📄 Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) №331636
https://utas.uz/staticfiles/New%20license.pdf
👇 Universitet haqida batafsil:
https://utas.uz/
👇 Aloqa uchun:
+998 (71) 200-05-40
@utasunibot
Join @utasuz for exclusive haqida and aloqa content and discussions in 1
No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
Toshkent amaliy fanlar universiteti
May 11, 2026, 08:56 AM
📷 Photo
🇺🇿 9-may – Xotira va qadrlash kuni
🕊 Biz bugun tinch va farovon hayot kechirayotgan bo‘lsak, bu – kechagi fidoyilar jasorati samarasidir.
Toshkent amaliy fanlar universiteti jamoasi barchani Xotira va qadrlash kuni bilan tabriklaydi. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin! ✨
| https://www.instagram.com/utas.uz/profilecard/?igsh=bmpiMDBmYWZwOHY4 | https://utas.uz/
2,220
28
0
Toshkent amaliy fanlar universiteti
May 11, 2026, 08:56 AM
📷 Photo
🇨🇳 Toshkent amaliy fanlar universiteti THE Asia Universities Summit 2026 xalqaro sammitida ishtirok etdi.
Sammit Gonkong shahrida Times Higher Education tomonidan tashkil etilib, Hong Kong University of Science and Technology bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Mazkur nufuzli tadbir Osiyodagi oliy ta’lim sohasining yetakchi platformalaridan biri hisoblanadi.
🌍 3 kun davom etgan sammitda 25 dan ortiq mamlakat va hududlardan 600+ delegatlar ishtirok etib, global ta’lim, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning kelajagi muhokama qilindi.
✅ Sammit davomida:
— oliy ta’limda sun’iy intellekt va uning transformativ roli
— ilmiy tadqiqotlar va global hamkorlik istiqbollari
— iqlim o‘zgarishi va barqaror shaharlar rivoji
— universitetlarda startap ekotizimlari va innovatsiyalar
kabi dolzarb mavzular ko‘rib chiqildi
Tadbir doirasida THE Asia University Rankings 2026 reytingi e’lon qilindi hamda mintaqaning eng ilg‘or universitetlari taqdirlandi.🏆
🌎 Ushbu TAFUning xalqaro maydondagi faolligini mustahkamlash, yangi hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish va global ta’lim ekotizimiga integratsiyalashuv yo‘lidagi muhim qadamdir.
| https://www.instagram.com/utas.uz/profilecard/?igsh=bmpiMDBmYWZwOHY4 | https://utas.uz/
Toshkent amaliy fanlar universiteti
May 11, 2026, 08:56 AM
📷 Photo
Toshkent amaliy fanlar universitetida mehnat yarmarkasining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. 💼
Bugun universitetning C binosida IT va Iqtisodiyot yo‘nalishlari bitiruvchilari uchun tashkil etilgan yarmarka juda qizg‘in va faol tarzda o‘tdi. 🔥
Yarmarkada Realsoft, Robotics Lab, Hilton, yetakchi banklar hamda ko‘plab davlat muassasalari kabi 30 dan ortiq tashkilotlar ishtirok etib, talabalar bilan bevosita suhbatlar va dastlabki saralash bosqichlarini amalga oshirdi. 🤝
✅ Mazkur tadbir bitiruvchi yoshlarni ish bilan ta’minlashda muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.
Hamkor tashkilotlarga minnatdorchilik bildiramiz va barcha bitiruvchilarga keyingi bosqichlarda omad tilaymiz! 🚀
| https://www.instagram.com/utas.uz/profilecard/?igsh=bmpiMDBmYWZwOHY4 | https://utas.uz/
5,470
Toshkent amaliy fanlar universiteti
May 11, 2026, 08:56 AM
🎥 Video
🎤 Siz kim uchun o'qiyapsiz?
Bugun pedagogika yo‘nalishi talabalariga aynan shu savolni berdik — javoblarni videoda ko‘rishingiz mumkin.
Bu safar orqa fon ham o‘zgacha: bitiruvchilar ayni paytda rasmga tushishyapti. 📸
Keyingi safar mikrofonni ko‘rib qolsangiz, tortinmang — kelib o‘z fikringizni ayting. ✨
| https://www.instagram.com/utas.uz/profilecard/?igsh=bmpiMDBmYWZwOHY4 | https://utas.uz/
5,260
66
Toshkent amaliy fanlar universiteti
May 11, 2026, 08:56 AM
📷 Photo
⏰ Eslatma!
