”Mafiya” — oʻquvchilarim, “Mafiya” — Sarvarovna shogirdlaridan iborat oila
Bu nom umuman xayolimdayam boʻlmagan… Havas qilib, asrab ham yurmaganman.
Bir kun shogirdlarimizdan biri Nilufar Rustamovna “Sarvarovna mafiyasi” degan birikmani ishlatdilar-u, shu-shu hammaga yoqdi. Iste’molga tushdi.
JamiyatCHAmizning Mafiya deb atalashining yana bir qator sabablari bor
➖ Bu jamiyat a’zolari bilan hech bir ishni eplolmay qolmaysiz
TZni tushunmaydilarmi?
Guruhga yozadilar.
Test topshirigʻiga gʻoya yoʻq boʻlsa-chi?
Ungayam maslahat soʻraydilar.
Haaa, buyurtmachidan shubhalansalar, oldi-qochdi topshiriqlar berib qolsa-ya?!
Yozadilar, u bilan oldin ishlaganlarni surishtiradilar. Boshqalar bilan vaziyatni tahlil qiladilar.
➖ Bu jamiyat a’zolari aslo bir-birlarini yolgʻizlatmaydilar
Qaydadir — guruhdami, kanaldami, izohdami — muammo boʻldimi, darhol otlanadilar. Oʻsha manzilda hozir boʻladilar. Vaziyatni aniqlab, agar biznikilar haq boʻlsa, oʻsha haqni olishga tayyor boʻladilar.
➖ Bu jamiyat a’zolari bir-birlari uchun qaygʻuradilar
Qayerda boʻsh ish oʻrni haqida e’lon koʻrsalar albatta “oila a’zolari” uchun ilinadilar.
Opa-singil, aka-ukalarga “Sizga mos ekan, yozib koʻring-a” deb eslatadilar.
Hatto oʻz buyurtmachilariga bir-birlarini tavsiya qiladilar.
➖ Bu jamiyat a’zolari nafaqat virtualda, balki realda ham yaqinlar
Viloyati birlar, manzili yaqinlar uchrashib turadilar. Diydor koʻrishadilar. Suhbatlashib, fikr almashadilar. Rishtalarni realga koʻchirib, mustahkamlab boradilar.
❗️Eng qizigʻi, bu jamiyat a’zolari birga oʻsadilar. Birga rivojlanadilar.
Misol uchun, yaqinda ham komyunitining 2 a’zosi boshqalar uchun mahorat darslari oʻtib berdi. Yana 2 tasi oldinda.
Ana shunday yoqimli, beminnat va samimiy muhit hukmron bizda.
❗️Ammo bir muhim qoida ham bor: guruhga — jamiyatCHAga — mafiyaga faqat bizning kurslarda oʻqiganlar qoʻshiladilar. Chiqib ketganlar esa qaytolmaydilar. Shuning uchun ham 900 dan ziyod shogirdimning 400 ga yaqinigina guruhda bor.
😊 Siz mendan fundamental bilimlarni olishingiz mumkin. Ammo bu hammasi emas. Faoliyatingiz davomida paydo boʻlgan savollaringizga, avvalo, men, soʻng mana shu komyunitidan javob ololasiz. Qiyinchiliklarni mana shu jamoa bilan oson yengib oʻtasiz. Gʻoyalarni mana shu insonlar bilan oson topasiz.
Bu jamiyatning — mafiyaning nomi esa “Qoʻlni qoʻlga”!
Xoʻsh, kim biz bilan? Kim navbatdagi kursga roʻyxatdan oʻtib shu jamiyatning bir boʻlagiga aylanmoqchi? 🔥
Izohlarda “Men” deb yozib qoldiring. Bir kun birimizga aylanganingizda shu yozganingizni eslaymiz 😊❤️