Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rasmiy kanali
🌍 https://tdmau.uz
✅ t.me/terdmau
✅ instagram.com/terdmau
✅ facebook.com/groups/texnika379
✅ youtube.com/@terdmau
@TerDMAU offers specialized information about httpstdmauuz and termiz for subscribers interested in Memes
No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
TDMAU | Rasmiy
May 14, 2026, 11:03 AM
📷 Photo
Stressni qanday yengish mumkin? Ekspertlardan muhim tavsiyalar
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “Ruhiy barqarorlik va shaxsiy yuksalish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Tadbirda talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilarga ruhiy salomatlikni mustahkamlash, stress va hissiy toliqishning oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Seminar davomida soha mutaxassislari — S. Cho‘tboyeva, X. Sharafutdinova hamda S. Almardanovalarning ma’ruzalari tinglandi. Unda hissiyotlarni boshqarish, emotsional intellektni rivojlantirish va ichki bezovtalikni bartaraf etishning zamonaviy yechimlari muhokama qilindi.
Mazkur tadbir ishtirokchilarning shaxsiy rivojlanishiga ko‘maklashish va oliygohda sog‘lom psixologik muhitni shakllantirishga xizmat qildi.
🌐 http://tdmau.uz/ ✅ 🌐 https://instagram.com/terdmau 😎 https://www.facebook.com/terdmau/ 📹 https://youtube.com/@terdmau
⚽️ Sport — salomatlik va hamjihatlik garovi!
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti xodimlarining jismoniy faolligini oshirish maqsadida navbatdagi sport tadbiri tashkil etildi. Ushbu uchrashuv sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jamoaviy jipslikni ta’minlashga qaratilgan an’ananing uzviy davomi bo‘ldi.
Tadbir doirasida xodimlar o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi. Maydonda kechgan qizg‘in va murosasiz bahslar ishtirokchilarning nafaqat jismoniy tayyorgarligini, balki o‘zaro hamjihatlik va g‘alabaga bo‘lgan kuchli shijoatlarini ham namoyish etdi.
Bu kabi muntazam sport musobaqalari xodimlarning sog‘lig‘ini mustahkamlash bilan birga, universitet jamoasida do‘stona muhitni qaror toptirish va jamoaviy ruhni yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
🌐 http://tdmau.uz/ ✅ 🌐 https://instagram.com/terdmau 😎 https://www.facebook.com/terdmau/ 📹 https://youtube.com/@terdmau
TDMAU | Rasmiy
Apr 4, 2026, 06:58 AM
📷 Photo
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda ham sezildi
Yer silkinishining O‘zbekistonda sezilishi hududlar kesimida:
▪️Surxondaryo viloyatida: 3 ball, 314 km.
▪️Farg‘ona viloyatida: 2-3 ball, 420 km.
▪️Sirdaryo viloyatida: 2-3 ball, 457 km.
▪️Jizzax viloyatida: 2-3 ball, 457 km.
▪️Samarqand viloyatida: 2-3 ball, 468 km.
▪️Andijon viloyatida: 2-3 ball, 477 km.
▪️Namangan viloyatida: 2-3 ball, 485 km.
▪️Qashqadaryo viloyatida: 2-3 ball, 499 km.
▪️Toshkent viloyatida: 2-3 ball, 520 km.
▪️Toshkent shahrida: 2-3 ball, 526 km.
Zilzila parametrlari:
🟢Vaqti: 21:12:59 03.04.2026
🟢Magnituda: 6
🟢Chuqurligi: 207 km
🟢Episentr: Badaxshon, Afg'oniston
🟢Koordinatalari: 36,69 N, 70,76 E
🟢Masofa: Episentr Termizdan 314 km janubiy-sharqda
🌐 http://tdmau.uz/ ✅ 🌐 https://instagram.com/terdmau 😎 https://www.facebook.com/terdmau/ 📹 https://youtube.com/@terdmau
TDMAU | Rasmiy
Apr 4, 2026, 06:58 AM
🎥 Video
#Innovatsiya
🔋 Kelajak energiyasi: Shamoldan quvvat oluvchi "aqlli" chiroqlar!
Xitoy ko‘chalarida vertikal shamol turbinalari bilan jihozlangan yangi avlod «aqlli» yoritish tizimlari joriy etilmoqda. Bu tizim nafaqat quyosh panellari, balki shamol energiyasi yordamida ham uzluksiz quvvatlanadi.
