Ну что, друзья, очередной сезон MATCH подошел к концу...
Каждый год этот день делит жизни на «до» и «после». Я искренне рад за тех, кто увидел заветное «You matched», но мое сердце сегодня с теми, кто выложился на 200%, будучи блестящим кандидатом, но не получил желаемого результата.
В этом и заключается суровая несправедливость системы: мы можем полностью контролировать свои усилия, но никогда финальный результат. Надеяться на лучший исход, осознавая риск неудачи, такова высокая цена «билета» в новую жизнь.
Маленькая просьба ко всем: если ваш знакомый сматчился, но хранит молчание — не торопите его. Сделайте вид, что ничего не знаете. Сейчас на ребят ложится колоссальное давление: горы документов и, самое тревожное, неопределенность с визой. Не нужно допросов о будущем — они сами будут в «подвешенном» состоянии до самого первого дня резидентуры. Сам проходил через это, и телефонные звонки или сообщения о том, "когда вы уезжаете?" не облегчает никому жизнь.
Точно так же не нужно дергать тех, кому не повезло. Лишние напоминания сейчас — это соль на рану. Придет время, и каждый сам расскажет свою историю. Я тоже придерживаюсь этого правила: молчу до тех пор, пока все сматчившиеся не получат визы и не переступят порог госпиталя.
———————
Xo‘sh do‘stlar, navbatdagi MATCH mavsumi ham o‘z nihoyasiga yetdi...
Har yili bu kun hayotni «oldin» va «keyin»ga ajratadi. Zafar quchib, intizorlik bilan kutilgan «You matched» yozuvini ko‘rganlar uchun chin qalbimdan xursandman. Biroq, bugun mening ko‘nglim — bor kuchini bergan, o‘z sohasining bilimdoni bo‘la turib, bu yil kutilgan natijaga erisha olmagan nomzodlar bilan birga.
Tizimning achchiq adolatsizligi ham shunda: biz o‘z harakatlarimizni to‘liq nazorat qila olamiz, ammo yakuniy natijani hech qachon kafolatlab bo‘lmaydi. Mag‘lubiyat xavfini anglagan holda, eng yaxshi natijadan umid uzmaslik — yangi hayotga beriladigan «chipta»ning naqadar qimmat ekanligidan dalolatdir.
Hammamizdan kichik bir iltimos: agar biror tanishingiz match bo‘lgan bo‘lsa-yu, lekin bu haqda jim tursa — uni shoshiltirmang. Hech narsadan xabaringiz yo‘qdek ko‘rsating. Hozir bu yigit-qizlarning zimmasiga ulkan bosim tushmoqda: tog‘dek hujjatlar va eng asosiysi — viza masalasidagi noaniqlik. Ularni kelajak haqidagi savollar bilan tergamang — rezedenturaning birinchi kunigacha ular o‘zlari ham qiyin holatda bo‘ladilar. Men ham bu yo‘lni bosib o‘tganman: «Qachon ketyapsiz?» degan qo‘ng‘iroqlar yoki xabarlar hech kimning og‘irini yengil qilmaydi.
Shuningdek, bu yil omadi kelmaganlarni ham bezovta qilish kerak emas. Hozirgi vaziyatda ortiqcha eslatmalar — yaraga tuz sepish bilan barobar. Vaqti keladi, har kim o‘z hikoyasini so‘zlab beradi va tajribasi bilan bo‘lishadi. Men ham shu qoidaga amal qilaman: barcha match bo‘lganlar vizalarini qo‘lga olib, shifoxona ostonasidan hatlab o‘tmaguncha jim turishni afzal ko‘raman.
🕊