🥀ENDI QAYTMAGIN
Gap- so‘zga ishonding, kimlar ne dedi
Shubha, gumonlaring ko‘ksimni yedi,
Shuncha sevarkansan, ketmagin edi,
Qaytganing kerakmas,endi qaytmagin.
Yuragim sen uchun poyondoz bo‘ldi,
Qancha mehr bersam, shuncha oz bo‘ldi,
Balki ketganing ham juda soz bo‘ldi,
Qaytganing kerakmas,endi qaytmagin.
Uzrdan qayta but bo‘larmi shisha,
Sevgimga yuzaki boqding hamisha,
Charchadim to‘g‘risi ishq deb olisha,
Qaytganing kerakmas,endi qaytmagin.
Shirin tushlar ko‘rib yodinga olsang,
Hijron azobidan charchasang, tolsang,
Muhabbatim qo‘msab, sog‘inib qolsang,
Qaytganing kerakmas, endi qaytmagin.
Ovutib yasharman o‘zimni o‘zim,
Sen tashlab ketgan kun, ochildi ko‘zim,
Ming uzr so‘rama, shu so‘nggi so‘zim,
Qaytganing kerakmas, endi qaytmagin.
Maktuba Shaydo
❤️🎸❤️🎸❤️🎸❤️🎸❤️
🎸𝘿𝙊𝙄𝙈𝙊_𝙎𝙊𝙆𝙄𝙉🎸
🥁𝙞𝙟𝙤𝙙𝙠𝙤𝙧𝙡𝙖𝙧𝙞🥁
༆𝐒𝐇𝐄'𝐑𝐈𝐘𝐀𝐓𝐆𝐀 𝐎𝐒𝐇𝐍𝐎 𝐐𝐀𝐋𝐁𝐋𝐀𝐑.༄
༆𝐌𝐔𝐇𝐀𝐁𝐁𝐀𝐓𝐆𝐀 𝐘𝐀𝐐𝐈𝐍𝐋𝐀𝐑𝐃𝐈𝐑༄
𝒌𝒂𝒏𝒂𝒍𝒊𝒎𝒊𝒛𝒈𝒂 𝒐𝒃𝒖𝒏𝒂 𝒃𝒐'𝒍𝒊𝒏𝒈