“Kecha qanday kun edi?!”
Men 98 bal olgan kursimdagi ustozimizga “Umra safariga yo’llanma “ deb qoygan sovg’amni shaxsan Zangiota tumani , Shirin Djakupova ustozga yetkazib beradigan kunim edi.
Hammamiz juda hayajonda edik, videoda ko’rishingiz mumkin buni, ustozimiz bu sovg’ani qayni onajonlariga berdilar, onajonimiz ham juda nur yuzli ayol ekanlar juda ham quvondik, sababi munosib insonlar qo’liga bordi, mehnatkash ziyoli oila davrasida hamsuhbat bo’ldik, dasturxonalaridan rizqlandik, rozilik, quvonch, duolarini oldik bundan ortiq baxt bo’lmasa kerak!
Jamoamiz hamma bu ustozga havas qildik, ham bilim va uni ortidan kelayotgan yutuqlar, hammasi havas qilgudek, bu ustozimiz tinmay o’qiganlari bugun oila, jamiyat, men ustozlari oldilarida yuzlarini yorug’ etdi , samimiyatlari kecha ko’rishganimizda butun oila ko’zida yuzida ko’rinib turgan edi, bu narsa menga shunaqangi kuch berdi, rosti bu kuchni so’z tariflab bera olmaydi faqat ichdan qalban his etish mumkin.
Doimo aytaman havas qilgan hammaga nasib etsin, men ham bahorda
https://t.me/MUSLIMA_DARMONOVA1 ustoz o’z ustozlariga Umra sovg’a qilganlarida chin qalbimdan havas qilgandim, bunga yetdim, siz ham faqat havasda ham harakatda bo’ling! Albatta yetkazadi Ollohim!