Tugatdim. Sizga yolgʻonchi boʻlmaslik uchun kechqurun va saharlikdan keyin, undan qolganini hozir ishga kelib oʻqidim
Men doim ayollarni ilm o‘rganishga, o‘sishga chaqirib kelganman.
Uyda o‘tirib, turmush o‘rtog‘ining asabini egovlash uchun nima qilish kerakligi haqida bosh qotirmay, nima bilandir band bo‘lishga undayman, bilasiz. Hech boʻlmasa, ortgan 5-10 daqiqada kopirayting bilan shugʻullaning deyman.
Kurslar o‘taman, yozish orqali pul topishni o‘rgataman, fikrlarimni siz bilan boʻlishaman
Bu kitob haqida ham sizga gapirib bermasam boʻlmasdi. Chunki, ayniqsa, suratdagi varaq diqqatimni tortib, oʻylantirdi. Oʻqituvchiman-da baribir…
Sahifalarni oʻqiy-oʻqiy oʻgirar ekanman, huu o‘sha ilm o‘rganish uchun bosib o‘tilgan yillarni esladim
Tong qorongʻusi aralash 3 yil repetitorga qatnaganimni, kunduzi ustozni vaqtini topolmay kechki 9 dan yarim tun 1-2 gacha dars qilganlarimizni, onam koʻzimga zarar boʻladi, deb chiroqni oʻchirsalar, kichkina fonar yoqib kitob oʻqiganlarimizni… allaqanday qiyin, allaqanday zavqli yillar edi. Ammo rohat edi deb ham ayta olaman. Chunki miyangiz qancha koʻp ilm qabul qilsa, zehningiz shuncha oʻtkirlashar, fikringiz shuncha tiniqlashib borardi.
Yana deng, kitobdagi “Neapol” hikoyasi orqali ayol kishining ilm o‘rganishi naqadar zarur ekaniga yana bir bor amin boʻldim.
Siz ham tez orada oʻqib chiqsangiz, birga fikrlasharmidik, deb oʻylab qoldim. Nima deysiz, yaxshim?
Xullas, yaxshilar, bu Nadiya Ramazonning “O‘qing, ey ayollar!” nomli kitobi edi.
Bu kitob sizni malomat qilmaydi, ayblamaydi.
Sizni qutqarishga ham harakat qilmaydi.
Shunchaki yo‘l ko‘rsatadi — ilm eshigiga yo‘l ochadi.
Buni o‘qigan ayolning ilmga qarab o‘zgarmasdan iloji qolmaydi.
Avval aytganimdek, men ancha hissiyotga beriluvchan, ta’sirchan ayolman.
Kitobning tili ham shunday — hissiyotlarni uyg‘otuvchi, harakatga undovchi ekan. Lekin shunchaki quruq motivatsiya emas.
Postni oxirigacha o‘qidingizmi? Unda tezda reaksiya bosing va wishlist’ingizga bu kitobni ham qadab qoʻying 🎀
https://t.me/kopirayterkundaligi