No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
KIUT Samarqand Rasmiy
May 26, 2026, 02:00 AM
#международный #student_exchange
📌 Another group of our students received an international grant!
Kimyo International University in Tashkent has established international cooperation with INTI International University in Malaysia, launching 2+2 student exchange programs.
Under these programs, students of the Samarkand branch of the university have the opportunity to study and travel in Malaysia.
Are you also interested in international opportunities?
Then contact the International Relations Department (Block A, Room 400) to get detailed information about programs and grants!
📍 KIUT — the choice of the strong!
☎️ Detailed information: (55) 702 40 40
🌎 Online registration: http://admission.kiut.uz/
📍 Address: Samarkand, Kh. Abdullaev St., 63.
3,300
6
0
KIUT Samarqand Rasmiy
May 26, 2026, 02:00 AM
🎥 Video
#xalqaro #student_exchange
📌 Yana bir guruh talabalarimiz xalqaro grantni qo’lga kiritishdi!
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Malayziyaning INTI xalqaro universiteti bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini o’rnatib, talaba almashinuv va 2+2 dasturlarini yo’lga qo’ygan.
Ushbu dasturlar asosida universitetning Samarqand filiali talabalari ham Malayziyada o’qish hamda sayohat qilish imkoniyatlariga egalar.
Xalqaro imkoniyatlar siz uchun ham qiziqmi?
Unda xalqaro aloqalar bo’limi (A blok 400-xona) ga murojaat qilib, dasturlar va grantlar haqida batafsil ma’lumot oling!
📍 KIUT - kuchlilar tanlovi!
☎️ Batafsil ma’lumot: (55) 702 40 40
🌎 Onlayn ro’yxatdan o’tish: http://admission.kiut.uz/
📍 Manzil: Samarqand sh., H. Abdullayev k., 63-uy.
🎓 KIUT Samarqand filiali axborot xizmati
http://sam.kiut.uz/ | | https://www.instagram.com/kiut.sam.official/# | https://www.facebook.com/kiut.sam.official?mibextid=ZbWKwL | https://www.youtube.com/@kiut.sam.official | https://www.threads.com/@kiut.sam.official?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
KIUT Samarqand Rasmiy
May 26, 2026, 02:00 AM
#международный #student_exchange
📌 Еще одна группа наших студентов получила международный грант!
Ташкентский международный университет Кимё наладил международное сотрудничество с Международным университетом INTI в Малайзии, запустив программы студенческого обмена и 2+2.
В рамках данных программ студенты Самаркандского филиала университета получают возможность учиться и путешествовать в Малайзии.
Вас тоже интересуют международные возможности?
Тогда обращайтесь в отдел международных связей (блок A, кабинет 400), чтобы получить подробную информацию о программах и грантах!
📍 KIUT — выбор сильных!
☎️ Подробная информация: (55) 702 40 40
🌎 Онлайн-регистрация: http://admission.kiut.uz/
📍 Адрес: г. Самарканд, ул. Х. Абдуллаева, дом 63.
2,990
4
KIUT Samarqand Rasmiy
May 26, 2026, 02:00 AM
📷 Photo
#yoshlar_kuni
📌 “Kelajakka qadam” dasturi doirasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo’lib o’tdi
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti sirtqi ta’lim shakli bitiruvchi kurs talabalarining bandligini ta’minlash hamda “Kelajakka qadam” dasturi qamrovini oshirish maqsadida O’zmilliybank AJ Samarqand viloyat bosh boshqarmasi boshlig’i O. A. Umarov ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuv davomida talabalar uchun mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, tadbirkorlik faoliyatini boshlash imkoniyatlari, imtiyozli kreditlar ajratish tartibi hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar.
Tadbirda yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirish, biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda mehnat bozorida raqobatbardosh kadr sifatida shakllanishiga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida faol va tashabbuskor talabalar bilan kelgusida hamkorlik qilish, ularni amaliy loyihalar va dasturlarga keng jalb etish bo‘yicha takliflar bildirildi.
