Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
Farg‘ona davlat texnika universiteti matbuot xizmati
https://fstu.uz
facebook.com/fstu.uz
instagram.com/fstu.uz
📩 Matbuot kotibi bilan bog'lanish uchun: +998 73 241 12 06
@fstu_uz offers specialized information about facebookcomfstuuz and fargona for subscribers interested in Adult 18+
No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
May 14, 2026, 11:51 PM
📷 Photo
#Oltin_Davr_2026
#Taqdirlash_marosimi
Farg‘ona davlat texnika universitetida “Oltin davr 2026” madaniy-ko‘ngilochar konsert dasturi hamda turli tanlov va loyihalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talaba-yoshlarni taqdirlash marosimi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.
🔹Tadbirni universitet rektori, professor Rustam Tojiyev tantanali ravishda ochib berib, talaba-yoshlarni erishayotgan yutuqlari bilan samimiy muborakbod etdi. O‘z nutqida yoshlarning bilim, iste’dod va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash universitetning ustuvor vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi.
Tadbir davomida:
- “Biz giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida o‘tkazilgan “Eng yaxshi rasmlar hamda insholar” tanlovi g‘oliblari;
- “Talabalar bahori – 2026” loyihasi doirasida tashkil etilgan tanlov va musobaqalar sovrindorlari;
- “To‘maris izdoshlari” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari;
- “Amir Temur oyligi” doirasida o‘tkazilgan Rektor kubogi musobaqalari hamda turli tanlovlar g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi.
🖇️Shuningdek, mehmon san’atkorlar ishtirokidagi musiqiy chiqishlar, “Farpinator” jamoasining quvnoq sahna ko‘rinishlari va ko‘ngilochar dasturlar tadbirga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi.
✨Dastur mehmoni — O‘zbekiston xalq hofizi Ilhom Ibragimov hamda taniqli san’atkorlarning chiqishlari tadbir ishtirokchilariga unutilmas taassurot ulashdi.
“Talabalik — hayotning eng oltin davri” degan ezgu g‘oya ostida tashkil etilgan ushbu loyiha yoshlar uchun nafaqat bayramona kayfiyat, balki unutilmas xotiralarga boy kecha bo‘ldi.
https://t.me/farpimediabank
Bizni kuzating
https://instagram.com/fstu.uzhttps://facebook.com/fstu.uz https://fstu.uz/
991
5
0
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
May 14, 2026, 11:51 PM
📷 Photo
#Yoshlar_kuni
Farg‘ona davlat texnika universitetida “O‘zgarayotgan dunyoda madaniy merosni saqlash: Rus Shimoli va Farg‘ona vodiysi me’morchiligi hamda hunarmandchiligi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy maktab va ekspert seminari bo'lib o'tdi.
🔹Mazkur loyiha Rossiya Federatsiyasi Prezidenti granti ko‘magida amalga oshirilmoqda hamda Arxangelsk viloyati gubernatori tomonidan alohida nazoratga olingan.
🖇Dastur doirasida SAFU, Farg‘ona davlat texnika universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti hamda “New Generation School” o‘rtasida ilmiy-ta’limiy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Seminar va amaliy mashg‘ulotlarda Rossiya va O‘zbekistonning yetakchi ekspertlari, arxitektorlar, tadqiqotchilar, talabalar va volontyorlar ishtirok etdi.
Loyiha davomida:
— Farg‘onaning tarixiy-madaniy obidalari bo‘yicha virtual turlar yaratilmoqda;
— Marg‘ilondagi “Yodgorlik” fabrikasida o‘zbek ikati va milliy hunarmandchilik bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi;
— Rus Shimolining yog‘och me’morchiligi va madaniy merosini saqlash mavzusida ochiq ma’ruzalar o‘tkazilmoqda;
— Yoshlar uchun axborot xavfsizligi, raqamli texnologiyalar va xalqaro ta’lim imkoniyatlariga oid master-klasslar tashkil qilinmoqda.
