#Naqd_va_nasiya_Savdo
Bismillahir Rohmanir Rohim. Germaniyaga kelishimdan oldin bozordagi do'konda savdo qilganman. Savdo-sotiqdan oz-moz xabarim bor. Savdoda yo'l qo'yiladigan xatolardan biri bu ko'p miqdordagi tovarni nasiyaga berish. Shu sababli savdosi kasod (bankrot) bo'lganlar ham yo'q emas. Siz tovarni kimgadir ishonib nasiyaga berib yuborasiz, u kelishilgan vaqtda pulni bermaydi, sizda yangi tovar olib kelib, savdoni yurgazish uchun pul yo'q, lekin ishchilarga oylikni, do'konga xarajatlarni, soliqlarni to'lashingiz kerak. Shunday qilib, nasiya savdo sizni kasodga uchratishi mumkin.
Germaniyada o'z biznesiga ega bo'lgan bir tanishim ham aytgandi, u ham odamlarni ishini qilib beradi (uy ta'mirlash, bog'larni parvarishlash va hkz). Eng katta muammolardan biri, odamlar xizmat haqqini o'z vaqtida to'lamasliklari. Yangi texnika sotib olishga, sug'urta va soliqlarni to'lashga pul bo'lmaydi, bunday holatlar ham biznesni kasodga uchratishi hech gap emas. Uni aytishi bo'yicha, Germaniyada ham xizmat ko'rsatish sohasidagi bizneslarning insolvenz (bankrot) bo'lishiga asosiy sabablardan biri, ko'rsatilgan pullarni o'z vaqtida yig'ib olisholmagani ekan.
Savdo-sotiqda ham boshqa bizneslarda ham siz tovarni yoki xizmatni nasiyaga sotishingiz riskli bo'lsa, naqd pulga sotish sizning biznesingizga tezroq o'sish imkonini beradi.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, naqd pulga savdo qilish, odattda nasiya savdodan foydaliroq va avzalroq.
Postni savdo-sotiq bilan boshlaganimning sababi, aslida men fikr yuritmoqchi bo'lgan mavzu ham savdoga juda o'xshashligi.
Hayotimizni, o'tayotgan har bir lahzamizni bir savdodek tasavvur qilishimiz mumkin. Bizda har kuni 24 soatlik kapital ya'ni vaqt bor, biz uni "sotyabmiz". Bir kun bizda bu kapital butkul tamom bo'ladi, "do'kon" yopiladi, "hisob-kitob" boshlanadi. Biz "savdo"da yutdikmi? Yoki yutqazdikmi? Foyda qilganlardan bo'ldikmi? Yoki ziyon kรถrganlardan?
Har qanday aqli raso, uzoqni ko'zlagan biznesmen o'z biznesini rivojlanishi uchun juda ko'p mehnat qiladi. Seminarlarga boradi, kitoblar o'qiydi, boshqalardan maslahat oladi. Agar u ertalabdan kechgacha boshqa ish bilan mashg'ul bo'lib, biznesiga umuman vaqt ajratmasa, u albatta ziyon ko'ruvchilardan bo'ladi. Misol uchun, oddiy savdogar o'z dรถkonida o'tirib, ertalabdan kechgacha ijtimoiy tarmoqlarda video ko'rib o'tirsayu, kelgan mijozga e'tibor bermasa, uning biznesi uzoqqa bormaydi.
Demak, biz o'z hayoti, vaqti va sog'ligi bilan savdo qilayotgan insonlarmiz. Dunyodagi har bir odam, u qayerda yashashidan qat'iy nazar, qaysidir ish uchun o'z vaqtini, molini va hayotini sarflayabdi. Kimdir karyera qilish uchun, kimdir biznes qilish uchun, kimdir to'y qilish uchun, kimdir oilasini ta'minlash uchun va hkz.
Hamma tushunishi uchun oddiy so'zlar bilan yana takrorlab yozaman. Bizning ya'ni musulmon odamning kapitali bu vaqt, sog'lik, mol-davlat va hkz. Biz o'sha kapitalni bu dunyoda sarflaymiz ya'ni bizdagi kapitalni boshqa narsaga almashamiz. Misol uchun, 5 yillik oyligimizni tรถplab, bitta mashina sotib olamiz. Biz umrimizning 5 yilini, bitta mashinaga almashdik. Umrimiz tugab, Allohning oldiga borganimizda Alloh bizni hisob-kitob qiladi. O'sha hisob-kitobda foyda bilan chiqsak, jannatga yetishamiz inshaallah. Savdoda yutkazganlar esa jahannamga tushishlari mumkin, Alloh asrasin. Shu jarayonni biznesga o'xshatish mumkin, kapital bor, hisob-kitob bor, kimdir bankrot bo'ladi, kimdir esa muvaffaqqiyat qozonadi.
Yuqorida nasiya savdo biznesni kasodga uchratishi mumkinligini aytdim. Bizning hayot deb nomlangan "biznes"imiz kasodga uchramasligi uchun biz ham o'sha naqd va nasiya savdoni yaxshilab tushunib olishimiz kerak.
Savdoda bularni tushunish juda oson, tovarni berasiz, agar pulini o'sha zahoti qabul qilsangiz, bu naqd. Agar pulni "qachondir" olishga kelishsangiz, unda bu nasiya.
"Biz bizdagi kapital (vaqt, sog'lik, mol-davlat)ni naqdga sotayabmizmi? yoki nasiyaga?"
Postni yozishdan asosiy maqsadim, har bir odam bu savolni o'ziga berishi, fikr yuritishi va o'zi uchun xulosa qilishi.