✅METABOLIZM PATOLOGIYASI ILMIY MAKTABIDA OT KASALLIKLARINI TADQIQ QILISH YANA BIR POG‘ONA OLG‘A SILJIDI
✅2026-yilning 28-mart kuni SamDVMCHBU Veterinariya profilaktikasi va davolash fakultetining “Ichki yuqumsiz kasalliklar” kafedrasi professori veterinariya fanlari doktori B. Bakirov va veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) assistant Salaxiddin Asqarov tomonidan xo‘jalik hamda tuman mutassaddilari ishtirokida Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanidagi “Madaniyat - Fayz” otchilik fermer xo‘jaligida biologiya fanlari doktori professor X. B. Yunusov va veterinariya fanlari doktori professor B. Bakirovlar ilmiy rahbarligida bajarilayotgan “Qorabayir otlarida oqsillar, vitaminlar va mineral moddalar almashinuvi buzilishlarining ertachi diagnostikasi va guruhli profilaktikasi” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishi doirasida 105 bosh yilqi va qulunlar dispanserlashdan o‘tkazildi.
✅Tadqiqotlar davomida yilqi va qulunlardan tajriba guruhlari shakllantirildi. Guruhlardagi barcha otlarning individual ma’lumotlari (yoshi, jinsi, zoti, foydalanish yo‘nalishi) maxsus jurnallarga qayddan o‘kazildi. Barcha otlarning tana harorati, yurak turtkisining soni va yurak tonlarining holati, nafas soni, semizligi (ozg‘in, o‘rta, semiz), teri va teri qoplamasi, ko‘z, burun, og‘iz, limfa tugunlari, tashqi shilliq qavatlari, tuyoq va oyoqlarining bo‘g‘inlari, oqsash, bo‘g‘im shishlari va undagi og‘riqlar, yurish va yugurish holatlari aniqlandi.
✅Dastlabki tekshirish natijalari shuni ko‘rsatdiki, xo‘jalikda parvarishlanayotgan otlarda me’yoriy saqlash hamda oziqlantirish sharoitlarining yaratilganligiga qaramasdan otlarning o‘rtacha 30-40 foizida oriqlash, oqsash, jun to‘kilishlari, tuyoq yorilishlari va ichning suyuq o‘tishi, shuningdek ayrim ko‘p tuqqan biyalarda jigar patologiyasi hamda metabolism buzilishlarining mavjudligidan dalolat beruvchi simptomlar aniqlandi.
✅To‘plangan ilmiy ma’lumotlar asosida xo‘jalik rahbariyati va tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi mutasaddilari bilan kelishilgan holda “Qorabayir otlarida oqsillar, vitaminlar va mineral moddalar almashinuvi buzilishlarining ertachi diagnostikasi va guruhli profilaktikasi” mavzusi doirasida guruhli profilaktik tadbirlar rejasi ishlab childi va uni amalga oshirishning aniq muddatlari kelishildi.
✅Tashrif davomida, shuningdek olimlar tomonidan xo’jalik otbozlarini qiziqtirgan qator amaliy savollarga ham ishonchli javoblar berildi.
✅SamDVMCHBU Axborot xizmati
➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐 https://ssuv.uz/ ✅ 🌐
https://www.instagram.com/ssuv.education 💬
http://www.facebook.com/ssuv.education 📹
https://www.youtube.com/channel/UCba5F-bk0_7LP7tk24HdpgA