Guliston davlat universiteti rasmiy kanali
Manzil: Guliston shahri, 4-mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Web-site: www.guldu.uz
Email: [email protected]
Telefon: +998672254042
Faks: +998672254275
@gulduuz offers specialized information about shahri and guliston for subscribers interested in Anime
No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
GulDU.uz | Rasmiy kanal
May 14, 2026, 10:18 PM
📷 Photo
🎙 "Debyut" vaynerlar maktabining 5-mavsumi uchun arizalar qabuli boshlandi!
❗️ Siz kreativ kontent yaratish, vaynerlik san’ati va internet olamida o‘z o‘rningizni topishni orzu qilasizmi? Unda ushbu imkoniyat aynan siz uchun!
Darslar media olamining yulduzlari – Bobur Mansurov, Jaloliddin Mirzayev, Munavvara Abdullayeva, Komol Qahhorov, Sarvar Bohodirov, Mavluda Hikmatova, Nigora Abdullahonova, Mahliyo Asqaraliyeva, Gulruh Pirnazarova, Sardor Rustamboyaev hamda Sadulla Abdullayev kabi tajribali mutaxassislar tomonidan interaktiv tarzda olib boriladi.
📢“Darslar boshlanib ketdi, men ulgurmadim” deb o‘ylayapsizmi? Aslo! Loyihamiz eshiklari yangi iqtidorlar uchun hali ham ochiq. Siz hozir ham ushbu ijodiy jamoaga qo‘shilib, professional bilimlar poydevorini yaratishingiz mumkin.
📌 Loyiha ishtirokchisi bo‘lish shartlari:
➡️ 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
➡️ Vaynerlik va media sohasiga kuchli qiziqish;
➡️ Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi yoki har kuni darslarga qatnash imkoniyati mavjud bo‘lgan yoshlar.
☕️ Ishtirokchilar uchun bepul tushlik tashkil etilgan.
🖋 Qanday ro‘yxatdan o‘tish mumkin? Bugunoq https://t.me/debyutuzbot
orqali ro‘yxatdan o‘ting va o‘z kreativ salohiyatingizni dunyoga namoyon qiling.
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
#GulDU #GSU #ГулГУ
🇺🇿Payshanba — yoshlar kuni
🫥Guliston davlat universitetida “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida rektor M. Xodjiyev va yosh tadqiqotchilar o‘rtasida kechgan ochiq muloqot mamlakatimizdagi intellektual islohotlarning uzviy davomi bo‘ldi. Uchrashuvda yosh olimlarning PhD va DSc dissertatsiyalari holati, xalqaro ilmiy bazalardagi faolligi hamda innovatsion ishlanmalari tanqidiy va tahliliy ko‘rib chiqildi.
🇺🇿Thursday is Youth Day
🫥The open dialogue between Rector M. Khodjiev and young researchers held at Gulistan State University as part of "Thursday — Youth Day" became an integral continuation of the intellectual reforms in our country. At the meeting, the state of PhD and DSc dissertations of young scientists, their activity in international scientific databases, and innovative developments were critically and analytically reviewed.
🇺🇿Четверг - день молодежи
🫥Открытый диалог между ректором М.Ходжиевым и молодыми исследователями, состоявшийся в Гулистанском государственном университете в рамках "Четверга — дня молодежи," стал неотъемлемым продолжением интеллектуальных реформ в нашей стране. На встрече были критически и аналитически рассмотрены состояние диссертаций PhD и DSc молодых ученых, их активность в международных научных базах и инновационные разработки.
📱 https://t.me/muxsin_xodjiyev
GulDU.uz | Rasmiy kanal
May 14, 2026, 10:18 PM
📷 Photo
🎙 "Debyut" Vaynerlar Maktabining 5-mavsumi uchun arizalar qabul qilinishi boshlandi!
❗️ Siz kreativ kontent yaratish, vaynerlik san’ati va internet olamida o‘z o‘rningizni topishni orzu qilasizmi? Unda ushbu imkoniyat aynan siz uchun!
Darslar media olamining yulduzlari – Bobur Mansurov, Jaloliddin Mirzayev, Munavvara Abdullayeva, Komol Qahhorov, Sarvar Bohodirov, Mavluda Hikmatova, Nigora Abdullahonova, Mahliyo Asqaraliyeva, Gulruh Pirnazarova, Sardor Rustamboyaev hamda Sadulla Abdullayev kabi tajribali mutaxassislar tomonidan interaktiv tarzda olib boriladi.