Ushbu innovatsiya shaharlarni yanada «yashilroq» qilish, an’anaviy elektr tarmoqlariga bog‘liqlikni kamaytirish va katta miqdordagi mablag‘larni tejash imkonini beradi. Bu kabi ekologik toza yechimlar kelajak energiya xavfsizligi uchun muhim qadamdir.
🌐 http://tdmau.uz/ ✅ 🌐 https://instagram.com/terdmau 😎 https://www.facebook.com/terdmau/ 📹 https://youtube.com/@terdmau
TDMAU | Rasmiy
Apr 4, 2026, 06:58 AM
📷 Photo
📣“Aksilkorrupsiya xakatoni – 2026”ga start berildi!
24–25–26-aprel kunlari “Sarbon” universitetida “Aksilkorrupsiya xakatoni – 2026” https://t.me/antikor_uzb.
Ushbu tadbir Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Sarbon universiteti, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oʻzmetkombinat AJ, IT Park hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Xakaton davomida ishtirokchilar ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda korrupsiyaga qarshi innovatsion yechimlar ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
☑️Yo‘nalishlar:
• davlat xaridlari, sog‘liqni saqlash, sport, qurilish, ta’lim kabi sohalarda korrupsiyaning oldini olish;
• korrupsiyaga qarshi kurashishga aholi va yoshlarni jalb etish;
• ochiq ma’lumotlar asosida korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan boshqa innovatsion yondashuvlar.
Xakatonda 18–35 yoshdagi turli soha vakillari 2 yoki 3 kishilik jamoalar shaklida ishtirok etishlari mumkin.
👆Xakaton qoidalari bilan batafsil https://docs.google.com/document/d/1W6imgRbfZf5Dk-NRD8pWw9XtaaWZDAfx8yFczbaHL2M/edit?usp=sharing tanishing.
📆Muhim sanalar:
• Tayyorlov vebinari: 10-aprel
• Xakatonda ishtirok etish uchun 20-aprelga qadar https://forms.gle/SqywpvjRgywyWJR77 orqali ro‘yxatdan o‘tish lozim.
G‘olib jamoalar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
🧑💻Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yilgi xakatonning mutlaq g‘olibi — Uzinfocom kompaniyasining yosh dasturchilar jamoasi Coding4Integrity Osiyo xakatonida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, xalqaro maydonda ham munosib qatnashgan.
👥Siz ham jamiyatda ijobiy o‘zgarishlar qilishni istasangiz — ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
TDMAU | Rasmiy
Apr 4, 2026, 06:58 AM
📷 Photo
💼 Tayinlov
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektorining buyrug‘iga muvofiq, Abdullayev Sharofiddin Yusuf o‘g‘li Atrof-muhit muhandisligi va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi.
Sh. Abdullayev 1993-yilda Muzrabot tumanida tug‘ilgan. U 2017-yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining bakalavriat, 2019-yilda magistratura bosqichini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi — muhandis-texnolog. Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent v.b. unvoniga ega.
Tayinlovga qadar Sh. Abdullayev universitetning Atrof-muhit muhandisligi va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
🌐 http://tdmau.uz/ ✅ 🌐 https://instagram.com/terdmau 😎 https://www.facebook.com/terdmau/ 📹 https://youtube.com/@terdmau
TDMAU | Rasmiy
Apr 4, 2026, 06:58 AM
📷 Photo
Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar https://president.uz/oz/lists/view/9070 bilan tanishdi.
Bildirilgan takliflarga ko‘ra:
➖ “U10 – O‘zbekistonning ilg‘or universitetlari” dasturi doirasida tanlov asosida 10 ta oliygohga “milliy tadqiqot universiteti” maqomi beriladi va ularda ilmiy klasterlar tashkil etiladi;
➖ Mazkur universitetlarga ilmiy klasterlar tashkil etish uchun 150 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratiladi;
➖ 2027-yildan boshlab universitetlarni milliy reytingdagi natijalariga (ta’lim sifati, raqamlashtirish, bitiruvchilar bandligi) qarab moliyaviy rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
➖ “Yangi O‘zbekiston stipendiyasi” dasturi joriy etilib, har yili 500 nafargacha iqtidorli chet el fuqarolariga grantlar ajratiladi;
➖ “Spin-off” korxonalari tashkil etilib, “tarmoq – korxona – oliygoh – ilmiy tashkilot” zanjiri asosida innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi;
➖ Davlat grantlari uchun mablag‘ ajratishda endilikda ta’lim yo‘nalishining murakkabligi va mehnat bozori ehtiyojlari kabi yangi mezonlar inobatga olinadi.
