Olmaliq davlat texnika instituti rasmiy telegram kanali
Taklif va Murojaatlar uchun: @Abdazim_Asadbek
Olmaliq davlat texnika instituti rasmiy telegram boti @odti_murojaat_bot
Join @ODTIUZ for exclusive kanali and uchun content and discussions in 1
No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
ODTI | Rasmiy kanali
May 14, 2026, 10:11 PM
📷 Photo
#yutuq #ChempionTalaba
🏊♂️ ODTI TALABASI — Chempion!
Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi doirasida o‘tkazilgan Toshkent viloyati hududiy bosqichida Olmaliq davlat texnika instituti 7D-25MM guruhi talabasi Dadanazar Abdullayev sportning suzish turi bo‘yicha yuqori natijalarni qayd etdi:
🥇 100 metr masofaga erkin suzish — 1-o‘rin
🥈 50 metrga chalqancha suzish — 2-o‘rin
🥉 50 metr masofaga erkin suzish — 3-o‘rin
Mazkur muvaffaqiyat orqali talabamiz Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi!
👏 ODTI jamoasi nomidan Dadanazar Abdullayevni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz hamda Respublika bosqichida ham ulkan zafarlar tilaymiz!
💪 ODTI — iqtidor, intilish va g‘alabalar maskani!
#ODTI #TalabalarOlimpiadasi #Suzish #G‘alaba #YangiO‘zbekiston #OlmaliqDTI
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
✅ I ✅ https://www.facebook.com/share/17DpuuU2wP/ I
🔹 https://www.instagram.com/odtiuz?igsh=emtscHBpZXJuMG9p I 🔹 https://www.youtube.com/@ODTIUZ I
🌍 https://odti.uz/
520
24
0
ODTI | Rasmiy kanali
May 14, 2026, 10:11 PM
📷 Photo
🎙 "Debyut" vaynerlar maktabining 5-mavsumi uchun arizalar qabuli boshlandi!
❗️ Siz kreativ kontent yaratish, vaynerlik san’ati va internet olamida o‘z o‘rningizni topishni orzu qilasizmi? Unda ushbu imkoniyat aynan siz uchun!
Darslar media olamining yulduzlari – Bobur Mansurov, Jaloliddin Mirzayev, Munavvara Abdullayeva, Komol Qahhorov, Sarvar Bohodirov, Mavluda Hikmatova, Nigora Abdullahonova, Mahliyo Asqaraliyeva, Gulruh Pirnazarova, Sardor Rustamboyaev hamda Sadulla Abdullayev kabi tajribali mutaxassislar tomonidan interaktiv tarzda olib boriladi.
📢“Darslar boshlanib ketdi, men ulgurmadim” deb o‘ylayapsizmi? Aslo! Loyihamiz eshiklari yangi iqtidorlar uchun hali ham ochiq. Siz hozir ham ushbu ijodiy jamoaga qo‘shilib, professional bilimlar poydevorini yaratishingiz mumkin.
📌 Loyiha ishtirokchisi bo‘lish shartlari:
➡️ 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
➡️ Vaynerlik va media sohasiga kuchli qiziqish;
➡️ Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi yoki har kuni darslarga qatnash imkoniyati mavjud bo‘lgan yoshlar.
☕️ Ishtirokchilar uchun bepul tushlik tashkil etilgan.
🖋 Qanday ro‘yxatdan o‘tish mumkin? Bugunoq https://t.me/debyutuzbot
orqali ro‘yxatdan o‘ting va o‘z kreativ salohiyatingizni dunyoga namoyon qiling.
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
ODTI | Rasmiy kanali
May 14, 2026, 10:11 PM
📷 Photo
#IchkiTurizm #IslomSivilizatsiyasiMarkazi
Ajdodlar merosi — yoshlar tafakkurida!
📎 Olmaliq davlat texnika instituti Konchilik fakulteti talabalari Toshkent шаҳридаги zamonaviy ma’rifat maskanlaridan biri — Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurishdi.
➡️ Mazkur sayohat davomida talabalar boy tariximiz, buyuk allomalarimizning ilmiy-ma’naviy merosi hamda milliy qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan noyob ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishdilar.
⌛ Ilm, tafakkur va ma’naviyat uyg‘unlashgan ushbu maskan yoshlarda Vatanga muhabbat, tarixga hurmat va milliy o‘zlikni anglash tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
😄 ODTI talabalari nafaqat zamonaviy bilimlarni egallamoqda, balki ajdodlar merosidan ilhom olib, kelajak sari dadil qadam tashlamoqda!
