"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik Jamiyatining telegramdagi rasmiy sahifasi:
E-mail: [email protected]
Call center: 1062
Manzil: Toshkent shahar, Usmon Nosir ko’chasi, 6-uy
@tshtxuz offers specialized information about infotashbusuz and toshshahartransxizmat for subscribers interested in Matka & Lottery
No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
May 12, 2026, 06:54 PM
📷 Photo
🇺🇿 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Toshshahartransxizmat” AJ xodimlari uchun Islom sivilizatsiyasi markaziga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida xodimlar yurtimizning boy tarixiy merosi, buyuk ajdodlarimizning ilm-fan, madaniyat va ma’naviyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur tashrif nafaqat tarix bilan yuzma-yuz uchrashuv, balki ajdodlarimizning jasorati, ilmiy salohiyati va bebaho merosini chuqur his etish imkonini berdi.
✍️ Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar xodimlarda milliy qadriyatlarga hurmat, Vatanga sadoqat va tarixiy xotiraga ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati
🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
| http://instagram.com/toshbus | https://www.facebook.com/profile.php?id=100090424734563&mibextid=LQQJ4d | https://tashbus.uz/ https://youtube.com/@toshshahartransxizmataj?si=ue_QaE78hkMGt1K3
2,680
10
0
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
May 12, 2026, 06:54 PM
📷 Photo
📢📢📢📢🌍🌍🌍🌍
⚡️OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VAKILLARI HAMDA BLOGERLAR DIQQATIGA!
📢“Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyati barcha turdagi OAV vakillari va blogerlarni "Toshkent shahar avtobuslarini yozgi mavsumga tayyorlash, avtobus saroylarini modernizatsiya qilish, sohani raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va avtobus haydovchilarining kunlik faoliyati hamda kelgusidagi istiqbolli rejalar" mavzuidagi press-turga taklif etadi.
📅 Sana: 14-may 2026-yil;
🕚 Boshlanish vaqti: 06:00;
📍Manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, https://yandex.uz/maps/-/CPctBUIF
Shuningdek, Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini yanada yaxshilash va bu boradagi ishlarni jadallashtirish yuzasidan belgilangan choralar xususida maʼlumotlar taqdim etiladi.
📝Press-tur tadbirida ishtirok etishni istaganlar 🌐Telegram ( https://t.me/obidova_m97 ) orqali ro‘yxatdan o‘tishlarini so‘raymiz.
✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati
🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
| http://instagram.com/toshbus | https://www.facebook.com/profile.php?id=100090424734563&mibextid=LQQJ4d | https://tashbus.uz/ https://youtube.com/@toshshahartransxizmataj?si=ue_QaE78hkMGt1K3
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
May 12, 2026, 06:54 PM
🎥 Video
🚌❗️Jamoat transporti faoliyati qat’iy nazorat ostida!
Bugun “Toshshahartransxizmat” AJ Boshqaruv raisi Aziz Xujanov hamda mas’ul xodimlar tomonidan yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatayotgan avtobuslar faoliyati yuzasidan nazorat tadbiri o‘tkazildi.
🔎Nazorat davomida:
✅avtobuslarning bekatlarga to‘g‘ri va yo‘lovchilar uchun qulay tarzda to‘xtashi;
✅salonlarda konditsionerlarning ishlashi;
✅texnik nosozliklarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tekshirildi.
✔️ Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Yo‘lovchilarga xavfsiz, qulay va sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida bunday nazorat va reyd tadbirlari doimiy ravishda davom ettiriladi.
🚌 Yo‘lovchilarga qulay, xavfsiz va sifatli xizmat ko‘rsatish — doimiy e’tiborda!
✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati
🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
| http://instagram.com/toshbus | https://www.facebook.com/profile.php?id=100090424734563&mibextid=LQQJ4d | https://tashbus.uz/ https://youtube.com/@toshshahartransxizmataj?si=ue_QaE78hkMGt1K3
🚌 Poytaxt avtobuslarida konditsionerlar bosqichma-bosqich ishga tushirilmoqda
🔷Tashqi havo harorati +28°C dan yuqori bo‘lgan hollarda avtobus salonlarida sovitish tizimlari (konditsionerlar)dan foydalanish hamda salon ichidagi haroratni +26°C darajada saqlash belgilangan.
➡️Shu munosabat bilan, “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan 2026-yil 7-may kunidan boshlab avtobus salonlarida konditsionerlarni bosqichma-bosqich ishga tushirish ishlari olib borilmoqda.
❗️Shuningdek, avtobus jamoat transporti ekanligi sababli, barcha yo‘lovchilar manfaatlari inobatga olinadi. Zarur hollarda yoshi katta yoki yosh bolali fuqarolar talabiga ko‘ra ayrim vaqtlarda sovitish tizimi vaqtincha o‘chirib turilishi mumkinligini ma'lum qilamiz.