🌐 http://tdmau.uz/ ✅ 🌐 https://instagram.com/terdmau 😎 https://www.facebook.com/terdmau/ 📹 https://youtube.com/@terdmau
TDMAU | Rasmiy
Apr 4, 2026, 06:58 AM
📷 Photo
🚢 Nukusda “Talabalar bahori” festivaliga start berildi!
Qoraqalpog‘istonda respublikamizning barcha hududlaridan kelgan 250 nafarga yaqin iqtidorli yoshlar jam bo‘lishdi. Quvonarlisi, ushbu nufuzli festivalda Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalari universiteti talabalari ham o‘z tashabbuskorligi bilan faol ishtirok etmoqda.
Festivalning ochilish marosimi Qoraqalpoq davlat universitetida tashkil etilib, yoshlar istiqboldagi loyihalar bilan tanishtirildi. So‘ngra ishtirokchilar Mo‘ynoq tumaniga tashrif buyurib, Orol fojiasidan so‘zlovchi “Kemalar qabristoni”ni ko‘zdan kechirishdi. Bu sayohat talabalarga ekologik muvozanatni saqlash naqadar muhimligini yana bir bor his qildirdi.
Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, hududlararo do‘stlik aloqalarini mustahkamlash va talabalarning intellektual dunyoqarashini boyitishdan iborat.
🌐 http://tdmau.uz/ ✅ 🌐 https://instagram.com/terdmau 😎 https://www.facebook.com/terdmau/ 📹 https://youtube.com/@terdmau
TDMAU | Rasmiy
Apr 4, 2026, 06:58 AM
🎥 Video
Prezidentimizning yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ilgari surilgan muhim tashabbuslar
1. Payshanba – vazirlik, idora va hokimliklarda "Yoshlar kuni" bo‘ladi.
2. Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 200 million dollar mablag‘ ajratiladi.
3. O‘zini o‘zi band qilgan yoshlar uchun kredit miqdori 100 milliondan 300 million so‘mgacha oshiriladi.
4. Yosh tadbirkorlar loyihalari uchun kredit ajratish miqdori 10 mlrd so‘mgacha ko‘paytiriladi.
5. Innovatsion startap loyihalariga 100 ming dollargacha investitsiya kiritishga ruxsat beriladi.
6. "Kelajak tadbirkori" dasturi doirasida yosh tadbirkorlarga 7 yilga 15 foizli kreditlar ajratiladi.
7. Dastur asosida o‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga garovsiz 20 mln so‘mgacha, o‘z biznesini boshlayotganlarga 300 mln so‘mgacha kredit ajratiladi.
8. Faoliyatini kengaytirmoqchi bo‘lganlarga 2 mlrd so‘mgacha, 5 ta bitiruvchini ishga olgan tadbirkorlarga esa 10 mlrd so‘mgacha kredit beriladi.
9. "Mening birinchi kasbim" dasturi orqali oliygoh bitiruvchilariga stajirovka uchun oyiga 2 million so‘mgacha stipendiya to‘lanadi.
10. Har bir hududda yoshlarga biznes xizmatlarini ko‘rsatuvchi "Yoshlar biznes inkubatori" ishga tushiriladi.
11. "Yangi avlod tadbirkorlari" dasturida Garvard, Stenford kabi xorijiy oliygohlar hamkorligida 40 ming yosh biznesga o‘qitiladi.
12. Dasturni muvaffaqiyatli tugatgan eng yaxshi 1000 nafar yoshga 3 yilga 200 million so‘mgacha 7 foizli ssuda ajratiladi.
13. "Yosh tadbirkorlar" tanlovidagi eng yaxshi 100 ta loyihani brendga aylantirish uchun 1 milliard so‘mgacha mablag‘ beriladi.
14. Banklar 50 ming yoshga bepul biznes-reja tayyorlab beradi va 20 ming yoshni tadbirkorlikka o‘qitadi.
15. 1-martdan yangi ish boshlayotgan yoshlarning infratuzilmaga ulanish xarajatlari Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasi tomonidan qoplab beriladi.
