O'zbekiston Yoshlar ittifoqining Toshkent davlat agrar universitetidagi Boshlang'ich tashkiloti kengashining telegramdagi rasmiy sahifasi!
Yoshlar hayotiga oid so'nggi xabarlar, imtiyoz va imkoniyatlardan biz orqali boxabar bo'ling!
@TDAU_YI offers specialized information about boshlangich and ozbekiston for subscribers interested in Religion
No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
TDAU YOSHLAR ITTIFOQI
May 16, 2026, 04:47 PM
📷 Photo
❤️❤️❤️
Kelajak sari intilgan yoshlar bilan ochiq muloqot
😊Toshkent davlat agrar universiteti Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakulteti Yoshlar ittifoqi yetakchisi A. Abduraimov tomonidan talabalar uchun yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, xorijiy tillarni oʻrganishga boʻlgan qiziqishini kuchaytirish hamda zamonaviy kasb va innovatsion loyihalar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida targʻibot uchrashuvi tashkil etildi.
📌 Tadbir davomida yoshlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat siyosati, yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan keng imkoniyatlar, professional va kreativ loyihalar haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Xususan, xorijiy tillarni oʻrganish, zamonaviy IT platformalari va startap loyihalarda faol ishtirok etishning ahamiyati alohida taʼkidlandi.
✅Shuningdek, uchrashuvda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ilmiy va maʼnaviy salohiyatini rivojlantirish hamda ularni zamon talablariga mos yetuk kadrlar etib tarbiyalash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan tushunchalar berildi.
💬Tadbir talabalar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinib, ular oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
🇺🇿✅Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
🌐 🌐 https://www.facebook.com/TDAUYoshlari?mibextid=9R9pXO
🌐 https://www.instagram.com/tdauyoshlarittifoqi?igsh=MXUybGcyM2pmdGxsMg== 🌐 https://www.youtube.com/@TDAUYOSHLARI
183
10
0
TDAU YOSHLAR ITTIFOQI
May 16, 2026, 04:47 PM
📷 Photo
Forish tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va chorvachilik ko‘rgazmasi tashkil etildi
🟢O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-135-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda hududlarda agrar sohani ilmiy asosda rivojlantirish maqsadida Jizzax viloyati Forish tumanida soha vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
➡️Mazkur ko’rgazma ilmiy-amaliy uchrashuv oldidan o‘tkazilib, unda hududning agrar salohiyati, zamonaviy agrotexnologiyalar, chorvachilik mahsulotlari va innovatsion ishlanmalar namoyish etildi.
➡️Ko‘rgazmada Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Zafar Ruziyev, Forish tumani hokimi Sohib Islamov, TDAU rektori Narzullo Oblomuradov hamda viloyat qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari ishtirok etdi.
✅Tadbir davomida agrar sohani rivojlantirish, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish hamda hududlarda samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
✍ https://t.me/tdau_news
🎖 http://tdau.uz/ https://tdau.uz/ 📝 https://t.me/tdau_news| 💻 https://www.instagram.com/tdau_rasmiy_/?igshid=ZDdkNTZiNTM= 📝 https://m.facebook.com/tdau.rasmiyhttps://www.facebook.com/profile.php?id=100091685863667 🎞 https://www.youtube.com/@TDAUrasmiy-gt1ev
#KunTarixi
Bugun — 16-may.
Yurtimiz va jahon tarixida shu kunda sodir bo‘lgan muhim voqealar bilan tanishing:
🇺🇿 O‘zbekiston tarixida:
1️⃣ 1993-yil — Davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.
2️⃣ 2007-yil — Hududlarda ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar amalga oshirildi.
3️⃣ 2019-yil — Davlat xizmatlarini raqamlashtirish va elektron tizimlarni kengaytirish bo‘yicha dasturlar davom ettirildi.
🌐 Jahon tarixida:
1️⃣ 1929-yil — Birinchi “Oscar” mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
2️⃣ 1966-yil — Xitoyda “Madaniy inqilob” boshlandi.
3️⃣ 1975-yil — Yapon alpinisti Junko Tabei Everest cho‘qqisini zabt etgan ilk ayol bo‘ldi.
✍️ Tarixni bilgan — kelajakni yaratadi!
