⚽️ "FIFA Series" turnirida faoliyat olib boruvchi hakamlar bilan uchrashuv o'tkazildi.
Bugun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasida OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov hamda tajribali instruktorlar Bahodir Qoʻchqorov va Jahongir Saidovlar ishtirokida Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikistondan kelgan FIFA hakamlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda mutasaddilar hakamlarga boʻlajak musobaqadagi masʼuliyatli faoliyatlarida omad tilashdi.
Tadbir doirasida instruktorlar tomonidan seminar tashkil etilib, oʻyindagi turli bahsli vaziyatlar, qaror qabul qilish jarayonlari va zamonaviy hakamlik talablari yuzasidan tushunchalar berildi.
⚽️
921
0
0
UzFHM
Mar 28, 2026, 02:08 AM
📷 Photo
⚽️ O‘zbekistonlik hakamlar Rossiya — Nikaragua o‘rtasidagi bahsni boshqarib bormoqda.
Abdurashid Xudoyberganov boshchiligidagi hakamlar jamoasi Krasnodar shahrida boʻlib oʻtayotgan Rossiya — Nikaragua terma jamoalari oʻrtasidagi oʻrtoqlik uchrashuvida faoliyat olib bormoqda.
⚽️ Bosh hakam: Abdurashid Xudoyberganov
⚽️Yordamchi hakamlar: Sanjar Shoyusupov, Akmal G‘iyosov
⚽️
416
0
UzFHM
Mar 28, 2026, 02:08 AM
📷 Photo
📋 “Hakamlar akademiyasi”ga saralash jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi maydonida “Hakamlar akademiyasi”ga kirish uchun saralash sinovlari boshlandi. Mazkur jarayonlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridan tashrif buyurgan yosh va iqtidorli hakamlikka qiziquvchilar ishtirok etmoqda.
Saralash doirasida ishtirokchilar uchun amaliy mashg‘ulotlar boshlandi. Ularning o‘yin jarayonidagi harakatlari va qaror qabul qilish qobiliyati tajribali mutaxassislar tomonidan baholab borilmoqda. Jumladan, Ravshan Irmatov, Bobur Haydarov, Valentin Kovalenko hamda Aleksandr Popov ishtirokchilarning faoliyatini kuzatib, tegishli tavsiyalar bermoqda.
"Sizlarda yuqori salohiyat va intilish mavjud. Agar o‘zingizning ustingizda tizimli va izchil ishlasangiz, biz sizlar uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib beramiz. Oldingizga xalqaro darajadagi hakam bo‘lishni aniq maqsad qilib qo‘yishingiz lozim.
Hakamlik faoliyatida yosh mezoni hal qiluvchi omil hisoblanmaydi. Eng muhim jihatlar — bilim darajasi, professional tayyorgarlik, maydondagi o‘zini tutish va o‘yinni samarali boshqarish qobiliyatidir. Shu bois, yuqori saviyaga ega hakamlarga katta o‘yinlarda faoliyat olib borishlari uchun imkoniyat yaratiladi.", — dedi Ravshan Irmatov.
Shuningdek, instruktor Aleksandr Popov saralash jarayonining tartibi, baholash mezonlari va zamonaviy hakamlik talablari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Mazkur saralash bosqichlari orqali eng iqtidorli nomzodlar tanlab olinib, “Hakamlar akademiyasi”da tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
⚽️
UzFHM
Mar 28, 2026, 02:08 AM
📷 Photo
⚽️ O‘zbekiston Superligasi hakamlari ishtirokidagi seminar davomida asosiy e’tibor ularning nazariy bilimlarini mustahkamlashga qaratildi. Xususan, maxsus auditoriya mashg‘ulotlarida o‘tgan uchrashuvlardagi turli vaziyatlar video-tahlil qilinib, o‘yin qoidalaridagi so‘nggi o‘zgarishlar atroflicha muhokama etildi.
Seminarning ikkinchi kunida VAR tizimi bilan ishlash bo‘yicha alohida mashg‘ulotlar tashkil etildi. Unda hakamlar video yordamchi hakamlik tizimida qaror qabul qilish jarayonlarini amaliy tarzda o‘rganishdi hamda bahsli vaziyatlar chuqur tahlil qilindi.