📢 Hali kech emas! “Darslar boshlanib ketdi, men ulgurmadim” deb o‘ylayapsizmi? Aslo! Loyihamiz eshiklari yangi iqtidorlar uchun hali ham ochiq. Siz hozir ham ushbu ijodiy jamoaga qo‘shilib, professional bilimlar poydevorini yaratishingiz mumkin.
📌 Loyiha ishtirokchisi bo‘lish shartlari:
➡️ 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
➡️ Vaynerlik va media sohasiga kuchli qiziqish;
➡️ Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi yoki har kuni darslarga qatnash imkoniyati mavjud bo‘lgan yoshlar.
☕️ Ishtirokchilar uchun bepul tushlik tashkil etilgan.
🖋 Qanday ro‘yxatdan o‘tish mumkin? Bugunoq https://t.me/debyutuzbot
orqali ro‘yxatdan o‘ting va o‘z kreativ salohiyatingizni dunyoga namoyon qiling.
“Debyut” — bu nafaqat boshlanish, bu sizning kashfiyotingiz!
GulDU.uz | Rasmiy kanal
May 14, 2026, 10:18 PM
📷 Photo
#Istanbul2026 #SportsFest45
#UzbekistanSport #GalabaBizniki
Tarixiy Voqelik: Guliston davlat universiteti jamoasi Istanbulni zabt etishga otlandi!
Bu shunchaki musobaqa emas, bu — o‘zbek yoshlarining dunyo arenasidagi katta debyuti! Guliston shahrida o‘tkazilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” respublika bosqichida "Minifutbol" bo‘yicha mutloq chempionlikni qo‘lga kiritgan jamoasi endi dunyoni hayratda qoldirishga tayyor! Navbatdagi manzil: Turkiya, Istanbul, Bog‘ozichi universiteti!
Guliston davlat universiteti jamoasi Turkiyada an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan, nufuzli "45-Sports Fest 2026" xalqaro sport festivalida O‘ZBEKISTON sharafini himoya qilish uchun https://t.me/Minsportuz
2026-yil yilning 14–17-may kunlari Turkiyaning Istanbul shahri mezbonlik qiladigan, dunyoning 25 dan ortiq mamlakatidan va 70 dan ortiq universitetlaridan 1000 dan ortiq talaba-sportchilar ishtirok etadigan xalqaro sport musobaqalarida Sirdaryolik sportsevar yoshlar shohsupaning yuksak pog‘onalari uchun xalqaro maydonda kuch sinashadi.
"45-Sports Fest 2026" xalqaro sport festivali nafaqat minifutbol, balki 14 ta sport turi bo‘yicha shiddatli bahslar, Bosfor bo‘ylab unutilmas sayohatlar va dunyo yoshlari bilan madaniy aloqalardir. Bu Guliston davlat universiteti tarixidagi yangi sahifa!
Biz Sirdaryoning mard o‘g‘lonlari Istanbul maydonlarida g‘alaba qozonishiga ishonamiz!
GulDU.uz | Rasmiy kanal
May 14, 2026, 10:18 PM
📷 Photo
14-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5148-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 18–29 yoshdagi oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘rtasida sport sinovlarini qabul qilish ishlari boshlandi.
🌐 Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar fakultetining faol, izlanuvchan va sportsevar o‘g‘il-qizlari ham ushbu jarayonlarda faol qatnashib, yuqori kayfiyat va katta ishtiyoq bilan ishtirok etishmoqda. Talabalar o‘rtasidagi sog‘lom raqobat esa tadbirning yanada qiziqarli va mazmunli o‘tishiga xizmat qilmoqda.
✨ Mazkur sport sinovlari yoshlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash, ularni sportga keng jalb etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmat qilmoqda. Sinovlar davomida talabalar o‘zlarining chaqqonligi, chidamliligi va jismoniy imkoniyatlarini namoyon etishmoqda.