🎓 KIUT Samarqand filiali axborot xizmati
http://sam.kiut.uz/ | | https://www.instagram.com/kiut.sam.official/# | https://www.facebook.com/kiut.sam.official?mibextid=ZbWKwL | https://www.youtube.com/@kiut.sam.official | https://www.threads.com/@kiut.sam.official?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
KIUT Samarqand Rasmiy
May 26, 2026, 02:00 AM
🎥 Video
#qabul2026
📌 Nima uchun KIUTni tanlash kerak?
Talabalarimizga eng ko’p ma’qul kelgan ta’lim imkoniyatlari TOP 5 ligi bilan tanishing:
1. Xalqaro aloqalar - dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi TOP oliygohlarda o’qishni davom ettirish imkoniyati;
2. Dars mashg’uloti 50 daqiqa davom etishi - Yevropa standarti asosida darslar 50 daqiqa davom etishi va har bir daqiqada talabaning diqqatini dars mashg’ulotlariga jalb etish talabalarimiz tomonidan ijobiy qabul qilinadi;
3. Rahbariyat va talaba o’rtasida do’stona muhitning mavjudligi - talaba o’z tashabbuslari, murojaati va e’tirozlarini to’g’ridan to’g’ri universitet rahbariyati bilan muhokama qilish imkoniyatiga ega. Bu esa talabalarimizning o’z fikrlarini erkin bayon etish va mavjud muammolarni joyida bartaraf etishga imkon beradi;
4. Grant va stipendiyalar - kunduzgi va kechki ta’limda tahsil oluvchi iqtidorli talabalar uchun soni cheklanmagan grant va stipendiyalar mavjud;
5. Ilmiy faoliyatga bo’lgan e’tibor - professor-o’qituvchilar va iqtidorli talabalarning ilmiy faoliyati va tashabbuslari uchun keng imkoniyat eshiklari ochiq!
📍 KIUT - kuchlilar tanlovi!
☎️ Batafsil ma’lumot: (55) 702 40 40
🌎 Onlayn ro’yxatdan o’tish: http://admission.kiut.uz/
📍 Manzil: Samarqand sh., H. Abdullayev k., 63-uy.
🎓 KIUT Samarqand filiali axborot xizmati
http://sam.kiut.uz/ | | https://www.instagram.com/kiut.sam.official/# | https://www.facebook.com/kiut.sam.official?mibextid=ZbWKwL | https://www.youtube.com/@kiut.sam.official | https://www.threads.com/@kiut.sam.official?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
KIUT Samarqand Rasmiy
May 26, 2026, 02:00 AM
🎥 Video
#qabul2026
📌 Tibbiyot ta’lim yo’nalishlari uchun qabul boshlandi!
Yo’nalishlar:
✅ Davolash ishi
✅ Pediatriya
✅ Stomatologiya
✅ Oliy hamshiralik ishi
✅ Kosmetologiya
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialida tibbiyot ta’lim yo’nalishlarida tahsil olish - bu eng to’g’ri tanlov!
✅ Bebaho bilimlarni arzon kontrakt narxlari asosida o’zlashtirish imkonini qo’ldan boy bermang!
Agar siz:
— inson salomatligiga befarq bo‘lmasangiz,
— kelajakda malakali shifokor bo‘lishni istasangiz,
— bilim va mas’uliyatni qadrlasangiz,
sizni tibbiyot ta’lim yo‘nalishida kutib qolamiz!
📍 KIUT - kuchlilar tanlovi!
☎️ Batafsil ma’lumot: (55) 702 40 40
🌎 Onlayn ro’yxatdan o’tish: http://admission.kiut.uz/
📍 Manzil: Samarqand sh., H. Abdullayev k., 63-uy.
