#vaqt
⚡️Tolib ilm vaqtidan unumli foydalansin!!!
Ilm tolibi, balki har bitta musulmon, Alloh taolo har bir bandaga ato etgan vaqtning naqadar muhimligini anglashi lozim. Har bir o‘tgan daqiqa bandaning bir qismini (umrini, rizqini, oxiratiga, kelajagiga qiladigan zaxiraning bir qismini) olib ketadi, lekin hech qachon qaytib kelmaydi. Shunday ekan, inson vaqtini dunyosi va oxirati uchun foydali bo'lgan narsalar bilangina to‘ldirishi lozim bo'ladi.
⚡️Shayx Muhammad Avvoma bu so‘zlari bilan talabalarga nima demoqchilar:
1. O'zingdagi vaqt ne’matining qadrini bil!
Men senga Alloh tomonidan berilgan vaqtni katta ne’mat sifatida ta’riflayapman, buni his qil. Barcha insonlarga vaqt beriladi, lekin uni qanday ishlatish ularning o‘ziga bog‘liq. Bu fikrni senga Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) hadislari orqali ham tasdiqlab beraman. Nabiy sollallohu alayhi va sallam dedilar:
"Ikki ne’mat bor, odamlar ularning qadriga yetmaydi: sog‘liq va bo‘sh vaqt." (Buxoriy rivoyati). Sen "uning qadriga yetmaydilar" degan joyiga e'tibor ber..
2. Har bir daqiqani bebaho bil!
O'tgan har bir daqiqa o‘tadi lekin, hech qachon qaytib kelmaydi. Hayotingning har bir lahzasi hisobga olinishini esla, undan so'ralishingni unutma..
3. Vaqtingdan qodir bo'lganingcha to‘g‘ri foydalan!
Vaqtingni dunyo va oxirat uchun foydali ishlar bilan to‘ldir, umuman bo'sh vaqting qolmasin, nimadir foydali ish bilan band bo'l. Ilm o‘rganish, ibodat qilish, yaxshi amallar bilan shug‘ullanish – bularning barchasi insonni manfaatli qiladi.
4. Senga quyidagi amaliy saboqlarni eslataman:
Vaqtni samarasiz ishlar bilan behuda sarflashdan saqlan, umringa, rizqingga (ilmda, tirikchilikda, har ishda) baraka kiradi. Ilm olish, ibodat qilish, odamlarga yordam berish, yaxshilik ulashish bilan band bo'l. Har to'gri sarrflangan bir daqiqa insonning ertangi hayot yo‘lini belgilaydi, ertagalik sadodatiga xizmat qiladi, shunday ekan, uni bekorga sarflama, balki, dunyo va oxirat uchun foydali ishlarga bag‘ishla. Bilding, endi esa amal qil - demoqchilar...
Noldan dan arab tili ilmini, tajvid ilmini o’rganish uchun adminimizga yozing:
Adminimiz 👉
https://t.me/Iqra_adminn
Adminimiz 👉
https://t.me/Iqra_adminn