🎙 "Debyut" vaynerlar maktabining 5-mavsumi uchun arizalar qabuli boshlandi!
❗️ Siz kreativ kontent yaratish, vaynerlik san’ati va internet olamida o‘z o‘rningizni topishni orzu qilasizmi? Unda ushbu imkoniyat aynan siz uchun!
Darslar media olamining yulduzlari – Bobur Mansurov, Jaloliddin Mirzayev, Munavvara Abdullayeva, Komol Qahhorov, Sarvar Bohodirov, Mavluda Hikmatova, Nigora Abdullahonova, Mahliyo Asqaraliyeva, Gulruh Pirnazarova, Sardor Rustamboyaev hamda Sadulla Abdullayev kabi tajribali mutaxassislar tomonidan interaktiv tarzda olib boriladi.
📢“Darslar boshlanib ketdi, men ulgurmadim” deb o‘ylayapsizmi? Aslo! Loyihamiz eshiklari yangi iqtidorlar uchun hali ham ochiq. Siz hozir ham ushbu ijodiy jamoaga qo‘shilib, professional bilimlar poydevorini yaratishingiz mumkin.
📌 Loyiha ishtirokchisi bo‘lish shartlari:
➡️ 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
➡️ Vaynerlik va media sohasiga kuchli qiziqish;
➡️ Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi yoki har kuni darslarga qatnash imkoniyati mavjud bo‘lgan yoshlar.
☕️ Ishtirokchilar uchun bepul tushlik tashkil etilgan.
🖋 Qanday ro‘yxatdan o‘tish mumkin? Bugunoq https://t.me/debyutuzbot
orqali ro‘yxatdan o‘ting va o‘z kreativ salohiyatingizni dunyoga namoyon qiling.
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
May 14, 2026, 10:13 PM
📷 Photo
#Talabalar_olimpiadasi
Talabalar Olimpiadasida munosib natija.
SHDPI jamoasi — hududiy bosqich g‘olibi!
Qarshi shahrida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasida yengil atletika bo‘yicha hududiy bosqich musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Shahrisabz davlat pedagogika instituti jamoasi munosib ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi hamda respublika final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
G‘olib jamoamizga kelgusi bosqichlarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!
🔂 Bizni kuzating:
✅ |✅ http://facebook.com/shdpi.uz |🌐 https://www.instagram.com/shdpiuz?r=nametag
|🪐 http://shdpi.uz/ | 📹 https://youtube.com/channel/UCYtP8Slqri6x7_sjq9YYdag
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
May 14, 2026, 10:13 PM
📷 Photo
“Talabalar ligasi”ning respublika final bosqichi Samarqandda
Samarqand davlat universitetida “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining voleybol sport turi boʻyicha qizlar oʻrtasida respublika final bosqichi boʻlib oʻtmoqda.
Mazkur musobaqada hududiy bosqichlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 16 ta oliy taʼlim muassasasi jamoalari ishtirok etmoqda.
#Talabalar_ligasi #Talabalar_sporti
Batafsil: https://t.me/Talaba_sport_uz
👉 https://www.talabasport.uz/yangilik-soni.php?v=MTAxfDBkZjcyMDQ0Y2IzMGQyZjYxMDQ2ZjMwNWZmMWRiMTQ3&lang=ru
👉 https://www.talabasport.uz/yangilik-soni.php?v=MTAxfDBkZjcyMDQ0Y2IzMGQyZjYxMDQ2ZjMwNWZmMWRiMTQ3&lang=en
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
May 14, 2026, 10:13 PM
📷 Photo
#Yoshlar_kuni
😁 Yoshlar kuni doirasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Mazkur tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist Dilbar Murodova ishtirok etib, yoshlarga huquqiy bilim, mas’uliyat, halollik va adolat tamoyillariga sodiq bo‘lish haqida atroflicha fikr bildirdi.
Shuningdek, zamonaviy jamiyat taraqqiyotida yoshlarning faol pozitsiyasi, mustaqil fikri va huquqiy madaniyati hal qiluvchi o‘rin tutishi ta’kidlandi.
Tadbir doirasida yozuvchi Arslon Eshmurodovning “Adolatning bir dilbari” nomli kitobi taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.