Ushbu tashabbus ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy, madaniy va ta’limiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi bilan ahamiyatlidir
Bizni kuzating
https://instagram.com/fstu.uzhttps://facebook.com/fstu.uz https://fstu.uz/
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
May 14, 2026, 11:51 PM
🎥 Video
#Yoshlar_kuni
Universitetimizda Yoshlar kuni munosabati bilan bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda
Shu munosabat bilan, “Rahbar va yoshlar” mavzusida ochiq muloqot bo’lib o’tdi
🔹Dastavval, ushbu tadbirni universitet rektori, professor Rustam Tojiyev ochib berdi. Tadbir davomida, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan tashkil etilgan Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda hududlarda faoliyat yuritayotgan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining ahamiyati haqida alohida so‘z yuritildi.
Batafsil videolavhada
Bizni kuzating
https://instagram.com/fstu.uzhttps://facebook.com/fstu.uz https://fstu.uz/
1,260
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
May 14, 2026, 11:51 PM
📷 Photo
🎙 "Debyut" vaynerlar maktabining 5-mavsumi uchun arizalar qabuli boshlandi!
❗️ Siz kreativ kontent yaratish, vaynerlik san’ati va internet olamida o‘z o‘rningizni topishni orzu qilasizmi? Unda ushbu imkoniyat aynan siz uchun!
Darslar media olamining yulduzlari – Bobur Mansurov, Jaloliddin Mirzayev, Munavvara Abdullayeva, Komol Qahhorov, Sarvar Bohodirov, Mavluda Hikmatova, Nigora Abdullahonova, Mahliyo Asqaraliyeva, Gulruh Pirnazarova, Sardor Rustamboyaev hamda Sadulla Abdullayev kabi tajribali mutaxassislar tomonidan interaktiv tarzda olib boriladi.
📢“Darslar boshlanib ketdi, men ulgurmadim” deb o‘ylayapsizmi? Aslo! Loyihamiz eshiklari yangi iqtidorlar uchun hali ham ochiq. Siz hozir ham ushbu ijodiy jamoaga qo‘shilib, professional bilimlar poydevorini yaratishingiz mumkin.
📌 Loyiha ishtirokchisi bo‘lish shartlari:
➡️ 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
➡️ Vaynerlik va media sohasiga kuchli qiziqish;
➡️ Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi yoki har kuni darslarga qatnash imkoniyati mavjud bo‘lgan yoshlar.
☕️ Ishtirokchilar uchun bepul tushlik tashkil etilgan.
🖋 Qanday ro‘yxatdan o‘tish mumkin? Bugunoq https://t.me/debyutuzbot
orqali ro‘yxatdan o‘ting va o‘z kreativ salohiyatingizni dunyoga namoyon qiling.
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
May 14, 2026, 11:51 PM
📷 Photo
#Yoshlar_kuni
Universitetimizda Yoshlar kuni munosabati bilan bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda
Shu munosabat bilan, “Rahbar va yoshlar” mavzusida ochiq muloqot bo’lib o’tdi
🔹Dastavval, ushbu tadbirni universitet rektori, professor Rustam Tojiyev ochib berdi. Tadbir davomida, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan tashkil etilgan Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda hududlarda faoliyat yuritayotgan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining ahamiyati haqida alohida so‘z yuritildi.
🖇Shuningdek, uchrashuvda universitet rektori, professor Rustam Tojiyev hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiyasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Abdullayev ishtirok etib, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ijtimoiy himoya tizimidagi yangilanishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida atroflicha fikr bildirishdi.
✨Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy himoya tizimidagi islohotlar, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda aholining ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan manzilli xizmatlar mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi.
Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.
Bizni kuzating
| https://instagram.com/fstu.uz|https://www.facebook.com/profile.php?id=61589245254083 | https://fstu.uz/
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
Apr 4, 2026, 08:42 PM
🎥 Video
#Muhandislik_oyligi
#Oliygoh_kubogi
Farg'ona davlat texnika universitetida "Muhandislik oyligi" doirasida "Oliygoh kubogi" musoboqalari qizg'in tarzda davom etmoqda
✨Mazkur musobaqalar doirasida talabalar turli yo‘nalishlarda o‘z mahorat va salohiyatlarini namoyon etishmoqda. Har bir bellashuv yuqori kayfiyat, qiziqarli bahslar va do‘stona muhitda o‘tmoqda.