🎓 KIUT Samarqand filiali axborot xizmati
http://sam.kiut.uz/ | | https://www.instagram.com/kiut.sam.official/# | https://www.facebook.com/kiut.sam.official?mibextid=ZbWKwL | https://www.youtube.com/@kiut.sam.official | https://www.threads.com/@kiut.sam.official?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
KIUT Samarqand Rasmiy
May 26, 2026, 02:00 AM
🎥 Video
#qabul2026
📌 “5+1” dual ta’lim dasturi kimlar uchun?
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi
🎯 Kasbingiz bor, endi diplom bilan mustahkamlang!
“Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishida “5+1” modeli asosidagi dual ta’lim dasturi — bu amalda ishlayotgan, ammo oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan tarbiyachilar uchun maxsus ishlab chiqilgan imkoniyatdir.
📌 DASTUR KIMLAR UCHUN?
- Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida ishlayotgan o’rta-maxsus ma’lumotga ega, kamida 6 oylik ish tajribasiga ega maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari
⚙️ QANDAY ISHLAYDI?
“5+1” modeli asosida:
5 kun — amaliy faoliyat (ish joyida)
1 kun — nazariy ta’lim (universitetda)
👉 O‘qish va ish bir vaqtda olib boriladi!
⏳ TA’LIM DAVRI
3 yil
🚀 DASTUR AFZALLIKLARI
- Ishdan ajralmagan holda oliy ta’lim olish
- Amaliy tajriba bilan birga nazariy bilimlarni mustahkamlash
- Kasbiy malaka va pedagogik mahoratni oshirish
- Bitirgach, rasmiy diplomga ega bo‘lish
- Lavozim va daromadni oshirish imkoniyati
Siz nafaqat tajribali tarbiyachi, balki oliyma’lumotli, raqobatbardosh mutaxassisga aylanasiz!
📞 Hoziroq murojaat qiling va imkoniyatni qo’ldan boy bermang!
(55) 702 40 40
(87) 001 41 28
15,900
KIUT Samarqand Rasmiy
May 26, 2026, 02:00 AM
📷 Photo
📣 Hurmatli talabalar va yoshlar!
🟢Endilikda siz yurtimiz tinchligi va xavfsizlikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda mahallalarda osoyishtalikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib borishingiz mumkin.
🟢Ichki ishlar vazirligi tizimida xavfsizlik bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar va dolzarb yangiliklarni quyidagi rasmiy sahifalar orqali kuzatishingiz mumkin
🔹 https://t.me/tergov_uz
🔹 https://www.instagram.com/tergov.uz
🔹 https://www.facebook.com/tergov.uz
🔹 https://www.youtube.com/channel/UC7BLw7c-3kTkjOXDlOcKuZA
🌍 https://tergov.uz/oz
Huquqiy savodxonlik va ogohlik — xavfsiz jamiyat poydevori!
📌 Talabalarimiz uchun xalqaro imkoniyatlar kengaymoqda
Janubiy Koreyaning Sungchon Hyang Universitetidan oliy hamshiralik yoʻnalishida 2+2 qoʻshma ta'lim dasturini yo’lga qoʻyilganligi munosabati bilan koreyalik mas’ullar Samarqand filialiga tashrif buyurishdi.
Mas’ullar Samarqanddagi maktab va Litsey bitiruvchilari bilan uchrashib imkoniyatlar haqida batafsil ma'lumot berishdi. Shuningdek, mehmonlar universitetda tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni”da ishtirok etib, iliq taassurotlar olganliklarini ta’kidlashdi.
🎓 KIUT Samarqand filiali axborot xizmati
http://sam.kiut.uz/ | | https://www.instagram.com/kiut.sam.official/# | https://www.facebook.com/kiut.sam.official?mibextid=ZbWKwL | https://www.youtube.com/@kiut.sam.official | https://www.threads.com/@kiut.sam.official?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
KIUT Samarqand Rasmiy
May 10, 2026, 11:52 PM
📷 Photo
📌 "KIUT Job Fair - 2026" - ENDI SAMARQANDDA!
