No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
BaholashUz
May 11, 2026, 10:57 PM
📷 Photo
Oʻtish ballari - 2025
Abituriyentlar quyidagi havolga kirib, imtiyoz turini tanlagan holda, 2025-yilgi o‘tish ballarini ko‘rishlari mumkin.
👉 https://mandat.uzbmb.uz/BallVuz2025
👉 https://mandat.uzbmb.uz/Imtiyoz2025
❗️♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating!
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #abituriyent
✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari:
| https://www.facebook.com/dtmuzb | https://instagram.com/dtmuzb | https://www.youtube.com/@BaholashUz
63,700
0
0
BaholashUz
May 11, 2026, 10:57 PM
#Foydali Saqlab qoʻying!
https://telegra.ph/file/81964a319f05654c89bea.jpgAvtomobillar davlat raqamlaridagi harflarni bilasizmi?
1. PAA — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni xodimlari
2. PSS — Oʻzbekiston Prezidentining xavfsizlik xizmati
3. PPP — Oliy Majlis deputatlari va senatorlari
4. UZB — davlat hokimiyatining markaziy idoralari rahbarlari
5. APC — vazirliklar va davlat qoʻmitalari rahbariyati (vazirlarning oʻrinbosarlari)
6. VSB, VSC, VSF, VSD, VSG, VSV — ichki ishlar idoralari davlat raqami
7. TSS, TST — davlat xavfsizlik idoralari davlat raqami
8. ZDF — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xodimlari
9. DXA — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat xizmatlari agentligi xodimlari
10. FVV — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari
11. TTA, TTB, TTC, TTD, TTE, TTF, TTG — taksilar 🚕
12. D — diplomatlar (yashil rangli)
13. CMD — elchilar, vakillar (yashil rangli)
14. T — texnik personal (yashil rangli)
15. M — xorijiy firma va kompaniyalar xodimlari, investorlar (yashil rangli)
16. X — konsulliklar, savdo vakolatxonalari (yashil rangli)
17. UN — BMT va tuzilmalarining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi raqami (koʻk rangli)
18. H - Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar (sariq rangli)
19. PSF, PSP, PSV - Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlari
✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari:
| https://www.facebook.com/dtmuzb | https://instagram.com/dtmuzb | https://www.youtube.com/@BaholashUz
BaholashUz
May 11, 2026, 10:57 PM
📷 Photo
⚡️Rasman: "Talabalar yotoqxonasi" endilikda ayrim talabalar uchun bepul boʻladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (28.01.2026 y. 32-son) bilan ayrim toifadagi talabalarning davlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalar turar joylaridagi (TTJ) yashash xarajatlarini Davlat byudjeti hisobidan qoplab berish tartibi https://t.me/eduuz_DTMuzb_Abituriyent_mandat.
✅ Kimlar ushbu imtiyozdan foydalana oladi?
— Ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar
— “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalar farzandlari
Qarorga ko‘ra, talabalar TTJga ustuvorlik asosida, navbatsiz qabul qilinadi. Agar davlat yotoqxonasi bo‘lmasa, talabalar davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan turar joylarga joylashtirilishi mumkin. To‘lovlar har oyning 15-sanasiga qadar talabaning bank plastik kartasiga o‘tkazib beriladi.
✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari:
| https://www.facebook.com/dtmuzb | https://instagram.com/dtmuzb | https://www.youtube.com/@BaholashUz
BaholashUz
May 11, 2026, 10:57 PM
📷 Photo
❗️2026-YIL JAVOBLAR VARAQASI ()ni saqlab qo'ying!
🖨 Ushbu javoblar varaqasini chop eting va uni to'g'ri to'ldirishni hozirdan mashq qilishni boshlang!
