📢 O‘zbekistonlik o‘quvchilar UWC dasturi g‘oliblari bo‘ldi
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 4 nafar o‘quvchisi dunyoga mashhur UWC dasturiga qabul qilindi.
Ular xorijdagi UWC kollejlarida tahsil olib, turli davlat va madaniyat vakillari bilan birga o‘qishadi. United World Colleges — xalqaro ta’lim tarmog‘i bo‘lib, yosh yetakchilarni tarbiyalash va dunyo bo‘ylab tinchlik hamda hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Ushbu o‘quvchilar kollejlarda xalqaro miqyosdagi IB Diploma dasturi asosida tahsil olib, ilmiy va madaniy tajriba orttirishadi.
Batafsil https://www.youtube.com/watch?v=u4tQtab-i2U da ko'rishingiz mumkin
Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
✅ Agentlik va Jahon tillari universiteti - hamkorlikning yangi bosqichi
Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhom To‘xtasinov va universitet jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda ikki muassasa o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning muhim yo‘nalishlari belgilab olindi:
🟡 Ilmiy va kadrlar salohiyatini birlashtirish — Agentlik va Universitet o‘rtasida ilmiy aloqalar o‘rnatish, bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish;
🟡Amaliyot va darsdan tashqari faoliyat — bitiruvchi kurs talabalarining mutaxassisligiga mos ravishda pedagogik va darsdan tashqari amaliyotlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuv;
Uchrashuv yakunida ikki tomon o‘zaro anglashuv va hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini bildirdi. Bu qadam ta’lim muassasalari o‘rtasidagi integratsiyani mustahkamlash, o‘qituvchi professorlar va talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Mar 28, 2026, 11:52 AM
📷 Photo
#Asosiy_olimpiada
#Taqdirlash_marosimi
📢 GʻOLIBLARNI TAQDIRLASH MAROSIMI OʻTKAZILDI
Joriy yilning 23-29-mart kunlari belgilangan hududlarda tashkil etilayotgan Asosiy olimpiadaning Respublika bosqichi — Toshkent shahrida muvaffaqiyatli yakunlandi.
Bugun Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida olimpiada gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimi tashkil etildi.
Bunda, Fan olimpiadalari markazi direktori T. Shermatov, hamkor universitetlar, olimpiada ishtirokchilari, ota-onalar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Olimpiadada 1-,2-,3-oʻrinlarni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar maxsus diplom hamda bir martalik https://t.me/Fan_olimpiadalari_M tashqari ILK MAROTABA MEDALLAR bilan taqdirlandi.
Ma’lumot uchun: olimpiadaning Respublika bosqichi reja grafik asosida Qashqadaryo viloyatida davom etadi.
Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Mar 28, 2026, 11:52 AM
🎥 Video
#Turon_teatr
#Respublika_bosqichi
🎭 “TURON” TEATR TANLOVI: RESPUBLIKA BOSQICHI G‘OLIBLARI ANIQLANDI!
25–26-mart kunlari Muqimiy teatrida bo‘lib o‘tgan “Turon” teatr tanlovining Respublika bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. Unda 14 ta teatr jamoasi hamda 5 ta “Zamin Creative” inklyuziv teatr studiyalari ishtirok etdi.
Mazkur tanlov yoshlar orasida san’at va adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish, sahna madaniyatini rivojlantirish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.
Asosiy yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar:
🥇 1-o‘rin — Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
🥈 2-o‘rin — Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🥉 3-o‘rin — Buxoro shahri Prezident maktabi
“Zamin Creative” inklyuziv teatr studiyalari o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🥈 2-o‘rin — Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🥉 3-o‘rin — Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi barcha g‘oliblarni samimiy tabriklaydi va ishtirokchilarga kelgusi ijodiy faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi.
Eslatma: har ikkala yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar xorijiy davlatga ta’lim sayohati bilan rag‘batlantiriladi.
Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Mar 28, 2026, 11:52 AM
📷 Photo
Andijonning Zamin Creative studiyasini Toshkentdagi Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali teatrida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan Turon teatr festivalining g‘olibi bo‘lgani bilan tabriklaymiz. Boshqa maktab teatr jamoalari bilan bir qatorda tanlovda Qarshi, Toshkent, Nukus va Marg‘ilon shaharlarining ham Zamin Creative studiyalari ishtirok etdi.
Festivaldagi chiqish inklyuziv ijodiy studiya o‘quvchilari uchun o‘ziga xos yakuniy imtihon bo‘ldi, unda bolalar ta’lim davomida erishgan aktyorlik mahorati, plastika, sahnani his qila bilish tuyg’usi bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Shuni ta’kidlash joizki, Fashion Design yo‘nalishi bo‘yicha studiyalarda tahsil olayotgan o‘quvchilar dekoratsiyalar va liboslarni tayyorlashda faol ishtirok etishdi.
Yosh aktyorlarga keyingi ijodlarida cheksiz ilhom tilab qolamiz!
—
Поздравляем Андижанскую студию Zamin Creative, которые стали победителями ежегодного театрального фестиваля Turon, который традиционно прошёл в Узбекском государственном музыкальном театре имени Мукими в Ташкенте. Наряду с другими школьными театральными коллективами в конкурсе приняли участие студии Zamin Creative из Карши, Ташкента, Нукуса и Маргилана.
Выступление на фестивале стало для учащихся инклюзивных творческих студий своеобразным выпускным экзаменом, где ребята продемонстрировали свои навыки актёрского мастерства, пластики, чувства пространства, приобретённые во время обучения. Стоит добавить, что в подготовке декораций и костюмов принимали активное участие и ребята, обучающиеся в студиях по направлению Fashion Design.
Желаем юным актёрам неиссякаемого вдохновения в дальнейших постановках!
#ZaminCreative
https://www.zaminfoundation.ngo/oz https://www.zaminfoundation.ngo/ru https://www.facebook.com/zaminfoundation https://www.zaminfoundation.ngo/en https://www.instagram.com/zaminfoundation/https://www.youtube.com/@zaminfoundation
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Mar 26, 2026, 01:43 PM
🎥 Video
#Harbiy_sport_musobaqalar
📍 Urganch tumanida joylashgan harbiy qismda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o‘quvchilari o‘rtasida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi tashkil etildi
Batafsil ma'lumot lavhada
https://portal.piima.uz/Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
2,850
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Mar 26, 2026, 01:43 PM
📷 Photo
🏆 YANA BIR YUKSAK NATIJA!
Sirdaryo viloyati “Kelajak” markazida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining 1-bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🥇Guliston shahridagi Prezident https://t.me/GulistonshahridagiPMo'quvchilari Jamolov Mavlon va Abdulhamidov Shohjaxon faxrli I-o‘rinni qo‘lga kiritib, yuqori natijani qayd etishdi!
Ushbu yutuq yoshlarimizning intilishi, izlanishi va salohiyatining yorqin namunasidir. G‘olib o‘quvchilarimizni samimiy tabriklaymiz va ularga kelgusi bosqichlarda ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
https://portal.piima.uz/Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Mar 26, 2026, 01:43 PM
🎥 Video
#TuronTeatr
#Teatr_ibratxonadir
🎭 “TURON” TEATR TANLOVI: RESPUBLIKA BOSQICHIGA
Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport, ixtisoslashtirilgan maktab hamda maktab-internatlarda tahsil olayotgan o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Turon” teatr tanlovining Respublika bosqichi tantanali ravishda o‘z eshiklarini ochdi.
Yangi O‘zbekistonning eng iste’dodli yoshlari — sahna san’ati, milliy qadriyatlar va ma’naviyat uyg‘unligini namoyish etish uchun:
🟢14 ta teatr jamoasi turli viloyatlardan respublika bosqichida ishtirok etish uchun jamlangan.
🟢5 ta “Zamin Creative” inklyuziv teatr studiyasi jamoalari ham o‘z mahoratini namoyish etadi.
