O'zbekiston davlat tashqi qarzining asosiy qismi budjet taqchilligini qoplash uchun yo'naltirilyapti
Moliya vazirligining 2025-yil bo'yicha tashqi qarz statistikasiga ko'ra, 2025-yilda jalb qilingan 39,8 milliard dollar tashqi qarzning 50%i budjetni qoʻllab-quvvatlash uchun olingan.
Tashqi qarzning 14%i (5,6 mlrd dollar) yoqilgʻi-energetika sanoatini (Elektroenergetika 10%dan ko'proq, Neft va gaz 3%, Ko'mir sanoati deyarli 0,5%) rivojlantirish uchun olingan.
Temir yo'llar, avtomobil va havo yo'llarini rivojlantirishga qarzning 8%i (3 mlrd dollar) yo'naltirilgan. Yana 8%i qishloq va suv xo'jaligini rivojlantirish maqsadida olingan
Shuningdek, yana 8%i uy joy qurilishi (1,2 mlrd $), ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya (1,1 mlrd$), shahar va qishloqlar infratuzilmasini yaxshilash (659 mln$), issiqlik ta'minoti (99 mln $) va chiqindilarni qayta ishlash (88 mln $)ga yo'naltirilgan.
Qarzning qolgan 11%i tadbirkorlik faoliyati va sanoat ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash (3,5 mlrd $), Kimyo sanoati (662 mln $) va sogʻliqni saqlash, taʼlim, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari hamda boshqa sektorlarni rivojlantirish (619 mln $) maqsadida olingan.
Biz qarzni asosan Jahon banki (22%) va Osiyo taraqqiyot banki (21%)dan olar ekanmiz.
E'tiborlisi, xalqaro obligatsiyalarimiz hajmi kengayib boryapdi. 2019-yilda qarzimizni 6%i xalqaro obligatsiyalarga to'g'ri kelgan, 2025-yilga kelib uning ulushi 15%ni tashkil qilgan. Bu xalqaro moliya bozorlariga chiqayotganimizni ko'rsatadi. 2024-yilda Moliya vazirligi O'zbekiston ilk bor 3 ta valyutada xalqaro obligatsiyalarni joylashtirganini https://www.imv.uz/news/category/yangiliklar/ozbekiston-respublikasi-ilk-bor-3-ta-valyutada-suveren-xalqaro-obligatsiyalarini-joylashtirdi Ular ichida so'm ham bor edi.
Bir tomondan qarzimiz bir manbaga juda ko'p bog'lanmasdan diversifikatsiya bo'layotgani yaxshidek, lekin qarzni 50%i byudjet defitsitini yopishga yo'naltirilayotgan paytda obligatsiyalarni ulushini oshishini yaxshi desa bo'ladimi yo'qmi bir nima deyolmayman. Mutaxassislar bo'lsa, izohda sharh berib ketishsa yaxshi bo'lardi.
Davlatlar orasida eng ko'p qarz Xitoydan olingan. Qayd etib ketish kerak, bu qarz ijtimoiy tarmoqlarda vahima qilinadigandek kosmik darajada o'sib borayotgani yo'q.
2019-yilda Xiyoydan 3,3 mlrd qarzimiz bo'lgan, bu o'sha vaqtdagi tashqi qarzimizni 21%i edi, hozir 3,9 mlrd va qarzimizni 10%i tashkil qiladi. Ya'ni davlat tashqi qarzimizni umumiy hajmi o'sayotgani bilan, Xitoydan olinadigan qarz evaziga o'sayotgani yo'q.