❌ Esingizda bo'lsin, bo'yaganda doiradan tashqariga chiqmang;
❌ Doira ichini to'liq bo'yalmasligi ham xato;
❌ Xato qilib belgilagan doirani "teshish" mumkin emas;
❌ Skaner teshilgan javobni baribir xato deb hisoblaydi;
❌ Bitta testga javob sifatida birdaniga ikki yoki undan ortiq doirani bo'yash mumkin emas. Bu ham xato va buning uchun hech qanday ball berilmaydi.
❌ Eng yomoni, xato qilganingiz uchun sizga yangi titul berilmaydi!
👉Javoblar varaqasini https://static.oliygoh.uz/uploads/6/e5047664-314f-2cb7-8563-d40156314214(2)(3).pdf shaklida yuklab olish.
Boshqalarga ham tarqating!↗️
✅️- Agentlikning rasmiy sahifalari:
| https://www.facebook.com/dtmuzb/ | https://instagram.com/dtmuzb/ | https://www.youtube.com/@BaholashUz
BaholashUz
May 11, 2026, 10:57 PM
📷 Photo
Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun davlat OTMlariga 500 ta maqsadli kvota
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashaydigan va umumiy o‘rta, o‘rta maxsus yoki kasbiy taʼlim muassasalarini tamomlagan yoshlarga davlat granti asosida qo‘shimcha 500 ta maqsadli qabul parametrlari .
🔹 Ushbu tanlovda davlat oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish imtihonida 68,0 va undan yuqori ball to‘plagan, kunduzgi taʼlim shakliga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar ishtirok etishlari mumkin.
📅 Ushbu toifadagi abituriyentlar Bilimni baholash agentligining http://my.uzbmb.uz/ saytida 2025-yil 24–30-sentabr kunlari ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
📍 Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar o‘zlari toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan oliy taʼlim tashkiloti va taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti uchun maqsadli tanlovda ishtirok etadilar.
📚Tanlov natijalari 2025-yil 4-oktabrga qadar http://my.uzbmb.uz/ saytida e'lon qilinadi.
✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari:
| https://www.facebook.com/dtmuzb | https://instagram.com/dtmuzb | https://www.youtube.com/@BaholashUz
BaholashUz
May 11, 2026, 10:57 PM
📷 Photo
Kontrakt narxlari - 2025
🎓 Gumanitar soha
Pedagogika, kasbiy ta’lim – 7 400 000 so‘m
San’at – 8 950 000 so‘m
Sharq va chet tillar filologiyasi, tarjima – 8 150 000 so‘m
Jahon siyosati – 11 250 000 so‘m
Matematika, informatika, tabiiy fanlar – 7 400 000 so‘m
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq
Sotsiologiya, psixologiya – 7 400 000 so‘m
Jurnalistika, axborot – 7 400 000 so‘m
Iqtisod – 10 500 000 so‘m
Huquq – 11 250 000 so‘m
Ishlab chiqarish va texnik soha
Muhandislik – 7 400 000 so‘m
Kompyuter texnologiyalari va informatika – 8 150 000 so‘m
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) iqtisodiyoti va menejmenti – 10 500 000 so‘m
Arxitektura va qurilish – 8 150 000 so‘m
🌾 Qishloq va suv xo‘jaligi
Qishloq xo‘jaligi, veterinariya, irrigatsiya – 7 400 000 so‘m
🏥 Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot
Tibbiyot – 10 500 000 so‘m
Ijtimoiy ta’minot – 7 400 000 so‘m
🚍 Xizmatlar sohasi
Xizmat ko‘rsatish – 8 150 000 so‘m
Sport faoliyati – 7 400 000 so‘m
Transport – 7 400 000 so‘m
Atrof-muhit muhofazasi, hayotiy xavfsizlik – 7 400 000 so‘m
📌 Eslatma:
Narxlar kunduzgi, stipendiyasiz bazaviy kontrakt miqdorlari hisoblanadi.
✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari:
| https://www.facebook.com/dtmuzb | https://instagram.com/dtmuzb | https://www.youtube.com/@BaholashUz
BaholashUz
May 11, 2026, 10:57 PM
📎 File
Vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov e’lon qilinadi!