Amaliy mashg‘ulotlar Milliy futbol markazidagi usti yopiq manejda o‘tkazildi. Unda hakamlarning jismoniy tayyorgarligi, maydondagi chidamliligi, shuningdek, o‘yinni o‘qish va to‘g‘ri tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Maxsus testlar orqali ularning funksional holati sinovdan o‘tkazildi.
⚽️
955
UzFHM
Mar 28, 2026, 02:08 AM
🎥 Video
📹 O‘zbekiston Superligasi hakamlari ishtirokidagi seminarning ikkinchi kunidan videolavha.
⚽️
952
0
0
UzFHM
Mar 25, 2026, 08:54 PM
🎥 Video
🎥 OAV vakillari, futbol sharhlovchilari, jurnalistlar va blogerlar uchun tashkil etilgan maxsus seminardan videolavha.
⚽️
1,110
0
0
UzFHM
Mar 25, 2026, 08:54 PM
📷 Photo
📋O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Hakamlar akademiyasiga saralash jarayonlari davom etmoqda.
O‘zbekiston futbol hakamligi tizimini yangi bosqichga olib chiqish, yosh hakamlarning nazariy bilimlari va amaliy tajribasini oshirish maqsadida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan Hakamlar akademiyasiga nomzodlarni saralash jarayonlari davom etmoqda.
Saralashning birinchi bosqichi noyabr oyida o‘tkazilgan bo‘lib, unda 24 nafar nomzod ishtirok etdi. Birinchi bosqich yakunlariga ko‘ra, 9 nafar nomzod keyingi bosqichga saralab olindi.
Hozirda saralashning ikkinchi bosqichi davom etmoqda. Mazkur bosqichda jami 20 nafar nomzod ishtirok etayotgan bo‘lib, ularning 7 nafari ayol hakamlikka nomzodlar hisoblanadi.
Saralash jarayonida nomzodlarning futbol o‘yin qoidalarini bilish darajasi, jismoniy tayyorgarligi hamda hakamlik amaliyoti bo‘yicha ko‘nikmalari baholanmoqda. Saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar Hakamlar akademiyasining o‘quv kurslariga qabul qilinadi.
Hakamlar akademiyasida tahsilni muvaffaqiyatli yakunlagan hakamlar kelgusida Birinchi liga, Proliga, Superliga hamda OFK tasnifidagi musobaqalarda faoliyat olib borish uchun tavsiya etiladi.
⚽️
UzFHM
Mar 25, 2026, 08:54 PM
📷 Photo
⚽️ O'zbekiston kubogi saralash bahslarida ishlovchi rasmiylar bilan tanishing.
👉 https://uzfhm.uz/news?newsid=422
⚽️
918
0
UzFHM
Mar 25, 2026, 08:54 PM
📷 Photo
Superliga 4-tur doirasida “Andijon” va “Mash’al” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda bahsli vaziyat yuzaga keldi.
Mazkur epizodda “Mash’al” jamoasi futbolchisi tomonidan qo‘pol o‘yin namoyish etilib, “Andijon” futbolchisining bosh qismiga kuchli zarba berilgan. Natijada futbolchining peshona qismida jiddiy jarohat yuzaga kelgan.
Uchrashuv bosh hakami dastlab vaziyatni baholab qaror qabul qilgan. Shundan so‘ng VAR tomonidan epizod qayta ko‘rib chiqish uchun tavsiya etilgan.
Video takrorlar asosida vaziyat yana bir bor tahlil qilinib, bosh hakam o‘z qarorida qolgan holda futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatgan.
⚽️
3,100
0
UzFHM
Mar 25, 2026, 08:54 PM
📷 Photo
⚽️ Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Oʻzbekiston futbol hakamlari markazi tomonidan OAV vakillari, futbol sharhlovchilari, jurnalistlar va blogerlar uchun maxsus seminar tashkil etildi.
Bugun bo‘lib o‘tgan seminar davomida Superliganing 1–4-turlari hamda Superkubok bahslarida yuzaga kelgan bahsli vaziyatlar batafsil tahlil qilindi. Jumladan, qizil kartochka, penalti va boshqa muhim epizodlar yuzasidan muhokamalar olib borildi.