Jarayonlar haqida batafsil videolavha orqali tanishishingiz mumkin
Bizni kuzating
https://fstu.uz/
1,570
0
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
Apr 4, 2026, 08:42 PM
📷 Photo
#Jarayon
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev Quva politexnikumi o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi
🔹 Uchrashuv davomida Farg‘ona davlat texnika universiteti tomonidan o‘quvchilarga zamonaviy kasblarni o‘rgatish yo‘lga qo‘yilgani, bu boradagi imkoniyatlar hamda bugungi kunda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, o‘quvchilarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi
Bizni kuzating
https://fstu.uz/
1,370
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
Apr 4, 2026, 08:42 PM
📷 Photo
#Xalqaro_hamkorlik
#Seminar
Farg'ona davlat texnika universiteti Yengil sanoat va to'qimachilik fakulteti O‘zbek tili va tillarni o‘rgatish kafedrasiga Universiti Sains Malaysia (USM)dan nufuzli mehmon tashrif buyurdi
🔹Ushbu seminarda, Universiti Sains Malaysia (USM) School of Humanities tarkibidagi English Language Studies Section bo‘limi raisi, Associate Professor Dr. Mohamad Rashidi Mohd Pakri va kafedra professor-o'qituvchilari ishtirok etishdi.
🖇Seminar davomida mehmon tomonidan Malayziya adabiyoti (ingliz tilida), tarixiy-adabiy jarayonlarni o‘rganish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Tadbir davomida ilmiy tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yilib, professor o‘zining ilmiy faoliyati va xalqaro tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Bizni kuzating
https://fstu.uz/
1,400
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
Apr 4, 2026, 08:42 PM
🎥 Video
#Videolavha
Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasi ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
🔹Tanlov davomida barcha fakultetlardan jamoalar 4 ta sport musobaqasi bo‘yicha o‘zaro bellashishdi
Natijalar quyidagicha:
1-o‘rin: Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti jamoasi
2-o‘rin: Arxitektura va qurilish fakulteti
3-o‘rin: Mexanika-mashinasozlik fakulteti
Talaba-yoshlarimizning kelgusi faoliyatlariga omad va zafarlar tilaymiz.
Bizni kuzating
https://instagram.com/fstu.uzhttps://facebook.com/fstu.uz https://fstu.uz/
1,750
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
Apr 4, 2026, 08:42 PM
🎥 Video
#Talaba_ijodidan
✨Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya fakultetida Yoshlar kuni munosabati bilan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi”
Jarayonlar haqida batafsil videolavha orqali tanishishingiz mumkin
Bizni kuzating
https://instagram.com/fstu.uzhttps://facebook.com/fstu.uz https://fstu.uz/
1,630
7
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
Apr 4, 2026, 08:42 PM
📷 Photo
#Oliygoh_Kubogi
Farg‘ona davlat texnika universitetida o‘tkazilayotgan “Sun’iy intellekt asosida innovatsion loyihalar” mavzusidagi hakaton tanlovining 2-kuni yakunida saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🔹Ikki kun davom etgan qizg‘in jarayon yakunlariga ko‘ra, 44 ta jamoa Demo Day bosqichiga yo‘llanma oldi.
🖇️Saralash jarayonida Startap markazi rahbari Q. Mahammadjonov hamda Dasturiy injiniring va kiberxavfsizlik kafedrasi assistenti R. Rasuljonov tomonidan talabalarning loyihalari batafsil ko‘rib chiqildi.
Ekspertlar quyidagi mezonlar asosida saralash o‘tkazishdi:
2 kun davomida yozilgan dasturiy kodlar sifati;
Loyihaning bozordagi talabga mosligi va dolzarbligi;
Taqdimot mahorati;
Tanlov nizomi shartlarining to‘liq bajarilganligi
Bizni kuzating
https://instagram.com/fstu.uzhttps://facebook.com/fstu.uz https://fstu.uz/
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
Apr 4, 2026, 08:42 PM
📷 Photo
#Oliygoh_Kubogi
davlat texnika universitetida 2–3–4-aprel kunlari “Sun’iy intellekt asosida innovatsion loyihalar” mavzusidagi Hakaton tanlovi bo‘lib o‘tmoqda.
🔹Bugun mazkur “Oliygoh kubogi” hakaton tanlovi jarayonlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi huzuridagi mas’ul vakil, BMT Taraqqiyot Dasturida milliy maslahatchi hamda O‘zbekiston Fintech assotsiatsiyasi Ekspert qo‘mitasi a’zosi Umida Ziyamova tashrif buyurdi.