👨🦰 Mazkur holatlar “Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasi nazoratchilari tomonidan doimiy nazorat qilib borilmoqda.
✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati
🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
| http://instagram.com/toshbus | https://www.facebook.com/profile.php?id=100090424734563&mibextid=LQQJ4d | https://tashbus.uz/ https://youtube.com/@toshshahartransxizmataj?si=ue_QaE78hkMGt1K3
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
May 12, 2026, 06:54 PM
🎥 Video
#18_son
Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.
Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.
🌍Biz bilan kuzatib boring!
🕊 https://t.me/siyosiy_marifat_soati | 📸 https://www.instagram.com/chinovnik_official?igsh=eGpwYmY1M3Vpamlj
2,070
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
May 12, 2026, 06:54 PM
📷 Photo
✅✅✅✅✅❗️
Ijtimoiy tarmoqlarda “12-Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi “Yutong” rusumli avtobus avtoshinasi nosozligi aks etgan videolavha yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
"12-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi mazkur “Yutong ZK 6126HG” rusumli, davlat raqami 01|042 TKA, saroy raqami 197-bo‘lgan avtobus 2026-yil 5-may kuni soat 06:07da haydovchi R. J. boshqaruvida navbatchi mexaniklar tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, texnik soz holatda yo‘nalishga chiqarilgan. Avtobusning umumiy bosib o‘tgan masofasi 262 ming kmni tashkil etmoqda.
Ayni paytda “Toshshahartransxizmat” AJ avtobus saroyi filiallari tasarrufidagi harakat tarkibi uchun avtoshinalarga ehtiyoj mavjud bo‘lib, ushbu talabni qoplash maqsadida avtoshinalar xaridi bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, “Yutong” rusumli avtobus va elektrobuslar uchun 305/70R22.5 o'lchamdagi avtoshinalar Respublikamizda ishlab chiqarilmasligi hamda yetkazib beruvchi korxonalar tomonidan kam miqdorda olib kirilishi hisobiga mazkur o'lchamdagi avtoshinalarni yetkazib berishda uzilishlar kuzatilmoqda.
Ma'lumot uchun 2026-yil boshidan buyon 2150 dona turli o'lchamdagu avtoshinalar xaridi amalga oshirilgan.
Ushbu yo'nalishda ishlar davom ettirilmoqda.
✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati
🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
| http://instagram.com/toshbus | https://www.facebook.com/profile.php?id=100090424734563&mibextid=LQQJ4d | https://tashbus.uz/ https://youtube.com/@toshshahartransxizmataj?si=ue_QaE78hkMGt1K3
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
May 12, 2026, 06:54 PM
📷 Photo
E'lon! Yo'lovchilar diqqatiga!
Avtobsularda tashish xavfsizligini ta'minlash maqsadida hamda Bektemir yo'li va Katta halqa yo'li ko'chalarida yo'l inshooti qurilib, avtotransport harakati yo'lga qo'yilgani munosabati bilan, ushbu manzil orqali harakatlanuvchi, 93, 110, 117, 128, 130-sonli avtobus yo'nalishlarining Food city savdo markazidan qaytish yo'nalishidagi harakati 2026-yil 6-may kunidan boshlab, Katta halqa yo'li, ko'prik osti yo'li, ko'prik ustiga chiqish qo'shimcha yo'l bo'lagi va Bektemir yo'li ko'chalari orqali bir tomonlama o'zgartiriladi.
39-sonli yo'nalishning bir tomonlama harakati Katta halqa yo'li va Furqat ko'chalari orqali o'zgartirishsiz qoldiriladi.
✅✅✅✅✅❗️
➖Ijtimoiy tarmoqlarda avtobus yo‘nalishlarida havo harorati ko‘tarilishi fonida konditsionerlarning ishlamayotganligi yuzasidan bildirilayotgan e’tirozlar bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasining 2026-yil 30-apreldagi 1/E-410-sonli ko‘rsatma xatiga muvofiq, tashqi havo harorati +28°C dan yuqori bo‘lgan hollarda avtobus salonlarida sovitish (konditsioner) tizimlaridan majburiy tartibda foydalanish belgilangan. Bunda salon ichidagi haroratni +26°C darajada saqlash talab etiladi.
Mazkur ko‘rsatma ijrosini ta’minlash maqsadida, 2026-yil 7-may kunidan boshlab, avtobuslar salonida sovitish tizimi(konditsionerlar) bosqichma-bosqich ishga tushiriladi.