🇺🇿✅Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
🌐 🌐 https://www.facebook.com/TDAUYoshlari?mibextid=9R9pXO
🌐 https://www.instagram.com/tdauyoshlarittifoqi?igsh=MXUybGcyM2pmdGxsMg== 🌐 https://www.youtube.com/@TDAUYOSHLARI
TDAU YOSHLAR ITTIFOQI
Mar 26, 2026, 11:08 PM
🎥 Video
💙💙💙
🏆 "YANGI O‘ZBEKISTON TALABALARI OLIMPIADASI"DA O‘Z IMKONIYATINGIZNI KO‘RSATING!
Toshkent davlat agrar universitetining sportsevar va iqtidorli talabalari diqqatiga! Sizning sportdagi mahoratingizni yuzaga chiqarish va universitetimiz sharafini himoya qilish vaqti keldi.
Olimpiada doirasida quyidagi sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi:
🏐 Voleybol;
🤾 Gandbol;
🏀 Basketbol;
⚽️ Futbol;
🏓 Stol tennisi;
🏃 Yengil atletika;
🏊 Suzish.
✅ Bu nafaqat musobaqa, balki o‘z iqtidoringizni namoyon etish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish uchun ajoyib imkoniyatdir!
Musobaqalarda http://erp.sport.uz/ sayti orqali rasman ro‘yxatdan o‘tgan talabalar qatnashishi mumkin.
⏰ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2026-yil 31-martga qadar.
ℹ️ Qo‘shimcha savollar va batafsil ma’lumot uchun guruh tyutoringizga yoki dekan o‘rinbosarlariga murojaat qilishingiz mumkin.
https://t.me/tdau_news
🎖 http://tdau.uz/ https://tdau.uz/ 📝 https://t.me/tdau_news 💻 https://www.instagram.com/tdau_rasmiy_/?igshid=ZDdkNTZiNTM= 📝 https://m.facebook.com/tdau.rasmiyhttps://www.facebook.com/profile.php?id=100091685863667 🎞 https://www.youtube.com/@TDAUrasmiy-gt1ev
TDAU YOSHLAR ITTIFOQI
Mar 26, 2026, 11:08 PM
📷 Photo
🏛 “Jadidlar haqida insholar” tanlovi final bosqichi – SAMDUda!
🗣Bugun Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan https://t.me/yoshlareduuz tanlovining yakuniy final bosqichida respublikamizdagi barcha oliy ta’lim tashkilotlarining g‘olib talabalari ishtirok etdi. Finalni markaz direktori Abdumalik Akramov ochib berib, ushbu tanlovning yoshlar bilimini oshirishdagi ahamiyati haqida to‘xtalib, ishtirokchilarga omad tiladi.
↪️Final bosqichida 70 dan ortiq ishtirokchi 1 soat vaqt davomida “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” va “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzularida insho yozdilar. Barcha insholar tashkilotchilar tomonidan shifrlanib, Hakamlar hay’ati a’zolariga taqdim etildi.
🏆 Eslatib o‘tamiz, tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplom hamda 1-o‘rin 8 million so‘m, 2-o‘rin 6 million so‘m va 3-o‘rin 5 million so‘m miqdorida pul mukofotlari bilan tantanali taqdirlanadi.
Tanlov natijalari ertaga kanalimiz orqali e'lon qilinadi.
Bizni kuzating:
📱 https://www.instagram.com/yoshlar.edu.uz/profilecard | 📺 https://youtube.com/@yoshlareduuz/?sub_confirmation=1 | 🕊Telegram
#live
Ayni damda Toshkent davlat agrar universitetida “Ekologik barqarorlikni ta’minlashda o‘rmonchilik va dorivor o‘simlikshunoslikning roli” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
🔥Mazkur anjumanni universitet rektori N. Oblomuradov o‘zining kirish so‘zi bilan ochib berdi. “Biz uchun dorivor o‘simliklar yetishtirish va o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish alohida ahamiyatga ega. Shuningdek, ularga bo‘lgan ehtiyoj yil sayin ortib bormoqda. Ushbu konferensiyada ta’kidlanganidek, ayrim hududlarda ekologik jihatdan qulay sharoitlar yaratilgan va bu jarayon bizda ham kuzatilmoqda. Shu bois, aholi tomonidan ushbu sohalarga yanada katta e’tibor qaratish lozim”, — deya ta’kidladi rektor.