▶️ ODTI — ilm, ma’naviyat va taraqqiyot maskani!
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
✅ I ✅ https://www.facebook.com/share/17DpuuU2wP/ I
🔹 https://www.instagram.com/odtiuz?igsh=emtscHBpZXJuMG9p I 🔹 https://www.youtube.com/@ODTIUZ I
🌍 https://odti.uz/
ODTI | Rasmiy kanali
May 14, 2026, 10:11 PM
📷 Photo
#badantarbiya #soglomtalaba
Tong — muvaffaqiyat boshlanishi!
Olmaliq davlat texnika instituti Konchilik fakulteti talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar kunni sog‘lom turmush tarzi asosida, ko‘tarinki kayfiyat va badantarbiya mashqlari bilan boshlamoqda.
☀️ Erta tonggi jismoniy mashqlar yoshlarning nafaqat salomatligini mustahkamlash, balki ularning kun davomida faol, intizomli va yuqori motivatsiya bilan harakat qilishiga xizmat qilmoqda.
🏃♂️ Sog‘lom tana — kuchli bilim,
⭐️ Faol yoshlar — porloq kelajak!
ODTI talabalari bugun nafaqat ilmda, balki sog‘lom turmush tarzi borasida ham barchaga o‘rnak bo‘lishmoqda.
➕ ODTI — sog‘lom, bilimli va maqsadli yoshlar maskani!
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
✅ I ✅ https://www.facebook.com/share/17DpuuU2wP/ I
🔹 https://www.instagram.com/odtiuz?igsh=emtscHBpZXJuMG9p I 🔹 https://www.youtube.com/@ODTIUZ I
🌍 https://odti.uz/
ODTI | Rasmiy kanali
May 14, 2026, 10:11 PM
📷 Photo
#IlmiyKengash #yangilik #xushxabar
YANGI ILMIY BOSQICH — YANGI IMKONIYATLAR!
Olmaliq davlat texnika instituti mamlakatimiz ilm-fani va oliy ta’lim tizimidagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda!
📌 Oliy attestatsiya komissiyasining 2026-yil 24-apreldagi 04/17-2681-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi murojaatiga muvofiq, OAK Rayosatining 2026-yil 8-maydagi qarori bilan institut huzurida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/2026.08.05. T.47.01 raqamli ilmiy kengash tashkil etildi.
🔬 Endilikda institutda quyidagi strategik yo‘nalishlar bo‘yicha dissertatsiyalar himoyasi amalga oshiriladi:
🔺04.00.14 — «Foydali qazilmalarni boyitish»
🔺 05.02.01 — «Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi» (texnika fanlari)
💡 Mazkur ilmiy kengashning tashkil etilishi — ilmiy salohiyatni yuksaltirish, innovatsion tadqiqotlarni rivojlantirish hamda yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash yo‘lidagi muhim tarixiy qadamdir.
⚙️ Ilm-fan, texnologiya va sanoat integratsiyasini yangi bosqichga olib chiqayotgan Olmaliq davlat texnika instituti — yurt taraqqiyoti uchun zamonaviy ilmiy maktab yaratishda davom etadi!
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
✅ I ✅ https://www.facebook.com/share/17DpuuU2wP/ I
🔹 https://www.instagram.com/odtiuz?igsh=emtscHBpZXJuMG9p I 🔹 https://www.youtube.com/@ODTIUZ I
🌍 https://odti.uz/
ODTI | Rasmiy kanali
May 14, 2026, 10:11 PM
📷 Photo
#Talaba_Yugur
Ro’yxatdan o’tish davom etmoqda !!!
🏃♂️ Ushbu https://perfend.com/ “Talaba Yugur” yugurish musobaqalariga talabalar hamda professor-o’qituvchilar uchun ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda.
🔵 Har bir kurs kesimida yigitlar va qizlar o‘rtasida alohida 1-, 2-, 3-o‘rinlar aniqlanadi;
🔵 Professor-o’qituvchilar o’rtasidagi g’oliblar 10% gacha ustamaga ega bo‘lishadi.
🔵 G‘olib bo’lgan talabalar quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇-o‘rin: 280 ming so‘mdan 6 oy
🥈-o‘rin: 280 ming so‘mdan 4 oy
🥉-o‘rin: 280 ming so‘mdan 2 oy
▶️Ro‘yxatdan o‘tish narxi — 39 900 so‘m.
https://perfend.com/ va yugurishga tayyorlaning!