Seminarda ushbu vaziyatlarda ishtirok etgan hakamlar o‘z qarorlari yuzasidan fikr bildirib, to‘g‘ri chiqarilgan qarorlar hamda yo‘l qo‘yilgan xatolar atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, jurnalistlar va sharhlovchilar tomonidan berilgan savollarga instruktorlar batafsil tushuntirish berib, har bir vaziyat yuzasidan professional xulosalar taqdim etishdi.
Mazkur seminar hakamlik faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, jamoatchilikka to‘g‘ri va tezkor axborot yetkazishga xizmat qiladi.
⚽️
1,090
UzFHM
Mar 24, 2026, 04:19 AM
📷 Photo
📰 OAV vakillari va hakamlar ishtirokida navbatdagi seminar bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston futbol hakamlar markazi barcha sport jurnalistlari, sharhlovchilar va futbol blogerlarini Superliga 2026-yilgi mavsumining dastlabki 4 ta turi hamda Superkubok o‘yinlariga bag‘ishlangan tahliliy seminarga taklif etadi!
Seminarda nimalar kutilyapti?
🖥 Video tahlil: Uchrashuvlarda qayd etilgan muhim va bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan epizodlar video lavhalar yordamida batafsil ko‘rib chiqiladi.
📘 Qoidalar talqini: Hakamlar qarorlari asosli ekani va futbol qoidalari amalda qanday qo‘llanilgani bo‘yicha mutaxassislar tushuntirish beradi.
🗣 Ochiq muloqot: Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari va muhokamalarda faol ishtirok etishlari mumkin.
📝 Tadbirning asosiy maqsadi: OAV vakillari va blogerlar bilan hamkorlikda o‘yin epizodlarini professional tahlil qilish, shuningdek, futbol qoidalarini to‘g‘ri talqin qilib, muxlislarga xolis va aniq ma’lumot yetkazishda ko‘maklashish.
📍 Manzil: O‘FA majlislar zali
🗓 Sana: 23-mart kuni
⏲️ Vaqt: 12:00
⚽️
2,910
UzFHM
Mar 24, 2026, 04:19 AM
📷 Photo
⚽️Superliga-2026: 4-tur uchrashuvlari rasmiylari bilan tanishing.
Superliganing 4-tur o‘yinlarini boshqarib boruvchi hakamlar jamoalari va komissarlar tayinlandi.
🗓 Barcha o‘yinlar uchun tayinlovlar yuqoridagi grafikada ko‘rsatilgan.
⚽️
6,680
0
UzFHM
Mar 22, 2026, 09:04 PM
📷 Photo
🗓 Superliga 3-tur uchrashuvlari bo‘yicha hakamlar faoliyati tahlil qilindi.
Bugun Zoom platformasi orqali Superliga 3-tur uchrashuvlariga bag‘ishlangan tahlil yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ishtirok etib, hakamlar faoliyati yuzasidan o‘z fikr va tavsiyalarini bildirdi. Shuningdek, mazkur tur uchrashuvlari bo‘yicha tahlillar Farhod Abdullaev, Valentin Kovalenko, Bobur Haydarov va Jahongir Saidovlar tomonidan olib borildi.
"Futbol qoidalari xalqaro darajada ishlab chiqilgan bo‘lib, ularni o‘zboshimchalik bilan talqin qilish yoki o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Hakamlar har bir vaziyatni belgilangan qoidalar va aniq kriteriyalar asosida baholashi lozim. Qarorlar o‘yinning borishi yoki tashqi omillarga qarab emas, avvalo o‘yin qoidalari va mavjud mezonlarga tayanib qabul qilinishi muhim.
Shu bois barcha hakamlar yagona yondashuv asosida ishlashi zarur. Bu talab nafaqat Superliga, balki Proliga va Birinchi liga uchrashuvlariga ham tegishli. Hakamlar faoliyati muntazam tahlil qilib borilmoqda va keyingi tayinlovlar ularning o‘yinlardagi faoliyatiga qarab belgilanadi.
Shuningdek, jismoniy tayyorgarlik masalasi ham muhim ahamiyatga ega. Hakamlar o‘yinlarni yuqori saviyada boshqarishi uchun doim optimal sport formasida bo‘lishi talab etiladi.
Ekipirovka masalasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada klublarga rasmiy xatlar yuborilgan bo‘lib, futbolchilar belgilangan tartib va talablarga amal qilishi lozim. Qoidalarga rioya etilmagan holatlarda reglament asosida tegishli choralar ko‘riladi", dedi Ravshan Irmatov.