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialida bitiruvchilar uchun "KIUT Job Fair - 2026" bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi hamda "Ochiq eshiklar kuni" bo'lib o'tadi!
Yarmarka doirasida bo'sh ish o'rinlari uchun dastlabki saralash, korxona va tashkilotlardan tashrif buyurgan mas'ullarning taqdimotlari, turli qiziqarli seminar-trening va master-klasslar hamda badiiy chiqishlar namoyish etiladi.
Barchani taklif qilamiz!
⏰ Sana va vaqti: 14-may, 11:00
📍 Lokatsiya: KIUT Samarqand filiali
Samarqand shahri, Habib Abdullayev ko'chasi, 63-uy.
☎️ Batafsil ma'lumot: (55) 702 40 40
🎓 KIUT Samarqand filiali axborot xizmati
http://sam.kiut.uz/ | | https://www.instagram.com/kiut.sam.official/# | https://www.facebook.com/kiut.sam.official?mibextid=ZbWKwL | https://www.youtube.com/@kiut.sam.official | https://www.threads.com/@kiut.sam.official?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
KIUT Samarqand Rasmiy
May 10, 2026, 11:52 PM
📷 Photo
📌 KIUT tomonidan 4-10-may kunlarida turk talabalari uchun tashkil etilgan “Bahorgi lager” dasturining yopilish marosimi Samarqandda tashkil etildi
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialida KIUT “Bahorgi lager” dasturining yopilish marosimi tashkil etildi.
Dastlab talabalar Samarqandning diqqatga sazovor qadamjolarini ziyorat qilishdi. Kunning ikkinchi qismida esa Samarqand filiali binosida dasturning yopilish marosimi tashkil etilib, o’tgan bir hafta sarhisob qilindi. Mehmon talabalar O’zbekiston, xususan KIUT ta’lim atmosferasi, yaratilgan imkoniyatlar haqida taassurotlari bilan bo’lishdilar. Tadbir so’nggida universitet tomonidan mehmonlarga esdalik sovg’alari taqdim etildi.
🎓 KIUT Samarqand filiali axborot xizmati
http://sam.kiut.uz/ | | https://www.instagram.com/kiut.sam.official/# | https://www.facebook.com/kiut.sam.official?mibextid=ZbWKwL | https://www.youtube.com/@kiut.sam.official | https://www.threads.com/@kiut.sam.official?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
KIUT Samarqand Rasmiy
May 10, 2026, 11:52 PM
📷 Photo
📌"Kasbga tayyormisiz?" nomli seminar-treningda ishtirok eting!
"KIUT Job Fair - 2026" bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi hamda "Ochiq eshiklar kuni" doirasida siz yaxshi ko'rgan professor-o'qituvchilarning seminar-trening darslati bo'lib o'tadi.
✅ Mutallib Hazratqulov - “Har bir kasb egasi notiq bo‘lishi kerak” nomli notiqlik darsi
✅ Durdona Avezova - "Kasbga psixologik tayyormisiz?" nomli psixologik trening; ishda stressni yengish bo'yicha maslahatlar;
✅ Abdumutallib Azgarov - “Ijtimoiy tarmoqdagi sahifang seni ishli qilishi mumkin” – ijtimoiy tarmoqda kontent yuritish madaniyati haqida;
Rezyume – kasb tanlashning boshi. Rezyumeni to‘g‘ri tayyorlashni o‘rganish.
⏰ O'tkazilish sanasi va vaqti: 14-may, soat 11:30.
📍 O'tkazilish joyi: KIUT Samarqand filiali.
☎️ Batafsil ma'lumot: (55) 702 40 40
🎓 KIUT Samarqand filiali axborot xizmati
http://sam.kiut.uz/ | | https://www.instagram.com/kiut.sam.official/# | https://www.facebook.com/kiut.sam.official?mibextid=ZbWKwL | https://www.youtube.com/@kiut.sam.official | https://www.threads.com/@kiut.sam.official?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
KIUT Samarqand Rasmiy
May 10, 2026, 11:52 PM
📷 Photo
📌 Andijondan gapiramiz: talabalarimiz xalqaro fan olimpiadasida faxrli o’rinlarni qo’lga kiritishdi!