‼️ Ro’yxatdan o’tishda Talaba bo’limini hamda Olmaliq davlat texnika institutini tanlashingizni so’rab qolamiz!
📍 Ro’yxatdan o’tgan ishtirokchilarni 17-may kuni soat 7:00 da “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida kutib qolamiz.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
✅ I ✅ https://www.facebook.com/share/17DpuuU2wP/ I
🔹 https://www.instagram.com/odtiuz?igsh=emtscHBpZXJuMG9p I 🔹 https://www.youtube.com/@ODTIUZ I
🌍 https://odti.uz/
📣“Aksilkorrupsiya xakatoni – 2026”ga start berildi!
24–25–26-aprel kunlari “Sarbon” universitetida “Aksilkorrupsiya xakatoni – 2026” https://t.me/antikor_uzb.
Ushbu tadbir Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Sarbon universiteti, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oʻzmetkombinat AJ, IT Park hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Xakaton davomida ishtirokchilar ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda korrupsiyaga qarshi innovatsion yechimlar ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
☑️Yo‘nalishlar:
• davlat xaridlari, sog‘liqni saqlash, sport, qurilish, ta’lim kabi sohalarda korrupsiyaning oldini olish;
• korrupsiyaga qarshi kurashishga aholi va yoshlarni jalb etish;
• ochiq ma’lumotlar asosida korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan boshqa innovatsion yondashuvlar.
Xakatonda 18–35 yoshdagi turli soha vakillari 2 yoki 3 kishilik jamoalar shaklida ishtirok etishlari mumkin.
👆Xakaton qoidalari bilan batafsil https://docs.google.com/document/d/1W6imgRbfZf5Dk-NRD8pWw9XtaaWZDAfx8yFczbaHL2M/edit?usp=sharing tanishing.
📆Muhim sanalar:
• Tayyorlov vebinari: 10-aprel
• Xakatonda ishtirok etish uchun 20-aprelga qadar https://forms.gle/SqywpvjRgywyWJR77 orqali ro‘yxatdan o‘tish lozim.
G‘olib jamoalar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
🧑💻Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yilgi xakatonning mutlaq g‘olibi — Uzinfocom kompaniyasining yosh dasturchilar jamoasi Coding4Integrity Osiyo xakatonida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, xalqaro maydonda ham munosib qatnashgan.
👥Siz ham jamiyatda ijobiy o‘zgarishlar qilishni istasangiz — ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
ODTI | Rasmiy kanali
Apr 4, 2026, 06:25 PM
📷 Photo
🟦🟦🟦
ODTIda xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, rektor maslahatchisi X. Xasanova hamda xotin-qizlar psixologi N. Asaboyeva hamkorligida “O‘zaro munosabatlar va psixologik iqlimni tahlil qilish va baholash” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
♻️ Seminar davomida talabalar o‘rtasidagi ijtimoiy-psixologik muhit, o‘zaro hurmat va hamkorlik darajasi chuqur tahlil qilindi.
👍 Shuningdek, sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish, nizolarni samarali hal etish hamda jamoada ijobiy munosabatlarni mustahkamlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
👆 Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘z fikr va takliflarini bildirib, jamoada ijobiy muhitni rivojlantirishga qaratilgan muhim xulosalarga kelishdi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
✅ I ✅ https://www.facebook.com/share/17DpuuU2wP/ I
🔹 https://www.instagram.com/odtiuz?igsh=emtscHBpZXJuMG9p I 🔹 https://www.youtube.com/@ODTIUZ I
🌍 https://odti.uz/
ODTI | Rasmiy kanali
Apr 4, 2026, 06:25 PM
📷 Photo
#Yoshlar_kuni
▶️ Energetika va mashinasozlik fakultetida Texnologik mashina va jihozlar kafedrasi tomonidan “Rahbar va yoshlar” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
👨🏭 Uchrashuvda OKMK AJ bosh payvandchisi D. S. Tagayev ishtirok etib, yo‘nalish talabalariga kasbiy bilim va ko‘nikmalarni egallash, amaliy tajribaning ahamiyati hamda sohaga oid muhim tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdi.