447
GulDU.uz | Rasmiy kanal
May 14, 2026, 10:18 PM
📷 Photo
2026-yil 14-may kuni Guliston davlat universiteti Filologiya fakultetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi PQ-5148-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-yanvardagi 23-sonli “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha sport sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida talaba-yoshlar oʻrtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini topshirish jarayonlari yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur sport sinovlari davomida talabalar belgilangan mezonlar asosida oʻzlarining jismoniy tayyorgarlik darajasini namoyon etdilar. Tadbirda yugurish, mokkisimon yugurish, kurakda yotgan holda oyoqlarni juftlashtirib gavdani yuqoriga ko'tarish, Basketbol to'pini 3 metrdan savatga tashlash, Arg'amchida sakrash sport normativlari bo‘yicha sinovlar o‘tkazildi. Jarayonlar mutaxassislar nazorati ostida, tartibli va shaffof tarzda olib borildi.
460
GulDU.uz | Rasmiy kanal
Apr 4, 2026, 06:30 PM
📷 Photo
#Amir_Temur_vorislari
#Sport
2026-yil 4-aprel kuni Guliston davlat universitetida “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasi ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi yuqori saviyada tashkil etilib, muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Mazkur musobaqa talaba-yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish hamda harbiy-amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar turli shartlar asosida o‘zlarining jismoniy chiniqqanligi, tezkorligi, epchilligi hamda jamoaviy hamkorlik qobiliyatlarini namoyon etdilar. Bellashuvlar qizg‘in va murosasiz ruhda o‘tdi.
Tibbiyot fakulteti talabalari musobaqada faol ishtirok etib, o‘zlarining yuqori tayyorgarligi, intiluvchanligi hamda jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar.
Tadbir yakunida yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan jamoalar va faol ishtirokchilar alohida taqdirlandi. G‘olib jamoalar musobaqaning keyingi bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.
447
GulDU.uz | Rasmiy kanal
Apr 4, 2026, 06:30 PM
📷 Photo
#xalqaro_hakmorlik
Guliston davlat universitetining xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirmoqda: Navbatdagi manzil — Gonkong!
Guliston davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori D. Eshmurodovning Gonkongga tashrifidan navbatdagi xushxabarlar!
Dunyoning eng kuchli universitetlari reytingida (QS World University Rankings) yuqori o‘rinlarni egallab kelayotgan City University of Hong Kong hamda The Chinese University of Hong Kong bilan strategik hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.
Ushbu nufuzli oliygohlar bilan erishilgan kelishuvlar universitetimizning xalqaro nufuzini oshirish va talabalarimiz uchun global imkoniyatlar eshigini ochishda yangi davrni boshlab beradi.
Muzokaralar natijasida talabalar almashinuvi, universitetimiz yoshlari Gonkongning yetakchi universitetlarida bilim olishi, zamonaviy laboratoriya va kutubxonalardan foydalanishi hamda xalqaro muhitda tajriba orttirishlari yuzasidan kelishuvga erishildi.
Shuningdek, pofessor-o‘qituvchilar Ikki tomonlama pedagogik tajriba almashish, xalqaro dars berish ko‘nikmalarini rivojlantirish va qo‘shma o‘quv dasturlarini joriy etish bilan birga, dunyo miqyosidagi nufuzli konferensiya, simpozium va forumlarda birgalikda ishtirok etish hamda qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish imkoniga ega bo‘ladilar.
GulDU.uz | Rasmiy kanal
Apr 4, 2026, 06:30 PM
📷 Photo
Bitiruvchilar bandligi — ustuvor vazifa
2026-yil 2-aprel kuni Guliston davlat universiteti Tarix yo‘nalishi 4-bosqich talabalari uchun kafedra dotsenti Abdulxay Gulchehra rahbarligida universitet rektori bilan kasbiy yo‘naltirish va bitiruvchilarning bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi talabalarni mehnat bozoriga samarali integratsiya qilish, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash mexanizmlari haqida keng qamrovli ma’lumot berishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuv jarayonida universitet rahbariyati tomonidan bitiruvchi talabalar uchun amalga oshirilayotgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar, xususan, uch tomonlama shartnoma tizimi (talaba–oliy ta’lim muassasasi–ish beruvchi tashkilot)ning mazmuni, ahamiyati va amaliy jihatlari batafsil tushuntirildi.