➡️Ushbu konferensiyada universitet professor-o‘qituvchilari, soha mutaxassislari, olimlar, yosh tadqiqotchilar hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etmoqda.
https://telegra.ph/In-detail-03-26-7
https://telegra.ph/Podrobno-03-26
https://t.me/tdau_news
🎖 http://tdau.uz/ https://tdau.uz/ 📝 https://t.me/tdau_news 💻 https://www.instagram.com/tdau_rasmiy_/?igshid=ZDdkNTZiNTM= 📝 https://m.facebook.com/tdau.rasmiyhttps://www.facebook.com/profile.php?id=100091685863667 🎞 https://www.youtube.com/@TDAUrasmiy-gt1ev
#KunTarixi
Bugun — 25-mart.
Yurtimiz va jahon tarixida shu kunda sodir bo‘lgan muhim voqealar bilan tanishing:
🇺🇿 O‘zbekiston tarixida:
1️⃣ 1992-yil — Mustaqil davlat boshqaruvini mustahkamlash va iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.
2️⃣ 2007-yil — Hududlarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan loyihalar amalga oshirildi.
3️⃣ 2018-yil — Davlat xizmatlarini takomillashtirish va raqamlashtirish jarayonlari davom ettirildi.
🌍 Jahon tarixida:
1️⃣ 1807-yil — Buyuk Britaniyada qullik savdosini bekor qilish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi.
2️⃣ 1957-yil — Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (YIH) tashkil etildi.
3️⃣ 1996-yil — Yevropada yadroviy xavfsizlik bo‘yicha muhim kelishuvlar imzolandi.
✍️ Tarixni bilgan — kelajakni yaratadi!
🇺🇿✅Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
🌐 🌐 https://www.facebook.com/TDAUYoshlari?mibextid=9R9pXO
🌐 https://www.instagram.com/tdauyoshlarittifoqi?igsh=MXUybGcyM2pmdGxsMg== 🌐 https://youtube.com/@Yoshlarittifoqi_?si=PpdLAUOVSxWQ4H2j
TDAU YOSHLAR ITTIFOQI
Mar 25, 2026, 02:03 PM
BITTA KAYF VA... O‘LIM
sintetik narkotiklar haqida achchiq haqiqat
‼️“Qarorgoh” podkastida bu gal og‘riqli va jiddiy mavzu ko‘tarildi – sintetik narkotiklar.
Bugun bu xavf ko‘rinmas tarzda yoshlar orasiga kirib bormoqda, ularning hayoti va orzularini barbod qilmoqda.
❓Qanday qilib bu baloni vaqtida anglash mumkin?
❓Farzandlarimizni qanday himoya qilamiz?
❓Qaysi belgilar befarq qoldirmasligi kerak?
📹 Mutaxassis fikrlari va aniq tavsiyalarni “Qarorgoh” podkastida tomosha qiling.
📺Batafsil: https://youtu.be/gPDHPalSYnY?si=1e-PxjV7FCcom-Qy
Bizni kuzating:
📱 https://www.instagram.com/yoshlar.edu.uz/profilecard | 📺 https://www.youtube.com/c/manaviyateduuz/?sub_confirmation=1 | 🕊Telegram
#jarayon
Agrar universiteti talabasi "Mirzo Ulugʻbek vorislari" tanlovining viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
✅Toshkent davlat agrar universiteti Zooinjeneriya fakulteti talabaqizlari Iste'dodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Ulug'bek jamgʻarmasi tomonidan tashkil etilib kelinayotgan "Mirzo Ulug'bek vorislari" tanlovining tuman bosqichida muvaffaqiyatli qatnashib faxrli o'rinni egalladi.
✨Diplom, 2.060.000 so'm pul mukofoti va "Mirzo Ulug'bek vorislari" tanlovining viloyat bosqichiga yóllanmani qólga kiritdi.
✅Qizlarga kelgusi o'quv faoliyatiga omad tilab qolamiz!
🇺🇿✅Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
🌐 🌐 https://www.facebook.com/TDAUYoshlari?mibextid=9R9pXO
🌐 https://www.instagram.com/tdauyoshlarittifoqi?igsh=MXUybGcyM2pmdGxsMg== 🌐 https://youtube.com/@Yoshlarittifoqi_?si=PpdLAUOVSxWQ4H2j
DIQQAT, TANLOV!