Shu bilan bir qatorda, “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan yo’lovchilarga sifatli jamoat transporti xizmatini ko’rsatish maqsadida quyidagi choralar ko‘rilishi ta’minlanadi:
⚫️konditsioner tizimi nosoz bo‘lgan avtobuslarni yo‘nalishlarga chiqarmaslik;
⚫️mavjud texnik nosozliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish;
⚫️barcha haydovchilar bilan konditsionerlardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha navbatdan tashqari yo‘riqnomalar o‘tkazish.
Yo‘lovchilar tomonidan bildirilayotgan har bir murojaat e’tibordan chetda qolmaydi va keskin choralar ko‘riladi. Vaqtinchalik yuzaga kelgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz!
Shu bilan birga, “Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasi tomonidan jamoat transportida nazorat tadbirlari kuchaytirildi. Yo‘lovchilardan kelib tushayotgan murojaatlar tezkor ko‘rib chiqilib, belgilangan talablarga rioya etmagan mas’ullarga nisbatan qat’iy intizomiy va shartnomaviy choralar qo‘llanilishi ta'minlanmoqda.
✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati
🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
| http://instagram.com/toshbus | https://www.facebook.com/profile.php?id=100090424734563&mibextid=LQQJ4d | https://tashbus.uz/ https://youtube.com/@toshshahartransxizmataj?si=ue_QaE78hkMGt1K3
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Apr 2, 2026, 06:50 PM
📷 Photo
⭕️⭕️⭕️⭕️
Joriy yilning 30-mart kuni ijtimoiy tarmoqda joylashtirilgan "SAZ LE-60" rusumli avtobusdan qora tutun chiqayotganligi aks etgan video yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT!
🚌 Ushbu holat 2026-yil 30-mart kuni, "5-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi "SAZ LE-60" rusumli, davlat raqami 01|863 AKA, saroy raqami 081-bo'lgan, 148-sonli yo'nalishda harakatlanuvchi avtobusda sodir bo‘lgan.
✍️ Ushbu avtobus ertalabki texnik tekshiruv jarayonida belgilangan tartibda ko‘rikdan o‘tkazilib, texnik soz holatda yo‘nalishga chiqarilgan. Yo‘nalishda harakatlanish davomida avtobusning chiqindi gaz chiqarish tizimi (glushitel)dan qora tutun chiqish holati kuzatilgan. Mazkur holat aniqlanishi bilan avtobus zudlik bilan yo‘nalishdan olinib, avtobus saroyiga qaytarilgan hamda yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida uning o‘rniga zahiradagi boshqa avtobus chiqarilishi ta’minlangan.
🛠 Hozirgi vaqtda ushbu transport vositasida aniqlangan texnik nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Xususan, yoqilg‘i tizimidagi forsunkalar hamda turbonaduv qismlarini yangilash ishlari amalga oshirilmoqda.
✔️ Mazkur avtobusning texnik nosozligi to‘liq bartaraf etilganidan so‘ng avtobus belgilangan tartibda yana yo‘nalishda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun chiqarilishini ma’lum qilamiz.
📌Hurmatli haydovchilar! Yo‘llarda harakatlanayotganingizda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishingizni va avtotransport vositalarini texnik holati soz ekanligiga eʼtiborli bo‘lishingizni so‘raymiz!
✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati
🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
| http://instagram.com/toshbus | https://www.facebook.com/profile.php?id=100090424734563&mibextid=LQQJ4d | https://tashbus.uz/ https://youtube.com/@toshshahartransxizmataj?si=ue_QaE78hkMGt1K3
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Apr 2, 2026, 06:50 PM
🎥 Video
⭕️⭕️⭕️⭕️
“Saz Le 60” rusumli avtobus va piyodalar ishtirokida sodir bo‘lgan holat yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT!
2026 yilning 30 mart kuni soat taxminan 17:50larda 12-avtobus saroyi filiali tasarrufida bo‘lgan, “Saz Le 60” rusumli, davlat raqami 01| 845 ZJA, saroy raqami 039-bo‘lgan, 104-sonli yo‘nalish bo‘ylab harakatlanadigan avtobus haydovchisi (1967-y.t. umumiy mehnat faoliyati 15 yil, korxonada 3 yil) S. A avtobusni Sergeli tumani “Yangi Sergeli” ko‘chasi bo‘ylab boshqarib ketayogan vaqtida, piyodalarning o‘tishi uchun mo‘ljallangan tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalarga yo‘l bermasdan, piyodalarning hayotiga xavf tug‘dirib harakatlanishi oqibatida piyodaning qo‘lida bo‘lgan uyali aloqa vositasi va boshqa buyumlari qo‘lidan tushib ketish holati kuzatilgan.
Ushbu qo‘pol qoidabuzarlik ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, tarmoq foydalanuvchilarining haqli eʼtirozlariga sabab bo‘ldi.