📨 Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelajakdagi kasbiy faoliyatlari uchun foydali maslahatlar oldilar. Mazkur uchrashuv yosh mutaxassislarni tayyorlash, ularning kasbga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ishlab chiqarish bilan ta’lim integratsiyasini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
✅ I ✅ https://www.facebook.com/share/17DpuuU2wP/ I
🔹 https://www.instagram.com/odtiuz?igsh=emtscHBpZXJuMG9p I 🔹 https://www.youtube.com/@ODTIUZ I
🌍 https://odti.uz/
ODTI | Rasmiy kanali
Apr 4, 2026, 06:25 PM
📷 Photo
#OTM_va_maktab
📍 O‘zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati Olmaliq shahar 80-sonli kar va zaif eshituvchi bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari uchun Olmaliq davlat texnika institutiga tashrif tashkil etildi.
👥 Tashrifda maktab-internatning tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari G. X. Mansurova, kutubxonachi X. Zokirova hamda tarbiyachilar hamrohligida 30 nafar yuqori sinf o‘quvchilari ishtirok etdi.
❗ O‘quvchilar institut faoliyati, yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy o‘quv va ilmiy laboratoriyalar bilan yaqindan tanishdilar.
🔔 Mazkur tashrif yoshlarning kasb tanlashiga ko‘maklashish, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirish hamda oliy ta’limga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
✅ I ✅ https://www.facebook.com/share/17DpuuU2wP/ I
🔹 https://www.instagram.com/odtiuz?igsh=emtscHBpZXJuMG9p I 🔹 https://www.youtube.com/@ODTIUZ I
🌍 https://odti.uz/
ODTI | Rasmiy kanali
Apr 4, 2026, 06:25 PM
📷 Photo
#Amir_Temur #Sohibqironmerosi
🟦🟦
✈️ «Olmaliq KMK» AJda buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat hamda san’at homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan “SOHIBQIRON MEROSI: TARIX VA TAFAKKUR UYGʻUNLIGI” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tmoqda.
🎓 Tadbirda Olmaliq davlat texnika instituti rahbariyati hamda bir guruh talabalari faol ishtirok etmoqda.
😐 Tadbir davomida institut rektori O‘tkir Xalikulov so‘zga chiqib, Olmaliq shahrida oliy ta’lim va ilmiy izlanishlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, xususan kon-metallurgiya yo‘nalishiga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalarida Amir Temur hayoti va faoliyati, tarix fanlarini o‘rganishning ahamiyati haqida fikr bildirdi.
☑️ Mazkur tadbir yoshlar ongida tarixiy merosga hurmat, milliy qadriyatlarni anglash hamda ilm-fanga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
✅ I ✅ https://www.facebook.com/share/17DpuuU2wP/ I
🔹 https://www.instagram.com/odtiuz?igsh=emtscHBpZXJuMG9p I 🔹 https://www.youtube.com/@ODTIUZ I
🌍 https://odti.uz/
ODTI | Rasmiy kanali
Apr 1, 2026, 01:50 AM
📎 File
#anons
#mutolaa
💎 “Ilm ziyosi” — 2026-yildagi 3-soni!
🆕 Olmaliq davlat texnika institutining elektron gazetasini mutolaa qiling.
🗞Endi bu gazeta — yoshlar uchun qalam maydoni.
✍️ Istagancha ijod qiling, fikr ayting, tashabbus ko‘rsating. Gazeta sizlarning so‘z va harakatlaringizni tarixga muhrlaydi.
📖 O‘qing, ulashing va ijod qiling!
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
✅ I ✅ https://www.facebook.com/share/17DpuuU2wP/ I
🔹 https://www.instagram.com/odtiuz?igsh=emtscHBpZXJuMG9p I 🔹 https://www.youtube.com/@ODTIUZ I
🌍 https://odti.uz/
339
ODTI | Rasmiy kanali
Apr 1, 2026, 01:50 AM
📷 Photo
#Olimpiada #Iqtisodiyot
Olmaliq davlat texnika institutida talabalarining iqtisodiy va moliyaviy savodxonligini oshirish, ularning nazariy bilimlari hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “Umumiy iqtisodiyot nazariyasi” fanidan olimpiada bo‘lib o‘tdi.
🎓 Mazkur olimpiada B kategoriya – iqtisodiyotdan tashqari yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida tashkil etildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇-o‘rin — Abduqaxxorova Nilufar (11-25 KM)
🥈-o‘rin — Aliqulova Ruxshona (11-25 KM)
🥉-o‘rin — Turdaliyev Shoxrux (9D-24 TMJ)
🌟 Eng faol ishtirokchi:
Nomozov Sanjar (17-24 MT)
G‘olib va ishtirokchilarni samimiy muborakbod etamiz hamda kelgusi faoliyatlarida ularga muvaffaqiyat tilaymiz!