“Kelajak soati” loyihasi uchun dars ssenariylari tanlovi o’tkaziladi! Tanlovda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo’lgan barcha ishtirok etishi mumkin
Mavzu: 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Millat fidoyilari. Xotira va qadrlash”
Yoʻnalishlar va mukofotlar:
1. Maktabgacha ta’lim yoʻnalishi –
gʻolib uchun smart televizor;
2. Maktab ta’limi (boshlangʻich, oʻrta va yuqori sinflar) yoʻnalishi –
gʻoliblar uchun smart televizor va noutbuk;
3. Oliy ta'lim yoʻnalishi –
gʻolib uchun noutbuk;
Barcha yoʻnalishlar boʻyicha eng yaxshi ssenariylar jamlanmasi uchun bosh sovrin – iPhone 17 smartfoni!
Dars ssenariylarini 2026-yil 10-aprelga qadar quyidagi https://t.me/KelajakSoati_murojaat_bot yuborishingiz talab etiladi.
Tanlovga kelib tushgan ssenariylar mutaxassislar va jamoatchilik vakillaridan iborat Tanlov hay’ati tomonidan belgilangan mezonlar asosida baholanadi.
Tanlov natijalari joriy yilning 1-may sanasiga qadar e’lon qilinadi.
Muhim!
https://telegra.ph/Kelajak-soati-loyihasi-doirasida-otkazilayotgan-Millat-fidoyilari-Xotira-va-qadrlash-mavzusidagi-dars-ssenariylari-tanlovi-03-24 va “Kelajak soati” https://t.me/kelajaksoati_rasmiy joylangan namunaviy ssenariylar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.
Biz sizga ishonamiz!
Harakatni bugundan boshlang!
Bizni kuzatib boring:
https://www.instagram.com/kelajaksoati | https://t.me/kelajaksoati_rasmiy | http://www.youtube.com/@najot2025 | https://www.facebook.com/share/1AkqBpHWpu/
TDAU YOSHLAR ITTIFOQI
Mar 25, 2026, 02:03 PM
📷 Photo
💙💙💙
🩸 “Birga hayotni asraymiz!”: TDAUda beg‘araz donorlik aksiyasi o‘tkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-19-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda insonlar hayotini saqlab qolishga hissa qo‘shish maqsadida universitetimizda yirik donorlik aksiyasi tashkil etilmoqda.
Aziz talabalar va jamoat faollari! Sizning bir tomchi qoningiz kimningdir hayotini saqlab qolishi mumkin.
Dushanba, 30-mart kuni Universitet hududida (belgilangan nuqtalar) o’tkaziladi.
🕒 Reja-grafik bilan tanishing:
• 09:00 – 10:00: Zooinjeneriya hamda O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn fakultetlari;
• 10:00 – 11:00: Agromuhandislik va agrotexnologiyalar hamda O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakultetlari;
• 11:00 – 12:00: Meva-sabzavotchilik va uzumchilik hamda Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakultetlari;
• 12:00 – 13:00: Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti hamda Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘limi;
• 13:00 – 14:00: Sirtqi (masofaviy ta’lim yo‘nalishi) fakulteti;
• 14:00 – 17:00: Talabalar turar joylari (7, 12, 13, 14, 15 va DXSh TTJlar).
✨ Ezgulik yo‘lida birlashaylik! Aksiyada faol ishtirok eting va insonlar hayotini asrashga hissa qo‘shing.
https://tdau.uz/ru/sohranim-zhizni-vmeste-v-tgau-projdyot-dobrovolnaya-donorskaya-akcziya/
https://tdau.uz/en/lets-save-lives-together-voluntary-blood-donation-campaign-to-be-held-at-tsau/
https://t.me/tdau_news
🎖 http://tdau.uz/ https://tdau.uz/ 📝 https://t.me/tdau_news 💻 https://www.instagram.com/tdau_rasmiy_/?igshid=ZDdkNTZiNTM= 📝 https://m.facebook.com/tdau.rasmiyhttps://www.facebook.com/profile.php?id=100091685863667 🎞 https://www.youtube.com/@TDAUrasmiy-gt1ev
TDAU YOSHLAR ITTIFOQI
Mar 25, 2026, 02:03 PM
📷 Photo
👑👑👑👑👑
Yevroosiyo ilmiy alyansi: ta’lim, fan va innovatsiyada yangi imkoniyatlar
🗣Poytaxtimizda o‘tkazilayotgan “Italiya – Markaziy Osiyo (C5) + Ozarbayjon” xalqaro forumi doirasidagi fan, tadqiqot va ta’lim sessiyasida muhim tarixiy tashabbus amalga oshirildi. Unda iqlimga chidamlilik, oziq-ovqat xavfsizligi hamda oziq-ovqat texnologiyalari yo‘nalishlarida hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Yevroosiyo universitetlari va ilmiy tadqiqotlar alyansi tashkil etildi.