🖇️Tashrif davomida universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Sh. Davlyatov “Oliygoh kubogi” doirasida tashkil etilgan “Sun’iy intellekt asosida innovatsion loyihalar” hakatoni haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, talabalar tomonidan ishlab chiqilgan sun’iy intellektga asoslangan innovatsion loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Umida Ziyamova hakaton tanlovida 202 nafar talabaning ishtiroki, ularning bilim va salohiyati hamda ilg‘or g‘oyalari bilan yaratilgan loyihalarga yuqori baho berib, katta qiziqish bildirdi.
Bizni kuzating
https://instagram.com/fstu.uzhttps://facebook.com/fstu.uz https://fstu.uz/
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
Apr 4, 2026, 08:42 PM
🎥 Video
#Oliygoh_Kubogi
#Videolavha
2–3–4-aprel kunlari “Sun’iy intellekt asosida innovatsion loyihalar” mavzusidagi Hakaton tanlovi bo‘lib o‘tmoqda.
🔹Mazkur “Oliygoh kubogi” hakaton tanlovi jarayonlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi huzuridagi mas’ul vakil, BMT Taraqqiyot Dasturida milliy maslahatchi hamda O‘zbekiston Fintech assotsiatsiyasi Ekspert qo‘mitasi a’zosi Umida Ziyamova tashrif buyurdi.
Jarayonlar bilan ushbu videolavha orqali tanishishingiz mumkin.
Bizni kuzating
https://instagram.com/fstu.uzhttps://facebook.com/fstu.uz https://fstu.uz/
2,340
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
Apr 1, 2026, 02:23 AM
📷 Photo
#Jarayon
Farg‘ona davlat texnika universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida sportni rivojlantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda
🔹Mazkur sa’y-harakatlar natijasida oliygohimiz talabalari turli sport musobaqalarida munosib ishtirok etib, yutuqlarga erishmoqda.
🖇️Jumladan, Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti K28-25 BH guruh talabasi Shohjahon Qosimxo’jayev sportning Taekwondo WTF turi bo‘yicha Andijon shahrida o‘tkazilgan xalqaro musobaqada faxrli 3-o‘rinni egalladi hamda keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Ushbu yutuq munosabati bilan talabamizni samimiy tabriklaymiz va kelgusida yanada yuksak marralarni zabt etishiga, jahon hamda Olimpiya chempioni bo‘lishiga tilakdoshmiz.
Bizni kuzating
https://instagram.com/fstu.uzhttps://facebook.com/fstu.uz https://fstu.uz/
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
Apr 1, 2026, 02:23 AM
🎥 Video
#Rektor_TTJda_bir_kun
#Videolavha
“Rektor yotoqxonada — bir kun, bir tun” tashabbusi doirasida Farg‘ona davlat texnika universitetida talabalar turar joyidagi bino va qavat sardorlari bilan “Rektor uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
🔹Uchrashuv davomida talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning fikr va takliflari tinglandi hamda mavjud masalalar muhokama qilindi.
Jarayonlar bilan ushbu videolavha orqali tanishishingiz mumkin.
Bizni kuzating
https://instagram.com/fstu.uzhttps://facebook.com/fstu.uz https://fstu.uz/
1,830
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
Apr 1, 2026, 02:23 AM
📷 Photo
#Erasmus #GREENDT #loyiha
“Atrof-muhit muhandisligi” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlashga qaratilgan Erasmus + loyihasi
🔹Farg‘ona davlat texnika universitetida Erasmus+ dasturining “GREENDT: Barqaror o‘tish va jamiyat o‘zgarishi orqali Atrof-muhit muhandisligi bo‘yicha magistratura dasturlarini joriy etish” loyihasining “Atmosfera chiqindilari, Havoni ifloslantiruvchi moddalar chiqindilari o'rtasidagi bog'liqliklar, meteorologiya va havo sifati, Atmosfera ifloslanishining sog'liqqa ta'siri va atmosfera va aerozollardagi kimyoviy o'zgarishlar, Havo sifatini monitoring qilish va havo sifatini modellashtirish” bo‘yicha 3- ichki trening sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
🖇Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, doktorantlar va talabalar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida ishtirokchilarga loyihaning ahamiyati, Atmosfera ifloslanishi Havo sifatini monitoring qilish va havo sifatini modellashtirish kabi masalalar taqdim etildi.