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
✅ I ✅ https://www.facebook.com/share/17DpuuU2wP/ I
🔹 https://www.instagram.com/odtiuz?igsh=emtscHBpZXJuMG9p I 🔹 https://www.youtube.com/@ODTIUZ I
🌍 https://odti.uz/
ODTI | Rasmiy kanali
Apr 1, 2026, 01:50 AM
📷 Photo
#seminar_trening
📢 🅰 🅰 🅰🅰da psixologik 🟦🟦🟦-trening o‘tkazildi
Joriy yilning 30-mart kuni ODTI psixologlari tomonidan “Metallurgiya va kimyo texnologiyalar” hamda “Konchilik” fakultetlari 4-bosqich talabalari uchun psixologik seminar-trening tashkil etildi.
♻️ Seminar davomida:
➡️ Kasb faoliyatida emotsiyalarni anglash va boshqarish
➡️ Kasb etikasi
mavzulari atroflicha yoritildi hamda bitiruvchi talabalarning bandligini ta’minlash maqsadida anonim so‘rovnoma o‘tkazildi.
✅ Trening jarayonida talabalarga:
- emotsiyalarni anglash va farqlash
- kasbiy faoliyatda emotsional nazorat
- stressli vaziyatlarda o‘zini boshqarish
- samarali muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish
bo‘yicha muhim tushunchalar va amaliy tavsiyalar berildi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
✅ I ✅ https://www.facebook.com/share/17DpuuU2wP/ I
🔹 https://www.instagram.com/odtiuz?igsh=emtscHBpZXJuMG9p I 🔹 https://www.youtube.com/@ODTIUZ I
🌍 https://odti.uz/
ODTI | Rasmiy kanali
Apr 1, 2026, 01:50 AM
📷 Photo
#AmirTemurVorislari #Final
🏆 “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasi FINAL bosqichi yakunlandi!
Olmaliq davlat texnika institutida o‘tkazilgan ushbu nufuzli musobaqaning final bahslari yuqori kayfiyat, kuchli raqobat va haqiqiy jamoaviy ruh ostida bo‘lib o‘tdi.
🥇-o‘rin — Energetika va mashinasozlik fakulteti
🥈-o‘rin — Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakulteti
🥉-o‘rin — Konchilik fakulteti
Barcha ishtirokchilarni munosib natijalari bilan tabriklaymiz!
G‘oliblarga esa yanada katta zafarlar tilaymiz!
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
✅ I ✅ https://www.facebook.com/share/17DpuuU2wP/ I
🔹 https://www.instagram.com/odtiuz?igsh=emtscHBpZXJuMG9p I 🔹 https://www.youtube.com/@ODTIUZ I
🌍 https://odti.uz/
🕗 “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik tanloviga arizalar qabuli yakunlanishiga atigi 3 kun qoldi!
📌 Vaqt kam — imkoniyat esa katta!
O‘z g‘oyangiz, loyihangiz yoki ixtiroyingizni namoyish etish imkonini qo‘ldan boy bermang!
📝 Eslatib o‘tamiz, tanlov 3 ta
yo‘nalishda o‘tkaziladi:
🔠 Eng yaxshi g‘oya
🔠Eng yaxshi loyiha
🔠 Eng yaxshi ixtiro
🚗 Har bir yo‘nalish g‘olibi — elektromobil sohibiga aylanadi!
Agar ariza topshirishga hali ulgurmagan bo‘lsangiz — bu sizning imkoniyatingiz!
📲 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: http://muhandis.edu.uz/
⏰ Eslatma: arizalar qabuli 31-mart kuni soat 23:59 da yakunlanadi!
Balki navbatdagi g‘olib aynan siz bo‘larsiz!