Ertaga, 28-aprel kuni Toshkent amaliy fanlar universitetida mehnat yarmarkasining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi.
📍 https://yandex.com/maps/-/CDxNz-oB (Iqtisodiyot fakuleti)
⏳ 10:00
🎓 IT va Iqtisodiyot yo‘nalishi bitiruvchilari uchun
🤝 Yarmarkada Realsoft, Robotics Lab, Hilton trade, yetakchi banklar va ko‘plab davlat muassasalari ishtirok etadi.
Ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. ✨
| https://www.instagram.com/utas.uz/profilecard/?igsh=bmpiMDBmYWZwOHY4 | https://utas.uz/
6,160
Toshkent amaliy fanlar universiteti
May 11, 2026, 08:56 AM
📷 Photo
Toshkent amaliy fanlar universitetida an’anaviy mehnat yarmarkasi boʻlib oʻtdi. 💼
Bugun universitetning A binosida “Bitiruvchi — 2026” mehnat yarmarkasining birinchi bosqichi pedagogik yo‘nalishlar bitiruvchilari uchun boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbir bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash va ularni ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lash maqsadida tashkil etildi. 💫
Yarmarkada 30 dan ortiq yirik tashkilotlar ishtirok etib, talabalar bilan suhbatlar va dastlabki saralash bosqichlarini o‘tkazdi. 🤝
📌 Eslatib o‘tamiz: Yarmarkaning ikkinchi bosqichi IT va Iqtisodiyot yo‘nalishlar bitiruvchilari uchun 28-aprel kuni https://yandex.com/maps/-/CDxNz-oB bo‘lib o‘tadi.
Yarmarkaning ikkinchi bosqichida barcha bitiruvchilarni kutib qolamiz! ✨
| https://www.instagram.com/utas.uz/profilecard/?igsh=bmpiMDBmYWZwOHY4 | https://utas.uz/
Toshkent amaliy fanlar universiteti
Apr 24, 2026, 06:10 PM
📷 Photo
🇺🇿🇲🇾 Toshkent amaliy fanlar universiteti xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda
Toshkent amaliy fanlar universiteti Malayziyaning nufuzli universitetlaridan biri — Universiti Tenaga Nasional (UNITEN) bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. 🤝
Mazkur hamkorlik doirasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda universitetimiz rektori Abdusalom Umarov, O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomidin Gadoyev, elchixonaning ta’lim bo‘yicha mutaxassisi Botir Ismoilov hamda UNITEN rahbari Professor Ir. Dr. Khairul Salleh Mohamed Sahari ishtirok etdi.
✅ Uchrashuv davomida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik masalalari muhokama qilindi:
— Talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi
— Qo‘shma ta’lim dasturlari (dual degree)
— Ilmiy-tadqiqot loyihalari
— Seminar, trening va konferensiyalar tashkil etish
💡 Ayniqsa, energetika, raqamli texnologiyalar, innovatsiyalar va barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida hamkorlikni chuqurlashtirish rejalashtirilmoqda.
Ushbu hamkorlik talabalarga xalqaro tajriba orttirish, zamonaviy bilimlarga ega bo‘lish va global mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishish imkonini beradi. 💫
| https://www.instagram.com/utas.uz/profilecard/?igsh=bmpiMDBmYWZwOHY4 | https://utas.uz/
Toshkent amaliy fanlar universiteti
Apr 24, 2026, 06:10 PM
🎥 Video
🇨🇳Toshkent amaliy fanlar universiteti China International Education Exhibition (CIEET 2026) xalqaro ta’lim ko‘rgazmasida ishtirok etdi.
Ko‘rgazma Shanghai shahrida bo‘lib o‘tdi va Chinese Service Center for Scholarly Exchange (CSCSE) tomonidan tashkil etildi. 1999-yildan buyon ushbu tadbir xalqaro ta’lim hamkorligini rivojlantirishga xizmat qilib kelmoqda.