Sodir etilgan holat “Toshshahartransxizmat” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari, Harakat xavfsizligini nazorat qilish boshqarmasi, “12-Avtobus saroyi” rahbariyati va mas'ullari hamda IIBB YHXB xodimlari ishtirokida tanqidiy muhokama qilindi. Kelgusida shu kabi ko‘ngilsiz hodisalarni barvaqt oldini olish va bunday holatlarga chek qo‘yish maqsadida, haydovchi A. S bilan korxona o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Shuningdek, mazkur holat Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilganligini ma'lum qilamiz.
📌Hurmatli haydovchilar! Yo‘llarda harakatlanayotganingizda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishingizni va yo‘llarda eʼtiborli bo‘lishingizni so‘raymiz!
✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati
🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
| http://instagram.com/toshbus | https://www.facebook.com/profile.php?id=100090424734563&mibextid=LQQJ4d | https://tashbus.uz/ https://youtube.com/@toshshahartransxizmataj?si=ue_QaE78hkMGt1K3
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Apr 2, 2026, 06:50 PM
🎥 Video
🌷 Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir! 🌷
🍃 Aziz yurtdoshlar!
Tabiat uyg‘onib, borliq yangilanayotgan ushbu fayzli kunlarda qalblarimiz ham ezgulik, mehr va umid nurlari bilan to‘ladi. Navro‘z — bu shunchaki bayram emas, balki milliy o‘zligimizni anglash, qadriyatlarimizni e’zozlash, insoniylikni ulug‘lash ayyomidir.
🌷 21-mart — Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan, “Toshshahartransxizmat” AJ tizimidagi barcha avtobus saroylarida bayramona muhit hukm surdi. Xodimlar bir dasturxon atrofida jam bo‘lib, milliy kuy-qo‘shiqlar sadolari ostida samimiy suhbatlar qurildi, milliy taomlarimizdan bahramand bo‘lishdi. Bu esa jamoa birdamligi, o‘zaro hurmat va do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamladi.
🎖Tadbir davomida ko‘p yillar davomida fidokorona mehnat qilgan, korxona ravnaqiga munosib hissa qo‘shgan xodimlar alohida e’tirof etilib, ularga "Faxriy yorliq" va esdalik sovg‘alari topshirildi. Bu esa mehnatga berilgan yuksak qadriyat va e’tiborning yana bir yorqin ifodasidir.
🌸Navro‘z — yangilanish, poklanish va ezgulik bayrami. Har bir oila, har bir xonadonga tinchlik, baraka, quvonch va baxt olib kelsin. Qalblarimizda mehr-oqibat, bag‘rikenglik va birlik tuyg‘ulari bardavom bo‘lsin.
🌷Qadriyatlarimiz boqiy, yurtimiz tinch va farovon bo‘lsin!
✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati
🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
| http://instagram.com/toshbus | https://www.facebook.com/profile.php?id=100090424734563&mibextid=LQQJ4d | https://tashbus.uz/ https://youtube.com/@toshshahartransxizmataj?si=ue_QaE78hkMGt1K3
📢 Yo‘lovchilar diqqatiga!
🏃♂️ International Tashkent Marathon – 2026 hamda duatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilishi munosabati bilan:
2026-yil 28-mart
🕗 Soat 08:00 dan 12:00 gacha
🚧 Yangi O‘zbekiston ko‘chasi (CAU universiteti oldidan Parkent avtomagistraligacha) qismida avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.
🚌 Quyidagi avtobus yo‘nalishlarida o‘zgarishlar bo‘ladi:
🔹 106-sonli yo‘nalish
(Akfa Universiteti – Saodat savdo markazi)
➡️ Vaqtincha Akfa Universiteti bekatidan Jarboshi mahallasi bekatigacha qisqartiriladi.
🔹 190-sonli yo‘nalish
(Yangibozor AShB – Mashinasozlar metrosi)
🔹 197-sonli yo‘nalish
(O‘zbekiston mehmonxonasi – Yangi Toshkent)
➡️ Ushbu yo‘nalishlar vaqtincha:
Ohangaron shossesi → Rohat aylanmasi → Parkent yo‘li (Bardanko‘l orqali) ko'chasi bo‘yicha harakatlanadi.
Ushbu o'zgartirishlar sababli, yo'nalishlardagi avtobuslar oraliq interval vaqti rejadagidan ortishi holatlari yuzaga kelishi ehtimoli mavjud.
2,970
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Apr 2, 2026, 06:50 PM
📷 Photo
E'lon! Yo'lovchilar diqqatiga!