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
689
ODTI | Rasmiy kanali
Mar 30, 2026, 06:23 AM
📷 Photo
⚡️ “Media haftalik”: mamlakatimizda yilning eng yirik media loyihasi start olmoqda
Global axborot makonidagi shiddatli o‘zgarishlar, ijtimoiy tarmoqlar va sun’iy intellektning rivojlanishi, feyk xabarlar oqimi media sohasi vakillaridan mutlaqo yangicha yondashuvlarni talab etmoqda. Shu maqsadda respublikamizda yilning eng yirik va muhim ta’limiy-amaliy loyihasi — jurnalistlar, blogerlar va matbuot kotiblarini yagona platformada birlashtiruvchi “Media haftalik” o‘z ishini boshladi.
https://t.me/kontentmarkazi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yo‘lga qo‘yilayotgan mazkur loyiha butun respublikadan qariyb 12,5 ming ishtirokchini qamrab oladi. Joriy yilning 30-martidan 26-iyuniga qadar har bir hududda 5 kunlik intensiv o‘quv-seminarlar va mahorat darslari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
⚙️ Dasturda nazariya va amaliyot birlashadi: asosiy urg‘u haqiqiy tajriba orttirishga qaratiladi. Mamlakatimizning eng yetakchi media-ekspertlari, muharrir va prodyuserlari ishtirokida kontent yaratish, faktcheking, raqamli gigiyena, SMM va strategik kommunikatsiyalar kabi muhim mavzular bo‘yicha treninglar olib boriladi.
Mashg‘ulotlar telejurnalistlar, bosma nashrlar, blogerlar va davlat idoralari matbuot kotiblari uchun alohida yo‘nalishlarda o‘tkaziladi. Bilimlarini oshirgan ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshiriladi.
📌 O‘zbekiston bo‘ylab harakatlanuvchi mazkur media-estafetaning ilk bosqichi 30-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida boshlanadi. Darslar davomida ishtirokchilar real keyslar asosida ishlash, xatolarni tahlil qilish, yangi yondashuvlarni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Spikerlar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, zamonaviy media rivojining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar beradi.
💬 Haftalik yakunida hududdagi soha vakillarini qamrab oluvchi yirik Media forum tashkil etiladi.
Loyihada ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarma va bo‘limlariga murojaat qilishlari mumkin.
Media haftalik quyidagi sanalarda hududlar kesimida tashkil etiladi:
• 30-mart – 3-aprel: Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
• 6-aprel – 10-aprel: Xorazm viloyatida;
• 13-aprel – 17-aprel: Surxondaryo viloyatida;
• 20-aprel – 24-aprel: Qashqadaryo viloyatida;
• 27-aprel – 1-may: Samarqand viloyatida;
• 4-may – 8-may: Navoiy viloyatida;
• 11-may – 15-may: Buxoro viloyatida;
• 18-may – 22-may: Farg‘ona viloyatida;
• 25-may – 29-may: Namangan viloyatida;
• 1-iyun – 5-iyun: Andijon viloyatida;
• 8-iyun – 12-iyun: Jizzax viloyatida;
• 15-iyun – 19-iyun: Sirdaryo viloyatida;
• 22-iyun – 26-iyun: Toshkent viloyati va Toshkent shahrida.
🦋 https://t.me/kontentmarkazi
ODTI | Rasmiy kanali
Mar 30, 2026, 06:23 AM
📷 Photo
#rezidentlik_dasturi
Yosh tadqiqotchilar diqqatiga: ISLAB va J-PAL hamkorligidagi 12 oylik Tadqiqot akseleratori dasturiga qabul ochildi
Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi (ISLAB) va J-PAL O‘zbekistonda ijtimoiy himoya, rivojlanish iqtisodiyoti hamda davlat siyosati ta’sirini baholash yo‘nalishlarida ilmiy izlanishlar olib borish istagidagi tadqiqotchilarni rezidentlik dasturiga https://t.me/islab_uz.
2026-yilgi guruh uchun 10 dan ortiq o‘rin ajratilgan. Arizalar kelib tushish tartibiga ko‘ra ko‘rib chiqiladi, shu sababli hujjatlarni tezroq topshirish tavsiya etiladi.
Dastur doirasida siz quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lasiz:
• ISLAB va J-PAL tadqiqotchilaridan bevosita mentorlik;
• MIT MicroMasters'ning “Ma’lumotlar, iqtisodiyot va rivojlanish siyosati (DEDP)” kurslarida o‘qish imkoniyati;
• Amaliy ijtimoiy siyosat tadqiqotlarida real tajriba;
• Mahalliy va xalqaro olimlar bilan professional netvorking;
• Kelajakdagi tadqiqotlar uchun moliyalashtirish imkoniyatlari;
• Tadqiqot akseleratori rezidenti sifatidagi rasmiy maqom.
👤 Kimlar topshirishi mumkin?
Iqtisodiyot, ijtimoiy siyosat, davlat boshqaruvi, statistika yoki tegishli miqdoriy (kvantitativ) fanlar bo‘yicha ma’lumotga, tadqiqot tajribasi va kuchli tahliliy ko‘nikmalarga ega nomzodlar.
