“Vaqtni kim qadrlasa, e’tiborini qaratsa o’shanga barakali bo’ladi!”
Yozuvchi: M. N
(“Xifzul umr” kitobi asosida ustoz sharhlaridan olingan xulosalar (100 kitob))
4,430
47
0
IDA edu
May 2, 2026, 11:12 PM
📷 Photo
«قَالَ رَسُولُ اللَّهِ ﷺ: مَنْ قَامَ رَمَضَانَ إِيمَانًا
وَاحْتِسَابًا غُفِرَ لَهُ مَا تَقَدَّمَ مِنْ ذَنْبِهِ»
“Kim Ramazon (kechalarini) iymon bilan va savob umidida (ibodat qilib) o‘tkazsa, uning avvalgi gunohlari mag‘firat qilinadi.”
Qadr kechasini, ko'pchilik zohiriy yoki jismiy yoki ko'z bilan ko'rib bo'ladigan alomatlarga bog'laydi ya'ni havo unday bo'ladi bunday bo'ladi deya... lekin havo iqlimi tasodif bo'lishi ham mumkin.
Ulamolar aytadiki, Qadr kechasi asli - qalbda boladi. Qanday qilib deysizmi?!
Ya'ni: Siz o'sha kuni, haqiqatda, Alloh taolodan shunaqangi yolvorib so'raysiz natijada ruhiy holatingiz va ishonchingiz va ibodatga bo'lgan moyillingingiz boshqa saviyaga ko'tariladi.
Demak, Qadr kechasida insonning bog'liqligi shu qadar Allohga yaqinlashadiki u kunda Allohga yaqinlashganchalik boshqa kunda uning ruhiy holati bu qadar bo'lmaydi va bu kun - bandaning qadr kechasi va fathi bo'ladi.
#من_كتاب_مقاصد_الصوم
Xoslarning ro’zalari bir qancha jihatlari bilan oddiy insonlar ro’zasidan farq qiladi: ko’z, til, quloq va boshaqa a’zolarni gunohdan tiyishlik; taomni ko’p yemaslik; doimo qalbni xavf va umid ( rajo) o’rtasida ushlamoqlik. Biz oddiy insonlar ijtimoiy holatimiz va zaruriyatlarimizdan kelib chiqib, xoslar ro’zalarining 1 ta xislatini olib, uni ustida ishlab, o’zimizda shakllatirishimiz mumkin. Masalan, ovqatni ozaytirishni olsak, shu xislatni o’zi barcha xislatlarni tarbiyalaydi. Xoslarning xislatlarini bira to’la shakllantirib bo’lmaydi, birini shakllantirgach, boshqasi ustida ishlash yoki har Ramazon oyida bir oy davomida bitta xislatni shakllantirishni mashq qilish mumkin.
(Taomni ozaytirish ustozni nazoratida va holatga qarab bo’ladi)
Yozuvchi: M. N
(“Asrorus sovm” kitobi asosida ustoz sharhlaridan olingan xulosalar)
<< إِنَّ اللَّهَ لَا يُغَيِّرُ مَا بِقَوْمٍ حَتَّى يُغَيِّرُوا مَا بِأَنفُسِهِمْ >>
Аlbatta, Аlloh bir qavmdagi narsani, toki ular oʼzlaridagi narsani oʼzgartirmagunlaricha, oʼzgartirmas.
[ الرعد : ١١/١٣ ]
Albatta o'zgarish - shaxvatlarni ko'paytirishlik orqali bo'lsa, Alloh taolo uni o'sha narsaga bog'lab qo'yadi.
Agar o'zgarish - shaxvatlarni sindirish orqali bo'lsa, Alloh taolo uni to'g'ri yo'lga yo'llab qo'yadi.
Ya'ni : Siz ichingizdagi shaxvatlarni sindirsa olsangiz keyin Alloh taolo sizni isloh yo'liga buradi
Agar siz shaxvatlarni ko'paytirib yuborasangiz - chi Alloh taolo sizni ma'siyat yo'liga burib qo'yadi.
#من_كتاب_أسرار_الصوم
4,240
IDA edu
May 2, 2026, 11:12 PM
📷 Photo
شِدَّةُ الحِرْصِ عَلَى الشَّيءِ تَعْكِسُهُ
“Biror narsaga haddan tashqari ishtiyoq uning aksiga sabab bo’ladi”
Biror narsada qattiq turib olma! Bu ham aslida e’tirozning bir turi, uning zamirida “Nimaga bo’lmas ekan?”, degan savol yotadi.
