchun :
+998-99-554-10-70
+998-95-550-10-70
Telegram : https://t.me/stg_manager
🌐 TDIU Talabalar Kasaba Uyushmasi
✅Rasmiy sahifalarimiz
💬 https://t.me/tdiu_tku
1,790
TDIU Yoshlar ittifoqi
Mar 21, 2026, 07:24 PM
🎥 Video
Ta'qiqlangan dori vositalarini tekshiruvchi bot ishga tushdi
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti mutaxassislari tomonidan psixotrop va noqonuniy dori vositalarining tarqalishini oldini olish, shuningdek, aholining bu boradagi xabardorligini oshirish maqsadida https://t.me/Psixotrop_moi_bot ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi.
Bot qanday ishlaydi?
Foydalanuvchi botga ma'lum bir dori vositasi haqidagi ma'lumotni yuboradi. Tizim esa:
— O‘zbekiston hududida ta'qiqlangan yoki ta‘qiqlanmagani;
— psixotrop ta‘sirga egaligi;
— inson salomatligiga ta’siri;
— qonunchilikdagi maqomi va boshqalar haqida aniq ma’lumot beradi.
❗️Nega bu muhim?
Bugungi kunda ayrim dorilar yoshlar orasida noto‘g‘ri maqsadda iste’mol qilinmoqda. Ko‘pchilik ularning aslida qanday ta’sirga ega ekanini bilmaydi. Mazkur bot aynan shunday muammolarning oldini olishga xizmat qiladi.
🤷♂️ Talabalar uchun foydali:
— Tengdoshlari orasida shubhali holatlarni aniqlash;
— Do‘stlari, oila a‘zolari yoki tanishlari tomonidan iste’mol qilinayotgan vositalarni tekshirish;
— o‘z salomatligini himoya qilish imkonini beradi.
⏯️ Yuqoridagi videoda botning ishlash tartibi va imkoniyatlari haqida mutaxassis tomonidan batafsil ma'lumot berilgan.
🛑Noma’lum dori vositalarini tekshirmasdan qabul qilmang. O‘zingizni va yaqinlaringizni asrang!
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
TDIU Yoshlar ittifoqi
Mar 21, 2026, 07:24 PM
📷 Photo
💖💖💖
COCA-COLA MUSIC FEST — talabalar uchun haqiqiy bayram!
🎶 16-mart kuni Pendidikan qo‘shma ta’lim fakulteti tashabbusi bilan Coca-Cola Music Fest tadbiri yuqori kayfiyatda tashkil etildi.
Tadbir davomida:
🎧 DJ tomonidan jonli musiqa dasturi
🎙 Qiziqarli konkurs va o‘yinlar
📌 Iftorlik dasturxoni
🥤 Muzdek Coca-Cola bilan bayramona muhit
⚡️ Do‘stlar davrasida raqs va quvnoq lahzalar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
✨ Ushbu kecha barcha ishtirokchilar uchun unutilmas xotiralarga boy bo‘ldi.
🇺🇿 TDIU Yoshlar ittifoqi
✅Rasmiy sahifalarimiz
💬 | 📷 https://instagram.com/tdiu.yi | 🖤 https://youtube.com/@tdiuyoshlar?si=4g8DMbYDwii5y_xU | 📒 https://www.facebook.com/share/1DZvu9ztJ8/?mibextid=wwXIfr