#bilasizmi
#virtual_suv
MAHSULOTLARNING VIRTUAL SUV HAJMI
☕️ Bir piyola qahva: taxminan 140 litr suv (qahva daraxtini oʻstirish, hosilni yigʻish va qadoqlash uchun).
👕 Bir dona paxta futbolka: taxminan 2 700 litr suv (bir insonning qariyb uch yillik ichimlik suvi ehtiyojiga teng miqdor).
🥩 Bir kilogramm mol goʻshti: 15 000 litrdan ortiq suv (chorva ozuqasini yetishtirish, parvarishlash va goʻshtni qayta ishlash uchun).
🌾 Bir kilogramm bugʻdoy: taxminan 1 300 litr suv.
📱Bitta smartfonni ishlab chiqarish uchun (metallarni qazib olishdan tortib, mikrochiplarni yaratish va yigʻishgacha) oʻrtacha 12 000 litr suv sarflanadi.
👖 Bitta jinsi shim ishlab chiqarish uchun oʻrtacha 8 000 litr suv sarflanadi. (bu bir insonning qariyb 7 yil davomida iste’mol qiladigan suvi miqdoriga teng)
📄 Bitta oddiy A4 formatdagi qogʻozni ishlab chiqarish uchun oʻrtacha 10 litr suv ketadi. Eski qogʻozlarni qayta ishlash (makulatura) esa bu suv sarfini bir necha barobarga kamaytiradi.
🏎 Bitta yengil avtomobil ishlab chiqarish uchun (poʻlat eritish, boʻyash, shinalar tayyorlash) oʻrtacha 150 000 litrdan 300 000 litrgacha suv ketadi.
🔥 Bitta olma yetishtirish uchun 70 litr suv kerak.
🍕 Bitta oʻrtacha kattalikdagi pitsa tayyor boʻlishi uchun (bugʻdoy, pomidor va pishloq uchun ketadigan suv) 1 260 litr suv https://t.me/suvbrm
💦 SUV-HAYOT MANBAI!
Har bir mahsulot ortida katta miqdorda suv yashiringan. Suvni tejang, kelajakni asrang!
🌐 https://uzsuv.uz/uz 🗝 https://cabinet.uzsuv.uz/
🤖 https://t.me/uzsuvbot 😄💬 http://facebook.com/UzSuvTaminot 🌐 http://instagram.com/UzSuvTaminot
📹 http://www.youtube.com/@UzsuvtaminotJSC 🕊 https://twitter.com/uzsuvtaminot_
💬 https://t.me/uzsuv_chat ✅ https://tiktok.com/uzsuv
O‘zsuvta'minot
Apr 27, 2026, 05:13 AM
🎥 Video
☄️2026-yilda Samarqand viloyatida quyidagi loyihalar amalga oshirilishi rejalshtirilgan:
“Islom taraqqiyot banki” guruhi ishtirokidagi “Qishloq joylarini barqaror rivojlantirish” dasturi doirasida, shuningdek boshqa manbalar hisobidan viloyatda jami 541,8 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan.
Mazkur mablag‘lar hisobidan:
🔴185 ta ichimlik suvi inshooti va 7 ta oqova suv inshooti qurilishi,
🔴1 416,5 km ichimlik suv tarmoqlari hamda 52,9 km oqova suv tarmoqlari tortilishi belgilangan.
Batafsil “Samarqand suv ta’minoti” AJ Axborot xizmati rahbari Alisher Aliqulov ishtirokida “Samarqand viloyatida 2026-yilda ichimlik va oqova suv tizimida amalga oshirilayotgan hamda rejalashtirilgan ishlar” to‘g‘risidagi brifingda
🌐 https://uzsuv.uz/uz 🗝 https://cabinet.uzsuv.uz/
🤖 https://t.me/uzsuvbot 😄💬 http://facebook.com/UzSuvTaminot 🌐 http://instagram.com/UzSuvTaminot
📹 http://www.youtube.com/@UzsuvtaminotJSC 🕊 https://twitter.com/uzsuvtaminot_
💬 https://t.me/uzsuv_chat ✅ https://tiktok.com/uzsuv
“O‘zsuvta’minot” AJ Axborot xizmati tomonidan tayyorlangan haftalik dayjest dasturi (13 — 19-aprel)
00:29-Davlat rahbari kommunal soha xodimlariga tabrik yo‘lladi.
