Iqtisod, biznes, fintech, bank-moliya tizimiga oid O'zbekiston va jahon yangiliklari hamda tahlillar
Taklif, yangilik va murojaatlar uchun: @tanga_aloqa_bot
Hamkorlik bo'yicha: @drhm_media
Vakansiya uchun: https://forms.gle/1LCn3v4v8FuqTdsT9
Follow @tangauzb to stay updated with the latest hamda and biznes trends and news
No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
tanga.uz — biznes va moliyaviy tahlillar
Apr 25, 2026, 01:42 PM
📷 Photo
UZCARD avtomatik akseptsiz yechib olish xizmatidan foydalanish shartlarini o‘zgartirmoqda.
Unga ko‘ra, endilikda to‘lov tizimi kartalaridan kreditlar va boshqa majburiyatlarni so‘ndirish uchun kartadagi barcha mablag‘ yechib olinmaydi.
Bunda kartada kamida bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari (1 mln 236 ming so‘m) miqdorida mablag‘ qoldiriladi.
Biroq foydalanuvchi qolgan mablag‘ni ham kredit to‘lovlariga yo‘naltirishni istasa, buni bemalol amalga oshirishi mumkin.
UZCARD axborot xizmatiga ko‘ra, ushbu tartib 2026-yilning 15-aprelidan joriy etilgan.
Batafsil: https://tanga.uz/news/1292
| https://www.instagram.com/tanga_uz/ | https://www.youtube.com/@tangauzb
692
4
0
tanga.uz — biznes va moliyaviy tahlillar
Apr 25, 2026, 01:42 PM
📷 Photo
Uzbekistan Airways tannarx kamayishi hisobiga foydani uch barobarga oshirdi
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2026-yilning birinchi choragida 151,7 mlrd so‘m sof foyda oldi.
Kompaniyaning sof foydasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 barobardan ko‘proqqa oshgan.
Bu davrda aviakompaniya daromadi 1 foizga o‘sib, 3,86 trln so‘mni tashkil etgan.
Ushbu daromadning 3,25 trln so‘mi tannarx hissasiga to‘g‘ri keladi.
Aviakompaniya bu davrda tannarxni 400 mlrd so‘mga kamaytirishga muvaffaq bo‘lgan.
Bu esa sof foydaning keskin o‘sishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.
Xarajatlar esa ushbu davrda 50 mlrd so‘mga ko‘payib, 261 mlrd so‘mga yetgan.
Batafsil: https://tanga.uz/news/1293
| https://www.instagram.com/tanga_uz/ | https://www.youtube.com/@tangauzb
Qaysi banklar yuridik shaxslar uchun arzonroq kredit ajratmoqda — https://tanga.uz/uploads/20260423/23_04_2026_06_54_38_zxcza.jpg
20-aprel kuni aylanma mablag‘ni to‘ldirish uchun yuridik shaxslarga o‘rtacha 25,4 foizdan kredit ajratildi.
Mazkur turdagi kredit banklar kesimida 21 foizdan 30,3 foizgacha oraliqda shakllandi.
20-aprel kuni mazkur kredit TBC Bank tomonidan o‘rtacha 30,3 foizdan ajratilgan.
Shu kuni asosiy vositalar xaridi uchun ajratilgan kreditlarning o‘rtacha stavkasi esa 23,9 foizga teng bo‘ldi.
Ushbu turdagi kredit banklar kesimida 19,8 foizdan 29,5 foizgacha oraliqda shakllandi.
Batafsil: https://tanga.uz/news/1291
| https://www.instagram.com/tanga_uz/ | https://www.youtube.com/@tangauzb
tanga.uz — biznes va moliyaviy tahlillar
Apr 25, 2026, 01:42 PM
📷 Photo
2026-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari orqali 3,8 mlrd dollar kelib tushdi.
Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 433 mln dollarga yoki 13 foizga ko‘pdir.
Mazkur mablag‘lar aholining banklarga valyuta sotishining asosiy manbayi bo‘lib xizmat qildi.
Bunda aholi banklarga 6 mlrd dollar xorijiy valyuta sotgan bo‘lsa, banklardan 3,2 mlrd dollar xorijiy valyuta sotib olgan.
Biroq shunga qaramay, mamlakatda bu davrda xorijiy valyutaga bo‘lgan talab taklifdan yuqori bo‘ldi.
Markaziy bank buning sababini yuridik shaxslarning valyuta xaridi sezilarli darajada ortgani bilan izohladi.
Batafsil: https://tanga.uz/news/1289
| https://www.instagram.com/tanga_uz/ | https://www.youtube.com/@tangauzb
tanga.uz — biznes va moliyaviy tahlillar
Apr 25, 2026, 01:42 PM
📷 Photo
20-aprel kuni Poytaxt Bank aksiyadorining qarori bilan Dilshod Po‘latov bank boshqaruvi raisi lavozimidan ozod etildi.
