Geologiya fanlari universiteti "Mineral resurslar instituti" DMning rasmiy telegram sahifasi.
🌐 Web-sayt: mridm.uz
📧 E-mail: [email protected]
📍 Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Olimlar ko'chasi, 64 -uy
Join @mri_dm for exclusive dmning and sahifasi content and discussions in 1
No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
"Mineral resurslar instituti" DM
May 12, 2026, 06:55 PM
📷 Photo
💠 GFUda “Ochiq eshiklar kuni”: Mineral resurslar instituti yoshlarni geologiya sohasidagi amaliy imkoniyatlar bilan tanishtirmoqda
🔺 Bugun Geologiya fanlari universitetida yoshlarni geologiya, mineral resurslar va yer qa’rini o‘rganish yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazilmoqda. Tadbir abituriyentlar, talabalar hamda sohaga qiziqish bildirayotgan yoshlar uchun muhim tanishuv va kasbga yo‘naltirish maydoni bo‘lib xizmat qilmoqda.
✅ Mazkur tadbirda “Mineral resurslar instituti” DMi ham faol ishtirok etib, tashrif buyuruvchilar bilan bevosita muloqot olib bormoqda. Institut vakillari yoshlarga geologiya sohasining bugungi kundagi ahamiyati, ilmiy-tadqiqot ishlari, laboratoriya imkoniyatlari hamda mineral xomashyo bazasini o‘rganish bo‘yicha olib borilayotgan amaliy yo‘nalishlar haqida ma’lumot bermoqda.
Institut stendida sohaga oid flayerlar, tanishtiruv materiallari va axborot resurslari taqdim etildi. Shu bilan birga, xodimlar yoshlar o‘rtasida geologiya kasbining mazmuni, uning ilm-fan va sanoatdagi o‘rni, kelajakdagi kasbiy imkoniyatlari haqida targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib bordi.
📎 Bunday tadbirlar yosh avlodda geologiya sohasiga qiziqishni oshirish, ularni ilmiy izlanishlar va amaliy kasblarga yo‘naltirishda muhim ahamiyatga ega. “Mineral resurslar instituti”ning mazkur jarayondagi ishtiroki esa yoshlarni soha bilan yaqindan tanishtirish hamda kelajak mutaxassislarini shakllantirishga qaratilgan tizimli ishlarning amaliy ifodasidir.
https://telegra.ph/Den-otkrytyh-dverej-v-UGN-Institut-mineralnyh-resursov-predstavil-molodyozhi-prakticheskie-vozmozhnosti-geologicheskoj-sfery-05-12 https://telegra.ph/Open-Day-at-UGS-The-Institute-of-Mineral-Resources-Presented-Practical-Opportunities-in-Geology-to-Young-People-05-12
https://mridm.uz/ | | https://www.facebook.com/profile.php?id=61575045325391 | https://www.instagram.com/mineralresurslarinstituti/ | https://www.youtube.com/channel/UCSQV8_JajBGifvYaGkzHipQ
💠 Mineral resurslar institutida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi
“Mineral resurslar instituti” DMda 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🔺 Tadbirda institut rahbariyati, ko‘p yillar davomida ilm-fan va ishlab chiqarish taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan mehnat faxriylari, shuningdek, yosh mutaxassislar ishtirok etdi. Ushbu uchrashuv avlodlar davomiyligi, ustoz-shogird an’analari hamda soha rivojiga fidoyilik bilan xizmat qilgan insonlarga yuksak hurmat ifodasi bo‘ldi.
Tadbirni institut direktori M. U. Isoqov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida Xotira va qadrlash kunining mazmun-mohiyati, tinchlik va osoyishtalikning qadr-qimmati, keksa avlod vakillarining hayotiy tajribasi va mehnat maktabi bugungi yoshlar uchun muhim ibrat manbai ekanini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, M. U. Isoqov institutning bugungi faoliyati, amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar, ishlab chiqarish bilan integratsiya qilingan loyihalar, yosh kadrlar salohiyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Bu ma’lumotlar institutda uzoq yillar mehnat qilgan faxriylar uchun ham alohida ahamiyat kasb etdi. Zero, ular umrining muhim qismini bag‘ishlagan ilmiy maskan bugun ham izchil rivojlanayotgani, yangi avlodlar tomonidan ularning mehnati munosib davom ettirilayotgani katta mamnuniyat uyg‘otadi.
"9-may — Xotira va qadrlash kuni bilan Sizlarni samimiy tabriklaymiz. Institut rivojiga qo‘shgan ko‘p yillik mehnatingiz, boy tajribangiz va fidoyiligingiz uchun sizlarga chuqur minnatdorlik bildiramiz."— deidi M. U. Isoqv
Tadbir davomida institut faxriylari bilan samimiy suhbatlar tashkil etildi. Yosh mutaxassislar ular bosib o‘tgan ilmiy va mehnat yo‘li, sohadagi tajribalari hamda institut tarixiga oid xotiralari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.
Mazkur uchrashuv Xotira va qadrlash kunining asl mohiyatini — o‘tgan avlodlar xizmatini e’zozlash, bugungi tinch va barqaror hayot qadriga yetish, ilmiy meros va kasbiy an’analarni kelajak avlodlarga yetkazish kabi ezgu g‘oyalarni o‘zida mujassam etdi.
https://mridm.uz/ru/mineral-resurslar-institutida-xotira-va-qadrlash-kuni-munosabati-bilan-tadbir-o‘tkazildiru.html https://mridm.uz/en/mineral-resurslar-institutida-xotira-va-qadrlash-kuni-munosabati-bilan-tadbir-o‘tkazildien.html
https://mridm.uz/ | | https://www.facebook.com/profile.php?id=61575045325391 | https://www.instagram.com/mineralresurslarinstituti/ | https://www.youtube.com/channel/UCSQV8_JajBGifvYaGkzHipQ
💠 Olmaliq tajriba-sinov va geoinnovatsion texnologiyalar markazida Navro‘z bayrami keng nishonlandi
🔺 O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi “Mineral resurslar instituti” davlat muassasasining Olmaliq tajriba-sinov va geoinnovatsion texnologiyalar markazida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda markaz xodimlari va mutaxassislari faol ishtirok etib, milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizni ulug‘lash ruhida o‘tkazildi.
⚡️ Bayram doirasida an’anaviy sumalak tayyorlandi, milliy taomlar, jumladan palov tortildi hamda samimiy va ko‘tarinki kayfiyatda madaniy hordiq tashkil etildi. Tadbir jamoada birlik, hamjihatlik va ijobiy muhitni mustahkamlashga xizmat qildi.
https://telegra.ph/V-Olmalykskom-opytno-ispytatelnom-i-geoinnovacionnom-centre-shiroko-otmetili-prazdnik-Navruz-03-25 https://telegra.ph/Navruz-Celebration-Held-at-the-Almalyk-Experimental-and-Geo-Innovative-Technologies-Center-03-25
https://www.instagram.com/geologiya_fanlari_universitet/ https://mridm.uz/ | | https://www.facebook.com/profile.php?id=61575045325391 | https://www.instagram.com/mineralresurslarinstituti/ | https://www.youtube.com/channel/UCSQV8_JajBGifvYaGkzHipQ