Bizni kuzating
https://instagram.com/fstu.uzhttps://facebook.com/fstu.uz https://fstu.uz/
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
Apr 1, 2026, 02:23 AM
📷 Photo
#Grant
https://t.me/fstu_international universitetimiz Germaniyaning Albshdatd-Shigmaringen universiteti bilan o'zaro hamkorlik aloqalari yo'lga qo'ygan. Hamkorlik doirasida Yengil sanoat va to'qimachilik fakulteti talabalari Germaniyada bir semestr davomida to‘liq grant asosida ta’lim olish imkoniyati yaratildi.
🔹Mazkur dastur doirasida dastlabki bosqichda universitetimizning 3-bosqich talabasi https://t.me/fstu_international grant sohibiga aylanib, ayni paytda Germaniyada tahsil olmoqda.
🖇️Shuningdek, joriy yil kuzgi semestri uchun e’lon qilingan navbatdagi tanlovda universitetimizning 100 ga yaqin iqtidorli talabalari ishtirok etish istagini bildirdi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, Yengil sanoat va to‘qimachilik fakulteti talabalari Samandar Xamrayev hamda Muhammadqodir Sulaymonov g‘olib deb topildi.
Bizni kuzating
https://instagram.com/fstu.uzhttps://facebook.com/fstu.uz https://fstu.uz/
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
Mar 30, 2026, 08:00 AM
🎥 Video
#Bayram_shukuhi
#Talaba_ijodidan
✨Kuni kecha Farg'ona davlat texnika universiteti bo'lib o'tgan Navro'z umumxalq bayrami tafsilotlari haqida universitet Matbuot xizmati volontyorlari videolavha tayyorlashdi.
Talabalar ijodiga baho bering
Bizni kuzating
https://fstu.uz/
1,550
9
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
Mar 30, 2026, 08:00 AM
🎥 Video
🕗 “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik tanloviga arizalar qabuli yakunlanishiga atigi 3 kun qoldi!
📌 Vaqt kam — imkoniyat esa katta!
O‘z g‘oyangiz, loyihangiz yoki ixtiroyingizni namoyish etish imkonini qo‘ldan boy bermang!
📝 Eslatib o‘tamiz, tanlov 3 ta
yo‘nalishda o‘tkaziladi:
🔠 Eng yaxshi g‘oya
🔠Eng yaxshi loyiha
🔠 Eng yaxshi ixtiro
🚗 Har bir yo‘nalish g‘olibi — elektromobil sohibiga aylanadi!
Agar ariza topshirishga hali ulgurmagan bo‘lsangiz — bu sizning imkoniyatingiz!
📲 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: http://muhandis.edu.uz/
⏰ Eslatma: arizalar qabuli 31-mart kuni soat 23:59 da yakunlanadi!
Balki navbatdagi g‘olib aynan siz bo‘larsiz!
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
1,970
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
Mar 30, 2026, 08:00 AM
📷 Photo
#Bayram_shukuhi
Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetida Navro‘z umumxalq bayrami yuqori saviyada, ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
🔹Tadbir davomida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz keng namoyon etilib, talaba-yoshlar va jamoa a’zolariga bayramona kayfiyat ulashildi.
✨Universitet rektori Rustam Tojiyev barcha ishtirokchilarni Navro‘z bayrami bilan samimiy muborakbod etib, barchaga sihat-salomatlik, farovonlik va omad tiladi.
Shuningdek, taniqli san’atkorlar ishtirokidagi konsert dasturi professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlarga yuqori kayfiyat ulashdi.
Bayram tantanalari iliq taassurotlar bilan yakunlandi
Bizni kuzating
https://fstu.uz/
2,110
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
Mar 30, 2026, 08:00 AM
🎥 Video
#Bayram_shukuhi
Navro‘z bayrami munosabati bilan universitetimizda ehsonlik tadbirlari tashkil etildi
✨Ushbu ayyom mehr-oqibat, saxovat va birdamlik timsoli bo‘lib, yana bir bor o‘zining ezgu ma’nosini namoyon etdi.