Tanlovning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida san’at va adabiyotga bo‘lgan qiziqni yanada oshirish, sahna madaniyatini rivojlantirish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashdir.
Ushbu loyiha nafaqat san’at ixlosmandlari, balki butun mamlakat madaniy hayoti uchun muhim voqeadir. Sahna ko‘rki, so‘z qudrati va milliy qadriyatlar uyg‘unlashgan ushbu tanlov tomoshabinlarni befarq qoldirmasligi aniq.
Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Mar 26, 2026, 01:43 PM
📷 Photo
#hamkorlik
#memorandum_ijrosi
🇨🇳🇺🇿Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan https://t.me/muimiuz maslahatchisi Visola Djurayeva dunyo reytingida yetakchi o‘rinlardan birini egallagan Gongkong universiteti — The Hong Kong Pilytechnic University tomonidan tashkil etilgan “PolyU Counsellors Fly-in 2026 ” xalqaro tadbirida ishtirok etdi.
Mazkur dastur maktab maslahatchilari uchun tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi universitetning bakalavriat ta’lim dasturlari, qabul talablari hamda kampus hayoti bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek kelgusida ta’lim sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini muhokama qilishdan iboratdir
Bunday tashriflar ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari uchun dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalarni mustahkamlash hamda kelajakdagi ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
https://portal.piima.uz/Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Mar 26, 2026, 01:43 PM
📷 Photo
📢 Agentlik tizimidagi maktablarda 3-ChSB natijalari tahlili bo‘yicha seminar-trening o‘tkazilmoqda
🔴 Joriy yilning 13-19-mart kunlari Agentlik tizimidagi ijod, ixtisoslashtirilgan va sport maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan 3-choraklik summativ baholash (ChSB)ning natijalari asosida o‘qituvchilar faoliyati va о‘quv jarayoni samaradorligini oshirishga qaratilgan seminar-trening tashkil etiladi.
Seminar-trening joriy yilning 26-mart kuni Matematika, Algebra, Fizika, Kimyo, Biologiya, Ingliz tili, Tarix, Ona tili va adabiyot fanlari bo‘yicha belgilangan grafik asosida zoom platformasi orqali tashkil etilib, bunda Agentlik tizimidagi maktablarda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Mazkur seminar-trening Agentlikning mas'ul xodimlari hamda Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazining fan ekspertlari tomonidan olib boriladi.
Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Mar 26, 2026, 01:43 PM
📷 Photo
HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Iqtisodiyotda raqobatni rivojlantirish va xususiy sektorning rolini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" PF–35-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida muhim hamkorlik hujjati imzolandi.
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan https://t.me/ibnsinomaktabuz va Farmatsevtika texnik universiteti o‘rtasida 2024-yil 1-iyunda tuzilgan hamkorlik memorandumiga 1-sonli qo‘shimcha kelishuv, maktab direktori B. Bekov va universitet rektori A. Djumanov tomonidan imzolandi.
✍️ Kelishuvga muvofiq:
- ta’lim va ilmiy faoliyat integratsiyasi kuchaytiriladi
- o‘quvchilar hayot fanlari asosida tayyorlanadi
- ta’lim jarayoni ishlab chiqarish bilan uyg‘unlashtiriladi
- zamonaviy va innovatsion o‘quv dasturlari joriy etiladi
Ushbu hamkorlik ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, o‘quvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish hamda ularni kelajak kasblariga yo‘naltirishda muhim qadamdir.
https://portal.piima.uz/Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Mar 26, 2026, 01:43 PM
🎥 Video
📺 MY5 // Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o‘quvchilari MIT ga kirdi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari Zohidjonov Elbek va Sunnatov Asilbek dunyoning birinchi raqamli texnik universiteti – Massachusetts Institute of Technology (MIT)ga 100% grant asosida qabul qilindi. 1861-yilda asos solingan MIT QS jahon reytingida 13 yil ketma-ket 1-o‘rinni egallab kelmoqda; qabul ko‘rsatkichi atigi 4% bo‘lib, u faqat eng iqtidorli yoshlarni saralaydi.