Mazkur asarda Dilbar Murodovaning hayot yo‘li, sud-huquq tizimidagi ko‘p yillik samarali faoliyati, kasbiy fidoyiligi hamda mas’uliyatli lavozimlardagi xizmatlari batafsil yoritilgan.
Tadbir yakunida Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori Mash’al Saidov tomonidan Dilbar Murodovaning ko‘p yillik samarali mehnati, yoshlar tarbiyasi va huquqiy ongini yuksaltirishga qo‘shayotgan munosib hissasi yuksak e’tirof etildi.
🔂 Bizni kuzating:
✅ |✅ http://facebook.com/shdpi.uz |🌐 https://www.instagram.com/shdpiuz?r=nametag
|🪐 http://shdpi.uz/ | 📹 https://youtube.com/channel/UCYtP8Slqri6x7_sjq9YYdag
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Apr 4, 2026, 06:26 PM
#Qonunchilik_yangiliklari
❗Qo‘shma diplomlar va yangi imkoniyatlar
📝 Nizomda:
↗️Oliy taʼlim tashkilotlarida kadrlar tayyorlash Milliy malakalar ramkasining tegishli darajalariga muvofiqlashtirildi:
🟢 6-malaka darajasi (bakalavriat);
🟢 7-malaka darajasi (magistratura);
🟢 8-malaka darajasi (oliy taʼlimdan keyingi taʼlim).
🔄 Endilikda OTMlar:
🟢xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlarini (ikkita diplom beruvchi dasturlar) amalga oshirishi;
🟢qonunchilikka muvofiq mustaqil ravishda yangi qoʻshma oliy taʼlim tashkilotlarini yaratishi;
🟢integratsiyalashtirilgan taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashi mustahkamlab qoʻyildi.
☑️Xorijlik talabalar va xalqaro almashinuv yo‘nalishida:
🟢chet el fuqarolarini Oʻzbekistonda oʻqitish va malakasini oshirish;
🟢oʻzbekistonlik talabalar va professor-oʻqituvchilarning xorijda oʻqishi yoki ilmiy-tadqiqot olib borishi faqatgina davlatlararo, idoralararo yoki oliygohlar oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
📨 Shuningdek, ilmiy-ishlab chiqarish integratsiyasi OTMlarga nafaqat taʼlim berish, balki xorijiy tashkilotlar, korxonalar va boshqa taʼlim dargohlari bilan birgalikda ilmiy-ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish (tijoratlashtirish) vakolati kengaytirildi.
➡️ https://gov.uz/oz/edu/pages/dliya-vazirligidan-royxatdan-otgan-meyoriy-hujjatlar
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/|http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Apr 4, 2026, 06:26 PM
📷 Photo
#Qonunchilik_yangiliklari
✴️Oliy taʼlim toʻgʻrisidagi yangi nizom tasdiqlandi
💠Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 10-martdagi 99-son buyrugʻi bilan Oliy taʼlim toʻgʻrisidagi nizom qabul qilindi.
📅Mazkur me’yoriy hujjat Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 3-aprel kuni 3807-raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
✔️ Nizom oliy taʼlim jarayoni va tizimini tashkil etish, uning moliyaviy, mulkiy hamda xalqaro hamkorlik munosabatlarini, oliy taʼlim tashkilotlarida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni, shuningdek, oliy taʼlim tashkilotlari talabalari va xodimlarining huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
🚫Ushbu nizom oliy harbiy hamda harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga tatbiq etilmaydi.
📝Hujjat Oʻzbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari hamda ularning filiallariga qonunchilik hujjatlariga muvofiq qo‘llaniladi.
♻️Nizom qoidalari nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga nisbatan tavsiyaviy xarakterga ega.
➡️ https://gov.uz/oz/edu/pages/dliya-vazirligidan-royxatdan-otgan-meyoriy-hujjatlar
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/|http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Apr 4, 2026, 06:26 PM
📷 Photo
#kitobxon_talaba
📖 Kitobxonlik oiladan boshlanadi.
✔️Ijtimoiy fanlar fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Dildora Axatova tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda “Kitobxonlik oiladan boshlanadi, kitobxon ona — kitobxon bola” g‘oyasi ilgari surildi.