Shuningdek, ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, kadrlar buyurtmasi asosida tayyorlash hamda mutaxassislarni ishga joylashtirishda zamonaviy yondashuvlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
390
GulDU.uz | Rasmiy kanal
Apr 1, 2026, 01:52 AM
🎥 Video
#GulDU #GulSU #ГулДУ
🇺🇿"Yoshlar" telekanalida: Guliston davlat universitetida "Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz" targ'ibot tadbiri
🇺🇿Guliston davlat universitetida "Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz" shiori ostida targ'ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda universitet rektori Muxsin Xodjiyev va mas'ul rahbarlar ishtirok etishdi. Tadbir yuzasidan "Yoshlar" telekanalining "Davr" ko'rsatuvida maxsus lavha namoyish etildi.
🇺🇿On the "Youth" television channel: Awareness Campaign "We, the Youth, Are Against Drug Abuse" at Guliston State University
🇺🇿An awareness campaign held under the slogan "We, the Youth, Are Against Drug Abuse" was organized at Guliston State University. The event was attended by the university's rector, Mukhsin Khodjiyev, and other responsible officials. In connection with the event, a special segment was broadcast on the "Davr" program of the Youth television channel.
🇺🇿На телеканале «Молодёжь»: В Гулистонском государственном университете проведено мероприятие «Мы, молодежь, против наркотиков»
🇺🇿В Гулистонском государственном университете было организовано пропагандистское/просветительское мероприятие под девизом «Мы, молодежь, против наркотиков». В нем приняли участие ректор университета Мухсин Ходжиев и ответственные руководители. По поводу мероприятия на телеканале «Молодёжь» в программе «Давр» был показан специальный сюжет.
📱 https://t.me/muxsin_xodjiyev
GulDU.uz | Rasmiy kanal
Apr 1, 2026, 01:52 AM
🎥 Video
#GulDU #GulSU #ГулДУ
🇺🇿"O'zbekiston 24" telekanalida: Guliston davlat universitetida "Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz" targ'ibot tadbiri
🇺🇿Guliston davlat universitetida "Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz" shiori ostida targ'ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda universitet rektori Muxsin Xodjiyev va mas'ul rahbarlar ishtirok etishdi. Tadbir yuzasidan "O'zbekiston 24" telekanalining "Ortga qaytmas islohotlar" ko'rsatuvida maxsus lavha namoyish etildi. Lavhada tadbir yuzasidan universitet Yoshlar yetakchisi Yorqinjon Hayitboyev intervyu bergan.
🇺🇿On the "Uzbekistan 24" television channel: Awareness Campaign "We, the Youth, Are Against Drug Abuse" at Guliston State University
🇺🇿An awareness campaign held under the slogan "We, the Youth, Are Against Drug Abuse" was organized at Guliston State University. The event was attended by the university's rector, Mukhsin Khodjiyev, and other responsible officials. In connection with the event, a special segment was broadcast on the "Ortga qaytmas islohotlar" (Irreversible Reforms) program of the O'zbekiston 24 television channel. In the segment, the university's Youth Leader, Yorqinjon Hayitboyev, gave an interview regarding the event.
🇺🇿На телеканале «Узбекистан 24»: В Гулистонском государственном университете проведено мероприятие «Мы, молодежь, против наркотиков»
🇺🇿В Гулистонском государственном университете было организовано пропагандистское/просветительское мероприятие под девизом «Мы, молодежь, против наркотиков». В нем приняли участие ректор университета Мухсин Ходжиев и ответственные руководители. По поводу мероприятия на телеканале «O'zbekiston 24» в программе «Ortga qaytmas islohotlar» («Необратимые реформы») был показан специальный сюжет. В сюжете лидер студенческой организации университета Ёркинжон Хайитбоев дал интервью.
📱 https://t.me/muxsin_xodjiyev
GulDU.uz | Rasmiy kanal
Apr 1, 2026, 01:52 AM
📷 Photo
2026-yil 31-mart kuni kafedra kunlari doirasida Guliston davlat universiteti Axborot texnologiyalari va fizika-matematika fakulteti “Fizika” kafedrasi aʼzolari Imankulov Nurbek hamda Fayzullayev Abduazim tomonidan 1-TTJda talaba-yoshlar ishtirokida “Yarim o‘tkazgichli asboblarning xalq xo’jaligidagi axamiyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
📚 “Kelajak soati”: O‘zbek madaniyati
2026-yil 30-mart kuni Filologiya fakulteti talabalari ishtirokida “Kelajak soati” rukni doirasida “O‘zbek madaniyati” mavzusida ma’rifat darsi tashkil etildi. Mazkur darsni Filologiya fakulteti dekani G‘. Shayzakov olib bordi.