Toshkent shahar jamoat transporti tarmog‘ini maqbullashtirish va aholiga qulaylik yaratish maqsadida, 135-sonli avtobus yo‘nalishining harakatlanish sxemasiga 2026-yil 1-apreldan boshlab quyidagi o‘zgartirishlar kiritilishini ma’lum qilamiz:
Yo‘nalishning uzaytirilishi:
Yo‘lovchilar talabiga binoan, yo‘nalishning ikkinchi tarafi Nazarbek bekatidan "Alimbuva" mahallasiga qadar uzaytiriladi.
🔄 Yo‘nalishning qisqartirilishi:
Ilgari Janubiy vokzalgacha qatnagan ushbu yo‘nalish endilikda "Chilonzor" metro bekatiga qadar qisqartiriladi.
✅ Yo‘lovchilar uchun muqobil (alternativ) yo‘nalishlar:
Yo‘nalish qisqartirilishi munosabati bilan, "Chilonzor" metro bekatidan "To‘qimachilik kombinati" hamda Janubiy vokzal tomonga yetib olishni istagan yo‘lovchilar 69, 114- avtobuslardan foydalanishlari mumkin:
⚠️ Eslatma: Safaringizni oldindan rejalashtirishingizni va yangilangan harakatlanish sxemasiga amal qilishingizni so‘raymiz.
2,710
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Apr 2, 2026, 06:50 PM
🎥 Video
#YHTEM
🚦Shahar bo‘ylab YHTEM mutaxassislari va ishchi guruhi tomonidan piyodalar hamda haydovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish, harakat xavfsizligi va qulayligini oshirishga qaratilgan ishlar faol davom etmoqda.
🎳 Poytaxtning turli hududlarida trotuarlar yangilanmoqda, bekat majmualari va ularning platformalari tartibga keltirilmoqda. Ularni jihozlashda mikromobillik talablari ham inobatga olinib, panduslar o‘rnatilmoqda hamda barcha toifadagi fuqarolar uchun qulay bo‘lishi maqsadida taktil plitkalar yotqizilmoqda.
🔧Shu bilan birga, ayrim bekatlarda hozircha faqat konstruksiya karkasi o‘rnatilgan bo‘lib, ular yakuniy holat emas. Ushbu bekatlar keyingi bosqichlarda o‘rindiqlar, favqulodda chaqiruv tugmasi o‘rnatilgan ustun va boshqa zarur jihozlar bilan to‘liq jihozlanadi.
💡Shuningdek, tashqi yoritish ustunlarini yangilash ishlari olib borilmoqda — ularni ta’mirlash va bo‘yash ishlari amalga oshirilmoqda. Yangi svetofor obyektlari o‘rnatilmoqda, mavjudlari esa modernizatsiya qilinib, zamonaviy taymerli svetoforlar joriy etilmoqda.
⸻
#ЦОДД
🚦По всему городу продолжается активная работа специалистов и рабочей группы ЦОДД, направленная на создание дополнительных удобств для пешеходов и водителей, а также повышение безопасности и комфорта передвижения.
🎳 В разных районах столицы обновляются тротуары, приводятся в порядок остановочные комплексы и их платформы. При их обустройстве учитываются требования микромобильности — устанавливаются пандусы, укладывается тактильная плитка для удобства всех категорий жителей.
🔧При этом на ряде остановок на данный момент установлены только каркасы конструкций — это не финальный вид. В рамках последующих этапов они будут дополнены скамейками, стойками с кнопкой экстренного вызова и другими необходимыми элементами оснащения.
💡Параллельно ведётся работа по обновлению опор наружного освещения — проводится их ремонт и покраска. Также продолжается установка новых и модернизация действующих светофорных объектов, включая внедрение современных светофоров с таймерами.
https://www.youtube.com/channel/UC0lSmuOGz7tujTQIoop4UbA | https://www.facebook.com/Toshkenthokimligi | https://www.instagram.com/toshshaharhokimlik/ | https://www.tashkent.uz/ | https://t.me/poytaxtuz_bot
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Apr 2, 2026, 06:50 PM
📷 Photo
E'lon!
Yo'lovchilar diqqatiga!
Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi Kichik halqa avtomobil yo‘lida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, Asrlar Sadosi ko‘chasi kesishmasidan Lutfiy ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan yo‘l qismida 26-mart soat 22:00 dan 28-mart soat 06:00 gacha bir tomonlama harakat vaqtincha cheklangan taqdirda ayrim avtobus yo'nalishlarining harakatiga quyidagicha o'zgartirishlar kiritiladi.
Ushbu o'zgartirishlar sababli, yo'nalishlardagi avtobuslar oraliq interval vaqti rejadagidan ortishi holatlari yuzaga kelishi ehtimoli mavjud.