Tadbir davomida oilali talaba-qizlar va yosh onalar bilan oilaviy mutolaaning inson kamolotidagi ahamiyati, bolalikdan kitobga muhabbat uyg‘otish sirlari haqida fikr almashildi.
Onaning qo‘lida kitob ko‘rgan bolagina ma’rifat sari intiladi.
🔂 Bizni kuzating:
✅ |✅ http://facebook.com/shdpi.uz |🌐 https://www.instagram.com/shdpiuz?r=nametag
|🪐 http://shdpi.uz/ | 📹 https://youtube.com/channel/UCYtP8Slqri6x7_sjq9YYdag
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Apr 4, 2026, 06:26 PM
📷 Photo
#Talabalar_ligasi
😁 Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabalari o'rtasida "Talabalar ligasi"doirasida bo’yicha o‘tkazilgan musobaqa natijalari:
➡️ O’g’il bolalar o'rtasida:
➡️🥇1-o’rin — Rajabov Azizbek Haqqul o‘g‘li (Pedagogika yo‘nalishi 3.23- guruh talabasi);
➡️🥈2- o’rin — Usmonov Jo‘rabek Ulash o‘g‘li (Rus tili va adabiyoti yo'nalishi 1.25-guruh talabasi);
➡️🥉3-o’rin — To‘raqulov Safarali Ahmad o‘g‘li (Tarix yo'nalishi 1.25-guruh talabasi).
➡️ Qiz bolalar o'rtasida:
➡️🥇1-o’rin — Murtazayeva Ruxshona Akbar qizi (Amaliy matematika yo'nalishi 1.25- guruh talabasi).
➡️🥈2- o’rin — Muzaffarova Gulasal Farhod qizi (Rus til va adabiyoti yo'nalishi 1.25-guruh talabasi);
➡️🥉3-o’rin — Tursunpulatova Nilufar Zafar qizi (Pedagogika yo'nalishi 2.24-guruh talabasi).
➡️ G‘oliblar medal, diplom va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.
🔘Musobaqa hakami: Jismoniy madaniyat kafedrasi o'qituvchisi N. Raxmatova.
🔂 Bizni kuzating:
✅ |✅ http://facebook.com/shdpi.uz |🌐 https://www.instagram.com/shdpiuz?r=nametag
|🪐 http://shdpi.uz/ | 📹 https://youtube.com/channel/UCYtP8Slqri6x7_sjq9YYdag
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Apr 4, 2026, 06:26 PM
📷 Photo
#LIVE #Zakovat
🟦🟦🟦🟦🟦
😁 Shahrisabz davlat pedagogika institutida "Ittifoq kubogi" doirasida tashkil etilgan "Zakovat" intellektual o'yinining final bosqichi g‘oliblari taqdirlandi.
⚡️ Bellashuv yakuniga ko‘ra:
🥇1-o'rin — "Texnologlar" jamoasi (Ijtimoiy fanlar fakulteti);
🥈2-o'rin — "Turon" jamoasi (Ijtimoiy fanlar fakulteti);
🥉3-o'rin — "Intellekt" jamoasi (Filologiya fakulteti).
✔️Tadbir yakunida g'olib talaba-yoshlar qimmatbaho hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
🔂 Bizni kuzating:
✅ |✅ http://facebook.com/shdpi.uz |🌐 https://www.instagram.com/shdpiuz?r=nametag
|🪐 http://shdpi.uz/ | 📹 https://youtube.com/channel/UCYtP8Slqri6x7_sjq9YYdag
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Apr 1, 2026, 01:50 AM
📷 Photo
#Ijara_xonadonlari
➡️Shahrisabz davlat pedagogika institutida ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar yashash sharoitlarini o‘rganishga qaratilgan tashriflar izchil davom etmoqda.
✅ Tashriflar davomida talabalarning turmush sharoiti, sanitariya holati, tartib-intizomi hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi atroflicha o‘rganilmoqda.
Shuningdek, talabalar bilan samimiy muloqotlar olib borilib, ularni qiynayotgan muammolar va bildirilgan takliflar atroflicha muhokama qilinmoqda.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va talabalar uchun qulay yashash sharoitlarini ta’minlash maqsadida tegishli tavsiyalar berilib, amaliy chora-tadbirlar belgilanmoqda.