16. Samarqand shahrida eng yaxshi loyiha egalari ishtirokida Xalqaro inklyuziv yoshlar oromgohi tashkil qilinadi.
17. "O‘sish va rivojlanish" startap loyihasidagi eng yaxshi 40 ta loyihaga 2 milliard so‘m ajratiladi.
18. Texnikumlarda ham startaplar yaratishga ruxsat etilib, ularga 1 milliard so‘mgacha moliyaviy yordam ko‘rsatiladi.
19. Texnikum o‘quvchilari uchun "Work and travel" dasturi orqali xorijda ishlash imkoniyati yaratiladi.
20. "O‘quv markazlari uyushmasi" tashkil etiladi. Uyushmaga a’zo bo‘lgan o‘quv markazlariga binosini ijaraga bergan tadbirkorlar ijaradan olinadigan daromad va foyda solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.
21. Bunday markazlarning o‘qituvchilarini Yoshlar ishlari agentligi hisobidan AQSH, Buyuk Britaniya, Singapur, Yaponiya kabi ilg‘or ta’lim markazlariga stajirovkaga yuborish yo‘lga qo‘yiladi.
22. "Ko‘mak" loyihasi doirasida biznesini kengaytirmoqchi bo‘lganlarga 300 million so‘mgacha foizsiz ssuda beriladi.
23. Olis hududlardagi o‘quv markazlari uchun ijtimoiy soliq 1 foiz, daromad solig‘i esa 7,5 foizgacha pasaytiriladi.
24. Yoshlar ishlari agentligi xususiy o‘quv markazlari bilan hamkorlikda har yili 20 ming yoshni kelajak kasblariga o‘qitadi.
25. Har bir tumanga 500 million so‘mgacha ssuda ajratib, texnikum va o‘quv markazlarida kasb-hunar laboratoriyasini tashkil etiladi.
26. Yoshlar ishlari agentligi qoshida "Volontyorlikni qo‘llab-quvvatlash" jamg‘armasi ochilib, unga har yili byudjetdan 62 milliard so‘m ajratiladi.
27. Yoshlarning eng yaxshi volontyorlik loyihalariga 100 million so‘mgacha grant beriladi.
28. Yosh oilalar uchun uy-joy ipoteka kredit stavkasining 14 foizdan oshgan qismi davlat byudjetidan qoplab beriladi.
29. "Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish" jamg‘armasi orqali iste’dodli yozuvchilarga ijod uchun oyiga 20 million so‘mdan haq to‘lanadi.
30. Maktablardagi eng faol kitobxon o‘quvchilarga 10 million so‘mdan mukofot topshiriladi.
31. Kitob savdosini oyiga 10 ming donadan oshirgan tadbirkorlarga 1 milliard so‘mgacha 7 foizli ssuda beriladi.
32. "Ikkinchi imkon" loyihasi orqali jazoni o‘tab bo‘lgan yoshlar zamonaviy IT-kasblar va xorijiy tillarga bepul o‘qitiladi.
🌐 http://tdmau.uz/ ✅ 🌐 https://instagram.com/terdmau 😎 https://www.facebook.com/terdmau/ 📹 https://youtube.com/@terdmau
TDMAU | Rasmiy
Apr 4, 2026, 06:58 AM
📷 Photo
💼 Tayinlov
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektorining buyrug‘iga muvofiq, Rahmonqulov Jasur Eshmo'min o‘g‘li Yengil sanoat va oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi.
J. Rahmonqulov 1987 yilda Jarqo'rg'on tumanida tug‘ilgan. U 2012 yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining bakalavriat, 2015 yilda magistratura boshqichini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi - To‘qimachilik xom ashyolarini qayta ishlash texnologiyasi
Tayinlovga qadar J. Rahmonqulov universitetning Agrobiologiya fakulteti yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
🌐 http://tdmau.uz/ ✅ 🌐 https://instagram.com/terdmau 😎 https://www.facebook.com/terdmau/ 📹 https://youtube.com/@terdmau
TDMAU | Rasmiy
Mar 31, 2026, 10:20 PM
📷 Photo
TDMAUda kengaytirilgan apparat yig‘ilishi o‘tkazildi
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida rektor Rasul To‘rayev raisligida kengaytirilgan apparat yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’at majlisi qarorlari ijrosi hamda 2026-yilgi investitsiya dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilishda asosiy e’tibor talabalarning to‘lov-kontrakt intizomi, "BILLING" tizimidagi ma’lumotlar haqqoniyligi va bitiruvchilar bandligiga qaratildi. Ayniqsa, "Kelajakka qadam" dasturi doirasida yoshlarning biznes loyihalarini imtiyozli kreditlar orqali qo‘llab-quvvatlash holati tahlil qilindi.