01:17- “O‘zsuvta’minot” AJda faoliyat yuritayotgan 58 nafar xodim “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
01:33-“O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruvi raisi v.b. Axmad Suvankulov hukumat delegatsiyasi tarkibida Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifni amalga oshirdi.
02:01-Boshqaruv raisi boshchiligida aksiyadorlik jamiyati tizimidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan tanqidiy-tahliliy ruhda kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
02:30-“O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruvi raisi v.b. Axmad Suvankulov tizimda faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan uchrashdi.
02:49-Navoiy viloyatida “Vladimir Kvint yosh strateglari” ta’lim birlashmalari uchrashuvi tashkil etildi.
03:08-Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Toxir Haydarov xizmat safari bilan Qashqadaryo viloyatida bo‘ldi.
03:24-Boshqaruv raisi o‘rinbosari Xurshid Raxmatullayev Jahon banki vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
03:36-Davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi va natijadorligini baholash reytingida “O‘zsuvta’minot” AJ 4 pog‘onaga yuqoriladi.
04:01-“Surxondaryo suv ta’minoti” AJga 39 dona, “Navoiy suv ta’minoti” AJga 5 ta “Qoraqalpoq suv ta’minoti” AJ ga 3ta zamonaviy maxsus texnikalar topshirildi.
05:51-Bo‘rixo‘jayev A’zamxo‘ja Nurxo‘ja o‘g‘li "Suvo‘lchagichxizmati" AJ direktori etib tayinlandi.
06:06-O‘tgan haftadagi reyd tadbirlari xususida.
08:03-Rishton tumanidagi "Yuqori Beshkapa" MFY aholisi ichimlik suvi bilan yuz foiz ta’minlandi.
08:49-“Sirdaryo suv taʼminoti” AJ Axborot xizmati rahbari Bobur Doliyev ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.
09:34-Bobotog‘da 3 100 nafarga yaqin aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlandi.
10:17-Qamashi tumani “Mayda” mahallasida olti mingdan ortiq aholi ichimlik suvi bilan ta’minlandi.
10:30-Chimboy tumani aholisining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanmoqda.
10:58-Jizzax viloyatida ichimlik suvi va oqova xizmatlar bo‘yicha yangi tariflar tasdiqlandi.
11:24-O‘tgan haftada Futbol boʻyicha “Boshqaruv raisi kubogi” musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
🌐 https://uzsuv.uz/uz 🗝 https://cabinet.uzsuv.uz/ https://cabinet.uzsuv.uz/
🤖 https://t.me/uzsuvbot 😄💬 http://facebook.com/UzSuvTaminot 🌐 http://instagram.com/UzSuvTaminot
📹 http://www.youtube.com/@UzsuvtaminotJSC 🕊 https://twitter.com/uzsuvtaminot_
💬 https://t.me/uzsuv_chat https://tiktok.com/uzsuv
✍️ Hayot Foundation jamg‘armasi va Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi o‘rtasida “O‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risida memorandum” imzolandi.
Tomonlar “Hayot suvi” loyihasi doirasida sohani rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikka kelishib oldilar.
📌 Hamkorlik doirasida quyidagi ishlar ko‘zda tutilgan:
✔️ekspert va tahliliy yordam;
✔️yechimlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
✔️loyihani amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash;
✔️taʼlim va targʻibot tadbirlari;
✔️xalqaro va institutlararo hamkorlik;
✔️o‘zaro loyihalarni amalga oshirish.
Ushbu hamkorlik mamlakatda suv resurslaridan oqilona foydalanish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish va suv sohasiga oid qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
https://x.com/suvbrmhttps://t.me/suvbrm|https://www.facebook.com/suvbarqarorrivojlanishmarkazi/ | https://www.instagram.com/suv.brm/ | https://www.youtube.com/@suvbrm | https://x.com/suvbrm
O‘zsuvta'minot
Apr 27, 2026, 05:13 AM
🎥 Video
#Tomchivoy
💧Tabiat neʼmatlari, shu jumladan suv resurslariga oqilona munosabatda bo‘lish har birimizning insoniy burchimiz hisoblanadi. Bu, ayniqsa, hozir – suv taqchilligi bilan bog‘liq global muammo tobora dolzarblashib borayotgan bir paytda juda muhim. Obi hayotning kelajak avlodlarga ham qolishi biz ana shu burchimizni nechog‘lik masʼuliyat bilan ado etishimizga bog‘liq.
Shunday ekan, suvni isrof qilmasdan, uning har bir tomchisining qadriga yetaylik...