🔂 Bizni kuzating:
✅ |✅ http://facebook.com/shdpi.uz |🌐 https://www.instagram.com/shdpiuz?r=nametag
|🪐 http://shdpi.uz/ | 📹 https://youtube.com/channel/UCYtP8Slqri6x7_sjq9YYdag
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Apr 1, 2026, 01:50 AM
📷 Photo
#talabalar_turar_joyi
1-prorektor talabalar turar joyida kechki navbatchilikda bo‘ldi.
Navbatchilik jarayonida talabalar turar joyida yashovchi yoshlarning yashash sharoitlari, ularga yaratilgan qulayliklar hamda xavfsizlik masalalari atroflicha o‘rganildi.
Shuningdek, talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi.
Birinchi prorektor tomonidan mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.
🔂 Bizni kuzating:
✅ |✅ http://facebook.com/shdpi.uz |🌐 https://www.instagram.com/shdpiuz?r=nametag
|🪐 http://shdpi.uz/ | 📹 https://youtube.com/channel/UCYtP8Slqri6x7_sjq9YYdag
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Apr 1, 2026, 01:50 AM
🎥 Video
Taqiqlangan dori vositalarini tekshiruvchi bot ishga tushdi
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti mutaxassislari tomonidan psixotrop va noqonuniy dori vositalarining tarqalishini oldini olish, shuningdek, aholining bu boradagi xabardorligini oshirish maqsadida https://t.me/Psixotrop_moi_bot ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi.
Bot qanday ishlaydi?
Foydalanuvchi botga ma'lum bir dori vositasi haqidagi ma'lumotni yuboradi. Tizim esa:
— O‘zbekiston hududida taqiqlangan yoki taqiqlanmagani;
— psixotrop ta‘sirga egaligi;
— inson salomatligiga ta’siri;
— qonunchilikdagi maqomi va boshqalar haqida aniq ma’lumot beradi.
❗️Nega bu muhim?
Bugungi kunda ayrim dorilar yoshlar orasida noto‘g‘ri maqsadda iste’mol qilinmoqda. Ko‘pchilik ularning aslida qanday ta’sirga ega ekanini bilmaydi. Mazkur bot aynan shunday muammolarning oldini olishga xizmat qiladi.
🤷♂️ Talabalar uchun foydali:
— Tengdoshlari orasida shubhali holatlarni aniqlash;
— Do‘stlari, oila a‘zolari yoki tanishlari tomonidan iste’mol qilinayotgan vositalarni tekshirish;
— o‘z salomatligini himoya qilish imkonini beradi.
⏯️ Yuqoridagi videoda botning ishlash tartibi va imkoniyatlari haqida mutaxassis tomonidan batafsil ma'lumot berilgan.
🛑Noma’lum dori vositalarini tekshirmasdan qabul qilmang. O‘zingizni va yaqinlaringizni asrang!
Bizni kuzating
❤ https://t.me/uzedu 🌐 https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU
🌐 http://bit.ly/2PYbkOx 🌐 https://www.instagram.com/mmtv_uz/
🔎 https://uzedu.uz/uz 😄 https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Apr 1, 2026, 01:50 AM
📷 Photo
📑 Zamonaviy ta’lim – yangi imkoniyatlar sari!
🟢 Shahrisabz davlat pedagogika instituti Xorijiy til nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi Charos Hamrayeva tomonidan Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo'nalishi 1- kurs 4.25-guruh talabalariga Til aspektlari amaliyoti fanidan “Conditionals” mavzusida dars mashg‘uloti tashkil etildi.
Ushbu mashg‘ulotda ta’limning ilg‘or yondashuvlari qo‘llanilib, ayniqsa sun’iy intellekt texnologiyalaridan faol foydalanildi.
Dars jarayonida talabalar interaktiv topshiriqlar, hayotiy misollar va raqamli platformalar orqali bilimlarini mustahkamladilar.
Dars davomida “Problem-based learning” – muammoli vaziyatlar orqali fikrlashni rivojlantirish, AI yordamida tezkor tahlil va individual yondashuv kabi innovatsion metodlar qo‘llanildi.