Dars davomida talabalarga o‘zbek xalqining boy madaniy merosi, milliy an’analari, urf-odatlari va qadriyatlari haqida keng qamrovli ma’lumotlar berildi.
Mashg‘ulot jarayonida talabalarda milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotirani asrab-avaylash, madaniy merosga nisbatan mas’uliyatli munosabatni shakllantirish, vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘un holda anglash kompetensiyalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Quyidagi kontentlar asosida videorolik qo'yildi.
🔹 Buyuk kelajak, buyuk adabiyot, buyuk san’at sari
🔹 O‘zbek madaniyati tarixi
🔹 “Lazgini quyosh raqsi deb bilamiz”, — Gavhar Matyoqubova
🔹 Nazar Eshonqul: “Madaniyat – bu ajdodlarimizning milliy kodi”
🔹 O‘zbek milliy akademik drama teatri bilan suhbat.
723
GulDU.uz | Rasmiy kanal
Apr 1, 2026, 01:52 AM
📷 Photo
#talaba_hayoti
#tyuotorlar_faoliyati
🌐 Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar fakulteti dekan o‘rinbosari Jahongir Jumanov hamda tyutorlar jamoasi ijarada xonadonidagi talaba-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
⚡ Uchrashuv davomida tyutor talabalar uchun ajratilgan xona holati, tozalik darajasi hamda dars tayyorlash uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
✨Talabalar bilan samimiy suhbat olib borilib, ularning yashash sharoiti, o‘quv jarayonidagi muammolari va takliflari tinglandi.
⚡Bunday uchrashuvlar talabalarning turmush sharoitini yaxshilash, ularning bilim olishi uchun qulay muhit yaratish hamda doimiy muloqotni mustahkamlashga xizmat qiladi.
571
GulDU.uz | Rasmiy kanal
Mar 30, 2026, 06:28 AM
🎥 Video
🕗 “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik tanloviga arizalar qabuli yakunlanishiga atigi 3 kun qoldi!
📌 Vaqt kam — imkoniyat esa katta!
O‘z g‘oyangiz, loyihangiz yoki ixtiroyingizni namoyish etish imkonini qo‘ldan boy bermang!
📝 Eslatib o‘tamiz, tanlov 3 ta
yo‘nalishda o‘tkaziladi:
🔠 Eng yaxshi g‘oya
🔠Eng yaxshi loyiha
🔠 Eng yaxshi ixtiro
🚗 Har bir yo‘nalish g‘olibi — elektromobil sohibiga aylanadi!
Agar ariza topshirishga hali ulgurmagan bo‘lsangiz — bu sizning imkoniyatingiz!
📲 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: http://muhandis.edu.uz/
⏰ Eslatma: arizalar qabuli 31-mart kuni soat 23:59 da yakunlanadi!
Balki navbatdagi g‘olib aynan siz bo‘larsiz!
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
1,120
GulDU.uz | Rasmiy kanal
Mar 30, 2026, 06:28 AM
📷 Photo
Xushxabar!
Guliston davlat universiteti Axborot texnologiyalari va fizika-matematika fakulteti talabalari Turkmaniston Respublikasida xalqaro miqyosda tashkil etilgan “Turkmaniston OMOUS – 2026” xalqaro matematika fan olimpiadasida munosib ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdilar.
Jumladan: Rahmonov Samariddin kumush medali, Dehqonov Javoxir va Nabixonov Akbarxon hamda Abduqodirov Sanjarlar bronza medali bilan taqdirlandi.
Faol jamoa rahbari sifatida Matematika kafedrasi a'zosi Nurbayev Abdurashid Ravshanovich alohida e’tirof etildi.
1,250
0
GulDU.uz | Rasmiy kanal
Mar 30, 2026, 06:28 AM
🎥 Video
#GulDU #Yoshlar_ittifoqi #Yangi_Oʻzbekiston_talabalari #Sport
🏆🏆🏆
TALABALAR OʻRTASIDA SPORT MUSOBAQALARI BOSHLANMOQDA!
🇺🇿Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida Respublika miqyosida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida "Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi" sport musobaqalari tashkil etilmoqda.
💪Dasturdan o‘rin olgan sport turlari: futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, yengil atletika, gandbol va suzish.
🗓 Musobaqalar yil davomida bosqichma-bosqich tashkil etilib, eng kuchli jamoalar respublika bosqichida bahs olib boradi. Maʼlumot uchun musobaqaning universitet bosqichiga 1-apreldan start beriladi.