🗓 Oxirgi muddat: 2026-yil 14-aprel.
🔗 Batafsil ma’lumot va ariza topshirish: https://api-portal.gov.uz/uploads/7/2026/03/27/08485b43-271e-7296-1e96-541253c1575b_media_.pdf.
Dasturga mos keladigan hamkasb va do‘stlaringiz bilan ulashishni unutmang!
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
ODTI | Rasmiy kanali
Mar 30, 2026, 06:23 AM
📷 Photo
#hashar #obodonlashtirish
📢 Konchilik fakultetida hashar kayfiyati!
😄 Bugun Olmaliq davlat texnika instituti Konchilik fakultetida tozalik va obodonlashtirish ishlari doirasida hashar tashkil etildi. Institut jamoasi — ustozlar va talabalar bir yoqadan bosh chiqarib, hududni yanada chiroyli va ozoda qilishga o‘z hissalarini qo‘shishmoqda.
▶️ Hashar — bu nafaqat tozalik, balki jamoaviylik, birdamlik va mas’uliyat timsolidir. Bugungi faol ishtirok esa ODTI da ana shu qadriyatlar mustahkam ekanini yana bir bor namoyon etdi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
✅ I ✅ https://www.facebook.com/share/17DpuuU2wP/ I
🔹 https://www.instagram.com/odtiuz?igsh=emtscHBpZXJuMG9p I 🔹 https://www.youtube.com/@ODTIUZ I
🌍 https://odti.uz/
ODTI | Rasmiy kanali
Mar 30, 2026, 06:23 AM
📷 Photo
#AmirTemurVorislari #Final #TalabalarHayoti
📢🟦🟦🟦🟦🟦
🔥 Olmaliq davlat texnika institutida “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasining institut bosqichi FINAL o‘tkaziladi!
📍 Manzil: Konchilik fakulteti
🗓 Sana: 30-mart
⏰ Vaqt: 14:00
💪 Kuch, matonat va jamoaviy ruh sinovdan o‘tadigan ushbu final bahslarida eng kuchli jamoalar aniqlanadi!
⭐️ Barcha talabalar va muxlislarni final bosqichini tomosha qilishga va ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlashga taklif etamiz!
Kel, g‘alaba ruhini birga his qilamiz!
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
✅ I ✅ https://www.facebook.com/share/17DpuuU2wP/ I
🔹 https://www.instagram.com/odtiuz?igsh=emtscHBpZXJuMG9p I 🔹 https://www.youtube.com/@ODTIUZ I
🌍 https://odti.uz/
ODTI | Rasmiy kanali
Mar 30, 2026, 06:23 AM
📷 Photo
#Aksilkorrupsiya #volontyorlar
“Aksilkorrupsiya volontyolari” guruhi a’zolari uchun
o‘quv kurslar tashkil etildi.
➡️ Olmaliq davlat texnika institutida Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan 2026-yil 26–27-mart kunlari “Aksilkorrupsiya volontyorlari” guruhi a’zolari uchun o‘quv kurslari tashkil etildi. Dars jarayonida talabalar korrupsiyaga qarshi kurashish tamoyillari, volontyorlik faoliyatining huquqiy asoslari hamda jamoatchilik nazoratidagi o‘rni haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
✅ I ✅ https://www.facebook.com/share/17DpuuU2wP/ I
🔹 https://www.instagram.com/odtiuz?igsh=emtscHBpZXJuMG9p I 🔹 https://www.youtube.com/@ODTIUZ I
🌍 https://odti.uz/
❤️🔥❤️🔥❤️🔥💙💙💙
🏆 OLIYGOH KUBOGI – 2026
Aziz talabalar!
Sizda o‘z g‘oyangizni namoyish etish, startapingizni rivojlantirish va haqiqiy muhandis sifatida o‘zingizni ko‘rsatish imkoniyati bor!
🔥 “Oliygoh kubogi – 2026” tanlovi — bu innovatsiya, texnologiya va ijodiy fikrlar maydoni!
Bu yerda siz nafaqat bilimlaringizni sinaysiz, balki o‘z loyihangizni real natijaga aylantirish imkoniga ega bo‘lasiz.