🔂 Bizni kuzating:
✅ |✅ http://facebook.com/shdpi.uz |🌐 https://www.instagram.com/shdpiuz?r=nametag
|🪐 http://shdpi.uz/ | 📹 https://youtube.com/channel/UCYtP8Slqri6x7_sjq9YYdag
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Apr 1, 2026, 01:50 AM
📷 Photo
#talabalar_turar_joyi
🟢Shahrisabz davlat pedagogika instutiti Tabiiy fanlar kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori (DSc) A. G‘aniyev ishtirokida 1-son Talabalar turar joyida uchrashuv o‘tkazildi.
🟢Uchrashuv davomida talabalar bilan mantiqiy fikrlash va ijodiy tafakkurning ahamiyati yuzasidan mazmunli va interaktiv suhbat tashkil etildi.
🟢Ta’kidlanganidek, mantiqiy fikrlash nafaqat ilmiy izlanishlarda, balki kundalik hayotda, ta’lim jarayonida hamda kasbiy faoliyatda samaradorlikni oshirishda muhimdir.
🟢Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar hamda erkin fikr almashish muhitida faol ishtirok etdilar.
🔂 Bizni kuzating:
✅ |✅ http://facebook.com/shdpi.uz |🌐 https://www.instagram.com/shdpiuz?r=nametag
|🪐 http://shdpi.uz/ | 📹 https://youtube.com/channel/UCYtP8Slqri6x7_sjq9YYdag
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Apr 1, 2026, 01:50 AM
📷 Photo
#Ochiq_dars
✅ Joriy yilning 1-aprel kuni soat 14:30 da Shahrisabz davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi Abror Ochilov tomonidan Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo'nalishi 2- kurs 1.24 guruh talabalariga Dinshunoslik fanidan "Diniy fanatizm, ekstremizm, fundamentalizm va terrorizmning tarixi va hozirgi davrda xavfsizlikka tahdidi" mavzusida ochiq dars mashgʻuloti o'tkaziladi.
➡️ Ochiq dars B bino 104-xonada bo'lib o'tadi.
🔂 Bizni kuzating:
✅ |✅ http://facebook.com/shdpi.uz |🌐 https://www.instagram.com/shdpiuz?r=nametag
|🪐 http://shdpi.uz/ | 📹 https://youtube.com/channel/UCYtP8Slqri6x7_sjq9YYdag
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Mar 30, 2026, 06:25 AM
📷 Photo
Toshkent shahrida karate bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
🟢Ushbu musobaqada Shahrisabz davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi 1-kurs talabasi Isayev Saidasliddinxon Islom o‘g‘li ishtirok etdi.
🔘U karate-do bo‘yicha kata yo‘nalishida 3-o‘rinni, kumite yo‘nalishida esa 1-o‘rinni egallab, Osiyo chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Ushbu talabamizga keyingi musobaqalarda ham muvaffaqiyatlar va yuksak natijalar tilab qolamiz!
🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
✅ ✅ http://facebook.com/shdpi.uz
✅ https://www.instagram.com/shdpiuz?r=nametag
✅ http://shdpi.uz/ ✅ https://youtube.com/channel/UCYtP8Slqri6x7_sjq9YYdag
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Mar 30, 2026, 06:25 AM
🎥 Video
#olimpiada
😁 Shahrisabz davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari o'rtasida ga start berilmoqda!
➡️Musobaqalar sportning voleybol, basketbol, futbol, stol tennisi va yengil atletika turlari bo‘yicha bo'lib o'tadi.
✅Musobaqada ishtirok etish uchun faqatgina http://erp.sport.uz/ sayti orqali ro‘yxatdan o‘tgan talabalargina qabul qilinadi.
⏰Ro‘yxatdan o‘tish 30-martga qadar davom etadi.
➡️Qo‘shimcha savollar bo‘yicha guruh tyutoriga yoki dekan o‘rinbosarlariga murojaat qilishingiz mumkin.
🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
✅ ✅ http://facebook.com/shdpi.uz
✅ https://www.instagram.com/shdpiuz?r=nametag
✅ http://shdpi.uz/ ✅ https://youtube.com/channel/UCYtP8Slqri6x7_sjq9YYdag
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Mar 30, 2026, 06:25 AM
📷 Photo
#sayohat
🌱 Tabiat qo'ynida o'tgan ma’naviy sayohat.