🎓 2025/2026-o‘quv yili qabulida kirish imtihonlarida 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga qo‘shimcha imkoniyat yaratildi.
Bunda 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, ammo ikkinchi bosqichda OTM va yo‘nalish tanlamagan abituriyentlar ham bazaviy to‘lov-kontrakt asosida vakant o‘rinlarga ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
📌 Bunday abituriyentlar OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlardan fanlar majmuasi mos bo‘lgan 5 tagacha yo‘nalishni tanlashlari mumkin.
📊 Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar to‘plagan ballari ketma-ketligi asosida vakant o‘rinlarga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.
📆 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2025-yil 25-sentabr – 3-oktabr
📆 Mandat natijalari e’lon qilinishi: 2025-yil 8-oktabrga qadar
ℹ️ Izoh: Ushbu qo‘shimcha tanlov talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga tatbiq etilmaydi.
✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari:
| https://www.facebook.com/dtmuzb | https://instagram.com/dtmuzb | https://www.youtube.com/@BaholashUz
BaholashUz
May 11, 2026, 10:57 PM
❗️6-yo’nalish uchun arizalar 25-sentyabrdan 3-oktyabrgacha qabul qilinadi
‼️O’tgan safar yo’nalish tanlashni esdan chiqarib qo’yganlar uchun ham imkoniyat berilmoqda
Davlat qabul komissiyasi https://t.me/eduuz muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida vakant qolgan o‘rinlarga qo‘shimcha qabul amalga oshiriladi.
Bu imkoniyat 2 ta toifa abituriyentlar uchun beriladi:
1️⃣ 2025-yilgi kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, biroq talabalikka tavsiya etilmaganlar, ya’ni o’qishdan yiqilganlar;
2️⃣ roʻyxatdan oʻtishning ikkinchi bosqichida oliy taʼlim tashkiloti va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tanlamagan abituriyentlar, ya’ni o’tgan safar turli sabablarga ko’ra yo’nalish tanlashni esdan chiqarib qo’yganlar.
Ushbu 2 ta toifa uchun quyidagi imkoniyatlar beriladi:
➖davlat oliy ta’lim tashkilotlarida qolgan vakant bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga tanlovda ishtirok etish uchun 2025-yil 25-sentyabrdan 3-oktyabrga qadar (shu kuni ham) http://my.uzbmb.uz/ sayti orqali onlayn roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi;
➖ roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda vakant oʻrinlarga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi;
➖ ro‘yxatdan o‘tish jarayonida fanlar majmuasi mos bo‘lgan bakalavriat yo‘nalishini tanlash imkoniyati beriladi;
➖ tanlov natijalari boʻyicha qaydnomalar 2025-yil 8-oktyabrga qadar chop etilib, tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga talabalikka qabul qilish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish uchun yetkaziladi.
❓Qaysi yo’nalishda vakant joy borligini qayerdan bilsa bo’ladi?
Umumiy qabul parametrlarida vakant oʻrinlar qolgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha maʼlumotlar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Boshqacha aytganda, abituriyent 6-yo’nalishni tanlayotgan payti fanlar majmuasiga mos bo’lgan hamda vakant joyi mavjud bo’lgan yo’nalishlar ro’yxati avtomatik chiqadi. Qayerdandir tekshirib yurish shartmas. Agar tanlash uchun bironta yo’nalish chiqmasa, demak, o’sha fanlar majmuasiga mos keluvchi bironta vakant joy yo’q bo’ladi.
✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari:
| https://www.facebook.com/dtmuzb | https://instagram.com/dtmuzb | https://www.youtube.com/@BaholashUz
BaholashUz
May 11, 2026, 10:57 PM
📷 Photo
Ta’lim tizimida katta o‘zgarishlar bo‘ladi!