📅 Tanlov sanasi: 7–8-aprel
📝 Ro‘yxatdan o‘tish: 👉 https://forms.gle/rLBqCJf4oecEy6Ld8
⏳ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 4-aprelgacha
➡️ TANLOV YO‘NALISHLARI:
▫️ Sun’iy intellekt, robototexnika, dron texnologiyalari va kiberxavfsizlik
▫️ Metallurgiya muhandisligi
▫️ Konchilik ishi
▫️ Konchilik elektr mexanikasi
▫️ Elektr va energetika muhandisligi
▫️ Texnologik mashina va jihozlar
▫️ Kimyo muhandisligi
▫️ Mexanika muhandisligi va metallar texnologiyalari
▫️ Atrof-muhit muhofazasi va ekologiya
▫️ Eng yaxshi startap loyihasi
💰 HAR BIR YO‘NALISH BO‘YICHA MUKOFOTLAR:
🥇-o‘rin — 5 000 000 so‘m
🥈-o‘rin — 3 000 000 so‘m
🥉-o‘rin — 2 000 000 so‘m
❗️ Va bu mukofotlar har bir nominatsiya uchun alohida beriladi!
❓Tanlov sizga nima beradi?
— O‘z g‘oyangizni real loyiha darajasiga olib chiqish
— Tajriba, networking va rivojlanish
— Startap sifatida rivojlanish imkoniyati
— Eng muhimi — o‘zingizni isbotlash!
📄 Nizom bilan tanishish: 👉 https://drive.google.com/file/d/1M3MB6ea6idX-Htv7lDNxxlSpFyf5BVSz/view?usp=sharing
💡 Bugun g‘oya — ertaga texnologiya!
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
✅ I ✅ https://www.facebook.com/share/17DpuuU2wP/ I
🔹 https://www.instagram.com/odtiuz?igsh=emtscHBpZXJuMG9p I 🔹 https://www.youtube.com/@ODTIUZ I
🌍 https://odti.uz/
#SumalakSayli #MilliyQadriyatlar
🌿🥣 Navro‘zning eng shirin an’anasi — sumalak sayli ODTIda!
Navro‘z tantanalari davomida Olmaliq davlat texnika institutida yana bir go‘zal an’ana — sumalak sayli ham bo‘lib o‘tdi!
Mehr va sabr bilan tayyorlangan, bahorning totli ramzi bo‘lgan sumalak bayram dasturining eng iliq lahzalaridan biriga aylandi.
⚠️ Bayram mehmonlari va mezbonlarimiz uchun sumalak ulashilib, barchaga birdek quvonch va baraka ulashildi.
🎉 Samimiy muhit, kulgu va iliq tilaklar esa bu lahzalarni yanada unutilmas qildi.
ODTIda Navro‘z — har bir yurakka iliqlik ulashuvchi bayram! 💫
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
✅ I ✅ https://www.facebook.com/share/17DpuuU2wP/ I
🔹 https://www.instagram.com/odtiuz?igsh=emtscHBpZXJuMG9p I 🔹 https://www.youtube.com/@ODTIUZ I
🌍 https://odti.uz/
ODTI | Rasmiy kanali
Mar 27, 2026, 02:38 AM
📷 Photo
#Navroz #ODTI #YoshlarKuchi #BirlikdaKuch
Navro‘z ruhi ODTIda — yangicha, jo‘shqin va unutilmas!
➡️ Olmaliq davlat texnika institutida Navro‘z bayrami bu yil haqiqiy bayram kayfiyatida, keng ko‘lamda va yuqori darajada nishonlandi!
Eng quvonarlisi — bu shunchaki tadbir emas, balki haqiqiy jamoaviy ruh namoyishi bo‘ldi. ODTIning iqtidorli talabalari, fidoyi professor-o‘qituvchilari va mehnatkash ishchi-xodimlari birlashib, sahnada ham, tashkiliy ishlarda ham ajoyib hamjihatlik namunasi ko‘rsatishdi.
🌸 Milliy qadriyatlar
🎭 Rang-barang chiqishlar
🎶 Jo‘shqin kuy-qo‘shiqlar
🤝 Va eng asosiysi — birdamlik!
Bularning barchasi Navro‘z bayramini yanada yorqin va esda qolarli qildi.
✅ ODTI — bu nafaqat bilim maskani, balki iqtidor, birlik va ilhom maskani ekanini yana bir bor isbotladi!
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
✅ I ✅ https://www.facebook.com/share/17DpuuU2wP/ I
🔹 https://www.instagram.com/odtiuz?igsh=emtscHBpZXJuMG9p I 🔹 https://www.youtube.com/@ODTIUZ I
🌍 https://odti.uz/