Dilshod Akmalevich Po‘latov mazkur lavozimda 2025-yil 16-sentyabrdan buyon ishlab kelayotgan edi.
Yangi rahbar tayinlanguniga qadar bankni vaqtinchalik boshqarish boshqaruv raisi o‘rinbosari Akmal Xo‘jaqulovga topshirildi.
Shuningdek, 20-aprel kuni Abror Turg‘unov ham Poytaxt Bank boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Avvalroq, Turg‘unovning Asia Alliance Bank’ka Blok rahbari bo‘lib ishga o‘tgani ma'lum bo'lgandi.
Batafsil: https://tanga.uz/news/1290
| https://www.instagram.com/tanga_uz/ | https://www.youtube.com/@tangauzb
tanga.uz — biznes va moliyaviy tahlillar
Apr 25, 2026, 01:42 PM
San’atkorlar soliq to‘laydigan bo‘ldimi?
https://www.youtube.com/@tangauzb kanalimizda ushbu mavzuda yangi video e’lon qilindi.
Unda san’atkorlar avval ham soliq to‘lashi kerak bo‘lgani va yangi tizim nima uchun joriy etilayotgani haqida so‘z boradi.
Shuningdek, yangi tartib qanday ishlashi, uning kamchiliklari va san’atkorlarning e’tirozlari ham faktlar asosida yoritildi.
🖤 https://youtu.be/TiUzjnBR4-o
734
13
tanga.uz — biznes va moliyaviy tahlillar
Apr 25, 2026, 01:42 PM
📷 Photo
Mart oyida O‘zbekistonda 78 mingdan ortiq yengil avtomobil sotildi.
Savdolar fevral oyiga nisbatan 19 foizga, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 20,6 foizga oshgan.
Eng yuqori o‘sish Toshkent shahrida kuzatilib, bu yerda savdo hajmi 60,5 foizga ko‘paygan.
Shuningdek, Surxondaryo (51,4%), Toshkent (46%) hamda Navoiy (27,5%) viloyatlarida ham sezilarli o‘sish bo‘lgan.
Bu oyda yangi va foydalanilgan elektromobillar savdosi 5,5 mingtaga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24 foizga oshdi.
Eng yuqori o‘sish Xorazm viloyatida kuzatilib, bu yerda savdo 5 baravarga ko‘paygan.
Batafsil: https://tanga.uz/news/1288
| https://www.instagram.com/tanga_uz/ | https://www.youtube.com/@tangauzb
tanga.uz — biznes va moliyaviy tahlillar
Apr 25, 2026, 01:42 PM
📷 Photo
Ucell Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda yangi loyihaga qo‘l urdi
Kompaniya vazirlik bilan birgalikda O‘zbekistonda raqamli ta’limni rivojlantirishga qaratilgan yirik tashabbusni boshladi.
Besh yillik hamkorlik doirasida https://ucell.uz/ru?utm_source=tanga_ru&utm_medium=_web_site&utm_campaign=pr_post_innoprom_tanga_ru_web_site IT-ta’limni rivojlantirishga hamda yoshlarni zamonaviy raqamli ko‘nikmalar bilan ta’minlashga hissa qo‘shadi.
Shuningdek, kompaniya bu kabi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash orqali yosh iste’dodlarni yuzaga chiqarishda faol ishtirok https://ucell.uz/ru/news/itogi_goda_2025?utm_source=tanga_ru&utm_medium=_web_site&utm_campaign=pr_post_innoprom_tanga_ru_web_site.
Bunga Germaniyada bo‘lib o‘tgan informatika bo‘yicha qizlar olimpiadasida ishtirokchilarni ikki marta qo‘llab-quvvatlagani yaqqol misoldir.
Batafsil: https://tanga.uz/news/1287
Hamkorlik asosida
1,230
tanga.uz — biznes va moliyaviy tahlillar
Apr 25, 2026, 01:42 PM
📷 Photo
Ucell “INNOPROM. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasida yangi raqamli yechimlarini taqdim etdi
Kompaniya biznes va sanoat uchun zamonaviy texnologiyalarni taklif qilmoqda:
🌿 Ekologik monitoring platformasi — korxonalarning atrof-muhitga ta’sirini real vaqt rejimida kuzatish va tahlil qilish imkonini beradi.
📍 Kadrlar nazorati tizimi — xodimlar faoliyatini geolokatsiya va hisobotlar orqali kuzatadi hamda ularning harakatini nazorat qiladi.
https://ucell.uz/uz?utm_source=tanga_uz&utm_medium=_web_site&utm_campaign=pr_post_innoprom_tanga_uz_web_site nafaqat aloqa operatori, balki biznes jarayonlarini raqamlashtirishga xizmat qiluvchi ishonchli texnologik hamkor sifatida ham o‘zining https://ucell.uz/uz/news/itogi_goda_2025 maqomini namoyon etdi.
Batafsil: https://tanga.uz/news/1286
Hamkorlik asosida