Mazkur dargoh muhandislik, kompyuter texnologiyalari, matematika, fizika va iqtisodiyot yo‘nalishlarida mutlaq peshqadam bo‘lib, 100 dan ortiq Nobel mukofoti sovrindorlarini yetishtirgan.
Universitetning moliyaviy jamg‘armasi 24 milliard dollardan oshadi va bu iqtidorli talabalar uchun cheksiz imkoniyatlar eshigini ochadi.
Bunday global miqyosdagi oliygohga yo‘llanma olish – Elbek va Asilbekning yillab qilgan tinimsiz mehnati - tanlov, musobaqa va turli olimpiyadalardagi yutuqlari, ota-onalarining ishonchi va ustozlar fidoyiligi samarasidir.
https://portal.piima.uz/Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Mar 26, 2026, 01:43 PM
📷 Photo
✅ “NEXT GEN_AI HACKATHON–2026” – KELAJAK TEXNOLOGIYALARI SARI BIRINCHI QADAM!
📍 Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Yangi avlod” hakatonining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi.
🔔 Ikki kun davom etadigan ushbu hakaton Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, o‘quvchilarning IT-sohadagi faolligini oshirish hamda ularning startap va innovatsion loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bilan birga o‘quvchilarda jamoaviy ishlash va “soft skills” ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
📢 Toshkent shahridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida tajriba almashish maydonini yaratib, eng yaxshi 3 ta innovatsion loyihani aniqlash va ularni amaliyotga joriy etish maqsadi qo’yilgan.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori S. Shakirova:
- Sizlar bugun nafaqat bellashuvda qatnashmoqdasiz, balki o‘z bilim va salohiyatingizni namoyon etish, yangi tajriba orttirish va kelajakdagi yirik loyihalarga zamin yaratish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdasiz. Bu jarayonda jamoaviy hamkorlik, kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va qat’iyat sizlarning eng katta kuchingiz bo‘ladi.
Ishonaman, ushbu hakaton davomida ilgari suriladigan g‘oyalar va yaratiladigan loyihalar kelajakda yurtimizning raqamli taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadi.
Bu shunchaki tanlov emas — bu texnologik kelajakka intilayotgan yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigi. Yangi g‘oyalar, yangi loyihalar va ulkan yutuqlar aynan shu yerda, aynan hozir shakllanmoqda.
Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Mar 24, 2026, 01:51 PM
📷 Photo
🏆 Sport maktabimiz o‘quvchi-sportchilarining navbatdagi yutug‘i!
Sport tadbirlari taqvim rejasiga asosan, Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport https://t.me/chusa_school o‘quvchi-sportchilari 2026-yil 19–23-mart kunlari Belarus Respublikasi, Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan “Gimnastika afsonalari” xalqaro turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar.
🥇 Baxtiyarov Bekzad
— 1-o‘rin (yakka bahslar)
— 3-o‘rin (jamoaviy bahslar)
🥉 Abulfaizov Alisher
— 3-o‘rin (yakka bahslar)
— 3-o‘rin (jamoaviy bahslar)
🥉 Otaxonov Odilbek
— 3-o‘rin (jamoaviy bahslar)
🥉 Isaqjonov Farruhbek
— 3-o‘rin (jamoaviy bahslar)
🥉Gaynulina Milana jamoaviy bahslarda 3-o‘rinni egalladi.
Sportchilarimizni ushbu yutuqlari bilan tabriklaymiz. Ularning kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilab qolamiz!
https://portal.piima.uz/Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Mar 24, 2026, 01:51 PM
📷 Photo
🇺🇿 “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi ishtirokchilari uchun motivatsion uchrashuv tashkil etildi.
Renessans bolalar sog‘lomlashtirish https://t.me/renessans_oromgoh bo‘lib o‘tgan ushbu uchrashuvda yoshlar o‘z yo‘lini topgan, xalqaro miqyosda katta yutuqlarga erishgan iqtidorli talaba — Bobirjon Baxtiyorov bilan yuzma-yuz muloqot qilish imkoniga ega bo‘lishdi.