🟢Yangi alyans ilm-fan, ta’lim va innovatsiyalar sohalarida hamkorlikni kengaytirish, dolzarb muammolarga ilmiy asoslangan yechimlar ishlab chiqish hamda mintaqaviy integratsiyani kuchaytirishga xizmat qiladi.
📌Tashabbus doirasida Italiya va O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim va ilmiy muassasalari, jumladan Italiya Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari va iqtisodiyoti kengashi (CREA) hamda Milliy tadqiqotlar kengashining Biologiya, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat fanlari departamenti vakillari o‘rtasida qator kelishuvlar imzolandi. Ushbu hujjatlar alyans faoliyatining mustahkam huquqiy va tashkiliy asosini yaratdi.
ℹ️Alyans doirasida iqlim o‘zgarishiga moslashuv, suv va yer resurslaridan samarali foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda zamonaviy oziq-ovqat texnologiyalarini rivojlantirish yo‘nalishlarida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Shuningdek, talabalar va olimlar almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etish ustuvor vazifalar etib belgilandi.
✍️Bundan tashqari, Italiya va O‘zbekiston o‘rtasida agrar ta’lim yo‘nalishida 17 ta hujjat imzolandi.
✅Mazkur alyans ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bilan birga, mintaqada barqaror rivojlanish, oziq-ovqat xavfsizligi va ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.
🌐 https://gov.uz/agro/ 💬 https://t.me/uzagroministry 💬 https://www.facebook.com/agrouzbekistan 📺 https://www.youtube.com/channel/UCyNJPOK19dl0ekedbTf_pfg 📷 https://www.instagram.com/uzagroministry/
TDAU YOSHLAR ITTIFOQI
Mar 23, 2026, 08:40 PM
📷 Photo
🚨 DIQQAT! CHORSHANBA KUNI HAQIQIY INTELLEKTUAL JANG BOSHLANADI!
Universitet Intellektual Koordinatori bilan hamkorlikda fakultetlar o‘rtasida ECO ZAKOVAT tashkil etilmoqda. Bu oddiy o‘yin emas — bu bilim, fikrlash va pozitsiya to‘qnashuvi!
⚡ Har bir fakultet o‘z sha’nini himoya qiladi
⚡ Har bir savol — bu sinov
⚡ Har bir javob — bu kuch
Kim haqiqiy lider? Kim strateg? Kim bosim ostida ham to‘g‘ri qaror qabul qila oladi?
📅 Sana: 25 mart
📍 Joy: Bosh bino ro'parasidagi maydonchada
⏰ Vaqt: 15:00
Bu safar shunchaki qatnashmaysiz — pozitsiya olasiz.
Yutganlar — hurmatga, yutqazganlar esa yana qaytishga majbur bo‘ladi.
🎯 Fakultetingizni qo‘llab-quvvatlang.
🎯 Jamoangizni kuchli qilib olib keling.
🎯 Va eng muhimi — yutishga tayyor bo‘ling.
🔥 ECO ZAKOVAT — bu shunchaki o‘yin emas. Bu — intellektual siyosat.
105
TDAU YOSHLAR ITTIFOQI
Mar 23, 2026, 08:40 PM
📷 Photo
🎥🎥🎥🎥🎥
🗣Ayni daqiqalarda poytaxtimizda “Italiya – Markaziy Osiyo (C5) + Ozarbayjon” biznes-forumi o‘z ishini boshladi. Nufuzli xalqaro tadbir doirasida qishloq xo‘jaligi va agrooziq-ovqat sohasining dolzarb masalalari muhokama qilinmoqda.
👥Forumda Italiya Respublikasi qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat suvereniteti va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Franchesko Lollobrijida, Ozarbayjon Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Majnun Mamedov, Qozog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri o'rinbosari Yermek Kenjexanuli, Tojikiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Qurbon Hakimzoda, Qirg‘iziston Respublikasi suv resurslari, qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoati vaziri o‘rinbosari Almaz Jeenaliev hamda Turkmaniston qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Berkeli Berkeliyev kabi nufuzli mehmonlar ishtirok etmoqda.