Andijon davlat tibbiyot institutida o’tkazilgan “Tibbiyotning dolzarb muammolariga innovatsion yondashuv” mavzusidagi Respublika yosh olimlar ilmiy-amaliy anjumani hamda “Andijon - 2026” II xalqaro fan olimpiadasida Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali tibbiyot ta’lim yo’nalishlari talabalari faxrli o’rinlarni qo’lga kiritib, universitetimiz sha’nini munosib himoya qilishdi!
Jumladan:
🏆 Sitora Sirojiddinova - xalqaro fan olimpiadasida faxrli 1-o’rin;
🥈 Zarina Mamashukurova - 2-o’rin (restavratsion stomatologiya)
🥉 Charos Bobonorova - 3-o’rin (biokimyo)
G'olib bo'lgan talabalarimizni tabriklaymiz va yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🎓 KIUT Samarqand filiali axborot xizmati
http://sam.kiut.uz/ | | https://www.instagram.com/kiut.sam.official/# | https://www.facebook.com/kiut.sam.official?mibextid=ZbWKwL | https://www.youtube.com/@kiut.sam.official | https://www.threads.com/@kiut.sam.official?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
KIUT Samarqand Rasmiy
Apr 13, 2026, 11:53 PM
📷 Photo
🇺🇿KIUT delegatsiyasi xalqaro forumda ishtirok etdi
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti rektori, prof. A. Allakuliyev boshchiligidagi delegatsiya 2026-yil 13-aprel kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo–Yevropa Ittifoqi Tibbiyot va texnologiyalar kongressi hamda O‘zbekiston–Polsha III Rektorlar forumida faol ishtirok etdi.
Forum doirasida Polshaning nufuzli universitetlari bilan memorandumlar imzolandi. Ular qo‘shma ta’lim dasturlari (2+2, 1+1), Erasmus+ loyihalari, akademik almashinuv va ilmiy-tadqiqot hamkorligini rivojlantirishga xizmat qiladi.
http://🇷🇺🇬🇧www.kiut.uz/
1,170
10
KIUT Samarqand Rasmiy
Apr 13, 2026, 11:53 PM
📷 Photo
#Qonunchilik_yangiliklari
⚡️ https://t.me/eduuz bilan Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga maqsadli davlat granti kvotalarini taqsimlash va moliyalashtirish tartibi tasdiqlandi.
➡️Unga ko‘ra:
📆 Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga maqsadli davlat granti asosidagi qabul parametrlari har yili 1-iyunga qadar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
✔️Davlat granti asosidagi tanlovda ishtirok etishga xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga qabul qilingan talabalarga ruxsat etiladi.
📨 Tanlov boʻyicha saralash imtihoni bakalavriat taʼlim yoʻnalishining fanlar majmuasi boʻyicha oʻtkaziladi. Bunda Vazirlik har yili 1-iyulga qadar klassifikatorda mavjud boʻlmagan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridagi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining taʼlim sohalariga muvofiqligini belgilaydi hamda fanlar majmuasini eʼlon qiladi.
📝Tanlov boʻyicha saralash imtihonlari har yili sentyabr-oktyabr oylarida oʻtkaziladi.
Bunda:
🟢test sinovlari – Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan;
🟢kasbiy (ijodiy) imtihonlar – Vazirlik tomonidan belgilangan oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan oʻtkaziladi.
✅Davlat grantlari belgilangan minimal oʻtish bali va undan yuqori ball toʻplaganlarga ballar ketma-ketligida taʼlim sohasi boʻyicha ajratilgan qabul koʻrsatkichlari doirasida taqdim etiladi.
