https://telegra.ph/file/d6d389efa6b0ec3dcca99.jpgQadrini bilish uchun, yo’qotish shartmi?
Bugun biror bir narsaning qiymati va qadri haqida gaplashamiz.
Yaqinda “
https://www.youtube.com/watch?v=c8XonfCPYa4” podkastning birinchi sonini ko’rib chiqdim. Sizga ham tavsiya qilaman. Mehmoni -
https://t.me/alisher_sadullaev. Suhbat davomida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, raqobatbardoshlik va global bozorga tayyorgarlik haqida chuqur va dolzarb fikrlar bildirildi.
Suhbatda ayniqsa bir grafik (bar chart) meni o‘ylantirib qo‘ydi.
Alisher aka ushbu grafik orqali insonning biror narsaga yoki maqomga bo‘lgan munosabatini tasvirlab berdilar. Grafikka qarasangiz, avvaliga – hali erishilmagan paytda – o‘sha narsa biz uchun juda qadrli bo‘ladi. “Qaniydi mashinam bo‘lsa”, “Qaniydi erkinlikka chiqsam”, “Qaniydi talaba bo‘lsam”, deb intilamiz, o‘qiymiz, mehnat qilamiz, kechalari uxlamaymiz.
Lekin… Erishganimizdan keyin birdaniga o‘sha narsaning qadri tushib ketadi. Talabalik boshlangan, orzuga erishilgan, ammo endi “oddiy holat”ga aylanib qolgan. Eng qizig‘i – oradan vaqt o‘tgach, talabalik davri ortda qolganida, uning qadri yana oshadi. “Eh, o‘sha vaqtda ko‘proq harakat qilishim kerak edi...”, “U paytda bu ishni qilib ko‘rsam bo‘larkan...” degan afsuslar boshlanadi.
Demak, inson qadriyatni ko‘pincha yo‘qotgandan keyin his qiladi. Bu oddiy, ammo chuqur haqiqat.
O‘sha grafikni yodda tuting. Biror narsaning qadri:
- Oldin — juda baland (hali erishilmagan payt),
- O‘rtada — pasayadi (unga erishilgach),
- Oxirida — yana balandlashadi (yo‘qotilgandan so‘ng).
Shu oddiy chiziqlar hayotimizda ko‘p narsa anglatadi. Ular bizga eslatadi: qadrlash uchun yo‘qotishni kutmaslik kerak.