#Payshanba_yoshlar_kuni
#TGFU
📌 Rahbar hamda yoshlar uchrashuvi
‼️Bugun Yoshlar kuni doirasida Toshkent gumanitar fanlar universitetida tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda mazmunli uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarning oldini olish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish hamda tibbiy madaniyatni oshirish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Shuningdek, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan batafsil javob olishdi.
✅Mazkur uchrashuv yoshlar salomatligini mustahkamlash, ularda sog‘lom hayot tarziga bo‘lgan qiziqishni oshirish va tibbiy bilimlarini boyitishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Tyutor, yoshlar yetakchisi: A. Nurullayev
#Payshanba_yoshlar_kuni
#TGFU
📌 Rahbar hamda yoshlar uchrashuvi
Bugun Yoshlar kuni munosabati bilan Toshkent gumanitar fanlar universitetida Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) vakillari bilan hamkorlikda muhim va mazmunli uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot olib borilib, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish hamda turli xavfli holatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
✅Shuningdek, tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan atroflicha javob olishdi.
Mazkur uchrashuv yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularda mas’uliyat va hushyorlikni kuchaytirish hamda turli favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Tyutor, yoshlar yetakchisi: A. Nurullayev
#QalbDiplomatiyasi #YoshlarIttifoqi #YouthConference
👋 “Qalb diplomatiyasi” xalqaro konferensiyasi tashkil etiladi
🙋 Hurmatli yoshlar, 27–29-aprel kunlari Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Baskervill instituti hamkorligida “Qalb diplomatiyasi” xalqaro konferensiyasi o‘tkaziladi.
🔎 Mazkur nufuzli anjumanda dunyoning yetakchi akademiklari, siyosat arboblari va istiqbolli yosh yetakchilar ishtirok etadi.
📌 Konferensiya doirasida:
➡️ Xalqaro diplomatiyani rivojlantirish;
➡️ Adabiyot va til orqali madaniyatlararo muloqotni mustahkamlash;
➡️ Global tinchlik yo‘lida yangi strategik yondashuvlarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
📌 Ishtirok etish talablari:
➡️ Toshkent shahrida istiqomat qilishi;
➡️ Ingliz tilini C1 darajada bilishi.
👥 Barcha qiziquvchi yoshlarni ushbu xalqaro muloqot maydonida faol ishtirok etishga taklif etamiz.
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: https://bit.ly/QalbDiplomatiyasi
Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ https://t.me/yoshlarittifoqi_uz 2️⃣ http://instagram.com/yoshlarittifoqi.uz
3️⃣ http://facebook.com/yoshlarittifoqi.uz 📺 https://www.youtube.com/@yoshlarittifoqi/
#Muloqot #BuyukBritaniya #Taʼlim
🎓 Masterclass: Ta’limdan startaplarga — Buyuk Britaniyada imkoniyatlar
🙋 Buyuk Britaniyada o‘qishni rejalayapsizmi yoki talaba bo‘lib startap boshlamoqchimisiz? Unda bu masterclass siz uchun!
👤 Spiker: Shukrullokhon Olimov
(Fly High hammuassisi)
📌 Sessiyada siz bilib olasiz:
➡️ Qanday qilib to‘g‘ri UK universitetini tanlash
➡️ Grant va moliyalashtirish imkoniyatlari
➡️ UK’da talabalik hayoti qanday?
➡️ Talaba bo‘lib startap boshlash yo‘llari
➡️ Real tajribalar va foydali lifehacklar
🗓 21-aprel, 20:00 (UZB) / 16:00 (UK)
🆔 Ro‘yxatdan o‘tish: Zoom https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeHrZ1VRdxsmOQ1LzOyIfDd26cpzXHi9IYWINhuiefC4WiPvg/viewform?usp=publish-editor
Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ https://t.me/yoshlarittifoqi_uz 2️⃣ http://instagram.com/yoshlarittifoqi.uz
3️⃣ http://facebook.com/yoshlarittifoqi.uz 📺 https://www.youtube.com/@yoshlarittifoqi/
👍Nókis, Qaraqalpaqstan hám pútkil Ózbekstan batıs aymaǵı ushın strategiyalıq qádem
💋 STARS International University bir imtixan kúninen ádewir keń mánige iye bolǵan áhmiyetli waqıya haqqında xabar beredi.
▫️ British Council Uzbekistan sisteması arqalı Nókistegi orayı IELTS rásmiy imtixan sessiyasın ótkeriw ushın ashıq maydan sıpatında dizimnen ótkerildi hám 2026-jıl 26-aprel kúni oray ushın birinshi imtixan kúni etip belgilendi.
🖋 https://t.me/imtixanorayinukus
✍️✍️✍️✍️✍️✍️
👍 Nukus, Qoraqalpog‘iston va butun O‘zbekiston g‘arbiy hududi uchun strategik qadam
💋STARS International University bir imtihon kunidan ancha keng ma’noga ega bo‘lgan muhim voqea haqida xabar beradi.
▫️British Council Uzbekistan tizimi orqali Nukusdagi markazi IELTS rasmiy imtihon sessiyasini o‘tkazish uchun ochiq maydon sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi va 2026-yil 26-aprel kuni markaz uchun birinchi imtihon kuni etib belgilandi.
🖋 https://t.me/imtixanorayinukus
🇺🇿Bizge aǵza bolıń👇
✅ https://t.me/Jaslar_awqami_QR | ✅ https://www.instagram.com/qaraqalpaqstanjaslari_ja | ✅ https://www.facebook.com/qaraqalpaqstanjaslari.ja
📚 Amaliyot jarayonidan lavha
4-kurs Pedagogika-psixologiya yo‘nalishi talabalari tomonidan tumanimizdagi 73-sonli umumta’lim maktabida malaka amaliyoti faol tarzda davom etmoqda.
🎓Amaliyot davomida talabalar o‘z nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirib, o‘quvchilar bilan turli interaktiv mashg‘ulotlar tashkil etishmoqda. Jumladan, 11-sinf o‘quvchilari bilan “Pozitivlik – davr talabi” mavzusida psixologik trening o‘tkazildi.
Trening davomida o‘quvchilarda ijobiy fikrlashni shakllantirish, stressga bardoshlilikni oshirish hamda hayotga optimistik yondashuvni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar bajarildi. Qiziqarli va samimiy muhitda o‘tgan ushbu trening barcha ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi.
✨ Bunday amaliy mashg‘ulotlar nafaqat o‘quvchilar, balki talabalar uchun ham katta tajriba maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda.
“Kelajak soati” soati 31-mavzu “Milliy o‘zlik”
‼️ Bu tushuncha har bir inson uchun nihoyatda muhimdir. Chunki, inson avvalo o‘zining kim ekanini, qaysi millat farzandi ekanini, qanday tarix, qadriyat va ma’naviy meros egasi ekanligini anglasa, uning hayotga bo‘lgan munosabati, kelajakka qarashi ham mustahkam bo‘ladi. Milliy o‘zlik aynan shu ichki mezondir. U shunchaki “qaysi millat vakiliman” degan savolga javob emas. U insonning o‘z xalqiga, tarixiga, tiliga va qadriyatlariga nisbatan ongli munosabati, daxldorlik hissi va mas’uliyatidir.
Tyutor, yoshlar yetakchisi: A. Nurullayev