📌 Shanxay bosqichida O‘zbekistondan yagona ishtirokchi — Toshkent amaliy fanlar universiteti bo’ldi ⚡️
Ko‘rgazma davomida:
• ta’lim dasturlari taqdim etildi
• amaliy ta’lim modeli tanishtirildi
• xalqaro hamkorlik uchrashuvlari o‘tkazildi
🌎 Ushbu ishtirok universitetning xalqaro faolligini oshirish va xorijiy talabalarni jalb etish yo‘lidagi muhim qadamdir.
| https://www.instagram.com/utas.uz/profilecard/?igsh=bmpiMDBmYWZwOHY4 | https://utas.uz/
3,630
Toshkent amaliy fanlar universiteti
Apr 24, 2026, 06:10 PM
📷 Photo
Toshkent amaliy fanlar universiteti va Universiti Sains Malaysia o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi. 🤝
✍️ Universitetlarimiz o‘rtasida rasmiy anglashuv memorandumi (MoU) imzolandi.
✅ Hamkorlik doirasida:
— talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi
— qo‘shma ta’lim dasturlari (dual diplom)
— ilmiy-tadqiqot loyihalari
— seminar va treninglar
— akademik hamkorliklar yo'lga qo'yiladi.
📄 Ma’lumot uchun: USM Malayziyaning yetakchi ilmiy-tadqiqot universitetlaridan biri bo‘lib, bugungi kunda global reytinglarda TOP-150 talikka kiradi.
Ushbu hamkorlik TAFU talabalari uchun xalqaro tajriba orttirish, jahonning nufuzli universitetlari bilan hamnafas rivojlanish va yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun yangi eshiklarni ochadi. 💫
| https://www.instagram.com/utas.uz/profilecard/?igsh=bmpiMDBmYWZwOHY4 | https://utas.uz/
Toshkent amaliy fanlar universiteti
Apr 24, 2026, 06:10 PM
📷 Photo
🇲🇾“O‘zbekiston – Malayziya” xalqaro olima ayollar forumi bo‘lib o‘tdi.
8–9 aprel kunlari Malayziyaning Melaka shahrida “Innovatsiya va barqaror rivojlanishda ayol olimalar salohiyati” mavzusida tashkil etilgan xalqaro forumda Toshkent amaliy fanlar universiteti delegatsiyasi ishtirok etdi. 💫
Tadbirda universitetimiz rektori Abdusalom Umarov, rektorning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Mahfuza Muratbekova va Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi dotsenti Shoira Xanbabayeva ham faol ishtirok etib, O‘zbekiston – Malayziya oliy ta’lim hamkorligini rivojlantirish hamda xalqaro aloqalarni yanada kengaytirish bo‘yicha muhim takliflar ilgari surdi. 🔥
✅Forum yakunida 30 ga yaqin memorandum va hamkorlik kelishuvlariga erishildi. Mazkur tadbir universitetning xalqaro nufuzini oshirish va yangi hamkorliklar uchun muhim qadam bo‘ldi.
| https://www.instagram.com/utas.uz/profilecard/?igsh=bmpiMDBmYWZwOHY4 | https://utas.uz/
Toshkent amaliy fanlar universiteti
Apr 24, 2026, 06:10 PM
📷 Photo
🧠 Sun’iy intellekt va amaliy fanlar bo‘yicha xalqaro konferensiya
Bugun Toshkent amaliy fanlar universitetida “Amaliy fanlarda sun’iy intellektni qo‘llash: tendensiyalar, muammolar va istiqbollar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston va xorijdan kelgan olimlar, jumladan Hindistonlik tadqiqotchi, Alliance universiteti vakili doktor Muhammad Farhan ishtirok etib, sun’iy intellektning ta’lim, ishlab chiqarish va boshqa sohalardagi qo‘llanilishi haqida fikr almashdi. ⚡️
Konferensiya bir nechta yo‘nalishlarda o‘tkazilib, unda sun’iy intellektning texnik, iqtisodiy va ta’lim sohalaridagi o‘rni ko‘rib chiqildi. ✅
| https://www.instagram.com/utas.uz/profilecard/?igsh=bmpiMDBmYWZwOHY4 | https://utas.uz/
7,470
Toshkent amaliy fanlar universiteti
Apr 1, 2026, 07:16 AM
🎥 Video
2,850
82
0
Toshkent amaliy fanlar universiteti
Apr 1, 2026, 07:16 AM
📷 Photo
Universitetimizda Navro‘z bayrami 🌸✨
Bugun Toshkent amaliy fanlar universitetida, milliy qadriyatlarimiz aks etgan Navro‘z dasturxoni bezatildi, o‘zbek an’analari jonli tarzda namoyish etildi. Kelin salom marosimi, viloyatlar raqslari, bahoriy moda yurishi bayramga alohida fayz bag‘ishladi.