Rektor ta’lim sifatini oshirish, yo‘nalishlarni xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish va KPI tizimini joriy etish zarurligini ta’kidladi. Shu bilan birga, kitobxonlik, ichki turizm, talabalarni sportga jalb etish va inklyuziv ta’lim uchun sharoit yaratish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.
Yakunda mahalla yoshlarini kasbga o‘rgatish, ARM fondini raqamlashtirish va ehtiyojmand talabalar uchun bepul kurslar tashkil etish belgilandi. Ijro intizomi, giyovandlik profilaktikasi va nomdor stipendiyalarga nomzodlarni tayyorlash masalalari qat’iy nazoratga olindi.
http://tdmau.uz/ ✅ 🌐 https://instagram.com/terdmau 😎 https://www.facebook.com/terdmau/ 📹 https://youtube.com/@terdmau
TDMAU | Rasmiy
Mar 31, 2026, 10:20 PM
📷 Photo
TDMAUda Dehqonobod kaliy zavodi mutaxassislari bilan uchrashuv
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ mutaxassislari bilan sanoat va ta’lim integratsiyasini mustahkamlashga bag‘ishlangan “Workshop” tashkil etildi.
Tadbir avvalida mehmonlar universitetning “Surxon geologiyasi” muzeyi bilan tanishib, viloyatning boy mineral resurslari namunalarini ko‘zdan kechirishdi. Shundan so‘ng, Mexanika va konchilik ishi fakulteti bitiruvchi talabalari bilan bevosita muloqot bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ vakillari N. Yangiboyev hamda Sh. Jumayev korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud ish o‘rinlari, mehnat sharoitlari hamda yosh mutaxassislar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berishdi. Geologiya, konchilik ishi va marksheyderlik yo‘nalishi talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Tadbir yakunida talabalarni malakaviy amaliyotga jalb etish va kelgusida ishga joylashtirish masalalari muhokama qilindi.
🌐 http://tdmau.uz/ ✅ 🌐 https://instagram.com/terdmau 😎 https://www.facebook.com/terdmau/ 📹 https://youtube.com/@terdmau
TDMAU | Rasmiy
Mar 30, 2026, 01:18 AM
https://uza.uz/uz/posts/837108
975
15
0
TDMAU | Rasmiy
Mar 30, 2026, 01:18 AM
🎥 Video
🚀 Surxondaryolik yoshlar uchun ajoyib imkoniyat: SMM va Mobilografiyani bepul o‘rganing!
Bugungi kunda raqamli dunyoda oʻz oʻrniga ega boʻlish uchun eng talabgir ikki yoʻnalish boʻyicha bepul darslarga start berildi:
🤖 “SMM AI Savodxon” onlayn kursi
AloqaBank koʻmagida SMM asoslari, sun’iy intellekt bilan ishlash va targeting sirlarini mutlaqo bepul oʻrganing. Kurslar ham onlayn, ham oflayn formatda tashkil etiladi.
📞 Bogʻlanish: https://t.me/smmsavodxon_dm
+998 55 520 60 60
✅ https://app.yoshtadbirkorlar.uz/register?utm_source=smmsavodxon&utm_medium=rm_10
➡️➡️➡️➡️➡️➡️➡️➡️➡️➡️
📸 “Yosh mobilograflar maktabi”
Bu loyiha orqali video olish, montaj va kreativ kontent yaratishni oʻrganib, oyiga 9–14 mln soʻmgacha daromadga chiqishingiz mumkin.
✅ Roʻyxatdan oʻtish:
https://t.me/yoshmobilografbot
➡️➡️➡️➡️➡️➡️➡️➡️➡️➡️
☎️ Surxondaryo uchun ochilgan Telegram guruhiga qo‘shiling:
📍 Surxondaryo viloyati
🇺🇿 SMM va Mobilografiya — bu shunchaki kurslar emas, bu butun O‘zbekiston bo‘ylab shakllanayotgan katta ta’limiy hamjamiyat!