💠Davlat grantini olgan talabalar bilan oʻqishini tamomlagandan soʻng davlat (ulushi boʻlgan) tashkilotlarda uch yil davomida ishlab berish majburiyatini nazarda tutuvchi uch tomonlama shartnomalar rasmiylashtiriladi.
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
KIUT Samarqand Rasmiy
Apr 13, 2026, 11:53 PM
📷 Photo
#Qonunchilik_yangiliklari
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimi “5 T” – taʼlim, tarbiya, tadqiqot, tijoratlashtirish va tizimli takomillashtirish tamoyili asosida rivojlantiriladi
☑️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 10-apreldagi PF–58-son Farmoni qabul qilindi.
⭐️Unga koʻra, sohani rivojlantirishda yangi – “5 T” (taʼlim, tarbiya, tadqiqot, tijoratlashtirish va tizimli takomillashtirish) tamoyili joriy etiladi.
📱Farmon bilan “U 10 – Oʻzbekistonning global darajadagi ilgʻor universitetlari” dasturi yoʻlga qoʻyiladi.
➡️Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan ilmiy klaster tashkil etish loyihasi boʻyicha oʻtkaziladigan tanlovda gʻolib boʻlgan 10 ta oliygohga milliy tadqiqot universiteti maqomi beriladi.
➡️Ilmiy klaster loyihasi – milliy tadqiqot universiteti – mahalliy oliy taʼlim tashkilotlari – nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkiloti – ilmiy tashkilot – soha tashkilotlari ishtirokidagi yaxlit tizim hisoblanadi.
💰Eng muhimi, ilmiy klaster loyihasi 150 milliard soʻmgacha boʻlgan miqdorda moliyalashtiriladi.
❔Ilmiy klaster loyihasi boʻyicha tanlovda gʻoliblar qanday aniqlanadi?
➡️Tanlov xalqaro miqyosda tan olingan Top-300 reytingga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan birgalikda oʻtkaziladi. Ishtirokchilar quyidagi mezonlar boʻyicha baholanadi:
🟢 loyihaga jalb etilgan professor-oʻqituvchilar va olimlarning salohiyati,
🟢 ishtirokchi oliygohlarning milliy hamda xalqaro reytinglardagi oʻrni;
🟢 oliy taʼlim (ilmiy) tashkilotlarning ilmiy va moddiy-texnik bazasi hamda loyihani birgalikda moliyalashtirishdagi qoʻshadigan ulushi gʻolibni aniqlashda asosiy vazifani bajaradi.
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
KIUT Samarqand Rasmiy
Apr 13, 2026, 11:53 PM
📷 Photo
#vakansiya
📌 Diqqat, VAKANSIYA!
Oqdaryo tumanida joylashgan “White river” bolalar bog’chasiga rus va ingliz tili bo’yicha tarbiyachilar ishga taklif qilinadi.
💸 Oylik maoshi 2 500 000 so’mdan boshlanadi.
⏰ Ish vaqti: dushanbadan shanbagacha soat 08:00 dan 18:00 gacha
📍 Manzil: Oqdaryo tumani, Qorateri qishlog’i, Go’zalkent MFY
🔗 Vakansiya bo’yicha qo’shimcha ma’lumot: +998992236633
🎓 KIUT Samarqand filiali axborot xizmati
http://sam.kiut.uz/ | | https://www.instagram.com/kiut.sam.official/# | https://www.facebook.com/kiut.sam.official?mibextid=ZbWKwL | https://www.youtube.com/@kiut.sam.official | https://www.threads.com/@kiut.sam.official?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
KIUT Samarqand Rasmiy
Apr 13, 2026, 11:53 PM
📷 Photo
📌 WorldEdu-2026 1-kun taassurotlari
SofEXPO ko’rgazmalar markazida an’anaviy “WorldEdu-2026” xalqaro ta’lim ko’rgazmasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
Barcha ta’lim ixlosmandlarini 11-aprel kuni ko’rgazmaning 2-kuni doirasidagi Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali chiqishlariga taklif qilamiz!