Yig‘ilish davomida futbolchilarning ekipirovkasi masalasiga yetarli e’tibor qaratilmayotgani ham tanqid qilindi. Hakamlar ushbu holatga jiddiy yondashib, qoidalarga amal qilmagan futbolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rishi zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, hakamlarning maydondagi joylashuvi va epizodlarga nisbatan pozitsiya tanlashi masalasi ham muhokama qilindi. Ayrim uchrashuvlardagi vaziyatlar misol tariqasida ko‘rib chiqildi.
Xususan, “Surxon” — “Bunyodkor” uchrashuvida VAR orqali gol bekor qilingan epizod yuzasidan ham fikrlar bildirildi. Shuningdek, “Dinamo” — “Nasaf” uchrashuvida “Dinamo” futbolchisiga nisbatan qizil kartochka ko‘rsatilmagan vaziyat bo‘yicha Doston Rahmonov hamda boshqa hakamlarning fikrlari tinglandi. Mazkur epizod tahlil qilinib, ushbu holatda aniq qizil kartochka ko‘rsatilishi kerakligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Bundan tashqari, “Mash’al” — “Qizilqum” uchrashuvidagi vaziyat ham ko‘rib chiqildi. Unda VAR orqali epizod qayta ko‘rilganidan so‘ng bosh hakam G‘ayrat Jo‘rayev tomonidan qizil kartochka ko‘rsatilishi lozimligi qayd etildi.
Yig‘ilish yakunida hakamlar faoliyati muntazam ravishda kuzatib borilishi, baholash va keyingi tayinlovlar ularning maydondagi ishlash sifati asosida amalga oshirilishi qayd etildi.
⚽️
UzFHM
Mar 22, 2026, 09:04 PM
📷 Photo
⚽️ Ayol hakamlarning o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini yakunlandi.
Milliy futbol markazida ayol hakamlar uchun tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini yakuniga yetdi. Yangi mavsum oldidan o‘tkazilgan mazkur yig‘inda Ayollar Oliy ligasi hamda Birinchi liga uchrashuvlarida faoliyat yuritadigan bosh hakamlar va yordamchi hakamlar ishtirok etdi.
Dastur doirasida hakamlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish hamda o‘yin jarayonida to‘g‘ri va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Mashg‘ulotlar nazariy va amaliy darslarni qamrab oldi. Unda turli o‘yin epizodlari tahlil qilinib, qoidalar bo‘yicha bilimlar mustahkamlandi. Shuningdek, maydondagi harakatlanish va to‘g‘ri joylashuv bo‘yicha mashqlar bajarildi.
Yig‘in yakunida hakamlarning jismoniy holati maxsus testlar orqali baholanib, yangi mavsum oldidan ularning tayyorgarlik darajasi ko‘zdan kechirildi.
⚽️
2,930
UzFHM
Mar 22, 2026, 09:04 PM
📷 Photo
❗️ Futbolchilarning ekipirovka talablari bo‘yicha ogohlantirish.
Musobaqalar davomida futbolchilarning ekipirovkasiga oid talablar Futbol o‘yinlari qoidalari asosida qat’iy nazorat qilinadi.
Unga ko‘ra:
Futbolchining majburiy ekipirovkalari quyidagi qismlardan iborat:
• yengli futbolka
• shorti
• getra (paypoq) — tashqi tomondan yopishtirilgan yoki unga o’ralgan lenta yoki boshqa material getraning o‘sha qismi rangi bilan bir xil bo‘lishi kerak
• Shitkalar (shinguard) — ular maxsus materialdan tayyorlangan bo‘lishi, yetarli himoya ta’minlaydigan o‘lchamda bo‘lishi va getra bilan to’liq yopilgan bo‘lishi kerak.
• Shortikning tagidan kiyiladigan kiyim/triko shortikning asosiy rangi yoki quyi qismi rangi bilan bir xil boʼlishi kerak va bitta jamoa oʼyinchilari bir xil rangdan foydalanishlari zarur.
Shu munosabat bilan jamoalardan futbolchilarning maydonga chiqishdan oldin ekipirovkalari belgilangan talablarga to‘liq mos bo‘lishi ta’minlashi zarur.