🌐 http://tdmau.uz/ ✅ 🌐 https://instagram.com/terdmau 😎 https://www.facebook.com/terdmau/ 📹 https://youtube.com/@terdmau
TDMAU | Rasmiy
Mar 30, 2026, 01:18 AM
📷 Photo
🏢 Rektor yotoqxonada: Talabalar uyining fayzli oqshomi
Bugun universitet hayotining odatiy maromi o‘zgacha samimiyat bilan boyidi. Rektor Rasul To‘rayevning talabalar turar joyiga tashrifi rasmiy tadbir emas, balki chinakam jipslik va ochiq muloqot maydoni sifatida yodda qoldi.
“Rektor yotoqxonada — bir kun, bir tun” tashabbusi doirasida kechgan ushbu jarayon rahbar va talaba o‘rtasidagi masofani yo‘qotib, oilaviy muhitni yuzaga keltirdi. Dasturxon atrofida, bir piyola choy ustida kechgan samimiy suhbatlar oqshomning eng go‘zal qismiga aylandi.
Oliygoh rahbari yoshlar bilan birga kechki ovqat tanovul qilar ekan, ularning orzu-intilishlari, qiynayotgan masalalari va ta'lim maskani kelajagiga doir takliflarini diqqat bilan tingladi. Bunday yaqinlik va bildirilgan ishonch talabalar qalbida o‘z universitetiga bo‘lgan faxr tuyg‘usini yanada mustahkamladi.
Sport va intellektual o‘yinlar esa kechaga alohida shijoat bag‘ishladi. Shaxmat va stol tennisi bo‘yicha o‘tkazilgan o‘zaro bahslar nafaqat sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qildi, balki yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini yangi bosqichga olib chiqdi.
Shu bilan birga, yotoqxonadagi har bir burchak — oshxonadan tortib mutolaa zallarigacha ko‘zdan kechirildi. Jarayon davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va talabalar uchun uydagidek shinamlik yaratish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.
Zero, talabaning ko‘ngli xotirjam bo‘lsagina, u yuksak marralar sari intilishdan to‘xtamaydi.
🌐 http://tdmau.uz/ ✅ 🌐 https://instagram.com/terdmau 😎 https://www.facebook.com/terdmau/ 📹 https://youtube.com/@terdmau
TDMAU | Rasmiy
Mar 30, 2026, 01:18 AM
🎥 Video
🕗 “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik tanloviga arizalar qabuli yakunlanishiga atigi 3 kun qoldi!
📌 Vaqt kam — imkoniyat esa katta!
O‘z g‘oyangiz, loyihangiz yoki ixtiroyingizni namoyish etish imkonini qo‘ldan boy bermang!
📝 Eslatib o‘tamiz, tanlov 3 ta
yo‘nalishda o‘tkaziladi:
🔠 Eng yaxshi g‘oya
🔠Eng yaxshi loyiha
🔠 Eng yaxshi ixtiro
🚗 Har bir yo‘nalish g‘olibi — elektromobil sohibiga aylanadi!
Agar ariza topshirishga hali ulgurmagan bo‘lsangiz — bu sizning imkoniyatingiz!
📲 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: http://muhandis.edu.uz/
⏰ Eslatma: arizalar qabuli 31-mart kuni soat 23:59 da yakunlanadi!
Balki navbatdagi g‘olib aynan siz bo‘larsiz!
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
1,080
TDMAU | Rasmiy
Mar 30, 2026, 01:18 AM
📷 Photo
⚡️ “Media haftalik”: mamlakatimizda yilning eng yirik media loyihasi start olmoqda
Global axborot makonidagi shiddatli o‘zgarishlar, ijtimoiy tarmoqlar va sun’iy intellektning rivojlanishi, feyk xabarlar oqimi media sohasi vakillaridan mutlaqo yangicha yondashuvlarni talab etmoqda. Shu maqsadda respublikamizda yilning eng yirik va muhim ta’limiy-amaliy loyihasi — jurnalistlar, blogerlar va matbuot kotiblarini yagona platformada birlashtiruvchi “Media haftalik” o‘z ishini boshladi.
https://t.me/kontentmarkazi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yo‘lga qo‘yilayotgan mazkur loyiha butun respublikadan qariyb 12,5 ming ishtirokchini qamrab oladi. Joriy yilning 30-martidan 26-iyuniga qadar har bir hududda 5 kunlik intensiv o‘quv-seminarlar va mahorat darslari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
⚙️ Dasturda nazariya va amaliyot birlashadi: asosiy urg‘u haqiqiy tajriba orttirishga qaratiladi. Mamlakatimizning eng yetakchi media-ekspertlari, muharrir va prodyuserlari ishtirokida kontent yaratish, faktcheking, raqamli gigiyena, SMM va strategik kommunikatsiyalar kabi muhim mavzular bo‘yicha treninglar olib boriladi.