🟢Bugungi kunda Amerikaning nufuzli Johns Hopkins University universitetida 4-kursda tahsil olayotgan Bobirjon o‘zining muvaffaqiyatli yo‘li, bilim olishdagi yondashuvi va oldiga qo‘ygan maqsadlari haqida samimiy fikrlar bildirdi. U xalqaro imtihonlarda yuqori natijalarga erishib, xususan IELTS dan 9 ball va SAT dan maksimal 1600 ballni qo‘lga kiritgani bilan yoshlarga katta motivatsiya berdi.
🟢Uchrashuv davomida Bobirjon nafaqat o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi, balki xorijiy universitetlarga kirish jarayonlari, grant yutish sirlari hamda to‘g‘ri strategiya tanlash bo‘yicha muhim tavsiyalar berdi. Shuningdek, u bugungi kunda ko‘plab yoshlarga dunyoning top universitetlariga kirishda yordam berib kelayotgani bilan ham alohida e’tiborga sazovor.
Shu kabi chrashuvlar ishtirokchilar uchun nafaqat yangi bilim va tajriba, balki katta ilhom manbai bo‘ladi. Yoshlar o‘z oldilariga yanada katta maqsadlar qo‘yib, ularga erishish yo‘lida qat’iyat bilan harakat qilishga undaldi.
Amaliy ishlar davom ettiriladi
https://portal.piima.uz/Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
💧Navoiy shahridagi Prezident https://t.me/psnavoi6-sinf o‘quvchilari bilan "Butunjahon suv kuni"ga bag'ishlangan qiziqarli darslar tashkil etildi
Mashg'ulotlar davomida o‘quvchilar suvni tejash, uni asrash yo‘llari hamda tomchilab sug‘orish va filtrlash usullari bilan tanishdilar. Ayniqsa, suvni bevosita o‘simlik ildiziga yetkazish orqali isrofni kamaytirish mumkinligi alohida ta’kidlandi.
Maqsad — o‘quvchilarda suvga nisbatan mas’uliyatli munosabatni shakllantirish va undan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
https://portal.piima.uz/Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Mar 23, 2026, 06:13 AM
📷 Photo
💧22-MART — BUTUNJAHON SUV KUNI
Xiva shahridagi Prezident https://t.me/PSinKhiva - “Butunjahon suv kuni” munosabati bilan, UNICEF hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan taqdim etilgan tarqatma materiallar asosida maktabimizda bir qator ekologik tadbirlar tashkil etildi.
Jumladan, 7-sinf o‘quvchilari uchun geografiya darsida suvning ahamiyati, suv resurslarini asrash hamda undan oqilona foydalanish mavzularida maxsus dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
Shu bilan birga, o‘quvchilarga suvni filtrlash jarayoni haqida tushunchalar berilib, bu mavzu yuzasidan amaliy mashg‘ulot ham tashkil etildi. Ushbu mashg‘ulot orqali o‘quvchilar suvni tozalash usullari va toza ichimlik suvining ahamiyati haqida yanada chuqurroq bilimga ega bo‘lishdi.
https://portal.piima.uz/Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Mar 23, 2026, 06:13 AM
📷 Photo
#Butunjahon_suv_kuni
#Suvni_asraylik
#WaterDay
💧 Namangan shahridagi Prezident https://t.me/nampmuzda 22-mart – Butunjahon suv kuni munosabati bilan o‘quvchilar ishtirokida ma’rifiy va interaktiv targ‘ibot mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda UNICEF hamkorligida tayyorlangan o‘quv materiallari asosida suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish masalalari o'rganildi:
- suvning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati;
- kundalik hayotda suvni tejashning samarali usullari;
- iqlim o‘zgarishining suv resurslariga ta’siri haqida chuqur bilimlarga ega bo‘ldilar.