🎓 KIUT Samarqand filiali axborot xizmati
http://sam.kiut.uz/ | | https://www.instagram.com/kiut.sam.official/# | https://www.facebook.com/kiut.sam.official?mibextid=ZbWKwL | https://www.youtube.com/@kiut.sam.official | https://www.threads.com/@kiut.sam.official?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
#yoshlar_kuni
📌 "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" bo'lib o'tdi
Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi rahbari va Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali talabalari ishtirokida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" bo'lib o'tdi.
O'tkazilgan tadbirda viloyat IIB YHXB boshlig'i, polkovnik B. Nigmanov, shahar YHXB boshlig'i, podpolkovnik Z. Ahmedov, boshqarma xodimlari, TKXU Samarqand filiali akademik faoliyat bo'yicha direktorning birinchi o'rinbosari Sh. Ziyadullayev, Aniq fanlar kafedrasi dotsenti v.b. A. Uralbayev hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mutasaddilar tomonidan bugungi kunda yo‘llarda harakatlanish madaniyatiga rioya qilish, piyodalar va haydovchilarning mas’uliyati, shuningdek, yo‘l harakati qoidalarini buzish oqibatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, talaba-yoshlar tomonidan universitet joylashgan hudud (SamDAQU bulvari)da yo'l harakatini amalga oshirish bilan bog'liq muammolar hamda mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar mutaxassislar tomonidan o'rganildi va bu masala tez orada o'z yechimini topishi ta'kidlandi.
Tadbir yakunida yoshlarga yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilish, o‘z hayoti va boshqalar xavfsizligini asrash har bir fuqaroning muhim burchi ekani yana bir bor eslatib o‘tildi. Uchrashuv ochiq muloqot tarzida, samimiy va mazmunli ruhda tashkil etildi hamda ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
🎓 KIUT Samarqand filiali axborot xizmati
http://sam.kiut.uz/ | | https://www.instagram.com/kiut.sam.official/# | https://www.facebook.com/kiut.sam.official?mibextid=ZbWKwL | https://www.youtube.com/@kiut.sam.official | https://www.threads.com/@kiut.sam.official?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
KIUT Samarqand Rasmiy
Apr 2, 2026, 02:04 PM
🎥 Video
📌 2-aprel – Xalqaro autizm haqida axborot tarqatish kuni
Autizm nima?
Autizm spektr buzilishi — bu insonning rivojlanishidagi o‘ziga xos holat bo‘lib, u muloqot va ijtimoiy aloqaga ta’sir qiladi.
💙 Autizm — kasallik emas, balki dunyoni boshqacha his qilishdir.
Bunday insonlarga tushunish va qo‘llab-quvvatlash eng muhimdir.
🎓 KIUT Samarqand filiali axborot xizmati
http://sam.kiut.uz/ | | https://www.instagram.com/kiut.sam.official/# | https://www.facebook.com/kiut.sam.official?mibextid=ZbWKwL | https://www.youtube.com/@kiut.sam.official | https://www.threads.com/@kiut.sam.official?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
KIUT Samarqand Rasmiy
Apr 2, 2026, 02:04 PM
🎥 Video
📌 Boshlang‘ich ta’limda sifat so‘z turkumini o‘qitish mavzusida ochiq dars o‘tkazildi
Maktabgacha boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi o’qituvchisi Oybarchin Tog’ayeva tomonidan “Ona tili o‘qitish metodikasi” fani doirasida “Boshlang‘ich ta’limda sifat so‘z turkumini o‘qitish” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Dars jarayonida talabalarga boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga sifat so‘z turkumini samarali o‘rgatish metodlari, zamonaviy pedagogik yondashuvlar hamda interaktiv usullardan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Ochiq dars davomida mavzuni tushuntirishda qo‘llaniladigan didaktik materiallar, topshiriqlar va mashqlar namunasi namoyish etildi. Talabalar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, mavzu yuzasidan savol-javoblar orqali faol ishtirok etdilar.