Mashg‘ulotlar telejurnalistlar, bosma nashrlar, blogerlar va davlat idoralari matbuot kotiblari uchun alohida yo‘nalishlarda o‘tkaziladi. Bilimlarini oshirgan ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshiriladi.
📌 O‘zbekiston bo‘ylab harakatlanuvchi mazkur media-estafetaning ilk bosqichi 30-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida boshlanadi. Darslar davomida ishtirokchilar real keyslar asosida ishlash, xatolarni tahlil qilish, yangi yondashuvlarni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Spikerlar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, zamonaviy media rivojining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar beradi.
💬 Haftalik yakunida hududdagi soha vakillarini qamrab oluvchi yirik Media forum tashkil etiladi.
Loyihada ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarma va bo‘limlariga murojaat qilishlari mumkin.
Media haftalik quyidagi sanalarda hududlar kesimida tashkil etiladi:
• 30-mart – 3-aprel: Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
• 6-aprel – 10-aprel: Xorazm viloyatida;
• 13-aprel – 17-aprel: Surxondaryo viloyatida;
• 20-aprel – 24-aprel: Qashqadaryo viloyatida;
• 27-aprel – 1-may: Samarqand viloyatida;
• 4-may – 8-may: Navoiy viloyatida;
• 11-may – 15-may: Buxoro viloyatida;
• 18-may – 22-may: Farg‘ona viloyatida;
• 25-may – 29-may: Namangan viloyatida;
• 1-iyun – 5-iyun: Andijon viloyatida;
• 8-iyun – 12-iyun: Jizzax viloyatida;
• 15-iyun – 19-iyun: Sirdaryo viloyatida;
• 22-iyun – 26-iyun: Toshkent viloyati va Toshkent shahrida.
🦋 https://t.me/kontentmarkazi
TDMAU | Rasmiy
Mar 30, 2026, 01:18 AM
📷 Photo
🏛 TDMAUda “Olimlar uchrashuvi”: Tajriba va innovatsiyalar muloqoti
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida viloyatdagi OTMning yetakchi olimlari, professorlar va xorijlik mutaxassislar ishtirokida “Olimlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni universitet rektori Rasul To‘rayev ochib berib, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida ilm-fanning o‘rni va xalqaro tajribalarni tahlil qilgan holda, universitetlarni hududiy rivojlanish lokomotiviga aylantirish zarurligini ta’kidladi.
Uchrashuvda TDMAUda joriy yilning o‘tgan davrida PhD (falsafa doktori) ilmiy darajasini olgan yosh olimlar tanishtirilib, ularning erishgan yutuqlari alohida e’tirof etildi.
O‘z ilmiy maktabini yaratgan zabardast olimlar yosh tadqiqotchi va doktorantlarga ilmda izchillik, xorijiy tillarni egallab jahon ilm-faniga integratsiyalashish hamda amaliy natijadorlikka intilish bo‘yicha muhim tavsiyalar berdilar.
Xususan, olimlik nafaqat bilim, balki yuksak odob va ma’naviy meros ekanligi, ilmiy maktablar chirog‘ini yosh avlod baland tutishi kerakligi uqtirildi. Ilmiy izlanishlar zamirida yurt ravnaqiga xizmat qiluvchi innovatsion ishlanmalar va startaplar bo‘lishi shartligi, Ilmiy maqolalarda miqdor emas, balki xalqaro e’tirof etiladigan sifatga urg‘u berish lozimligi alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida “ustoz-shogird” an’analari qadrlanib, nuroniy ustozlarning duolari olindi. Bu kabi muloqotlar universitetning ilmiy salohiyatini oshirish va yangi innovatsion g‘oyalar tug‘ilishi uchun mustahkam zamin yaratadi.
🌐 http://tdmau.uz/ ✅ 🌐 https://instagram.com/terdmau 😎 https://www.facebook.com/terdmau/ 📹 https://youtube.com/@terdmau