🥳QORIN OG'RIG'I - bilan namoyon bo‘ladigan asosiy kasalliklar:
⬇️ Qorin sohasidagi og‘riq ko‘plab kasalliklarning umumiy belgisi hisoblanadi. O‘g‘riqning joyi, davomiyligi va xarakteri orqali ko‘plab patologiyalarni taxmin qilish mumkin.
✅ 1️⃣ - Yara kasalligi (oshqozon va 12 barmoq ichak yarasi)
➡️ Epiagastriyda achish, sanchish, ovqat bilan bog‘liq og‘riq.
➡️ Penetratsiya yoki teshilish bo‘lsa — to‘satdan “pichoq tegandek” keskin og‘riq.
➡️ Perivisseritda — doimiy, tarqoq og‘riq.
⚠️ Favqulodda holatlarda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish zarur.
✅ 2️⃣ Gastrit va duodenit:
➡️ Achish, og‘irlik, ko‘ngil aynishi.
➡️ Stress, noto‘g‘ri ovqatlanish va mikroblar sabab bo‘ladi.
✅ 3️⃣ Pilorostenoz (privratnik stenoz)
➡️ Ovqat oshqozondan o‘tmay qolishi, qusish, vazn yo‘qotish.
✅ 4️⃣ Oshqozon, yo‘g‘on ichak va oshqozon osti bezi raki
➡️ Uzoq davom etuvchi og‘riq, sababsiz ozish, ishtaha pasayishi.
➡️ Ich kelish ritmining o‘zgarishi, qon aralash najas.
✅ 5️⃣ Appenditsit, ichak tutilishi, “o‘tkir qorin”
➡️ O‘ng pastki qorinda kuchli og‘riq (appenditsit).
➡️ Ichak tutilishida — meteorizm, najas va shamol chiqmasligi.
‼️Bularning barchasi — shoshilinch jarrohlik holatlari.
✅ 6️⃣ Oziq-ovqat toksikoinfeksiyasi
➡️Ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketishi, qorin og‘rig‘i.
➡️ Ko‘pincha mikroblar va sifatsiz ovqat sabab bo‘ladi.
✅ 7️⃣ Diafragmaning qizilo‘ngach teshigi churrasi
➡️ Ko‘krak ortida og‘riq, yotganda kuchayish.
✅ 8️⃣ Mezentearial arteriya trombozi va emboliyasi
➡️To‘satdan paydo bo‘lgan juda kuchli qorin og‘rig‘i.
‼️Juda xavfli holat, kechiktirmasdan shifoxonaga murojaat zarur.
✅ 9️⃣ O‘t pufagi va buyrak sanchig‘i
➡️ O‘ng qovurg‘a ostida keskin og‘riq — o‘t yo‘llari bilan bog‘liq.
➡️ Bel sohasidan pastga tarqovchi og‘riq — buyrak sanchig‘i.
✅ 🔟 O‘tkir va surunkali pielonefrit, glomerulonefrit
➡️ Belda og‘riq, isitma, siyishdagi o‘zgarishlar.
➡️ Shish, qon bosimining ko‘tarilishi ham kuzatilishi mumkin.
✅ 1️⃣1️⃣ Buyrak o‘smasi, kistasi, tuberkulyozi, gidronefroz
➡️ Bel og‘rig‘i, siydikdagi o‘zgarishlar, bosim ortishi.
➡️ Gidronefrozda — buyrak kengayishi va kuchli og‘riqlar.
✅ 1️⃣2️⃣ Umurtqa pog‘onasi osteoxondrozi
➡️ Bel sohasidagi og‘riq qorin tomoniga tarqalib, ichki a’zo kasalligiga o‘xshashi mumkin.
➡️ Asl sababi — orqa miya nervlarining qisilishi.
✅ 1️⃣3️⃣ Bachadondan tashqari homiladorlik va boshqa ginekologik kasalliklar
➡️ Pastki qorin og‘rig‘i, qon kelishi, hushdan ketish xavfi.
‼️Bu ham — shoshilinch davolanishni talab qiluvchi holat.
📌 P/s: Qorin og‘rig‘i — oddiy simptom emas. Sababi o‘nlab turli kasalliklardan biri bo‘lishi mumkin. Qorin og‘rig‘i 30–60 daqiqa ichida pasaymasa, isitma, qusish, hush og‘irlashishi yoki ich kelmasligi kuzatilsa — darhol shifokorga murojaat qiling.