🌱 O‘quvchilar o‘zlarining ekologik tashabbuslari va g‘oyalari bilan o‘rtoqlashib, maktab hamda mahalla miqyosida suvni asrashga qaratilgan amaliy takliflarni ilgari surdilar.
https://portal.piima.uz/Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Mar 23, 2026, 06:13 AM
📷 Photo
#Al_Xorazmiy_Jizzax_filiali
🌸 Bahor yosharish va yangilanish fasli. Aynan ushbu faslda umumxalq miqiyosida oʻtkaziladigan bayram bu - Navroʻz sayli
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan https://t.me/Al_Xorazmiy_maktabi_JizzaxJizzax filialidagi saylda 10 dan ortiq milliy qadriyat va an’analarni mujassam etgan tanlovlar va milliy sport musobaqari tashkil etildi.
Jumladan:
- “Eng yaxshi milliy dasturxon”,
- “Eng yaxshi milliy raqs”
- “Eng milliy dekoratsiya”,
- “Osh chempionati”,
- “Bahoriy salatlar chempionati”,
- milliy sport oʻyinlari arqon tortish, tosh koʻtarish, milliy kurash,
qoʻl kurash.
Saylda faol ishtirok etgan oʻquvchilar maktab ma’muryati tomonidan taqdirlandi.
https://portal.piima.uz/Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Mar 22, 2026, 11:50 AM
📷 Photo
#milliy_qadriyatlar
💐 Muhammad Yusuf nomidagi ijod https://t.me/ima_myimboshlangan Navro‘z saylining shukuhi Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida davom etdi. Bahorning iliq nafasi, yashillikka burkangan manzaralar va bayramona kayfiyat ushbu maskanni yanada fayzli qildi.
🌿 Sayl davomida maktab direktori Shohistaxon Nurmatova ishtirok etib, o‘quvchilar bilan birga bayram zavqini baham ko‘rdi. Ularning quvonchga to‘la nigohlari, samimiy suhbatlari va birgalikdagi lahzalar bayramga o‘zgacha mazmun bag‘ishladi.
O‘quvchilar uchun bahoriy rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etilib, unda yosh ijodkorlarning tabiat uyg‘onishini aks ettirgan rang-barang asarlari namoyish qilindi. Har bir suratda bahorning nafasi, yangilanish ruhi va go‘zallik tarannumi mujassam edi.
Mazkur sayl nafaqat hordiq chiqarish, balki ma’naviy boyish, estetik didni rivojlantirish hamda milliy qadriyatlarimizni chuqurroq anglashga xizmat qilgan unutilmas bayram sifatida barchaning qalbida yorqin taassurot qoldirdi.
https://portal.piima.uz/Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Mar 21, 2026, 04:14 AM
📷 Photo
#Bir_makon_bir_yoʻl
#EkoZakovat
🌿 https://t.me/ecoschools_uzbekistan doirasida https://t.me/nampmuzviloyatidagi eko maktablar o‘quvchilari o‘rtasida https://t.me/sustainable_future_society tashkil etildi
Turnirda viloyatning turli hududlaridan tashrif buyurgan eko maktablar jamoalari ishtirok etib, ekologiya, iqlim o‘zgarishi va barqaror rivojlanish masalalariga oid savollar asosida bellashdilar.