❗️ Qoidalarga zid holatlar aniqlangan taqdirda futbolchi kamchilik bartaraf etilmaguncha o‘yinga qo‘yilmasligi, zarur hollarda esa maydonga tushirilmasligi mumkin.
❕Maʼlumot uchun, ushbu holat boʻyicha qatʼiy chora koʻrish 15-mart kuni boʻlib oʻtadigan Superkubok bahsidan boshlab amalga oshiriladi.
⚽️
UzFHM
Mar 18, 2026, 06:57 PM
📷 Photo
🏆 O'zbekiston Superkubogi o'yinida faoliyat olib boruvchi rasmiylar bilan tanishing.
15-mart kuni "Bobur" arenada Superliganing amaldagi chempioni "Neftchi" va O'zbekiston kubogi sohibi "Paxtakor" jamoalari Superkubok bahsida maydonga tushadi.
🗓 Yuqorida ushbu bahs rasmiylari ko'rsatib o'tilgan.
⚽️
4,590
0
UzFHM
Mar 16, 2026, 08:37 AM
📷 Photo
⚽️ Ayol hakamlarning o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davom etyapti.
Milliy futbol markazida ayol hakamlar uchun tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘z ishini davom ettiryapti. Yangi mavsum oldidan o‘tkazilayotgan ushbu yig‘inda Ayollar Oliy ligasi hamda Birinchi liga uchrashuvlarida faoliyat yuritadigan bosh hakamlar va yordamchi hakamlar qatnashyapti.
Dastur doirasida hakamlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, o‘yin jarayonida to‘g‘ri va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mashg‘ulotlar nazariy va amaliy darslarni qamrab olgan. Unda turli o‘yin epizodlari tahlil qilinib, qoidalar bo‘yicha bilimlar mustahkamlanmoqda, shuningdek, maydondagi harakatlanish va joylashuv bo‘yicha mashqlar bajarilmoqda.
Yig‘in davomida hakamlarning jismoniy holati maxsus testlar orqali baholanib, yangi mavsum oldidan ularning tayyorgarligi yanada kuchaytiriladi.
⚽️
1,630
UzFHM
Mar 13, 2026, 09:04 PM
📷 Photo
⚽️ Ayol hakamlar yangi mavsum oldidan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini davom ettirmoqda.
Yangi futbol mavsumi arafasida ayol hakamlar uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etildi. Mashg‘ulotlar Milliy futbol markazida bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur yig‘inda Ayollar Oliy ligasi hamda Birinchi liga uchrashuvlarida faoliyat olib boradigan bosh hakamlar va yordamchi hakamlar ishtirok etmoqda. Dastur doirasida hakamlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, o‘yin jarayonida tez va to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mashg‘ulotlar nazariy va amaliy darslardan iborat bo‘lib, unda o‘yin epizodlarini tahlil qilish, qoidalar bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash hamda maydondagi harakatlanish texnikasi ustida ishlanmoqda.
Shuningdek, yig‘in davomida hakamlarning jismoniy holati va tayyorgarlik darajasi maxsus testlar orqali baholanib, yangi mavsum oldidan ularning tayyorgarligi yanada mustahkamlanadi.
⚽️
1,060
UzFHM
Mar 13, 2026, 09:04 PM
📷 Photo
⚽️ Ayol hakamlar yangi mavsum oldidan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshladi.
Yangi futbol mavsumi oldidan ayol hakamlar uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etildi. Mashg‘ulotlar Milliy futbol markazida bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur yig‘inda Ayollar Oliy ligasi hamda Birinchi liga uchrashuvlarida faoliyat yuritadigan bosh hakamlar va yordamchi hakamlar ishtirok etmoqda.
Dastur doirasida hakamlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, maydondagi qaror qabul qilish tezligini yaxshilash hamda yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida turli nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
O‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davomida hakamlarning jismoniy holati va tayyorgarlik darajasi maxsus testlar orqali baholanadi.
⚽️
1,220
UzFHM
Mar 11, 2026, 10:56 PM
📷 Photo
⚽️ O‘zbekistonlik hakamlar jamoasi Elit Chempionlar ligasi musobaqasi doirasidagi navbatdagi uchrashuvda faoliyat olib boradi.