🚏 Avtobus bekatlariga qanday talablar qo‘yilgan?
🎥 Ushbu mavzuga doir mutaxassis fikrini Siz azizlarga taqdim etishda davom etamiz.
💬 Xo‘sh, namunaviy avtobus bekati aslida qanday bo‘lishi zarur? Qurilish me’yorlari, bekatlarning joylashuvi, yo‘lovchilar uchun yaratilgan qulayliklar va xavfsizlik talablari haqida batafsil Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i - Doniyor Jumaniyozovdan javob oldik.
📨 Mavzu yuzasidan savollaringizni izohlarda yozib qoldiring va biz albatta mutaxassis javobini taqdim etib boramiz.
✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati
🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
| http://instagram.com/toshbus | https://www.facebook.com/profile.php?id=100090424734563&mibextid=LQQJ4d | https://tashbus.uz/ https://youtube.com/@toshshahartransxizmataj?si=ue_QaE78hkMGt1K3
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Mar 30, 2026, 12:04 PM
🎥 Video
Yo‘l haqqini to‘lamaslik javobgarlikka sabab bo‘ladi
⚡️ Yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi tomonidan Toshkent shahri avtobuslarida yo‘l haqqini to‘lamasdan harakatlanayotgan yo‘lovchilarga nisbatan reyd tadbirlari davom etmoqda.
⚠️ Reyd tadbirlari davomida transport xizmatlari sifatini nazorat qilish bo‘limi nazoratchilari tomonidan avtobuslarda chiptasiz yurgan yo‘lovchilarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 144-modda 5-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Unutmang! Har bir to‘langan yo‘l haqi – transport tizimini yaxshilashga sarflangan sarmoya!
✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati
🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
| http://instagram.com/toshbus | https://www.facebook.com/profile.php?id=100090424734563&mibextid=LQQJ4d | https://tashbus.uz/ https://youtube.com/@toshshahartransxizmataj?si=ue_QaE78hkMGt1K3
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Mar 30, 2026, 12:04 PM
📷 Photo
E'lon!
Yo'lovchilar diqqatiga!
Elektr ta’minotini yaxshilash hamda iste’molchilarga sifatli elektr xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida
2026-yil 24-martdan 31-martga qadar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mingbuloq va Shukur Burxonov ko‘chalarida yer osti kabel tarmoqlarini tortish ishlari doirasida Mingbuloq ko‘chasidan Shukur Burxonov ko‘chasiga harakatlanish vaqtincha cheklangan taqdirda, ushbu manzil orqali harakatlanuvchi 50-sonli avtobus yo'nalishining harakatiga Mingbuloq, Do'rmon yo'li, G'azalkent, Sh. Burxonov ko'chalari orqali vaqtincha o'zgartirish kiritiladi.
Ko'chalarda transport tirbandliklari ortishi va yo'llardagi cheklovlar natijasida yo'nalishlar harakatiga qo'shimcha o'zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ushbu o'zgartirishlar sababli, yo'nalishlardagi avtobuslar oraliq interval vaqti rejadagidan ortishi holatlari yuzaga kelishi ehtimoli mavjud.
2,150
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Mar 30, 2026, 12:04 PM
✅✅✅✅✅✅
⚡️Yo'lovchilar diqqatiga!
🚌 Aholiga ko'rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida va aholidan kelib tushgan murojaatlarni inobatga olib, 2026-yil 24-mart kunidan boshlab, 175-sonli "Taraqqiy mahallasi - Yunusobod dehqon bozori" avtobus yo'nalishiga “SAZLE-60” rusumli avtobuslar o’rniga “Mercedes-Benz” rusumli avtobuslar ishga chiqarilishi yo’lga qo’yilishini ma’lum qilamiz.
✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati
🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
| http://instagram.com/toshbus | https://www.facebook.com/profile.php?id=100090424734563&mibextid=LQQJ4d | https://tashbus.uz/ https://youtube.com/@toshshahartransxizmataj?si=ue_QaE78hkMGt1K3
3,460
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Mar 30, 2026, 12:04 PM
🎥 Video
🌿 Aziz va qadrli yurtdoshlar!
🌷Yurtimizga yasharish va yangilanish fasli — bahor nafasi bilan kirib kelgan, asrlar davomida milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismiga aylangan ulug‘ ayyom — Navro‘z bayrami bilan sizlarni “Toshshahartransxizmat” AJ jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!
🌸Navro‘z — bu tabiat uyg‘onib, yer-u osmon yangilanadigan, inson qalbida yangi orzu-umidlar unib chiqadigan, mehr-oqibat va insoniylik fazilatlari yanada yuksaladigan betakror bayramdir. Ushbu qutlug‘ kunlarda har bir xonadonga fayzu baraka, totuvlik va shodlik kirib kelishini tilaymiz.