Alloh va Uning payg’ambari ﷺ ishlaridan boshqa u yaxshilik bo’lsin yoki yomonlik haddan tashqari hirs qo’yishlik yo’q. Haris bo’lasiz, tirishasiz, qattiq so’raysiz, lekin baribir arqonning oxirgi uchini Alloh Taologa berib qo’yasiz, hammasini o’z qo’limga olaman, deb bo’lmaydi. Rasululloh ﷺ amakilariga: “La ilaha illalloh deng, qolganini o’zim so’rab olaman”, dedilar. Alloh Taolo: “ Albatta sen o’zing sevgan kishingni hidoyat qila olmassan”, dedi. Manashu chegaradir. Rasululloh ﷺ ga yetkazishdan boshqa chegara yo’qdir. Yana bir misol, Yoqub alayhis salom Yusuf alayhis salomga: “Tushingni hech kimga aytma!”, deb, akalari bilan o’ynagani chiqarmayman deb, qattiq turib oldilar, u kishi qo’rqqan narsalar sodir bo’ldi. Bir ishga e’tiroz qilsak, albatta unga yo’liqamiz.
5,470
IDA edu
May 2, 2026, 11:12 PM
📷 Photo
الابتلاء ُ من بابِ الاعتراضِ!
“Sinov e’tiroz bildirilgan eshikdan keladi”
شِدَّةُ الحِرْصِ عَلَى الشَّيءِ تَعْكِيسُهُ
“Biror narsaga haddan tashqari ishtiyoq uning aksiga sabab bo’ladi”
Shu ikki hikmatni aytishdan oldin, ustozimiz “Barcha tarixda bo’lib o’tgan hodisalarning umumiy xulosasini aytaman ”, deb boshlagan edilar. Bu xulosa, mening ham yashab o’tgan “tariximning xulosasi” bo’lishini bilmagandim. Shu darsdan keyin negadir o’sha kecha uxlay olmadim, shu ikki hikmat juda qattiq ta’sir qildi. Hayotimni shu ikkisiga solib ko’rishim bilan Allohni tavfiqi o’laroq ko’p narsalar ayon bo’ldi. E’tirozlarimiz va hirslarimiz sabab ko’pgina balolarga yo’liqar ekanmiz. Bu ikki hikmatni hayotning har bir jabhasiga: talabalik, farzandlik, eru xotinlik, insonlar bilan munosabat kabilarda qo’llanilsa, ko’pgina qalb xastaliklariga yechim bo’larkan.
Muhabbat.
4,390
IDA edu
Apr 12, 2026, 04:48 AM
📷 Photo
#فائدة_كتاب_حفظ_العمر
Kim vaqtini qadirlasa, unga vaqt barakali bo'ladi, kim vaqtini qadirlamasa, u uchun vaqt barakasiz bo'ladi.
#Asroriddin_ustoz
4,840
65
IDA edu
Apr 12, 2026, 04:48 AM
📷 Photo
Bir inson sahobalar haqida gapirishdan oldin, o’shalarning saviyalari darajasida bo’lishi kerak. Saviyasi past bo’lgan kishi: “Abu Bakr siddiq (r.a) unday bo’lgan, Umar al-Xattob (r.a) bunday bo’lgan”, deb darajalari yuqori bo’lgan kishilarni muhokama qilishi joiz emas. Balki ulamolar tomonidan aytilgan so’zlarni jamlaymiz, payg’ambarimiz Muhammad ﷺning ular haqida aytgan maqomlarini olib turib, o’shanga suyangan holatda, shu doiradan chiqmay turib, gapirsak bo’ladi. O’zimizcha tahlil qilishimiz va shaxsiy fikr bildirishimiz mumkin emas!
Yozuvchi: M. N.
(100 kitob loyihasi: “Rijalun havlar rosul lilatfal” kitobi asosida ustoz Asroriddin Jalilovning sharhlari)
-Kimki orzu-umidni ko'paytirsa, amalda noqislik qiladi.
-Ertaga qilaman❌ Ertangi kun o'zining mashg'ulotlari bilan keladi.
-Eng zo'r lazzat mehnattan keyingi lazzatdir.
-Eng go'zal tuyg'u g'alaba tuyg'usidir.
-Insonning ikki eng aziz narsasi bor: biri qalbi, biri vaqtidir. Agar vaqtiga beparvo bo'lsa va qalbining rioyasini qilmasa, uni foydalar tark etadi.
Yozuvchi: M. N.
(100 kitob loyihasi: "Xifzul umr" kitobi va ustoz Asroriddin Jalilov sharhlaridan olingan foydalar)