Ushbu intellektual platforma o‘quvchilar o‘rtasida nafaqat bilimlar bellashuvi, balki do‘stona muhitni mustahkamlash, ekologik tafakkur va liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
🌱 “Eko Zakovat” — yoshlar ongida ekologik madaniyatni shakllantirish, ularni atrof-muhitga mas’uliyat bilan qaraydigan yetakchilar sifatida tarbiyalashga xizmat qiluvchi muhim tashabbusdir
https://portal.piima.uz/Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Mar 21, 2026, 04:14 AM
📷 Photo
📢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktoring matbuot kotibi tayinlandi
Raxmanov Djaxongir Nematjonovich - O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi matbuot kotibi - axborot siyosati masalalari rahbarning maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Lavozimga tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi xulosasi asosida amalga oshirildi.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Raxmanov Djaxongir - Sertifikatsiyalash va kompyuterlashtirish markazi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Bandlik va mexnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston fermerlari kengashida turli lavozimlarda ishlab kelgan.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Mar 21, 2026, 04:14 AM
📷 Photo
✏️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod, sport va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida oʻquv dasturlarini oʻzlashtirish darajasini aniqlash ularning bilimini baholash maqsadida real vaqt rejimida onlayn tarzda ixtisoslik fanlaridan III chorak ChSB (summativ baholash sinovlari) yakunlandi:
🟡 Ijod maktablarining – 7 va 11-sinflarida - matematika fanidan
🟡 Sport maktablarining: 5-, 8-, 10 sinflarida - O‘zbekiston tarixi va ingliz tili fanlaridan
🟡 Ixtisoslashtirilgan maktablarining – 5-sinflar va 11-sinf tabiiy yo‘nalishlarda
Matematika fani mashg‘ulotlari ingliz tilida olib boriladigan 22 ta maktablarda yozma shaklda o‘tkazildi.
https://portal.piima.uz/Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
Aziz va qadrli yurtdoshlar
🌙 Muborak Ramazon oyining sharafli yakuni – Ramazon hayiti barchamizga muborak bo'lsin!
Ushbu qutlug' ayyomda Sizlarni samimiy muborakbod etib, yurtimizga tinchlik-barqarorlik, har bir oilaga fayzu baraka, xalqimizga esa farovonlik va xotirjamlik tilaymiz.
Niyatlari pok, maqsadlari ulug' xalqimizning ezgu orzu-intilishlari ro'yobga chiqsin! Kelajakka bo'lgan ishonchimiz yanada mustahkamlanib, yurtimiz obod, xalqimiz doimo omon bo'lsin!
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi
https://portal.piima.uz/Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Mar 21, 2026, 04:14 AM
📷 Photo
🌿 “Kelajak soati” mashg‘uloti tashkil etildi
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan https://t.me/ibnsinomaktabuzo‘quvchilar uchun Navro‘z bayramining tarixiy ildizlari, milliy qadriyatlarimiz va xalqimizning qadimiy an’analari haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi:
- “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” g‘oyasi orqali bayramning ma’naviy mazmuni yoritildi.
- Oila qadriyatlarini aks ettirgan Eldor Asanovning farzandlari bilan varrak yasash jarayoni namoyish etildi.
- O‘quvchilar Termizdagi “Etno shaharcha” bo‘ylab qiziqarli virtual sayohat qildilar.
- “4 yoshimdan beri dor ustidaman” deb nomlangan dorboz yigit hikoyasi orqali mehnatsevarlik va qat’iyat haqida suhbatlashildi.
Shu bilan birga o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2026-yil 5-martdagi PF–35-sonli Farmoni mazmun-mohiyati,
jumladan,
farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlarni tabiiy fanlarga keng jalb etish hamda maktabda - kimyo va biologiya yo‘nalishlarida chuqurlashtirilgan ta’limni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ham ma’lumot berildi.
Bular esa o‘quvchilarda milliy qadriyatlarga hurmat, ilm-fanga qiziqish va kelajak kasbini ongli tanlashga bo‘lgan intilishni yanada mustahkamladi.
https://portal.piima.uz/Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Mar 19, 2026, 03:56 AM
📷 Photo
🎯 Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirikgan sport https://t.me/chusa_school bolalar o'rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
Bu galgi o‘yin tarix faniga oid qiziqarli savollar asosida tashkil etildi.
Unda 8 va 9-sinf o‘quvchilari 3 ta guruhga bo‘linib bellashdilar: Boburiylar, Temurbeklar va Alpomishlar.
Qiziqarli bahs va munozaralarga boy tarzda o‘tgan o‘yinda Boburiylar guruhi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
O‘yin davomida o‘quvchilar tarix faniga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirib, kelgusida bu fan bo‘yicha yanada ko‘proq bilim olishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ydilar.