☘️Bu ayyom qadimdan do‘stlik, hamjihatlik va bag‘rikenglik timsoli sifatida e’zozlanib kelinadi. Navro‘z barchamizni ezgu niyyatlar yo‘lida birlashtirib, qalblarimizga iliqlik, o‘zaro hurmat va mehr-muhabbat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashiga ishonamiz.
💫Bahorning ilk kunlari sizga yangi imkoniyatlar, ezgu rejalar va yorqin muvaffaqiyatlar olib kelsin. Har bir oilada quvonch, dasturxonlarda to‘kin-sochinlik, hayotingizda esa tinchlik va barqarorlik bardavom bo‘lsin.
🫶 “Toshshahartransxizmat” AJ jamoasi siz aziz yo‘lovchilarimizga ushbu bayram kunlarida ham sifatli, xavfsiz va qulay transport xizmatlarini taqdim etishda davom etadi. Sizning ishonchingiz biz uchun eng katta qadriyatdir.
🌸Yangi kun — yangi umidlar ayyomi bo‘lgan Navro‘z bayrami barchangizga muborak bo‘lsin!
✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati
🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
| http://instagram.com/toshbus | https://www.facebook.com/profile.php?id=100090424734563&mibextid=LQQJ4d | https://tashbus.uz/ https://youtube.com/@toshshahartransxizmataj?si=ue_QaE78hkMGt1K3
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Mar 30, 2026, 12:04 PM
🎥 Video
✅✅✅✅✅✅
Tog‘ bag‘riga sayohat qilish endi yanada oson va qulay!
⛰Chinorkent, Chimyon va Amirsoy kabi mashhur sayyohlik maskanlariga tashrif buyurish yanada yengillashdi. Yangi yo‘lga qo‘yilayotgan mikroavtobus qatnovlari nafaqat tog‘li hududlar aholisi, balki tabiat qo‘ynida dam olishni istagan mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun ham ayni muddao.
🚐 2026-yil 21-mart kunidan boshlab, yangi 324- va 325-sonli mikroavtobus yo‘nalishlari ishga tushiriladi.
📍324-sonli yo‘nalish: Chimyon orqali harakatlanib Chinorkent temir yo‘l bekati – Qoranqul – Pana mehmonxonasi – Amirsoy – Tibet – Beldersoy – Chimyon – Sevarsoy – Layner – Piramida – Bochka orqali Beldersoyga boradi.
📍 325-sonli yo‘nalish: Chimyon orqali Chinorkent temir yo‘l bekati – Bochka – Piramida – Layner – Sevarsoy – Chimyon – Beldersoy – Tibet – Amirsoy – Pana mehmonxonasi – Qoranqul – Chinorkentga qaytadi
🚐 Yo‘nalishda 16 o‘rinli, konditsionerli, “Ford” rusumli zamonaviy mikroavtobuslar xizmat qiladi. Har bir qatnov sizga qulaylik va xavfsizlikni kafolatlaydi. Yo'l kira narxi - 10.000 so'm. To‘lovlarni naqd pul yoki bank kartasi orqali amalga oshirishingiz mumkin.
🕕Qatnovlar har kuni soat 06:00 dan boshlanadi va har 15 daqiqada amalga oshiriladi. Manzilgacha yetib borish vaqti o‘rtacha 40 daqiqani tashkil etadi.
🌳Ushbu yangi yo‘nalishlar hududda ekoturizmni rivojlantirish, sayyohlar oqimini oshirish va mahalliy aholiga yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi. Dam olish kunlaringizni mazmunli o‘tkazing, do‘stlar va oila a’zolaringiz bilan tog‘ sari yo‘l oling!
💚 Biz bilan sayohatingiz — yanada qulay, xavfsiz va unutilmas bo‘ladi!
✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati
🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
| http://instagram.com/toshbus | https://www.facebook.com/profile.php?id=100090424734563&mibextid=LQQJ4d | https://tashbus.uz/ https://youtube.com/@toshshahartransxizmataj?si=ue_QaE78hkMGt1K3
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Mar 30, 2026, 12:04 PM
📷 Photo
🌙 Aziz va muhtaram yurtdoshlar!
Muqaddas Ramazon oyining yakuni — ulug‘ va barakali Ramazon Hayiti munosabati bilan siz azizlarni “Toshshahartransxizmat” AJ jamoasi nomidan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!
✨Ushbu muborak ayyom mehr-oqibat, saxovat, shukronalik va bag‘rikenglik kabi ezgu fazilatlarni yanada mustahkamlab, har bir xonadonga quvonch va fayz olib kirsin. Qalblarimiz poklanib, niyatlarimiz yanada yorug‘ va ezgu bo‘lishiga xizmat qilsin.