Jarayonlar haqida batafsil videolavhada tomosha qilishingiz mumkin
Bizni kuzating
https://instagram.com/fstu.uzhttps://facebook.com/fstu.uz https://fstu.uz/
1,830
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
Mar 30, 2026, 08:00 AM
📷 Photo
⚡️ “Media haftalik”: mamlakatimizda yilning eng yirik media loyihasi start olmoqda
Global axborot makonidagi shiddatli o‘zgarishlar, ijtimoiy tarmoqlar va sun’iy intellektning rivojlanishi, feyk xabarlar oqimi media sohasi vakillaridan mutlaqo yangicha yondashuvlarni talab etmoqda. Shu maqsadda respublikamizda yilning eng yirik va muhim ta’limiy-amaliy loyihasi — jurnalistlar, blogerlar va matbuot kotiblarini yagona platformada birlashtiruvchi “Media haftalik” o‘z ishini boshladi.
https://t.me/kontentmarkazi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yo‘lga qo‘yilayotgan mazkur loyiha butun respublikadan qariyb 12,5 ming ishtirokchini qamrab oladi. Joriy yilning 30-martidan 26-iyuniga qadar har bir hududda 5 kunlik intensiv o‘quv-seminarlar va mahorat darslari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
⚙️ Dasturda nazariya va amaliyot birlashadi: asosiy urg‘u haqiqiy tajriba orttirishga qaratiladi. Mamlakatimizning eng yetakchi media-ekspertlari, muharrir va prodyuserlari ishtirokida kontent yaratish, faktcheking, raqamli gigiyena, SMM va strategik kommunikatsiyalar kabi muhim mavzular bo‘yicha treninglar olib boriladi.
Mashg‘ulotlar telejurnalistlar, bosma nashrlar, blogerlar va davlat idoralari matbuot kotiblari uchun alohida yo‘nalishlarda o‘tkaziladi. Bilimlarini oshirgan ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshiriladi.
📌 O‘zbekiston bo‘ylab harakatlanuvchi mazkur media-estafetaning ilk bosqichi 30-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida boshlanadi. Darslar davomida ishtirokchilar real keyslar asosida ishlash, xatolarni tahlil qilish, yangi yondashuvlarni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Spikerlar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, zamonaviy media rivojining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar beradi.
💬 Haftalik yakunida hududdagi soha vakillarini qamrab oluvchi yirik Media forum tashkil etiladi.
Loyihada ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarma va bo‘limlariga murojaat qilishlari mumkin.
Media haftalik quyidagi sanalarda hududlar kesimida tashkil etiladi:
• 30-mart – 3-aprel: Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
• 6-aprel – 10-aprel: Xorazm viloyatida;
• 13-aprel – 17-aprel: Surxondaryo viloyatida;
• 20-aprel – 24-aprel: Qashqadaryo viloyatida;
• 27-aprel – 1-may: Samarqand viloyatida;
• 4-may – 8-may: Navoiy viloyatida;
• 11-may – 15-may: Buxoro viloyatida;
• 18-may – 22-may: Farg‘ona viloyatida;
• 25-may – 29-may: Namangan viloyatida;
• 1-iyun – 5-iyun: Andijon viloyatida;
• 8-iyun – 12-iyun: Jizzax viloyatida;
• 15-iyun – 19-iyun: Sirdaryo viloyatida;
• 22-iyun – 26-iyun: Toshkent viloyati va Toshkent shahrida.
🦋 https://t.me/kontentmarkazi
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
Mar 30, 2026, 08:00 AM
📷 Photo
#Bayram_shukuhi
Navro‘z - milliy qadriyat va an’analarni o‘zida jam qilgan bayram
Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetida milliy qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan Navro‘z umumxalq bayrami keng nishonlandi
🔹Mazkur tadbirda Janubiy Koreyaning “AHA Co., Ltd” kompaniyasi rahbari Ku Gi Do hamda Xitoyning “Lonton” kompaniyasi boshqaruv raisi Xe Shinkay boshchiligidagi delegatsiya vakillari universitetimizda bo‘lib, Navro‘z bayrami tantanalarida ishtirok etdi.
🖇️Fakultetlar tomonidan tayyorlangan milliy an’analar, urf-odatlar, hunarmandchilik va zamonaviy yondashuvlar uyg‘unlashgan pavilyonlar barchada katta taassurot qoldirdi.
