✅Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Jarqoʻrgʻon tumanida qurilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” https://president.uz/oz/lists/view/8975
Choʻl hududini oʻzlashtirish hisobiga bunyod etilayotgan massivda hozirgacha poliklinika, 180 oʻrinli bogʻcha, 330 oʻrinli maktab va mahalla binosi foydalanishga topshirildi.
Davlatimiz rahbari massivdagi 66-maktabda yaratilgan shart-sharoitlar, xususan, nogironligi boʻlgan bolalar uchun tashkil etilgan imkoniyatlar bilan tanishdi.
Maktabda bugun 500 dan ziyod oʻquvchi taʼlim olmoqda. Nogironligi bor bolalarni zamonaviy standartlar asosida oʻqitish uchun alohida yondashuvlar joriy etilgan, 50 ga yaqin maxsus mutaxassis va pedagoglar faoliyat yuritmoqda. Maktab hovlisi, yoʻlaklar, oʻquv xonalari, ovqatlanish xonasi, sport zali hamda muolaja xonasi zarur sharoitlar bilan taʼminlangan.
🇺🇿Davlatimiz rahbari maktabda yaratilgan sharoitlar bilan tanishar ekan, sunʼiy intellekt, raqamlashtirish bilan bogʻliq yoʻnalishlarning bugungi yoshlar hayoti, kelajagi uchun naqadar muhimligiga eʼtibor qaratdi.
– Sunʼiy intellektga oʻqitish dasturlarini bejiz maktablar taʼlimiga joriy etmayapmiz, oʻquvchilar oliy taʼlim muassasalariga, mehnat bozoriga kelajak kasblariga tayyor boʻlib borishlarini istaymiz,
– dedi Prezident.
Shundan soʻng Prezidentimiz massivdagi xorijiy tillar va axborot texnologiyalari oʻquv markazini koʻzdan kechirdi.
6,5 milliard soʻm hisobiga barpo etilgan 400 oʻrinli majmua yiliga 2 mingdan ortiq yoshga taʼlim olish va loyihalar ustida ishlash imkoniyatini beradi. Bu yerda 200 nafarga yaqin oʻquvchi kompyuter savodxonligi va front-end yoʻnalishlarini muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikat olgan. 150 nafarga yaqin oʻquvchi IELTS imtihonlarida B2 va undan yuqori natijalarni qayd etgan. Markazda 20 ga yaqin mutaxassislar faoliyat yuritmoqda.
🇺🇿Davlatimiz rahbari yoshlarni ilmga yoʻnaltirish, jumladan, xorijiy tillarni oʻrgatishga qaratilgan bunday majmualar ahamiyatiga alohida toʻxtaldi.
– Bugun bunday markazlarning kelajak intilishlarini qoʻllab-quvvatlashimiz, kerak boʻlsa, ularni saʼy-harakatlarini birlashtirib, xorijiy hamkorlar bilan bogʻlashimiz lozim. Shunda ota-onalar farzandlarini ishonch bilan mana shunday markazlarda oʻqitadi,
– dedi Prezident.
Koʻklam yaqinlashishi bilan hududlarda bahoriy bayram sayillarini uyushtirish anʼanaga aylangan. Prezidentimiz massivdagi sumalak saylida ishtirok etib, aholi bilan birga shodiyona kayfiyatda boʻldi, bu yerda istiqomat qilayotgan insonlarning samimiy fikrlariga quloq tutdi.
– Bugun jahon hamjamiyati Oʻzbekistonga hurmat bilan qaramoqda, xalqimiz uchun yaratilayotgan sharoitlarni koʻrib, islohotlarning samarasiga guvoh boʻlmoqda. “Yangi Oʻzbekiston” massivlari ham odamlarimiz farovon hayot kechirishi, shinam uylarda yashashi uchun barpo etilyapti. Men doim “taʼlim-taʼlim” deb bejiz aytmayapman. Bilimimiz, mana shunday bunyodkorona mehnatimiz bilan yurtimizning obroʻ-eʼtiborini yanada yuksaltirib, dunyoda munosib oʻrin egallaymiz. Surxondaryoning eli mehnatkash, tanti, bu yerda hali koʻp yangiliklarni amalga oshiramiz,
– dedi Prezident.
✈️ 🌐 https://www.bt-jurnal.uz/
🌐
https://www.instagram.com/boshlangichtalim?igsh=MXhldXlyNDFiYWVhOA==