🌙 Muborak oyda qilgan barcha hayrli ezgu duo va ibodatlaringizni Yaratganning o‘zi qabul aylasin. Yurtimizda doimo tinchlik-osoyishtalik, barqarorlik va farovonlik hukm sursin! Har bir oilaga sihat-salomatlik, xonadonlarga baraka, qalblarga xotirjamlik tilaymiz.
🚌 “Toshshahartransxizmat” AJ jamoasi Siz aziz yo‘lovchilarimizga doimo sifatli, xavfsiz va qulay jamoat transporti xizmatini ko‘rsatish yo‘lida davom etadi.
🌙 Barchangizga muborak Ramazon Hayiti qutlug‘ bo‘lsin!
✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati
🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
| http://instagram.com/toshbus | https://www.facebook.com/profile.php?id=100090424734563&mibextid=LQQJ4d | https://tashbus.uz/ https://youtube.com/@toshshahartransxizmataj?si=ue_QaE78hkMGt1K3
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Mar 30, 2026, 12:04 PM
🎥 Video
📣Hurmatli poytaxtimiz aholisi va mehmonlari!📣
🔹 Respublikamizda 2026-yil 20-mart kuni Ramazon Hayiti bayrami va 2026-yil 21-23-mart kunlari Navro’z bayrami nishonlanishi munosabati bilan, 20-23-mart kunlari “Toshshahartransxizmat” AJ avtobus saroylariga biriktirilgan avtobus yo'nalishlarining faoliyati quyidagi tartibda tashkil etilishini ma'lum qilamiz:
🗓 2026-yil 20-, 21- va 22-mart kunlari avtobuslar harakati yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida, shuningdek, 2026-yil 23-mart kuni esa, avtobuslar harakati shanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida ish faoliyatini olib boradi.
Shu bilan birga, Ramazon hayiti bayrami kuni ya'ni, 2026-yil 20-mart kuni avtobuslar ish faoliyatini ertalabki soat 04:00 dan boshlaydi.
✅Ushbu qaror jamoat transporti orqali hayit namozida ishtirok etishni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun qulaylik yaratish, yo‘llarda tirbandliklarni oldini olish hamda Ramazon hayiti bayramida sifatli, xavfsiz jamoat transporti xizmatini ko‘rsatish maqsadida qabul qilindi.
🚌 Bayram kunlari transportlar harakati ko'payishini inobatga olgan holda, shaxsiy avtomobilda harakatlanishdan voz kechib, jamoat transportidan foydalanishingizni taklif etamiz.
🎉🌸Hurmat bilan, barchangizga bayramning xush kayfiyatini tilab qoluvchi, "Toshshahartransxizmat" AJ jamoasi
✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati
🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
| http://instagram.com/toshbus | https://www.facebook.com/profile.php?id=100090424734563&mibextid=LQQJ4d | https://tashbus.uz/ https://youtube.com/@toshshahartransxizmataj?si=ue_QaE78hkMGt1K3
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Mar 30, 2026, 12:04 PM
🎥 Video
🚏 Avtobus bekatlariga qanday talablar qo‘yilgan?
Mazkur savolga aniq va asosli javob topish maqsadida mutaxassis bilan birgalikda avtobus bekati hududiga tashrif buyurdik.
Joyida o‘rganish davomida mavjud holat atroflicha tahlil qilinib, amaldagi qurilish me’yorlari, bekatlarning joylashuvi, yo‘lovchilar uchun yaratilgan qulayliklar va xavfsizlik talablariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, bekatlarning zamonaviy talablarga qanchalik javob berayotgani ham mutaxassis tomonidan batafsil izohlandi.
🎥 Ushbu jarayon va mutaxassis fikrlari bilan videolar ketma-ketligida batafsil tanishtirib boramiz.
💬Sizningcha, qulay va zamonaviy avtobus bekati qanday bo‘lishi kerak? Fikringizni izohlarda qoldiring!
✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati
🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
| http://instagram.com/toshbus | https://www.facebook.com/profile.php?id=100090424734563&mibextid=LQQJ4d | https://tashbus.uz/ https://youtube.com/@toshshahartransxizmataj?si=ue_QaE78hkMGt1K3
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Mar 30, 2026, 12:04 PM
🎥 Video
🏔 Tog‘ga chiqishni rejalashtiryapsizmi? Unda bu videoni o‘tkazib yubormang!
🚌 23-martdan Toshkentdan — Chorbog‘ga harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishi ishga tushadi.
🎥 Qatnov jadvali, yo‘nalish va chipta narxi haqida batafsil — videoda.
📲 https://t.me/press_secretary_tshtx