✨Tadbir davomida, milliy sport o‘yinlari, sumalak sayli, “Milliy liboslar podiumi”, milliy qo‘shiqlar va konsert dasturlari
tashkil etilib, bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
Shuningdek, taniqli san’atkorlar ishtirokidagi konsert dasturi professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlarga yuqori kayfiyat ulashdi.
https://t.me/farpimediabank
Bizni kuzating
https://fstu.uz/
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
Mar 27, 2026, 03:23 AM
📷 Photo
#Jarayon
Farg‘ona davlat texnika universiteti Arxitektura va qurilish fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M. A. Abdukadirova tashabbusi bilan universitet Xotin-qizlar kengashi ishtirokida hamda oliygoh psixologi Sh. Umurzakova tomonidan “Xotin-qizlarni psixologik qo‘llab-quvvatlash soati” mavzusida professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy hamda psixologik tadbir tashkil etildi
🔹Tadbir davomida ishtirokchilar bilan psixologik salomatlikni saqlash, stress va hissiy zo‘riqishlarni yengib o‘tish, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, shuningdek, turli hayotiy va kasbiy vaziyatlarda to‘g‘ri yondashuvni tanlash masalalari yuzasidan ochiq muloqot olib borildi.
🖇️Shu bilan birgalikda, professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlarga foydali tavsiyalar berildi hamda ularni qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad xotin-qizlarni psixologik jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning ruhiy barqarorligini mustahkamlash, jamoada sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish hamda kasbiy faoliyat samaradorligini oshirishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.
Bizni kuzating
https://instagram.com/fstu.uzhttps://facebook.com/fstu.uz https://fstu.uz/
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
Mar 27, 2026, 03:23 AM
📷 Photo
#Yoshlar_kuni
Universitetimizda talaba-yoshlarning kasbiy yo‘nalishini belgilash hamda ularni turli sohalarga jalb etish maqsadida qator uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan Farg‘ona davlat texnika universiteti Energetika muhandisligi fakulteti 2–3 kurs talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va Mudofaa universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa instituti vakili bilan uchrashuv tashkil etildi.
🔹Uchrashuv davomida Raqamli texnologiyalar kafedrasi boshlig‘i, polkovnik O. Mirjalolov tomonidan harbiy ta’lim tizimi, universitetning zamonaviy imkoniyatlari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishida harbiy mutaxassislarni tayyorlash jarayonlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
✨Shuningdek, talabalarga harbiy bilim yurtida tahsil olish shartlari, mavjud yo‘nalishlar, xizmat va ta’limni uyg‘unlashtirish imkoniyatlari hamda harbiy sohada faoliyat yuritish istiqbollari haqida tushuntirishlar berildi.
Mazkur uchrashuv talabalarda harbiy sohaga qiziqishni oshirish, ularning kelajak kasbini ongli tanlashiga ko‘maklashish hamda yosh mutaxassislarni harbiy-ta’lim tizimiga jalb etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Bizni kuzating
https://instagram.com/fstu.uzhttps://facebook.com/fstu.uz https://fstu.uz/
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
Mar 27, 2026, 03:23 AM
📷 Photo
#Bugun_yoshlar_kuni
FDTU 1-son akademik litseyida 26-mart kuni “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Navro‘z – bahor sadosi” nomli bayram tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi
🔹Ushbu bayram tadbirida universitet rektori RustamTojiyev ishtirok etib, barchani bayram bilan tabrikladi va o'quvchilar bilan samimiy muloqot qildi. Yurtimizda yoshlar uchun yaratib berilgan keng imkoniyatlar va ulardan unumli foydalanishlari haqida alohida to'xtalib o'tdi.
🖇Mazkur tadbirda 80 nafar professor-o'qituvchi, xodim va 450 nafar o‘quvchi faol qatnashdi. Tadbir davomida osh musobaqasi, lapar va milliy kuy-qo‘shiqlar, milliy liboslar namoyishi va milliy o‘yinlar tashkil etildi. Katta doshqozonda damlangan osh tadbir ishtirokchilariga ulashildi va bayramga yanada fayz bag‘ishladi.
Tadbir yakunida faol va g‘olib o‘quvchilar faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Bizni kuzating
https://fstu.uz/ https://fstu.uz/ https://fstu.uz/ https://fstu.uz/ https://fstu.uz/ https://fstu.uz/