—————————-
#Капелька
💧Уважать и бережно относится к дарам природы, в том числе к водным ресурсам, является человеческим долгом каждого из нас. Это особенно важно сейчас, когда все более актуальной становится глобальная проблема дефицита воды. От того, насколько ответственно мы подойдем к исполнению этого долга, зависит жизнь будущих поколений.
Так, давайте же относится к воде как бесценному благу, ценя каждую ее каплю…
|🌐 https://uzsuv.uz/uz | 🗝 https://cabinet.uzsuv.uz/
|🤖 https://t.me/uzsuvbot 😄💬 http://facebook.com/UzSuvTaminot |🌐 http://instagram.com/UzSuvTaminot
|📹 http://www.youtube.com/@UzsuvtaminotJSC |🕊 https://twitter.com/uzsuvtaminot_
|💬 https://t.me/uzsuv_chat |✅ https://tiktok.com/uzsuv
👉Agar ichimlik suvi yoki oqova suv tizimida nosozlik, avariya holatlariga duch kelsangiz, quyidagi mas’ul shaxslar bilan bog‘lanib xabar berishingizni mumkin.
Sizning murojaatingiz muammoni tezkor bartaraf etishga hamda ichimlik suvining isrof bo‘lishining oldini olishga xizmat qiladi.
📢 SAMARQANDDA XALQARO FORUM VA YOSHLAR SAMMITI O‘TKAZILADI
✅ 2026-yil 20-21-aprel kunlari Samarqand shahrida BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi bilan hamkorlikda “Jamoat salomatligi va xavfsizlgini ta'minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish” mavzusida global forum bo'lib o'tadi.
Forumni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad:
➡️narkotiklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish;
➡️ilg‘or xalqaro tajribani tizimli o‘rganish va amaliyotga joriy etish;
➡️zamonaviy narkotahdidlarga qarshi kompleks yondashuvlarni ishlab chiqish;
➡️giyohvandlikka qarshi kurashda davlatlararo va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.
Tadbirda:
🟢Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Interpol, Yevropa Ittifoqi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Jahon bojxona tashkiloti hamda shu kabi boshqa 20 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlar,
🟢50 ga yaqin davlatdan huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari,
🟢500 ga yaqin xalqaro ekspertlar va soha mutaxassislari ishtirok etishi kutilmoqda.
🔅 https://dfca.uz/article/an-international-forum-and-youth-summit-will-be-held-in-samarkand
〰️〰️〰️〰️〰️
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
O‘zsuvta'minot
Apr 20, 2026, 04:42 PM
📷 Photo
🌊Orol: dengiz nomini olgan ulkan ko‘l
Orol ko‘pincha “dengiz” deb ataladi, ammo ilmiy jihatdan u aslida yirik ichki ko‘l hisoblanadi. XX asr boshlariga qadar u hajmi bo‘yicha dunyodagi to‘rtinchi yirik ko‘l sifatida e’tirof etilgan.
🔬 Olimlarning radiokarbon tahlillariga ko‘ra, Orol taxminan 17,6 ming yil avval tog‘ muzliklarining erishi natijasida shakllangan. Dastlab u toza suvli ko‘l bo‘lgan, biroq vaqt o‘tishi bilan suvning sho‘rlanish darajasi ortib borgan. Tadqiqotchilar ta’kidlashicha, ko‘l sathi tarix davomida bir necha bor o‘zgarib turgan va XVI asrning ikkinchi yarmida nisbatan sersuv davrga yetgan.
💧 Orolni ilmiy o‘rganish ishlari XIX asrda jiddiy bosqichga o‘tdi. 1848–1849-yillarda kapitan-leytenant Aleksey Butakov boshchiligida Orolbo‘yi hududiga ilk ilmiy ekspeditsiya uyushtirildi. Ekspeditsiya davomida dengizning chuqurliklari o‘lchandi, orollari va qirg‘oq hududlari tadqiq qilindi hamda Orolning ilk batafsil tavsifi tuzildi.
💥 Keyinchalik, 1950-yilda Dengiz vazirligining Gidrografiya departamenti tomonidan Orolning batafsil dengiz xaritasi nashr etildi. Unda qirg‘oq chizig‘i, ko‘lga quyiladigan daryolar deltalari, irmoqlar, orollar hamda qirg‘oq landshaftlari aniq https://kun.uz/05486574
😄 https://t.me/akmal_murodov💬https://www.facebook.com/akmal.murodov.125 |🌐 https://www.instagram.com/akmal.murodov.125/