🏆Siz ham faol ishtirok eting!
Jamoangizni shakllantiring, kuchingizni sinab ko‘ring va g‘alaba sari intiling!
💪Sport bu nafaqat raqobat, balki do‘stlik, iroda va sog‘lom hayot garovidir!
🔺Bizni kuzatishda davom eting...
📇Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz!
😎 https://t.me/GulDU_yoshlar_ittifoqi 😎 https://www.instagram.com/guldu_yoshlar_ittifoqi?igsh=bHZrdWpnajRlZTRi
😎 https://www.facebook.com/gulduyoshlariuz?mibextid=9R9pXO 😎 https://youtube.com/@guldu_yoshlar_ittifoqi?si=ULhoGGF63PiQaJ5m
GulDU.uz | Rasmiy kanal
Mar 30, 2026, 06:28 AM
📷 Photo
⚡️ “Media haftalik”: mamlakatimizda yilning eng yirik media loyihasi start olmoqda
Global axborot makonidagi shiddatli o‘zgarishlar, ijtimoiy tarmoqlar va sun’iy intellektning rivojlanishi, feyk xabarlar oqimi media sohasi vakillaridan mutlaqo yangicha yondashuvlarni talab etmoqda. Shu maqsadda respublikamizda yilning eng yirik va muhim ta’limiy-amaliy loyihasi — jurnalistlar, blogerlar va matbuot kotiblarini yagona platformada birlashtiruvchi “Media haftalik” o‘z ishini boshladi.
https://t.me/kontentmarkazi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yo‘lga qo‘yilayotgan mazkur loyiha butun respublikadan qariyb 12,5 ming ishtirokchini qamrab oladi. Joriy yilning 30-martidan 26-iyuniga qadar har bir hududda 5 kunlik intensiv o‘quv-seminarlar va mahorat darslari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
⚙️ Dasturda nazariya va amaliyot birlashadi: asosiy urg‘u haqiqiy tajriba orttirishga qaratiladi. Mamlakatimizning eng yetakchi media-ekspertlari, muharrir va prodyuserlari ishtirokida kontent yaratish, faktcheking, raqamli gigiyena, SMM va strategik kommunikatsiyalar kabi muhim mavzular bo‘yicha treninglar olib boriladi.
Mashg‘ulotlar telejurnalistlar, bosma nashrlar, blogerlar va davlat idoralari matbuot kotiblari uchun alohida yo‘nalishlarda o‘tkaziladi. Bilimlarini oshirgan ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshiriladi.
📌 O‘zbekiston bo‘ylab harakatlanuvchi mazkur media-estafetaning ilk bosqichi 30-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida boshlanadi. Darslar davomida ishtirokchilar real keyslar asosida ishlash, xatolarni tahlil qilish, yangi yondashuvlarni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Spikerlar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, zamonaviy media rivojining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar beradi.
💬 Haftalik yakunida hududdagi soha vakillarini qamrab oluvchi yirik Media forum tashkil etiladi.
Loyihada ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarma va bo‘limlariga murojaat qilishlari mumkin.
Media haftalik quyidagi sanalarda hududlar kesimida tashkil etiladi:
• 30-mart – 3-aprel: Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
• 6-aprel – 10-aprel: Xorazm viloyatida;
• 13-aprel – 17-aprel: Surxondaryo viloyatida;
• 20-aprel – 24-aprel: Qashqadaryo viloyatida;
• 27-aprel – 1-may: Samarqand viloyatida;
• 4-may – 8-may: Navoiy viloyatida;
• 11-may – 15-may: Buxoro viloyatida;
• 18-may – 22-may: Farg‘ona viloyatida;
• 25-may – 29-may: Namangan viloyatida;
• 1-iyun – 5-iyun: Andijon viloyatida;
• 8-iyun – 12-iyun: Jizzax viloyatida;
• 15-iyun – 19-iyun: Sirdaryo viloyatida;
• 22-iyun – 26-iyun: Toshkent viloyati va Toshkent shahrida.
