#OGU_2026
12–14 may kunlari Toshkentda “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2026” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi
Joriy yil 12–14-may kunlari Toshkent shahridagi CAEx Uzbekistan xalqaro ko‘rgazmalar markazida O‘zbekistonda yoqilg‘i-energetika sohasining eng yirik tadbiri — "O‘zbekiston energetika haftaligi – UEW 2026" doirasida 28-Xalqaro “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2026” ko‘rgazmasi va anjumani o‘tkaziladi.
Ko‘rgazmada 400 dar ortiq kompaniya va brendlar, 90 dan ortiq spiker, 1 420 nafar delegat ishtirok etishi kutilmoqda. Ishtirokchilar geografiyasi AQSH, Germaniya, Yaponiya, Xitoy, Rossiya, Koreya, Turkiya, BAA, Fransiya, Italiya, Hindiston kabi 34 dan ziyod mamlakatni qamrab olgan.
Shuningdek, Acwa Power, Masdar, Honeywell, Schlumberger, Topsoe, Rosatom, Socar kabi xalqaro gigant kompaniyalar o‘z innovatsion texnologiyalari, ekologik toza yechimlari va “yashil” energiya loyihalarini taqdim etadilar.
Ko‘rgazmada Germaniya, Xitoy, Rossiya, Belarus, Italiya, Turkiya kabi davlatlar milliy va jamoaviy pavilonlar bilan qatnashadi. Xitoy, Rossiya, Germaniya va boshqa bir qator davlatlar kompaniyalari zamonaviy uskunalar, nasoslar, kompressorlar, avtomatlashtirish tizimlari, sanoatda sun'iy intellektni qo'llash echimlari va boshqa texnologiyalarni namoyish qiladi.
👋Bizni kuzating
🌐 https://www.ung.uz/ | 📹
https://www.instagram.com/uzbekneftegaz_rasmiy/ 💬 | 📺
https://www.youtube.com/@ung_matbuotxizmati/videos | 💬
https://www.facebook.com/ozbekneftgaz