🌱Forum ochilish marosimida qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov nutq so‘zladi. Vazir o‘z chiqishida bugungi uchrashuvning ahamiyatiga alohida to‘xtalib, quyidagilarni ta’kidladi:
“Bugungi uchrashuv muhim va ramziy ahamiyatga ega tadbirdir. U Italiya, Markaziy Osiyo va Ozarbayjon o‘rtasida hamkorlikning yangi bosqichi shakllanayotganini aks ettiradi.
Bugungi tez o‘zgarayotgan dunyoda qishloq xo‘jaligi endi faqat ishlab chiqarish emas — u innovatsiya, barqarorlik va moslashuvchanlikni anglatadi. Biz suvdan oqilona foydalanishimiz, fermerlarni qo‘llab-quvvatlashimiz, barqaror turmush manbalarini yaratishimiz va texnologiyalar orqali rivojlanishimiz zarur.”
ℹ️Shuningdek, vazir o‘z nutqida ayrim muhim ko‘rsatkichlar, investitsiya ustuvor yo‘nalishlari hamda agrooziq-ovqat sohasidagi islohotlarga qisqacha to‘xtalib o‘tdi.
✅ Nutqi yakunida vazir bugungi forum yangi hamkorliklar, investitsiyalar va amaliy natijalarga zamin yaratishini ta’kidladi. Qishloq xo‘jaligidagi muammolar umumiy bo‘lgani kabi, imkoniyatlar ham umumiy ekanini qayd etib, O‘zbekiston Italiya, Markaziy Osiyo va Ozarbayjon bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga qat’iy sodiqligini bildirganini alohida urg‘uladi.
🌐 https://gov.uz/agro/ 💬 https://t.me/uzagroministry 💬 https://www.facebook.com/agrouzbekistan 📺 https://www.youtube.com/channel/UCyNJPOK19dl0ekedbTf_pfg 📷 https://www.instagram.com/uzagroministry/
TDAU YOSHLAR ITTIFOQI
Mar 23, 2026, 08:40 PM
📷 Photo
Baxorgi “Zakovat” ligasiga start beriladi!
💡1–2-bosqich talabalari diqqatiga
Sizni bilim, mantiq va tezkor fikrlashni sinovdan o‘tkazuvchi Baxorgi “Zakovat” ligasiga taklif etamiz!
⏳Liga davomiyligi: 1 oy
👥Ishtirokchilar: 1–2-bosqich talabalari
👑G‘oliblar munosib taqdirlanadi
⚡️Liga davomida jamoalar o‘rtasida qiziqarli va murosasiz bahslar bo‘lib o‘tadi. Har bir tur sizning bilim saviyangiz, jamoaviy ishlash ko‘nikmangiz va tezkor fikrlashingizni sinovdan o‘tkazadi.
O‘z jamoangizni tuzing va bahorgi bilimlar bahsida ishtirok eting!
Qo’chimcha savol va takliflar uchun:
📞 https://t.me/mirzaev_xshttps://t.me/Joha_kuzovchik
📲Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakulteti kanaliga a'zo bo’ling:
https://t.me/agrotexnologiy
TDAU YOSHLAR ITTIFOQI
Mar 23, 2026, 08:40 PM
📷 Photo
🎥🎥🎥🎥🎥
🗣Poytaxtimizdagi “InterContinental Tashkent” mehmonxonasida “Italiya – Markaziy Osiyo (C5) + Ozarbayjon” biznes-forumi boshlanish arafasida bo‘lib, unda zamonaviy qishloq xo‘jaligining eng dolzarb masalalari kun tartibiga olib chiqiladi.
🤔“Barqaror agroekotizimlar uchun innovatsiyalar, regenerativ qishloq xo‘jaligi va raqamlashtirish” mavzusiga bag‘ishlangan ushbu forum bugungi global chaqiriqlarga javob topish yo‘lida muhim platforma sifatida e’tirof etilmoqda.
ℹ️Forum doirasida ilg‘or agrotexnologiyalarni joriy etish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, iqlim o‘zgarishiga moslashuvchan yechimlar ishlab chiqish hamda raqamli transformatsiyani jadallashtirish masalalari keng muhokama qilinadi.
🌐 https://gov.uz/agro/ 💬 https://t.me/uzagroministry 💬 https://www.facebook.com/agrouzbekistan 📺 https://www.youtube.com/channel/UCyNJPOK19dl0ekedbTf_pfg 📷 https://www.instagram.com/uzagroministry/