🟢Filologiya fakulteti tyutori D. Avazova hamda 1-kurs Ona tili va adabiyoti: rus tili yo‘nalishi talabalari bilan Kitob tumani, Ayoqchi qishlog‘ining go‘zal tog‘li hududiga
sayohat tashkil etildi.
🔘Sayohat davomida talabalar musaffo havo, betakror manzaralar va ona zaminning go‘zalligidan bahramand bo‘ldilar.
⚫️Ular tabiat qo‘ynida dam olish bilan birga, uni asrash, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish kabi muhim tushunchalarni yanada chuqur angladilar.
🟣Tadbir davomida turli ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar, sport o‘yinlari va jamoaviy mashg‘ulotlar bo'lib o'tdi.
🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
✅ ✅ http://facebook.com/shdpi.uz
✅ https://www.instagram.com/shdpiuz?r=nametag
✅ http://shdpi.uz/ ✅ https://youtube.com/channel/UCYtP8Slqri6x7_sjq9YYdag
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Mar 30, 2026, 06:25 AM
📷 Photo
#Ijara_xonadonlari
➡️Shahrisabz davlat pedagogika institutida ijara xonadonlaridagi talabalar yashash sharoitlarini o‘rganishga qaratilgan tashriflar davom etmoqda.
✅Tyutorlar ishtirokida o‘tkazilgan tashriflar davomida ijara xonadonlarida yashovchi talabalarning turmush sharoiti, tozalik va tartib-intizomi, shuningdek, xavfsizlik talablariga rioya etilishi o‘rganildi. Shu bilan birga, talabalar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularni qiynayotgan masalalar va bildirilgan takliflar atroflicha muhokama qilindi.
🔘Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda talabalarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.
🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
✅ ✅ http://facebook.com/shdpi.uz
✅ https://www.instagram.com/shdpiuz?r=nametag
✅ http://shdpi.uz/ ✅ https://youtube.com/channel/UCYtP8Slqri6x7_sjq9YYdag
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Mar 30, 2026, 06:25 AM
🎥 Video
🕗 “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik tanloviga arizalar qabuli yakunlanishiga atigi 3 kun qoldi!
📌 Vaqt kam — imkoniyat esa katta!
O‘z g‘oyangiz, loyihangiz yoki ixtiroyingizni namoyish etish imkonini qo‘ldan boy bermang!
📝 Eslatib o‘tamiz, tanlov 3 ta
yo‘nalishda o‘tkaziladi:
🔠 Eng yaxshi g‘oya
🔠Eng yaxshi loyiha
🔠 Eng yaxshi ixtiro
🚗 Har bir yo‘nalish g‘olibi — elektromobil sohibiga aylanadi!
Agar ariza topshirishga hali ulgurmagan bo‘lsangiz — bu sizning imkoniyatingiz!
📲 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: http://muhandis.edu.uz/
⏰ Eslatma: arizalar qabuli 31-mart kuni soat 23:59 da yakunlanadi!
Balki navbatdagi g‘olib aynan siz bo‘larsiz!
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
1,170
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Mar 30, 2026, 06:25 AM
📷 Photo
#ilmiy_salohiyat
🗂 Institut tayanch doktorantlari dissertatsiyalarining dastlabki kafedra muhokamasi o'tkazildi.
📖 Joriy yilning 28-mart kuni Shahrisabz davlat pedagogika instituti Til va adabiyot kafedrasida tayanch doktorantlar — Xoliqova Zahro Arol qizining 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha “Rang konseptining lingvomadaniy aspekti” hamda Maxsumov Maqsud Maxmut o‘g‘lining 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha “Alisher Navoiy ijodida nafs mavzusi badiiyati” mavzularida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyalarining kafedra muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
🗂 Muhokamada kafedra professor-o‘qituvchilari, ilmiy rahbarlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etdilar. Tadbir davomida izlanuvchilar o‘z dissertatsiya ishlarining mazmun-mohiyati, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati yuzasidan taqdimot qildilar.
🟢Bildirilgan fikr-mulohazalar, taklif va tavsiyalar asosida dissertatsiya ishlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli xulosalar berildi.
🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
✅ ✅ http://facebook.com/shdpi.uz
✅ https://www.instagram.com/shdpiuz?r=nametag
✅ http://shdpi.uz/ ✅ https://youtube.com/channel/UCYtP8Slqri6x7_sjq9YYdag
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Mar 27, 2026, 02:39 AM
📷 Photo
📰📰📰📰📰📰📰
#Parij
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova “France Éducation International” tashkiloti Bosh direktori Anri Chermak bilan uchrashdi.
Unda ikki tomonlama hamkorlikning mavjud holati, erishilgan natijalar va kelgusi rejalar muhokama qilindi. Xususan:
➖“France Éducation International” qoshida Toshkent shahrida fransuz tilini o‘qitish bo‘yicha “Mintaqaviy markaz” va qo‘shma o‘zbek-fransuz metodik mukammallik markazini tashkil etish;
➖ “France Education Label” maqomini olishga da’vogar umumta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash hamda “Fransuz-o‘zbek maktablari” milliy tarmog‘ini shakllantirish,
➖ Pedagogika universitetlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xususan, O‘zbekistondagi pedagogika universitetlari bazasida fransuz tili fakultetini tashkil etish;
➖ umumta’lim maktablari uchun qo‘shma fransuz tili dasturlarini ishlab chiqish, jumladan milliy o‘quv rejasiga moslashgan zamonaviy o‘quv materiallarini birgalikda yaratish;
➖ aniq fanlarni (matematika, fizika, kimyo) fransuz tilida o‘qitish dasturini ishlab chiqish masalalari ko’rib chiqildi.
➖ Shuningdek, muloqot davomida DELF va DALF imtihon markazlari tarmog‘ini mamlakatimiz hududlari bo‘ylab kengaytirish va o‘qituvchilarni sertifikatlash jarayonini jadallashtirish haqida so‘z bordi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
❤ https://t.me/uzedu 🌐 https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU
🌐 http://bit.ly/2PYbkOx 🌐 https://www.instagram.com/mmtv_uz/
🔎 https://uzedu.uz/uz 😄 https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Mar 27, 2026, 02:39 AM
📷 Photo
📰📰📰📰📰📰📰
#Parij
✅ YUNESKOning Bosh ofisida o‘tkazilayotgan “2026-yilgi Global Ta’lim Monitoringi (GEM)” tadbirlari doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova YUNESKOning ikki yuqori darajali sessiyasida nutq so‘zladi.
📊 Tadbirda 30 dan ortiq mamlakatning ta’lim vazirlari va vazir o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
Dastlab vazir “Ta’lim sohasidagi imkoniyatlar va ularga adolatli yondashuv” vazirlar sessiyasida so’zga chiqdi.
Unda O‘zbekiston tajribasi – jahon miqyosida eng tez rivojlanayotgan maktabgacha ta’lim tizimlaridan biri sifatida YUNESKO tomonidan e’tirof etildi.
Jumladan, vazir E'zoza Karimova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi tufayli 2017-yildan buyon olib borilgan islohotlar natijasida:
➖ maktabgacha ta’lim qamrovi 28%dan 78%ga yetkazilgani;
➖ davlat-xususiy sheriklik, oilaviy bog‘chalar, mobil guruhlar – qamrovni adolatli kengaytirishning samarali modeli tizimga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatgani haqida so‘z yuritdi.
➖ Shu kuni, vazir E’zoza Karimova “Majburiyatlardan ta’sirgacha” vazirlar panelida ham nutq so‘zladi.
Unda O‘zbekiston tajribasidan “3 asosiy dars” xalqaro auditoriyaga taqdim etildi:
➖ Siyosiy iroda – tizimli islohotga aylanishi shart
➖ Turli xil modellar – kengaytirish uchun zarur bo'lgan shart
➖ Adolat o‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi – maqsadli siyosat talab etiladi.
❗️ Shu bilan birga YUNESKO tomonidan taqdim etilgan 2026-yilgi YUNESKO GEM hisobotiga muvofiq O‘zbekiston maktabgacha ta’lim qamrovini 7 yilda uch barobar oshirgan yagona davlat sifatida tan olindi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
❤ https://t.me/uzedu 🌐 https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU
🌐 http://bit.ly/2PYbkOx 🌐 https://www.instagram.com/mmtv_uz/
🔎 https://uzedu.uz/uz 😄 https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/