Prezident https://t.me/shmirziyoyev so‘ng ta’lim sohasida yangi chora-tadbirlar https://t.me/z_amirqulov.
Maktabgacha taʼlim yo‘nalishida:
➖ 118 ta bog‘cha xonasi ta’mirlanadi va jihozlanadi.
➖ 8 ta yangi bog‘cha 1-noyabrgacha ishga tushiriladi.
➖ Bo‘sh yerlarda xususiy sheriklik asosida bog‘cha tashkil etish bo‘yicha 3 yillik dastur boshlanadi.
➖ Yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarda bog‘cha ochish tartibi ishlab chiqiladi.
➖ “1+5” ta’lim shakli orqali har yili 10 ming oliy ma’lumotli tarbiyachi tayyorlanadi.
➖ Har bir viloyatda “Yangi avlod” bog‘chalari barpo qilinib, metodik yordam ko‘rsatadi.
➖ 12 ta ixtisoslashgan maktab ta’mirlanadi.
➖ Yuqori sinflarda sun’iy intellekt fanidan darslar o‘qitiladi.
➖ Har bir viloyatda Al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek va Ibn Sino maktablari filiallari ochiladi.
➖ Ularning bitiruvchilari texnika oliygohlariga imtihonsiz 2-kursdan qabul qilinadi.
➖ 2026-yilda xalqaro kimyo va informatika olimpiadalari O‘zbekistonda o‘tkaziladi.
➖ Yil yakunigacha 144 ta tumandagi maktab hududlari aniq belgilanadi.
➖ Maktab va bog‘chalarda xizmatlar to‘liq raqamlashtiriladi.
➖ O‘quvchilarning qiziqishi bo‘yicha to‘garaklar tashkil etiladi, “raqamli portfolio” yuritiladi.
➖ Har bir maktabda maslahatchi lavozimi joriy etiladi.
➖ Direktor o‘rinbosari, psixolog va sinf rahbari muammoli o‘quvchilar bilan ishlaydi.
➖ Mahalla yoshlar yetakchilari o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga mas’ul bo‘ladi.
➖ Har bir viloyatda 2 tadan “O‘zbekiston – Xitoy ustaxonasi” tashkil etiladi.
➖ 100 dan ortiq xitoylik mutaxassis va volontyorlar ta’lim muassasalarida dars beradi.
Kasbiy va oliy taʼlim yo‘nalishida:
➖ Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etiladi.
➖ 9-sinf bitiruvchilarining kamida 50 foizi texnikumlarga qamrab olinadi.
➖ Oliy ta’lim kvotalari investitsiya loyihalaridagi kadrlar ehtiyojidan kelib chiqib belgilanadi.
➖ Texnikumlarda investor buyurtmasiga binoan ta’lim dasturlarining 30 foizi o‘zgartirilishi mumkin.
➖ Dual ta’lim joriy etgan korxonalarga imtiyozli kredit beriladi.
✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari:
| https://www.facebook.com/dtmuzb | https://instagram.com/dtmuzb | https://www.youtube.com/@BaholashUz
BaholashUz
May 11, 2026, 10:57 PM
📷 Photo
ZARMED Universitetida yangi o‘quv yiliga qadam qo‘yildi 🎓
ZARMED Universiteti Samarqand kampusida 1-bosqich talabalari uchun yangi o‘quv yili boshlandi. Minglab yoshlar hayotlarining yangi bosqichiga dadil qadam qo‘yib, bilim va izlanishlarga to‘la talabalik safarini boshladilar.
📸 Fotosuratlar orqali ushbu unutilmas kunning ilk taassurotlarini tomosha qilishingiz mumkin.
🔥 Universitetimiz jamoasi har bir talabamizga ulkan zafarlar tilaydi. Ularning ota-onalari va ustozlari ishonchini oqlab, yurtimizga munosib kadrlar bo‘lib voyaga yetishlariga ishonch bildiriladi.
📞 55-704-70-70 | https://t.me/zarmedqabulbot