Talabalar o‘rtasida milliy sport o‘yinlari ham qizg‘in o‘tdi — do‘ppini yerdan tishlab olish, arqon tortish kabi bellashuvlarda yigitlarimiz kuch sinashdilar. Talabalarimiz sahnani ham, maydonni ham raqs va quvonchga to‘ldirishdi. 💫
🎭 Bayram dasturi Toshkent davlat musiqiy komediya teatrida davom etdi. Bu yerda talabalar va teatr aktyorlari ishtirokida sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, tomoshabinlarga unutilmas taassurotlar taqdim etildi.
Navro‘z — yangilanish, birlik va quvonch bayrami, biz esa uni birgalikda, yorqin xotiralar bilan kutib oldik 💙
| https://www.instagram.com/utas.uz/profilecard/?igsh=bmpiMDBmYWZwOHY4 | https://utas.uz/
Toshkent amaliy fanlar universiteti
Apr 1, 2026, 07:16 AM
📷 Photo
🔥 TAFU Dotsenti xalqaro Oracle AI sertifikati sohibi
Toshkent amaliy fanlar universiteti “Kompyuter injiniringi” kafedrasi dotsenti, PhD Toshtemir Xo‘jakulov xalqaro Oracle kompaniyasining nufuzli sertifikatiga ega bo‘ldi.
Ushbu sertifikat IT sohasida, xususan sun’iy intellekt, dasturlash va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha yuqori bilim va ko‘nikmalarni tasdiqlaydi ✅
🔢E’tiborlisi, mazkur sertifikat Respublikada yagona hisoblanadi.
Bu yutuq universitetimizda xalqaro darajadagi bilim va tajribaga ega mutaxassislar faoliyat yuritayotganining yana bir isbotidir. ⚡️️
| https://www.instagram.com/utas.uz/profilecard/?igsh=bmpiMDBmYWZwOHY4 | https://utas.uz/
4,110
Toshkent amaliy fanlar universiteti
Apr 1, 2026, 07:16 AM
🎥 Video
Sumalak party ✨
27-mart kuni Toshkent amaliy fanlar universitetining Iqtisodiyot fakulteti professor-o‘qituvchilari va talaba yoshlari Mirobod tumani “Parvona” mahallasi bilan hamkorlikda “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” shiori ostida bayram sumalagi tashkil etdilar. ⚡️️
🥳 Tadbir davomida mahalla ahli va universitet jamoasi birgalikda sumalak tayyorladilar, bayram dasturxoni yozildi va ko'ngilochar muhit tashkil etildi.
Bunday an’analar birlik, mehr-oqibat va qadriyatlarni yanada mustahkamlaydi.
| https://www.instagram.com/utas.uz/profilecard/?igsh=bmpiMDBmYWZwOHY4 | https://utas.uz/
3,820
Toshkent amaliy fanlar universiteti
Apr 1, 2026, 07:16 AM
📷 Photo
❕ Bitiruvchi talabalar diqqatiga
Hurmatli talabalar, esdalik uchun suratga tushishni rejalayotgan bo'lsangiz, sizlarga ajoyib taklifimiz bor.
Toshkent amaliy fanlar universitetining haqiqiy mantiyalarini ijaraga olishingiz mumkin ⚡️
✅ Eng muhimi — mutlaqo bepul.
🫴 Batafsil ma'lumot olish va buyurtma berish uchun https://t.me/GB_utas
| https://www.instagram.com/utas.uz/profilecard/?igsh=bmpiMDBmYWZwOHY4 | https://utas.uz/
7,060
Toshkent amaliy fanlar universiteti
Apr 1, 2026, 07:16 AM
📷 Photo
🎓 Iqtidorli yoshlar — bizning e’tiborimizda!
Toshkent amaliy fanlar universiteti Respublika fan olimpiadalarida yuqori natijalarga erishgan maktab o‘quvchilarini qo‘llab-quvvatlaydi ✨
🏆 Olimpiada g‘oliblariga 25% dan 100% gacha bo'lgan maxsus grantlar ajratildi va universitetimiz rahbariyati — prorektorlar hamda dekanlar tomonidan tantanali ravishda sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Ushbu tashabbus orqali universitetimiz bilimli, intiluvchan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan.
| https://www.instagram.com/utas.uz/profilecard/?igsh=bmpiMDBmYWZwOHY4 | https://utas.uz/