🦋 https://t.me/kontentmarkazi
GulDU.uz | Rasmiy kanal
Mar 30, 2026, 06:28 AM
📷 Photo
Navbatdagi “Karera kuni – mehnat yarmarkasi” tashkil etildi
2026-yil 28-mart kuni Guliston davlat universitetinida 2025/2026-o‘quv yilida bitirayotgan, doimiy yashash manzili Boyovut tumanida bo‘lgan bitiruvchilar uchun “Karera kuni – mehnat yarmarkasi” yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur tadbir Boyovut tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Alashukurov Avazbek Xalikulovich, tashkiliy kadrlar guruhi rahbari Balibayev Shohruh Komiljonovich, guruh bosh mutaxassisi Muttiyev Fazliddin Shamsiddinovich hamda universitet mas’ullari hamkorligida o‘tkazildi.
Tadbir davomida bitiruvchilarning ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklaridan kelib chiqib, tumandagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari keng taqdim etildi. Ish beruvchilar va bitiruvchilar o‘rtasida samarali muloqot yo‘lga qo‘yilib, qator bitiruvchilar bilan uch tomonlama shartnomalar imzolandi.
Davra suhbati ruhida o‘tgan uchrashuvda amaliy tashabbuslar ham ilgari surildi. Jumladan, hokim o‘rinbosari hamda til sertifikatlariga ega bitiruvchilar bilan hamkorlikda tuman markazida zamonaviy agrologistika markazi tashkil etish va ushbu loyiha doirasida kamida 60 nafar bitiruvchin ish bilan ta’minlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Shuningdek, “Yengil sanoat buyumlarini konstruksiyalash”, “Biotexnologiya”, “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish” yo‘nalishlari bo‘yicha tumanda faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari tomonidan real sektor ehtiyojlaridan kelib chiqib aniq va dolzarb ish o‘rinlari taklif etildi.
Tadbir yakunida bitiruvchilarning salohiyatidan kelib chiqib, tumanning kelgusi rivoji uchun zarur bo‘lgan zaxira kadrlar bazasi shakllantirildi.
GulDU.uz | Rasmiy kanal
Mar 30, 2026, 06:28 AM
📷 Photo
#xushxabar
Xalqaro matematika olimpiadasida universitetimiz talabalari munosib natijalar qayd etishdi
Turkmaniston Respublikasining Ashxobod shahrida 2026-yil 23–27-mart kunlari matematika fani bo‘yicha VI Ochiq xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli musobaqada Guliston davlat universitetining iqtidorli talabalari ham ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdi.
Xususan, Axborot texnologiyalari va fizika-matematika fakulteti talabalari quyidagi yutuqlarni qo‘lga kiritdi:
🥈Rahmonov Samariddin — kumush medal
🥉 Dehqonov Javohir — bronza medal
🥉 Nabixonov Akbarxon — bronza medal
🥉Abduqodirov Sanjar — bronza medal
Talabalarimizning ushbu yutuqlari universitet ilmiy salohiyati va yoshlarning bilimga bo‘lgan intilishining yaqqol ifodasidir.
Har bir yutuq — yorqin kelajak sari tashlangan mustahkam qadamdir!
2,380
GulDU.uz | Rasmiy kanal
Mar 27, 2026, 02:40 AM
🎥 Video
#GulDU #GulSU #ГулГУ
#tashrif #visit #посещение
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori birinchi o‘rinbosari hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari GulDUda
🫠 Bugun Guliston davlat universitetida "Payshana - yoshlar kuni” doirasida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda talabalar tomonidan 10dan ziyod takliflar bildirildi va rahbarlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
🇺🇿 First Deputy Prosecutor General and Deputy Minister of Higher Education, Science and Innovation of the Republic of Uzbekistan at GulSU
🫠 Today, within the framework of "Payshana - Youth Day," a meeting "Leader and Youth" was held at Gulistan State University. At the meeting, more than 10 proposals were made by students and supported by the leadership.
🇺🇿 Первый заместитель Генерального прокурора Республики Узбекистан и заместитель министра высшего образования, науки и инноваций в ГулГУ
🫠 Сегодня в Гулистанском государственном университете в рамках "Пайшана - День молодежи" состоялась встреча "Руководитель и молодежь." На встрече студентами было высказано более 10 предложений, которые были поддержаны руководителями.