Bugun bo'lib o'tadigan “Machida” (Yaponiya) — “Kanvon” (Janubiy Koreya) jamoalari o‘rtasidagi bahsni o‘zbekistonlik hakamlar boshqarib boradi.
⚽️ Bosh hakam: Rustam Lutfullin
⚽️ Yordamchi hakamlar: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin
⚽️To'rtinchi hakam: Asker Najafaliyev
🖥 VAR hakami: Ahrol Risqullayev
⚽️ AVAR hakami: Alisher Usmonov
⚽️
1,040
0
UzFHM
Mar 11, 2026, 10:56 PM
📷 Photo
Futzal Oliy ligasi 8-tur va 1-liga 3-tur uchrashuvlari tahlil qilindi.
Zoom platformasi orqali O‘zbekiston futzal Oliy ligasining 8-turi va 1-liganing 3-tur doirasida o‘tkazilgan uchrashuvlar yuzasidan navbatdagi tahlil yig‘ilishi tashkil etildi.
Unda tajribali instruktorlar ishtirok etib, o‘yinlarda qayd etilgan hakamlik qarorlari, bahsli vaziyatlar va uchrashuvlarning muhim epizodlari atroflicha ko‘rib chiqildi. Onlayn tarzda o‘tgan yig‘ilishda futzal hakamlari ham qatnashib, o‘yinlar davomida yuzaga kelgan holatlar bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Tahlil jarayonida hakamlik sifatini yanada oshirish, uchrashuvlarda yagona talqin va qarorlar qabul qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
⚽️
1,270
UzFHM
Mar 11, 2026, 10:56 PM
🎥 Video
📹"Hakamlik uchun futbolni yaxshi tushunish kerak"
Superligada ilk bor ayol hakam sifatida oʻyinni boshqarib borgan Nasibabonu Toshmuhammedova oʻz faoliyati haqida fikr bildirib oʻtdi.
⚽️
1,080
0
0
UzFHM
Mar 11, 2026, 10:56 PM
📷 Photo
⚽️Superliga-2026: 3-tur uchrashuvlari rasmiylari bilan tanishing.
Superliganing 3-tur o‘yinlarini boshqarib boruvchi hakamlar jamoalari va komissarlar tayinlandi.
🗓 Barcha o‘yinlar uchun tayinlovlar yuqoridagi grafikada ko‘rsatilgan.
⚽️
3,060
0
UzFHM
Mar 11, 2026, 10:56 PM
📷 Photo
⚽️ Superliga 2-turi uchrashuvlari tahlil qilindi.
Superliga 2-turi doirasida o‘tkazilgan uchrashuvlar yuzasidan onlayn tahlil yig‘ilishi tashkil etildi. Yig‘ilish tajribali instruktorlar boshchiligida o‘tkazildi.
Zoom platformasi orqali tashkil etilgan yig‘ilishda Superliga o‘yinlarida faoliyat olib borgan hakamlar va hakamlar nazoratchilari ishtirok etdi.
Tahlil davomida hakamlarning maydondagi joylashuvi va to‘g‘ri pozitsiya tanlashi, yakka kurashlarda qabul qilingan qarorlar hamda jarima maydoni ichida yuzaga kelgan murakkab epizodlar batafsil ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ayrim uchrashuvlarda VAR epizodlarini ko‘rib chiqish jarayoniga ortiqcha vaqt sarflangani qayd etilib, bu holat o‘yin dinamikasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ta’kidlandi.
Tahlil jarayonida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ham ishtirok etib, hakamlik sifatini yanada oshirish, qarorlar qabul qilishda aniqlik va tezkorlikni ta’minlash hamda o‘yin tempini yuqori darajada saqlash yuzasidan qator muhim fikr va tavsiyalar bildirdi.
Yig‘ilish yakunida hakamlik sifatini oshirish, yagona talqin va yondashuvni ta’minlash, shuningdek, uchrashuvlar tempini barqaror yuqori darajada ushlab turish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
⚽️
Showing 24 of 24 posts
No more posts
0
1,620
0
0
0
0
1,120
0
0
0
0
0
0
0
0
0
3,450
0
0
0
0
3,930
0
0
0
0
0
0
0
0
0
0
0
0
0
1,180
0
0
No reviews yet. Be the first to share your experience!