📱 https://t.me/muxsin_xodjiyev
GulDU.uz | Rasmiy kanal
Mar 27, 2026, 02:40 AM
📷 Photo
Gulistonda yoshlar bilan ochiq muloqot: taʼlim, innovatsiya va imkoniyatlar
Guliston davlat universitetiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Baxriddin Valiyev hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Uktam Salomovlar tashrif buyurdi
Guliston davlat universitetidagi tashrif doirasida mehmonlar “Qalqon” jamoatchilik guruhi faoliyati, talabalar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish va huquqiy madaniyatni oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Shuningdek, zamonaviy axborot-resurs markazi, sport majmualari va talabalarning ijodiy hamda ilmiy faoliyati namoyish etildi, yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi.
Uchrashuvlar davomida taʼlim sifati, yoshlar bandligi, startap va innovatsion loyihalarni qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilinib, bir qator muhim taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Masʼullar tomonidan yoshlar salohiyatini rivojlantirish, amaliyotga yoʻnaltirilgan taʼlimni kuchaytirish va imkoniyatlarni kengaytirish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.
Batafsil: https://guldu.uz/uz/faoliyat/news/19482-guliston-davlat-universitetiga-ozbekiston-respubli.html
👉 https://guldu.uz/ru/faoliyat/news/19482-guliston-davlat-universitetiga-ozbekiston-respubli.html https://gspi.uz/news/gulistonda-yoshlar-kuni-munosabati-bilan-rahbarlar-va-yoshlar-uchrashuvi-bolib-otdi https://guldu.uz/en/faoliyat/news/19482-guliston-davlat-universitetiga-ozbekiston-respubli.html
#Sirdaryo #vazir_oʻrinbosari
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
GulDU.uz | Rasmiy kanal
Mar 27, 2026, 02:40 AM
📷 Photo
“Karyera kuni – Mehnat yarmarkasi” o‘rkazildi
2026-yil 26-mart kuni Guliston tumani 17-umumta’lim maktabida Guliston davlat universiteti tashabbusi bilan Guliston tumani hokimligi bilan hamkorlikda doimiy yashash joyii Guliston tumanida bo'lgan bitiruvchilar uchun “Karyera kuni – Mehnat yarmarkasi” tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbir yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida o‘tkazildi.
Tadbirda Guliston tumani hokimi Djurayev Olimjon Urazaliyevich shaxsan ishtirok etib, bitiruvchilar bilan ochiq muloqot olib bordi. O‘z nutqida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, yangi ish o‘rinlari hamda kasb-hunar egallashning dolzarb ahamiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, tumandagi mas’ul tashkilotlar, korxona va muassasa rahbarlari ham tadbirda faol ishtirok etib, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat sharoitlari hamda talab etilayotgan mutaxassisliklar bo‘yicha batafsil ma’lumot berdilar.
Tadbir davomida bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan to‘liq va asosli javoblar oldilar. Ayrim ishtirokchilar bilan kelgusida ishga joylashish yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishildi.
GulDU.uz | Rasmiy kanal
Mar 27, 2026, 02:40 AM
📷 Photo
#Tashrif
#Fotoreportaj
“Payshanba — Yoshlar kuni!”
Guliston davlat universiteti Madaniyat saroyida “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida muhim va qiziqarli uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Baxriddin Valiyev hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Uktam Salomov tashrif buyurib, yoshlar bilan samimiy va ochiq muloqot olib bordi.
Tadbirda Guliston davlat universiteti, Guliston davlat pedagogika instituti hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali talabalari hamda uyushmagan yoshlar faol ishtirok etdi.
Muloqot davomida yoshlarning ta’lim sifati, amaliyot va bandlik masalalari, jinoyatchilik profilaktikasi, xavfsizlik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ilmiy-tadqiqot ishlari, startap loyihalari va innovatsion tashabbuslar muhokama qilindi.
Talabalar o‘z takliflari bilan chiqib, amaliy laboratoriyalarni kengaytirish, zamonaviy o‘quv bazasi yaratish, startap va innovatsion loyihalarni rag‘batlantirish hamda ijtimoiy faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha g‘oyalarini taqdim etdi.
Baxriddin Valiyev va Uktam Salomov barcha taklif va tashabbuslarni diqqat bilan tinglab, ularni amaliyotga joriy etish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ilmiy va ijodiy salohiyatni rivojlantirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalarni berdilar.
Tadbir yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo’nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-sonli Qarori ijrosini ta’minlash ishlarida faollik ko‘rsatayotgan talabalar va uyushmagan yoshlarning bir guruhi moddiy va ma’naviy rag‘batlantirildilar.